Paganel, — istaganingizcha varaqlab o ‘qishingiz mumkin.
Kitob xato qilmadi: kechasi soat birda bo‘ron bir-dan tinib qoldi, shundan so‘ng sayohatchilar yaxshi-lab uxlab, kuch yig‘ib oldilar. Hammalari, ayniqsa Paganel, uyqudan tetik va bardam bo'lib turdilar: olim mazza qilib kerishar va suyaklarini qirsillatardi.
24-oktabr. Sayohatchilarimiz Talkaguanodan yo‘lga chiqqanlariga o‘n kun bo‘ldi. 0 ‘ttiz yettinchi parallel Rio-Koloradoni kesib o‘tadigan yerga yetish uchun yana to'qson uch mil1, ya’ni uch kunlik yo‘l qolgan. Amerika qit’asi orqali bo'lgan bu sayohat vaqtida Glenarvan kapitan Grant haqida biror ma’lu-mot olish umidida hinularni uchratishga harakat qil-di, u buni Paganel endilikda durustgina gaplashadi-gan bo‘lib qolgan patagoniyalik Talkav orqali amalga oshirishi mumkin edi. Lekin ular hindular kam yura-digan joylardan o‘tib borar edilar, chunki Argentina respublikasidan Kordiler tog‘lariga olib boradigan
'150 kilom etr. ( M u a l li f izohi.)
128
yo‘llar shimolroqdan o‘tardi. Shuning uchun sayo-hatchilarimiz o‘z yo‘llariga katsiklar qo‘l ostida yashovchi na o'troq, na ko‘chmanchi hindularni uchratmadilar. Mabodo uzoqda biror otliq-ko‘ch-manchi ko'rinib qolgudek bo'lsa ham, sayohatchilarni ko‘rishi bilanoq, aftidan, begona odamlarga duch ke-lishni xohlamay, ura qochar edi. Bu yerlardagi qirlar-da yakka yurishga jur’at qilgan kishiga bunday otryad haqiqatan ham shubhali ko'rinar, uchqur ot-larga minib oigan sakkizta qurolli kishini ko'rgan har qanday kishi ham qo‘rqib ketishi, ularni yomon ni-yatli kishi deb o‘ylashi mumkin edi. Shuning uchun sayohatchilar na tinch aholi bilan, na yo‘lto‘sar-qaroqchilar bilan gaplasha olmadilar. Ular hatto res-treadoreslar1 shaykasi bilan to‘qnash kelishga ham rozi edilar, hatto ular bilan miltiq otishdan gap bosh-lashga ham yo‘q demagan bo‘lardilar.
Glenarvanning umidi ro‘yobga chiqib, hindular bi lan gaplashishning iloji topilmagan bo‘lsa ham, har holda, hujjatning keyingi izohi to‘g ‘ri ekanini tas-diqlaydigan bir hodisa ro‘y berdi.
Otryad o‘z yo'lida bir necha so‘qmoqni shular orasi-da Karmendan Mendosga boradigan muhim so'qmoq yo‘lni kesib o‘tdi. Bu so‘qmoqni unda tez-tez uchrab turgan xachir, ot, qo‘y va ho‘kiz singari uy hayvonla-rining suyaklaridan bilib olish qiyin emas edi. Yirtqich qushlar top-toza qilib q o ‘y g a n va shamolda oppoq bo‘lib ketgan bu suyaklar go‘yo yo‘l ko‘rsatuvchi qo-ziqlar vazifasini o‘tardi. Bunday suyaklar ming-minglab sochilib yotar, ularga qanchadan-qancha odam suyaklari aralashib ketgan bo‘lsa ajab emasdi.
Talkav shu vaqtgacha sayohatchilar qayerni mo‘ljallab borayotganlari haqida bir og‘iz bo'lsin so‘ramadi. Lekin sayohatchilar hozir ketayotgan yo‘l pampaslardagi yo‘llardan birontasiga ham aloqasi yo‘qligini, bu tarzda yo‘l yurib na biror shaharga, na biror qishloqqa, na Argentina viloyatlaridan birontasining idoralariga chiqib bo‘lmasligini tushu-nar edi, albatta.
Do'stlaringiz bilan baham: |