0 ‘ n t o ' г t i n c h i b o b
XALOSKOR 0 ‘Q
K ordiler to g ‘larining sharqiy yonbag‘ri uzun-
uzun, qiya dovonlardan iborat, bu dovonlar sekin-as-ta pasttekislikka aylanib ketadi. Ko‘chib tushib ke-layotgan massiv bo‘lagi xuddi ana shu pasttekislikda to'satdan to'xtab qoldi. Bu yangi o'lkada serhosil yaylovlar yaslanib yotar, q it’a istilo qilingan paytlar-da o‘tqazilgan olm azorlarda oltindek sap-sariq ol-malar shig‘il pishib yotardi. Go‘yo bu pasttekislik-larga hosildor Normandiyaning bir bo‘lagi ko‘chirib keltirilgandek edi. Boshqa har qanday holda ham sa-yohatchilarim iz tog‘ bo‘shliqlarining vohaga, qorli cho'qqilarning ko‘m-ko‘k o‘tloqlarga, qishning yozga
bunchalik tez almashinib
|
qolishiga
|
g ‘oyatda taaj-
|
jublangan bo‘lar edilar, albatta.
|
|
Yer yana
|
butunlay tinchib qoldi. Zilzila to ‘xtadi.
|
A ftidan, yer
|
osti kuchlari
|
o‘zlarining
|
yem iruvchilik
|
faoliyatini boshqa bir uzoqroq joyga ko‘chirgan edi, chunki doimo K ordiler tizm alarining biror yerida zilzi la bo‘lib turadi. Bu safar zilzila ayniqsa qattiq bo'ldi. Tog'larning manzarasi juda o‘zgarib ketdi. Moviy os-mon sathida yaqqol ko'rinib tu rg an yangi-yangi cho‘qqilar, qoyalar tog'ning kechagi m anzarasiga mut-laqo o‘xsham as edi, shuning uchun pam paslardagi yo'lboshlovchilar undagi tanish joylarni endi sira ham topolmagan bo‘lardilar.
Ertalab soat sakkiz edi. Mayorning harakati bilan
Glenarvan va
|
uning ham rohlari
|
sekin-asta o‘zlariga
|
keldilar. U larning quloqlari bitib
|
qolgan edi, bundan
|
boshqa z ara r
|
ko‘rm agan edilar. Shunday qilib,
|
Kordilerdan tushib oldilar, agarda hali go‘dak bo‘lgan eng yosh ham rohlari — Robert G rant yo‘qolib qolma-ganda ular tabiatning bunday g ‘am xo‘rligidan hatto quvongan ham bo'lardilar.
Bu jasur bola hammaning qalbini m aftun etgan edi. Unga ayniqsa Paganel qattiq o‘rganib qolgandi, sovuqqon bo‘lishga qaramay mayor ham uni yaxshi ko‘rardi, lekin R obertni ham m adan ham ko‘proq Glenarvan sevardi. U Robertning g ‘oyib bo‘lib qol-ganini bilgach, juda xafa bo‘ldi. G lenarvanning nazarida bechora bola biror jarning tagida uni, o‘zi-
110
ning ikkinchi otasini yordamga chaqirib yotgandek tuyulardi:
— Do‘stlarim , do‘stlarim , — derdi G lenarvan, yig‘lamoqdan beri bo‘lib, — uni axtarish kerak, uni topish kerak! Qanday qilib uni bu yerda tashlab ke-tamiz! Butun jarlarni, butun vodiyni sinchiklab tek-shirishim iz kerak. Mening belimdan arqon bog'lab, atrofdagi jarlarga tushiringlar. Men talab qilaman buni! Eshityapsizlarm i: talab qilaman! A yting-ayting, Robert tirik bo'lsin! Robertsiz otasining yuziga qan day qaraymiz? 0 ‘g ‘lining hayoti evaziga otasini to pish ham ish bo‘ldimi!
G lenarvanning ham rohlari unga indamay quloq solib tu ra r edilar. Glenarvan ularning ko‘zlarida juda
bo'lm aganda umid
|
uchquni axtarayotganini
|
sezib,
|
|
ham rohlari yerga qarar edilar.
|
etdi
|
G lenar
|
|
—
|
Indam ayapsizlar,— deb davom
|
|
van,
|
— gapim ni
|
eshitdinglar. Nega
|
jim sizlar?!
|
|
Umidni uzdinglarmi?! Butunlay uzdinglarmi?!
Sukut bir necha m inutga cho‘zildi. Nihoyat Mak-Nabbs tilga kirdi.
— Do‘stlarim , Robert qachon yo'qolib qolganini kim eslay oladi? — deb so‘radi u.
Bunga hech kim javob bermadi.
— Tog‘dan tushib kelayotganim izda bola kim ning yonida edi, juda bo'lm asa shuni aytinglar, — deb so'zida davom etdi mayor.
— Mening yonimda edi, — dedi Vilson.
— Uni qachongacha yoningda ko'rding? Yaxshi-lab o‘yla! Gapir!
—
|
To‘xtashim iz oldidan bo‘lgan
|
siltovdan
|
ikki
|
m inutcha oldin
|
Robert lishaynikka
|
tirm ashib, yo
|
nim da
|
tushib
|
kelmoqda ed i,— deb javob
|
berdi
|
Vilson,
|
— esimda qolgani shu, xolos.
|
|
|
— Ikki m inutcha oldin deysanmi? Yaxshilab o‘yla> Vilson. M inutlar senga juda uzoq tuyulgan bo'lishi mumkin. Yanglishayotgan bo'lm agin tag ‘in?
— Yanglishayotganim yo‘q, deb o‘ylayman. Ha, xuddi shunday: ikki m inutcha oldin, ehtim olki, un-dan ham kam roqdir.
Mak-Nabbs:
— Shunday ham deylik. Robert sening qaysi tara - fingda edi: o‘ng tarafingdam i, so‘l tarafingdam i? — deb so‘radi.
I l l
— So‘l tarafim da edi. Ponchosining etagi betimga kelib urilib turgani shunday esimda turibdi.
— 0 ‘zing bizdan qaysi tarafda eding?
— Men ham so‘l tarafda edim.
— Demak, Robert faqat mana bu tarafda yo‘qolib qolgan bo'lishi kerak, — dedi mayor tog‘ tomonga o‘girilar ekan o‘ng tarafni ko‘rsatib. — Shuni ham aytayki, bolaning yo‘qolib qolgan vaqtini nazarga ol-sak, u anavi tagi tekislik va tepasi ikki ming fu t tik devor bo‘lgan joyda yo‘qolgani aniq bo'ladi. A trofni o‘zaro bo'lishib olib, uni xuddi ana shu yerdan
qidirishim iz kerak, biz uni ana shu yerdan topamiz. M ayorning bu taklifiga hech kim bir og‘iz so‘z qo'shm adi. H am rohlar bo'linishib, tog‘ning tu rli ba-landligiga chiqdilar va Robertni qidira boshladilar.
0 ‘zlari tog‘dan uchib tushgan yerning o‘ng tomonida-gi eng kichkina yoriqlar ichini ham qoldirmay qidira boshladilar, m inut sayin jarga qulab ketish xavfi osti-da xarsanglar yig'ilib qolgan jarlar tagiga tushdilar, ular jar ichidan oyoq-qo‘llari qonga belanib, kiyim lari dabdala bo‘lgan holda qaytib chiqar edilar. Uch-to‘rt-
ta sira ham
|
tushib
|
bo‘lmaydigan
|
jarlardan
|
boshqa
|
K ordilerning
|
bu
|
qismi
|
bir
|
necha
|
soat
|
ichida juda
|
sinchiklab
|
|
ko‘zdan
|
kechirildi,
|
lekin
|
bu
|
jasu r
|
odam larning
|
birontasi
|
ham
|
dam
|
olish
|
to ‘g ‘risida
|
o‘ylamadi. Ammo butun
|
m ehnatlari behudaga
|
ketdi.
|
A ftidan, bechora Robert tog‘larda o‘lim
|
topgan, tog‘
|
qoyalari esa uning qabri bo‘lgan edi.
|
|
|
Soat birlarda
|
Glenarvan bilan
|
ham rohlari
|
holdan
|
toygan va xafa holda vodiyda
|
yana
|
to ‘plandilar.
|
Glenarvan
|
juda xafa
|
edi. U deyarlik hech gapirm as,
|
og‘ir-og‘ir
|
xo'rsinar,
|
lablaridan faqat:
|
|
|
— Bu yerdan ketmayman! Ketmayman! — degan so'zlargina uchar edi.
Uning o 'jarlik bilan aytayotgan bu fikriga hamma tushunar va unga hurm at bilan qarardi.
— Sabr qilaylik, — dedi Paganel, mayor bilan Tom Ostinga, — biroz dam olib, kuch yig'am iz. Robertni qidirsak ham , yo'lga chiqsak ham oldin dam olishimiz kerak.
— To‘g ‘ri, — dedi Mak-Nabbs, — Eduard istar ekan, demak, bu yerda qolamiz. U hali umid qilyap-ti, lekin nim aga umid qilyapti — bunisini bilmay-man.
112
— Bechora Robert! — dedi Paganel, ko‘z yoshlari-ni artib.
Vodiyda juda ko‘p daraxtlar o‘sib yotardi. Mayor g‘uj bo'lib o‘sgan bir necha sershox daraxt tagini tan-lab, o‘sha yerga vaqtincha to'xtash uchun joy qildi. Bir necha odeyal, qurollar, biroz qoq go‘sht bilan gu-ruch — omon qolgan narsalar faqat ana shu edi. Shu oradan oqib o‘tadigan ariqdan yer qim irlagandan keyin hali loyqa bo‘lib oqayotgan suv olish mumkin edi. M yulredi o‘t ustida gulxan yoqib yubordi va ko‘p o‘tmay Glenarvanga issiq kakao uzatdi. Lekin u ich-madi, yerga solgan ponchosi ustida qim ir etmay, cho'zilib yotaverdi.
Shu tarzda kun o‘tdi. H ar kungidek osoyishta, tinch tu n boshlandi. Ham m alari yotdilar, lekin hech kim ning ko‘ziga uyqu kelmas edi. G lenarvan esa yana K ordiler yonbag‘irlaridan Robertni qidirgani ketdi. U
bola yordam ga chaqirm ayaptim ikan, deb to ‘xtab-to'xtab quloq solar edi. Glenarvan juda balandga chiq-di, goh yerga yotib, nafas chiqarm aslikka tirishib qulog‘ini toshga qo'yib tinglab boqdi, goh alam bilan Robertni chaqirib qichqirdi.
Bechora Glenarvan tuni bilan to g ‘ kezib chiqdi. Tagsiz jarlar yoqasida ehtiyotsizlik qilib, o‘zi ham jarga yiqilib ketm asligi uchun har daqiqa unga yor-dam berishga tayyor holda goh Paganel, goh mayor u bilan birga yurdilar. Lekin bu oxirgi axtarishlar ham bekor ketdi. Glenarvanning: «Robert! Robert!» — deb chaqirishlariga faqat aks sado javob berardi.
Tong otdi. Glenarvanning d o 'stlari uni baland tog‘ tepasidan zo'rlab pastga olib tushdilar. U tasvirlab bo‘lmas darajada iztirob chekardi. Kim unga hozir yo‘lga chiqishni, bu badbaxt vodiyni tashlab ketishni ju r’at etib taklif qila olar edi? Buning ustiga oziq-ovqat yetishm asdi. Shu yaqin oradan katapats aytgan argentinalik yo‘l boshlov-chilarni ham, pampaslarda sayohat qilish uchun yaroqli otlarni ham topish m um kin edi. Orqaga qaytish olg‘a yurishdan ko'ra qiyinroq edi. Bundan tashqari, «Dunkan» bilan A tlantik okeani sohilida uchrasham iz deb kelishilgan edi, axir! Bu muhim sabablar ortiqcha paysalga solishga yo‘l qo'ymas, umum an otryad vaqtni mutlaqo bekor o‘tkazm ay, tezda yo‘lga chiqishi lozim edi.
Mak-Nabbs Glenarvanning fikrini g ‘amli o‘ylardan boshqa tomonga tortm oqchi bo‘lib ko‘rdi. U do'stini o‘z taklifiga ko‘ndirish uchun uzoq urindi, lekin Glenarvan, aftidan, hech narsa eshitm as va faqat «Yo‘q» deganday bosh chayqar edi. Nihoyat u:
— Yo‘lga chiqamiz deysizmi? — deb so‘radi.
— Ha, yo‘lga chiqish kerak.
— Yana bir soat tu ra turinglar.
— Xo‘p, tu ra turam iz, — dedi mayor.
Bir soat o‘tdi, Glenarvan yana bir soat m uhlat berishni o‘tinib iltim os qildi. U o'lim ga mahkum etil-gan jinoyatchi singari, yolborib m uhlat so‘radi. Shu tarzda soat o‘n ikki bo‘ldi. Keyin Mak-Nabbs boshqa ham rohlari bilan m aslahatlashib olib, yo‘lga chiqishni q at’iy talab qildi, ekspeditsiya ishtirokchilarining
taqdiri shunga bog'liq, dedi u.
— To‘g ‘ri, to ‘g ‘ri, — dedi Glenarvan, — yo'lga
chiqish kerak, to ‘g ‘ri.
shunday deb javob b erar ekan, o‘zi Mak-Nabbsga qaram as edi. Uning butun diqqati baland os-
monda ko‘ringan allaqanday qora nuqtada edi. Bir dan u qo'lini ko‘tard i va turgan yerida qotdi.
— 0 ‘sha yerda, o‘sha yerda! — deb qichqirdi Glenarvan. — Qaranglar! Qaranglar!
Hamma osmonga, Glenarvan zo‘r berib qo‘li bilan ko‘rsatayotgan tomonga tikildi. Qora nuqta endi an cha qattalashib qoldi — bu juda balandlikda parvoz qilib yurgan qush edi.
— Bu kondor, — dedi Paganel.
— Ha, kondor, — dedi Glenarvan. — Kim bilsin! U shu tomonga yaqinlashib kelyapti, pastlashyapti...
Birpas shoshm anglar...
Glenarvan nim aga umid qilayotir? Aqldan oz-madimi ekan? «Kim bilsin!»— degan gapning m a’-nosi nima?
Paganel yanglishmadi: u haqiqatan ham kondor edi, qush tobora yaqinlashib kelar va tobora aniq-ravshan ko'rinardi. Bu ajoyib yirtqich qush janubiy K ordiler tog‘larining podshosi edi. Bu yerlarda u juda k atta bo‘ladi. Kondor juda kuchli qush, u ba’zi
vaqtlarda hatto ho'kizlarni ham jarg a qulatib yubo-ra oladi. U o‘tloqlarda daydib yurgan qo‘y, echki, buzoqlarga hujum qiladi, ularni o‘tk ir tirnoqlari bilan mahkam changallab, juda balandlikka olib chiqib ketadi1. Kondor ba’zan yigirm a ming fu t balandlikda parvoz qilib yuradi. Bunday balandga chiqib oigan osmon podshohini yerdan m utlaqo ko‘rib bo‘lmaydi, u esa o‘sha balandlikda uchib yurib, yerdagi eng m ayda-chuyda narsalargacha ko'rib turadi, bunga tabiatshunos olim lar g‘oyat hayron qoladilar.
Bu kondor nim ani ko'rgan bo‘lishi m um kin? Ehtimol, u Robert G rantning jasadini ko‘rib qol-gandir?
— Kim bilsin! — deb takrorladi Glenarvan, bahay-bat qushdan ko‘z uzmay.
Kondor esa goh tekis parvoz qilib, goh bo‘shlikka otilgan jonsiz narsadan pastga otilib yaqinlashib
1Kondorning changallari o'zining tuzilishi jihatdan biron narsani ko'tarishga qodir emas, ayniqsa bunchalik balandlikka sira ham olib chiqolmaydi. 0 ‘sha vaqtlarda kondorlar to ‘g ‘risida yurgan juda ko‘p ertaklar Jyul Vernni xato fikrga olib kelgan, kondorlar haqidagi bu gaplarning tam om ila noto‘g ‘ri ekani keyingi ilm iy tekshirishlarda is-bot qilindi.
kelaverdi. Mana, yerdan yetti yuz futcha yuqorida u k atta doira yasab, charx ura boshladi. Endi kondorni yaxshilab ko'rib olish mumkin edi: keng yozilgan zo‘r qanotlari o‘n besh futdan ham uzun edi; kondor qa-notlarini deyarlik qoqmay parvoz qilib yurardi, chunki mayda hasharotlarning havoda birpas uchishi uchun ming m artalab qanot qoqishi kerak bo‘lsa, k atta qush-lar g ‘oyat xotirjam lik bilan uchib yura oladilar.
Mayor bilan Vilson o‘z karabinlarini qo'lga oldi-lar. Glenarvan imo bilan ularni to 'x tatd i. Kondor K ordilerning sayohatchilarim iz turgan yerdan chorak milcha naridagi odam bolasi chiqa olmaydigan bir cho‘qqisi ustida aylana boshladi. K attakon qush qo‘rqinchli changallarini goh yig‘ib olib, goh pastga osiltirib va o‘tk ir tum shug'ini silkib-silkib, haddan tashqari tez uchib yurardi.
— 0 ‘sha yerda! 0 ‘sha yerda! — deb qichqirdi Glenarvan.
Uning miyasiga lop etib bir fikr keldi.
— A gar Robert tirik bo‘lsa! — deb qichqirdi u dahshat bilan. — Bu qush ... Otinglar, do‘stlarim , otinglar!
Lekin endi vaqt o‘tgan edi: kondor baland qoyalar orqasida g ‘oyib bo‘ldi. A srlardek tuyulgan birgina sekund vaqt o‘td i... K attakon qush yana ko‘rindi, u yukning og‘irligidan ilgarigidan ko'ra sekinroq uchib borardi.
Odamlar dahshat bilan qichqirib yubordilar —
kondorning changalida jonsiz bir jasad, R obert G rantning jasadi osilib yotardi. Y irtqich qush bolani kiyimidan changallab ko‘targan holda bir yuz ellik futcha balandlikda parvoz qilib lager tepasidan o‘ta boshladi. U sayohatchilarni ko‘rib qoldi-da, bu yerdan tezroq qochib qolish uchun qanotlarini zo‘r berib qoqa boshladi.
— A-a! — deb qichqirdi Glenarvan. — Bu qushga yem bo'lguncha Robertning jasadi qoyalarga urilib parcha-parcha bo‘lsin...
Glenarvan gapini tugatm ay, Vilsonning qo‘lidagi karabinni tortib oldi-da, kondorni nishonga ola bosh ladi, lekin qo‘llari titra r, ko‘zi tin ar edi, shuning uchun u qushni nishonga ololmadi.
— Menga qo‘yib bering, — dedi mayor.
So‘ng xotirjam , o‘ziga ishongan Mak-Nabbs kon-
dorni nishonga ola boshladi: qush endi uch yuz futcha masofada uchib borardi.
Lekin mayor karabin tepkisini bosishga ulgurm ay, vodiy ichkarisida o‘q ovozi yangradi; k atta -katta ikki bazalt qoya orasidan oppoq tu tu n ko‘rindi, qoq miyasidan o‘q yegan kondor qanotlarini keng yoygan holda, aylanib-aylanib, parashyutdek sekin-asta past-ga tusha boshladi. U o‘ljasini changalidan chiqarmay, tik ketgan ariq labidan ikki yuz futcha nariga beozor kelib tushdi.
— Endi gap bizda qoldi! Bizda! — deb qichqirdi Glenarvan.
Shunday dedi-yu, xaloskor o‘q qayerdan uzilganini
ham su rish tirm ay , kondor tom onga chopdi. H am rohlari ham uning ketidan yugurdilar. U lar yetib borganlarida qush allaqachon o‘lgan edi. R obertning gavdasi esa uning keng qanotlari ostida deyarlik ko‘rinmasdi.
Glenarvan bola ustiga otildi, uni kondor changali dan ajratib olib, o‘t ustiga yotqizdi-da, qim ir etm ay yotgan bolaning ko'kragiga qulog'ini tutdi.
Odamzotning og'zidan hali bunchalik xursandlik qichqirig‘i eshitilm agan bo‘Isa kerak.
— Tirik ekan! Tirik! — deb qichqirdi Glenarvan. Bir zumda Robertning kiyim -boshlarini yechib
oldilar, yuziga muzdek suv sepdilar. Bola qim irladi, ko‘zini ochdi, G lenarvanni tanib:
— Ha, ser, bu sizm isiz... otajon!.. — deb shi-virladi.
Hayajondan nafasi tiqilgan Glenarvan unga javob berishdan ojiz edi: u bir mo‘jiza bilan o ‘lim dan qutulib qolgan bola oldiga tiz cho‘kib, sevincjidan ho‘ngrab yig‘lardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |