Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari


badbaxtlik, axir! 0 ‘zingiz bir



Download 0,7 Mb.
bet24/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

badbaxtlik, axir! 0 ‘zingiz bir o ‘y l a b ko‘ring:
Hindistonga keta turib Chilidan chiqib qoldim! Ispan tilini o‘rganayapman deb, portugal tilida gapirib yuribman! Bunisi endi juda o‘tib ketdi! Agar ish shun­ day davom etaversa, bir kunmas bir kun derazadan sigaramni tashlab yuborish o‘rniga o‘zimni otib yubo-raman-ku!
0 ‘z muvaffaqiyatsizligiga bunday munosabatda


121

bo'lganini, o‘zining kulgili bir holga tushib qolganiga bo'lgan munosabatini ko'rib, kulmaslikning iloji yo‘q edi. Buning ustiga kulgini eng oldin Paganelning o‘zi boshlab berdi.

Kulinglar, do‘stlarim, chin yurakdan ku-linglar! — derdi u. — Lekin ishoninglarki, o‘zimning bu ishimga hammadan ham ko‘proq o'zim kulaman! — deb u shunday qah-qah urib kular ediki, butun dunyoda bironota ham olim bunchalik kulmagan bo'lsa kerak.


Lekin, nima bo‘lganda ham, biz tarjimonsiz qoldik, — dedi mayor.
Yo‘q, unday umidsizlikka tushmang, — dedi Paganel, — portugal tili bilan ispan tili bir-biriga shunday o‘xshashki, ko‘rganingizdek, men hatto ularni chalkashtirib ham qo‘yibman, lekin bu o‘xshashlik o‘z xatoimni tez tuzatishga yordam beradi, yaqin kunlarda bu azamat patagoniyalikka o‘zi juda yaxshi egallagan ispan tilida tashakkur bildiraman.
Paganel yanglishmadi: bir necha minutdan so‘ng u hindu bilan bir necha og‘iz so‘zlasha oldi. Geografiya olimi uning ismi Talkav ekanini ham bilib oldi. Talkav degani araukan tilida «momaqaldiroq sochuvchi» degan ma’noni bildirar ekan. Aftidan, bu nom unga miltiqdan yaxshi foydalana olish tufayli berilgan edi.
Lekin Glenarvanni hammadan xursand qilgan narsa patagoniyalikning kasbi yo‘l boshlovchi ekani bo‘ldi, yo‘l boshlovchi bo‘lganda ham qanday deng — pampaslarda yo‘l boshlovchi. Patagoniyalik bilan uchrashuv ayni muddao bo'ldi, hamma ham endi eks-peditsiya muvaffaqiyat bilan tugaydi deb ishonar, shuning uchun kapitan Grantning qutqarilishiga hech kim shubha qilmas edi.
Sayohatchilarimiz hindu bilan birga Robertning oldiga qaytib keldilar. Bola hinduga qo‘lini uzatdi, u esa indamay qo'lini bolaning boshiga qo‘ydi. U bolani diqqat bilan ko‘zdan kechirib chiqdi, zararlangan a’zolarini ushlab ko‘rdi. Keyin jilmaygancha ariq bo‘yiga borib undan yow oyi selderey yulib keldi-da, u bilan bemorning badanini ishqadi. Juda ehtiyotlik bi­ lan qilingan bu massaj natijasida bola o‘ziga kuch-quw at kirayotganini his qildi, u bir necha soat dam olsa, tamom oyoqqa turib ketishi aniq bo'lib qoldi.


122

Ertasiga ertalabgacha dam olishga qaror qilindi. Buning ustiga ikkita muhim masala — oziq-ovqat va transport masalasini muhokama qilib, hal etish kerak edi. Sayohatchilarda na oziq-ovqat, na xachirlar yo‘q edi. Bularning baxtiga, endi yonlarida Talkav bor. Sayohatchilarni Patagoniya chegaralari yoqalab bosh-lab yurishga odatlanib qolgan, mahalliy bakeanoslar ichida eng aqllilaridan biri bo'lgan bu yo‘l boshlovchi Glenarvanning kichik otryadi uchun hamma zarur narsalarni topib berishni bo‘yniga oldi. Talkav bu yer-dan nihoyati to‘rt milcha masofada bo‘lgan hindu-larning tolderiyasiga borishni taklif qildi: uning aytishiga qaraganda tolderiyadan ekspeditsiya uchun zarur bo‘lgan hamma narsani topish mumkin edi. Bu taklifni u imo-ishoralar va Paganel tushuna oigan ba’zi so'zlar yordami bilan bayon qildi. Uning taklifi qabul qilindi, shundan keyin Glenarvan hamrohlari bilan vaqtincha xayrlashib, o'zining olim do'sti bilan birgalikda, patagoniyalik yo‘l boshlovchi ketidan ariqning yuqori oqimiga qarab darhol yo‘lga chiqdi.
Ular pahlavon Talkavdan orqada qolmaslikka tirishib, katta-katta odimlar bilan tez yurib bir yarim soat yo‘l bosdilar. Kordilerning etaklariga kelib taqal-gan bu yerlar juda go‘zal va hosildor yerlar edi. Mahsuldor o'tloqlar biriga biri ulanib ketgan. Bu o'tloqlar yuz ming boshlab mollarni boqish uchun yetardi. Kichkina-kichkina ariqchalar bilan bir-biriga ulangan katta-katta hovuzlar ko‘m-ko‘k o‘tloqlarni suv bilan mo‘l ta’minlab turar, ularda qora kalla oq qushlar yayrab suzar edi, zig‘irpoyalar ichida esa ju­ da ko‘p tuyaqushlar chopib yurardilar. Umuman bu yerlardagi qushlar juda chiroyli, sershovqin va niho-yatda xilma-xil edi. Daraxt shoxiga qo‘nib o‘tirgan qanotida oq-oq xoli bor chiroyli ko‘k izakas — mu-sichalar, sariq kardinallar xuddi yangi ochilgan gulga o‘xshar edi. Ko‘chmanchi kaptarlar allaqayoqlarga uchib o‘tib turar, biri ketidan biri quvib yurgan chumchuqlar esa chirqillashib, atrofni boshiga ko‘tarar edi.
Tabiatning bu go'zalliklaridan Jak Paganel beni-hoyat lazzat olardi, u goh undan, goh bundan qoyil qolganini bildirish uchun beto‘xtov qiyqirardi. Patagoniyalik esa bunga g‘oyat ajablanardi, chunki u osmonda qushlar uchib yurganini, suvda oqqushlar


123

suzib yurganini, o‘tloqlarda o‘t o‘sib yotganni tabiiy bir hol deb bilardi. Umuman, geografiya olimimiz bu safardan, uning cho‘zilib ketganidan mutlaqo xafa emas edi. Hindular to‘xtagan joyga yetib kelganlarida uning nazarida endi yo‘lga chiqqandek edilar. Tolderiya Kordiler etaklaridagi tizmalar bilan o‘ral-gan vodiyning ichkarisida joylashgan bo‘lib, undagi shox-shabbalardan qurilgan chaylalarda o‘ttiztacha ko‘chmanchi hindu yashar edi. Ular chorvachilik bi­ lan shug‘ullanar: sigir, ho‘kiz, yilqi va qo‘y podalari-ni o‘tloqdan o'tloqqa haydab boqib yurardilar, bunday sero‘t o'tloqlar bu atrofda sonsiz-sanoqsiz edi.
Bu ando-peruan hindlari araukan, pexuen va aukas irqlarining aralashuvidan kelib chiqqan. Ular sarg‘ish qora badanli, o‘rta bo‘yli, yag‘rini keng, de-yarli dumaloq yuzli, tor peshona, yupqa labli odamlar. Ularning yuz qiyofasi sovuq, lekin jasurona emas.
Qisqasi, ularning qiziqadigan yeri yo‘q edi. Lekin Glenarvanga ularning o‘zi emas, podasi kerak edi. Ko'chmanchilarda qoramol bilan otlar bor ekan, Glenarvanga bundan bo‘lak hech nimaning keragi yo‘q.
Talkav ular bilan bitishishni o‘z ustiga oldi, bunga ko‘p vaqt ketmasdi ham. Egar jabdug‘i bilan argenti­ na zotli yettita pastak ot, yuz qadoq qoq go‘sht — karki, bir oz guruch va suv solinadigan bir necha mesh uchun hindlar yigirma unsiya tilla olishga rozi bo'ldilar, chunki sayohatchilarimizda hindular uchun juda qimmat baho bo‘lgan vino yoki rom yo‘q edi, lekin ular tillaning bahosini juda yaxshi bilar edilar. Glenarvan patagoniyalik uchun ham yana bitta ot sotib olmoqchi edi, lekin Talkav buning hech keragi yo‘q ekanini bildirdi.
Ishni bitkazgach, Glenarvan o'zining yangi «mol yetkazib beruvchilari» bilan — ularni Paganel shun­ day deb atadi — xayrlashdi, oradan yarim soat ham o‘tmay, ular lagerga yetib keldilar. Ularni lagerda qiyqiriqlar bilan kutib oldilar, to‘g‘ri, bu qiyqiriqlar ularga emas, egarloqlik otlar bilan oziq-ovqatga taal-luqli edi. Hammalari ham zo‘r ishtaha bilan ovqat-landilar.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish