Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari



Download 0,7 Mb.
bet16/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

T o ' q q i z i n c h i b o b
M AGELLAN BO‘G‘OZI
Paganelning bu qarorini eshitib «Dunkan»dagilar hammasi xursand bo'lishdi. Kichkina Robert shaxt bi-lan uning bo'yniga osilib, oz bo‘lmasa geografiya jam iyatining hurm atli sekretarini yiqi-tib yuboray de­ di.
— 0 ‘ktam yigitcha! — dedi Paganel. — Men unga geografiyani o‘rgatam an.
A ftidan, Robert juda o‘tk ir odam bo‘lib yetisha-

diganga

o ‘xshab

qoldi, chunki Jo n

M angls

uni




dengizchi

qilib yetishtirishga, Glenarvan — mard,




mayor—

sovuqqon, Elen — mehribon va olijanob




yigit qilib yetishtirishga

ahd

qilgan

edilar.

Meri




G rant esa

uni bu barcha m urabbiylaridan m innatdor




qilib tarbiyalashga tirishdi.




tezda

tugatib, bu




«Dunkan» ko‘m ir yuklashni




ko'rim siz,

g‘amgin

orollardan jo ‘nab ketdi. U

g'arb




tom onga

qayrila

borib,

B raziliya

q irg ‘oqlari




yaqinidan o'tadigan dengiz oqimiga tushib oldi, 7-sentabrda esa shimoldan esib turgan kuchli shamol os-tida ekvatordan o‘tib, Janubiy yarim sharga kirdi.
Safar qiyinchiliksiz borardi. Hamma ham ekspe-ditsiyaning m uvaffaqiyat qozonishiga ishonar edi. Kapitan G rantni topishga bo‘lgan um id borgan sari oshganday tuyulardi. Bunga juda ishonganlardan biri «Dunkan»ning kapitani edi. Uning bunchalik qattiq ishonch bildirishiga asosiy sabablardan biri Meri

64


G rantni umidvor va baxtli holda ko'rishga qizg'in in-tilishi edi. Jon Mangls bu qizga juda boshqacha qi-ziqib qolgan bo'lib, qizga bo‘lgan o‘z hislarini shun-day m uvaffaqiyat bilan yashirar ediki, buni Meri

G rant bilan uning o‘zidan boshqa hamma sezib oldi.


Geografiya olimiga kelsak, butun Janubiy yarim shar-da undan baxtli odam yo‘qday edi. U kun bo‘yi kayut-konpaniyadagi stol ustiga yozilgan k artalarni o‘rga-nar, stolga dasturxon yozmoqchi bo‘lgan Olbinet bilan Paganel o'rtasida har kuni bir tortishuv bo'lardi. Shuni ham aytish kerakki, bu tortishuvda kem adagi butun yoMovchilar Paganel tarafini olar, faqatgina mayor bundan chetda qolar edi; u o‘z odaticha geo-grafiyaga ham tamomi sovuqqonlik bilan qarardi, ayniqsa ovqat vaqtlarida unga mutlaqo qiziqmasdi. Paganel o‘ziga geografiya bilan sh u g'ullanishdan boshqa ham ish topdi. U kapitan yordam chisining yashigidan bir qancha kitob topib keldi, bu kitoblar orasidan bir nechta ispancha kitob topib oldi-da, Servantesning tilini o‘rganishga qaror qildi. Eslatib o‘taylikki, kemada bu tiln i hech kim bilmas edi. Ispan
tilin i bilish geografiya olim iga Chili so h illarin i

o‘rganishda yordam berishi kerak edi. 0 ‘zining til o‘rganish qobiliyati kuchli ekanidan foydalanib, u ke-ma Konsepsionga yetib borguncha bu tilni gaplashadi-gan darajada egallab olmoqchi edi. Shuning uchun u ispan tilini o'rganishga jon kuydirib kirishdi va no-tanish so‘zlarni to'xtovsiz ravishda takrorlay boshla-di.


Buning ustiga Paganel bo‘sh paytlarida Robert-ni yoniga chaqirib olar va unga «Dunkan» tezlik bilan yaqinlashib borayotgan sohillar to ‘g‘risida so‘zlab be-rardi.
10-sentabrda «Dunkan» 5°37' kenglik va 31°15' uzunlikka yetib bordi, shunda Paganelning yangi

do'stlari hatto durustgina m a’lumotli kishilar ham


bilm agan narsalardan xabardor bo‘ldilar. Paganel ularga Amerikaning tarixini so‘zlab berdi. Gap hozir «Dunkan» o‘tib borayotgan yo‘llardan yurgan buyuk dengiz sayyohlariga kelgach, u X ristofor Kolumb haqida gapirib ketdi va o‘z hikoyasini genuyalik bu buyuk sayohatchi Yangi Dunyoni topganini o‘zi bil-masdan o‘lib ketdi, deb tugatdi.
Shunda uning hikoyasini eshitib o‘tirganlarning

3 Kapitan Grant bolalari. 05



hammasi qattiq e’tiroz bildirdilar, lekin Paganel o‘z so'zida turib oldi.
— Bu tamoman tasdiqlangan gap, — dedi u. — Men Kolumbning shuhratini pastga urmoqchi eraas-man, lekin fakt faktligicha qoladi. 0 ‘n beshinchi asrning oxirida kishilarnnig butun fikri-zikri Osiyo bilan m unosabatni yengillashtirish va g ‘arb tomondan Sharqqa borish masalasiga qaratilgan edi. Qisqasi, «noz-ne’m atlar o‘lkasiga» boradigan eng qisqa yo'lni axtarib topishga intilar edilar. Kolumb ham o‘z oldiga
shu vazifani qo‘ydi. U to ‘rt m arta sayohat qildi,

K um an, G onduras, M askit sohillari, N ikaragua,


Veragua, Kosta-Rika va Panam adan chiqdi, lekin, bu yerlarni Yaponiya va Xitoy sohillari deb gumon qildi. Shunday qilib, u kattakon q it’aning mavjudligidan bexabar vafot qilib ketdi, afsuski, bu q it’a uning nomiga ham qo'yilniadi.
— Men sizga ishonmoq istardim , aziz Paga-nel,— dedi Glenarvan. — Lekin juda hayron bo'lib qoldim. Sizga b itta savol bermoqchiman: Kolumb-ning ix-tirosini dengiz sayyohlaridan kirn to ‘g ‘ri tushungan?
— Shu ishni undan keyin davom etdirganlar: Kolumbning sayohatlarida ishtirok qilgan Oxeddan

to rtib ,

V insent

Pinson, Am erigo Vespuchchi,

Mendosa, Bastidas, Kabral, Solis, Balboagacha. Bu

dengiz

sayyohlari

A m erikaning sharqiy sohillari

bo‘ylab o‘tib, uning chegarasini kartaga tushirib bor-ganlar: bundan uch yuz oltm ish yil burun ular ham hozir bizni oqizib ketayotgan okean oqimi bilan janub-ga tushib borganlar. Shuni ham aytayki, do‘stlarim , biz ekvatorning o‘n beshinchi asrning oxirgi yilida Pinson kesib o‘tgan yeridan o‘tdik, hozir esa biz Pinsonning Braziliya sohillariga tushgan yeri — janubiy kenglikdagi sakkizinchi gradusga yaqinlashib kelayotirm iz. Pinson-dan bir yil keyin portugaliyalik Kabral undan ham pastroqqa — hozirgi Seguro porti-gacha tu sh d i. U ndan so‘ng dengiz sayohatchisi Vespuchchi o'zining uchinchi sayohati paytida, 1502-yilda, yana ham janubroqqa tushdi. 1508-yilda Vinsent Pinson bilan Solis A m erikaning sohillarini ham jihatlik bilan tekshirish maqsadida birlashdilar, shundan so‘ng 1514-yilda Solis La-Plata daryosining dengizga quyiladigan yerini ochdi va xuddi o‘sha yer-da o‘zi yow oyilarga go‘sht bo'ldi. Solisning halok


66

bo'lgani tufayli m aterikni birinchi bo‘lib aylanib o‘tish sharafi Magellanga nasib etdi. Bu ulug‘ sayyoh 1519-yilda beshta kema bilan Amerikaga yo‘l oldi. U Patagoniya sohillari yoqalab o‘tdi, H uzurijon portini, shuningdek muqaddas Yulian portini ham ochdi va bu portda uzoq turib qoldi. So‘ng o‘sha kenglikning ellik ikkinchi gradusida keyinchalik uning nomiga qo‘yil-gan o‘n bir ming Qiz bo‘g ‘ozini ochib, Magellan Tinch okeanga chiqdi. Ko‘zi oldida quyosh n u rlari ostida tovlanib turgan yangi dengiz ochilganda u o‘zida yo‘q xursand bo'lib, yuragi shodlikdan o‘ynab ketgan bo'lsa kerak deyman!
— Eh, qani endi men ham o‘shanda u bilan birga bo'lgan bo‘lsam! — deb yubordi geografiya olim ining so‘zlaridan to'lqinlangan Robert.
— Buni men ham istardim , o‘g‘lim, bundan uch yuz yil burun tu g ‘ilganim da bunday hodisada albatta ishtirok qilgan bo‘lardim -a.
— Bundan biz xafa bo‘lgan bo‘lardik, janob Paganel — dedi Elen, — chunki unda siz hozir biz b i­ lan «Dunkan»da o‘tirm agan bo‘lardingiz, biz esa siz hozir aytib bergan gaplarni eshitm agan bo'lardik .
— Men bo‘lmasam, boshqa biror kishi so‘zlab be-rardi, xonim. U Am erikaning G‘arbiy sohilini aka-uka P isarrolar tekshirganini ham qo‘shib aytgan bo'lardi. Sarguzasht axtargan bu jasur kishilar qator shaharlarga asos qo‘ydilar. Kusko, Kvito, Lima, Sant-Yago, Villa-Rika, Valparayso va hozir «Dunkan» ke-
tayotgan Konsepsion sh ah arlarin in g ham m asiga o‘shalar asos solgan. Aka-uka Pisarrolarning kashfi-

yotlarini

M agellanning

kashfiyotlariga

qo‘shib,

A m erika

q it’asining sohillarini kartaga

tu sh irish

mumkin

bo'ldi, bu esa

Eski Dunyo olim larini juda

xursand qildi.
— Lekin men bu bilan kifoyalanm agan bo‘lar-dim, — dedi Robert.
— Nima uchun endi? — deb suradi. Meri, bu kash-fiyotlar to ‘g‘risidagi hikoyalarga juda qiziqib qolgan ukasiga qarab.
— Rost-a, o‘g‘lim, nim a uchun? — deb takror so'radi dalda beruvchi tabassum bilan G lenarvan ham.
— Chunki men Magellan bo‘g‘ozining nariyog‘i-da nima borligini bilishga qiziqqan bo‘lar edim.


67

— Barakalla, do'stim! — dedi Paganel, — Men ham q it’a Janubiy qutbgacha cho‘zilib ketadim i yoki Dreyk degan sizning vatandoshlaringiz taxm in qil-gandek, ochiq dengizga chiqadimi — mana shuni bil-

ishga qiziqqan bo'lardim . X ullas, ishonam anki,

Robert G rant bilan Jak Paganel o‘n yettinchi asrda

yashagan bo‘lsalar, bu geografik jumboqni hal qilish-ga intilib albatta Sxouten bilan Lemer ketidan ketgan bo‘lardilar.


— U lar olim lar edimi? — deb so'radi Elen.

— Yo‘q ular kashfiyotlarning ilmiy jihati bilan kam qiziqqan oddiy kom ersantlar edi. U vaqtlar Gollandiyada Ost-Indiya kompaniyasi mavjud bo‘lib, Magellan bo‘g‘ozi orqali tovar olib o 'tish huquqiga faqat shu kompaniyagina haqli edi. Osiyoga olib bora-digan bundan boshqa yo'lni bilishm aganidan, bo‘g ‘oz Ost-Indiya kompaniyasining haqiqiy monopoliyasi edi. Shu sababdan b ir qancha kom m ersantlar boshqa bo‘g ‘oz topish orqali Ots-Indiya kom paniyasi bilan kurash olib borish payiga tushdilar. Bu kom m ersantlar orasida Isaak Lemer degan aqlli va bilim li kishi bor edi. U o‘z hisobidan ekspeditsiya tashkil qilib, unga jiyani

Yakov Lem er bilan gornlik tajrib ak o r dengizchi

Sxoutenni bosh qilib qo‘yadi. Bu ja su r sayohlar

Magellandan deyarli yuz yil keyin, 1615-yilning iyun oyida yo'lga chiqadilar. Ular S htatlar territoriyasi bi­ lan Olovli Yer o‘rtasida keyinchalik Lemer bo‘g ‘ozi deb atalgan bo‘g ‘ozni kashf etdilar. 1616-yilning fevralida esa ular hozir juda m ashhur bo'lgan Gorn burunini ay-lanib o‘tdilar; bu burunda Bo‘ronlar buruni deb nom chiqargan Yaxshi Umid burniga qaraganda ham qat-tiqroq bo'ron quturib yotardi.
— Eh, qani endi men ham o‘shalar bilan birga bo'lsam! — deb yubordi Robert.
— 0 ‘g ‘lim, ular bilan birga bo'lganingda unutil-mas shodiyona daqiqalarni boshdan kechirgan bo‘larding! — dedi qizg'inlik bilan Paganel. — Chindan ham , dunyo xaritasig a o‘z kashfiyotini tushirayotgan dengizchining m am nunligi va sevinchi-dan ham ortiq narsa bo'larm ikin! Ko‘z oldida go‘yo sekin-asta dengiz to ‘lqinlari orasidan chiqib kelib, yangi-yangi yerlar, orollar, burunlar bunyod bo'layot-ganday tuyuladi. Dastlab bu yangi yerlar sal-pal ko'zga chalinadi, bo‘lak-bo‘lak bo‘lib ko‘rinadi, ularni



68

aniq ajratib , ilg'ab olib bo‘lm aydi: bir chetda sho'ppayib chiqqan yolg'iz burun ko‘rinib qoladi, bir tarafda buxta, yana bir tarafd a uzoqdan ko‘rfaz ko‘zga tashlanadi. Lekin vaqti kelib, kashfiyotlar biri-birini to ‘ldiradi, kartadagi uzuq-yuluq chiziqlar ulanib ketadi, undagi nuqtalar o‘rnida aniq chiziqlar paydo bo'ladi; bu burunlar m a’lum bir joyda quruq-likka tutashadi burunlar m a’lum bir yerdan joy oladi, shu tarzda sekin-asta globusda butun boshli q it’aning qiyofasi paydo bo'ladi, unda yangi q it’aning butun ko‘llari, daryolari, anhorlari, to g'lari, vodiylari, past-tek isliklari, qishloqlari, sh ah arlari, p o y tax tlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Oh, do‘stlarim , yangi yer ochgan kishi — bir kashfiyotchi! U ham kashfiyotchining hayajonlarini, hech kutulm agan hollarni boshidan kechiradi. Lekin bizning davrim izda bunday kashfiy ­ otlar manbai tamom bo'lgan: hamma yoqni ko‘rib, tekshirib kashf qilish m um kin bo‘lgan narsalarni kashf qilib bo‘lganlar, bizday hozirgi geograflarga qi-ladigan ish qolmagan.
— Yo‘q, aziz Paganel, — deb e’tiroz bildirdi Glenarvan. — Hali qilinadigan ish bor.
— Nima ekan u?

— Biz qilayotgan ish-da!


«Dunkan» esa Vespuchchi va M agellan o‘tgan yo‘llardan shtob bilan suzib borm oqda edi. 15-sentabrda kema Jaddiy tropigidan o‘tib, m ashhur bo‘g ‘ozga qarab yo‘l oldi. B ir necha bor ufqda Patagoniyaning past sohillari sal-pal ko‘zga ilg‘ab qoldi. Kema bu sohillardan o‘n mildan ham ortiqroq m asofadan o‘tib borardi, shuning uchun o'zinnig ajoyib dengiz trubasidan sohilni ko‘rishga harakat qilgan Paganel ham Am erika q irg ‘oqlari to ‘g‘risida tuzukroq bir taassurot ololmadi.
25-sentabrda «Dunkan» Magellan bo‘g ‘oziga yetib keldi. Yosh kapitan kemani bo‘g ‘ozga dadillik bilan olib kirdi. Tinch okeanga ketayotgan kem alar odatda shu yo'ldan o'tadilar. Magellan bo‘g ‘ozining uzunligi nihoyati uch yuz yetmish olti mil keladi. U shuncha-lik chuqurki, hatto eng k atta kem alar ham shunday sohilning yonidan bem alol suzib o‘ta oladilar. Bo‘g‘ozning tagi kem alarning langar tashlab tu rish i uchun juda qulay. Uning sohillarida chuchuk suv m anbalari, baliqqa boy daryolar, yow oyi parrandaga


69

boy o‘rm onlar juda ko‘p, kirish oson va xavfsiz bo‘lgan bir qator lim anlar bor. Qisqasi, bu yerda doim bo‘ron va dovul quturib yotgan, haybatli qoyalari ko‘p Gorn burunida ham, Lemer bo‘g ‘ozida ham yo‘q bo‘lgan qulayliklar juda ko‘p edi.
Magellan bo‘g ‘ozidan o'tishda dastlabki soatlarda-gi, ya’ni Gregori burunigacha bo'lgan taxm inan olt-mish-sakson milli yo‘ldagi sohil past va qumloq yer-lardan iborat. Jak Paganel sohilning biror qarich joyi-ni, bo‘g ‘ozning b ironta detalini qo'ym ay ko‘rib

o'tishga tirish ar edi. Bo‘g ‘ozdan o‘tish uchun o‘ttiz

olti soatdan kamroq vaqt ketardi, shuning uchun jo-zibali janub quyoshining nurlari ostida tovlangan har ikki sohilning go'zal m anzarasi zavq bilan ko‘z uzmay tomosha qilishga haqiqatan ham arzir edi. Shimoliy sohilda bironta ham odam ko‘rinm as, Olovli Yerning yalang'och qoyalari ustida esa bir nechagina shu yer-li odamlar kezib yurishar edi.
Paganel bironta ham patagoniyalikni uchratm a-ganiga achindi, olim bunga qattiq xafa bo‘lar, uning yo'ldoshlari esa bundan juda zavqlanishardi.
— Patagoniyaliklarsiz qanday Patagoniya bo‘ldi bu! — deb takrorlardi u achchig'lanib.
— Sabr qiling, hurm atli geograf, hali patagoniya-liklarni ko‘p ko'ram iz, — deb unga dalda berar edi Glenarvan.
— Men bunga ishonmay qo‘ydim.

— U lar mavjud-ku, axir, — dedi Elen.

— B irontasini ham ko'rm aganim dan keyin bunga shubhalanib qoldim, xonim.

— H ar holda ispanchada «katta oyoqlar» degan

m a’noni bildiradigan «patagoniyaliklar» xayoliy

odamlar emas-ku.

— E! Ism hech narsani bildirm aydi hali! — deb tor-tishuvni qizitish uchun qaysarlik bilan so‘zida turib oldi Paganel. — Lekin, rostim ni aytsam , ularning is-mi qanday ekani ham noma’lum.

— Ana xolos! — dedi Glenarvan. — Mayor, siz buni bilarm idingiz?


— Yo‘q, — deb javob berdi Mak-Nabbs, — buni bilish uchun bir fu n t shotland sterlingi ham berma-gan bo‘lardim .
— 0 ‘shanday bo‘lsa ham hozir shu to ‘g‘rida ba’zi

gaplarni eshitasiz, odam ning beparvosi! — dedi


70


Paganel. — To‘g‘ri, Magellan bu yerli odam larni patagoniyaliklar deb atagan, lekin fidjinliklar ularni tirem eneylar deb, chililiklar koukalular deb, Karmen koloniyachilari — teguelxlar deb, araukanliklar — uilixlar deb atashadi. Bugenvil ularni chauxlar deb atagan. U larning o‘zlari esa o‘zlarini um um iy ism bi-lan ipakslar deb ataydilar. A na endi m enga shuni ayting: bularning qaysi biri rost, shunday ko‘p ism bilan ataladigan xalq bo‘lishi mum kinmi?
— Ana dadil-u! — deb yubordi Elen.

— Shunday deb ham faraz qilaylik, — dedi Glenarvan, — lekin do‘stim iz Paganel patagoniyalik-larning ismi masalasida shubhalar bo'lsa ham, juda bo‘lmaganda, ularning bo‘yi m asalasida har xil fikr-lar yo‘qligini e’tirof qilar, deb o‘ylayman.


— Bunday fikrni men m utlaqo tasdiqlay olmay-man! — dedi Paganel.
— U lar baland bo‘yli bo‘ladi, — deb o‘z fikrida turib oldi Glenarvan.
— Bu menga noma’lum.

— Demak, past bo‘yli ekan-da? — deb so‘radi Elen.


— Buni ham hech kim tasdiqlay olmaydi.

— Bulmasa o‘rta bo‘yli odam lar bo‘ladi-da, — de­ di hammani kelishtirib qo'yish uchun Mak-Nabbs.


— Menga bunisi ham noma’lum .

— Yo‘g ‘-e, o‘jarlikni juda oshirib yubordingiz! — dedi Glenarvan, — ularni ko‘rgan sayyohlar...


— U larni ko'rgan sayyohlar, — deb uning so‘zini bo‘ldi Paganel, — har xil fik r aytadilar. Masalan, Magellan mening bo‘yim zo‘rg ‘a ularning belidan kel-di deydi...
— Ana, ko'rdingizm i?

— Ha, lekin Dreyk inglizlar eng novcha pata-goniyalikdan ham balandroq degan fikrni aytgan.


— A lbatta, bu yerda gap inglizlar to ‘g ‘risida emas, — dedi nafrat bilan Mak-Nabbs. — Gap shot-landiyaliklar to ‘g ‘risida bo‘lsa kerak.
— Kevendish, patagoniyaliklar baland bo‘yli baq u w at odamlar degan edi, — deb so'zida davom qildi Paganel. — Naukins ularni pahlavon odam lar deb tilga oladi. Lemer bilan Sxouten esa ularning
bo‘yi o‘n bir fu t keladi degan fikrni bildiradi-lar...

71


— Juda soz! U larning gapiga ishonsa bo'ladi, — dedi Glenarvan.
— To‘g ‘ri, lekin Vudning ham, Narboroning ham, Falknerning ham gapiga ishonsa bo‘ladi, ularning fikricha esa — patagoniyaliklar o‘rta bo‘yli, to ‘g‘ri, Bayron, La-Jirode, Bugenvil, Uells va K arterelar patagoniyaliklarning bo‘yi o‘rtacha olganda olti fut olti dyum ga to ‘g‘ri keladi, degan fikrni bildiradilar, vaholanki, bu m am lakatni ancha yaxshi bilgan olim janob d ’Orbini ularning bo‘yi o‘rta hisob bilan besh fut to ‘rt dyumga to ‘g ‘ri keladi, xolos deb aytgan.
— B o'lm asa bu qaram a-qarshi fik rla r ichidan haqiqatni qanday qilib topamiz? — deb so‘radi Elen.
— H aqiqat mana bunday: patagoniyaliklarning oyog‘i kalta, gavdasi uzun bo'ladi. Hazilga burib ayt-sak, o'tirganda ularning bo‘yi olti fut, turganlariga esa — faqat besh fut.
Glenarvan:

— O farin, bopladingiz, aziz Paganel! — dedi.


— Patagoniyaliklarning o‘zi tagida bo‘lm agandan keyin, barcha qaram a-qarshi fikrlar ham o‘z-o‘zidan kuchini yo‘qotadi, — deb davom etdi Paganel. — Endi esa, do'stlarim , so'zim ning oxirida b itta tinchlanti-ruvchi gap aytmoqchiman: Magellan bo‘g ‘ozi patago-niyaliklarsiz ham g ‘oyat go'zal joy ekan.
Bu payt «Dunkan» Brunsvik yarim orolini aylanib o'tm oqda edi. Ikkala sohil m anzarasi ham tobora go‘zallashib bormoqda. D araxtlar orasidan Chili bay-rog‘i bilan cherkov qo‘ng‘iroqxonasi ko'rinib qoldi. Bo‘g ‘oz suvi katta -katta granit m assivlar orasidan

oqib o‘ta rd i. T og'lar etagi ulkan o'rm on ichida

yo'qolib ketgan, abadiy qorlar bilan qoplangan cho‘qqilari esa bulutlar orasiga kirib yashiringan edi.
Janubi-g‘arb tomonda olti ming besh yuz fu t ba-landlikdagi Tarn tog‘i qad ko‘targan edi.
Uzoqqa cho'zilgan oqshomdan so‘ng qorong‘u tushdi. Kunduz yorug'ligi sezilmaygina so‘ndi, yerga qop-qora soyalar cho'kdi. Osmonda yulduzlar charaqladi. Janubiy Qutb yulduzlar turkum i dengiz sayohatchilariga janubiy qutb yo'lini ko‘rsatib turar-di.
Kema qop-qorong‘u tunda m adaniyatlashgan mam-lak atlard ag i m ayaklar o‘rn in i bosadigan porloq yulduzlarga qarab, bo‘g ‘ozda ko‘plab uchrab turgan



72

to'xtash uchun qulay buxtalarning birontasida ham langar tashlam ay, dadillik bilan yo'lida davom etdi. Uning reyalari tez-tez to‘lqinlar ustiga egilib turgan janub qora qayinlarining shoxlariga tegib o‘ta r, vint-lari esa yow oyi g'ozlar, o‘rdaklar, bedanam ashaqlar, churraklar va bu yerdagi botqoqlarda yashovchi boshqa barcha qushlar olamining osoyishtaligini bu-zib, k atta daryolarning bo‘g‘ozga quyiladigan joydagi chuchuk suvlarni ko'piklantirib o‘tardi. Ko‘p o‘tm ay allaqanday harobalar va o'pirilgan joylar ko'rindi. Tunda ular vahim ali ko‘rinardi.
Bu tashlab ketilgan koloniyalarning ko'ngilsiz qoldiqlari bo'lib, bu koloniyaning ismiyoq bu yerlar serhosil yerlar, o'rm onlar esa qushlarga boy, degan fikrni tamom rad qilardi. «Dunkan» Ochlik porti yonidan o‘tib bormoqda edi.
Bu yerga 1581-yilda ispaniyalik Sarm iento boshchiligida to ‘r t yuzta em igrant ko‘chib kelgan edi. Sarmiento bu yerda San-Filipp shahriga asos soldi. Ko'chib kelganlarning b ir qism i qahraton qish sovuqlariga bardosh berolmay halok bo‘ldi, qishdan omon chiqqanlar ochlikdan o‘lib ketdilar, 1587-yilda korsar Kevendish kelganda bunda olti yil yashagan, lekin olti asrning azobini tortib qiynalib ketgan be-chora to ‘rt yuz em igrantdan faqat bittasini tirik uchratgan.
«Dunkan» mana shu bo‘m-bo‘sh sohillar yonidan o‘tib bordi. Tong paytida kema qoraqayin, shumtol va oqqayin o‘rm onlari orasidagi to r bo‘g‘ozdan o‘tdi.
Kema avliyo Nikolay buxtasi mansabi yonidan o‘tib bordi. Bir vaqtlar Bugenvil uni Fransuz qo‘ltig ‘i deb atagan edi. Uzoqda tyulenlar, shuningdek kitlar to ‘dasi o‘ynoqlab yurar, kitlarning qay darajada k a t­ ta ekanini ularning haddan tashqari kuchli fontan otayotganidan bilib olish m um kin edi, bu suv fontan-lári to ‘r t mil m asofadan ham ko‘rinib tu rard i. Nihoyat, «Dunkan» hali qishki muz bilan qoplanib yotgan Frouord burunini aylanib o‘tdi. Bo‘g ‘ozning narigi tom onida Olovli Yerda, Sarm iento tog‘i olti ming fu t balandlikka bo‘y cho‘zib tu rar, orasida bu-lutlar suzib yurgan bu qoyatoshlar va xarsanglar uyu-mi osmon bo'shliqlarida go‘y° bir arxipelag tashkil qilgan edi.
Aslida, Frouord buruniga kelib A m erika q it’asi tu-

73


gaydi, chunki Gorn buruni ellik oltinchi gradus janu-biy kenglikda okean qa’riga kirib yo‘qoluvchi tog‘-toshlardan boshqa narsa emas.

Frouord burunidan o'tgandan keyin, B runsvik ya-rim oroli bilan Umidsizlik Yeri oroli o‘rtasid a bo‘g ‘oz torayadi. Harsang toshlar sochilib yotgan qirg'oqqa to'lqin chiqarib tashlagan bahaybat q it’ani eslatadi-gan bu uzun orol bir qancha mayda orollar orasida cho‘zilib yotadi. Amerikaning parcha-parcha bo‘lak-

larga bo‘linib ketgan bu uchi A frika, A vstraliya va

H indistonning yaxlit, tekis b u runlariga sira -sira

o‘xsham as edi. Ikki okean orasiga joylashgan bu kat-takon burunni bizga noma’lum bo‘lgan qanday falokat bunchalik parchalab tashladi ekan?

Keyin serhosil sohillar o'rniga bu chalkash labi-

rin tn i tor qilib kesib o'tgan bo‘m-bo‘sh tosh sohillar

cho‘zildi.

«Dunkan» trubalaridan chiqqan tu tu n n i o‘zini

o‘rab yotgan tum anga aralashtirib, bu tez-tez qayilib-



burilib

turgan

yo‘ldan to ‘xtovsiz va xatosiz

o‘tib bo-

rardi;

ba’zan

turnan orasidan qoyatoshlar

m o‘ralab

qo‘yadi. Kema

yurishini sekinlatm ay bu bo‘m-bo‘sh

sohillarga o‘rnashgan bir necha ispan faktoriyalari ol-didan o‘tib ketdi. Tam ar buruni oldida bo‘g ‘oz yana kengayadi. «Dunkan» Narboro orollarining tik so-hillarini aylanib o‘tib, janubiy sohilga yaqinlashib kela boshladi. Nihoyat, «Dunkan» Magellan bo‘g ‘ozi-ga kirganiga o‘ttiz olti soat bo‘ldi deganda kemadagi-lar Um idsizlik Yerining eng chetidagi Pilar buruni-
ning qoyasini ko‘rd ilar. «Dunkan» forshtevni

qarshisida bepoyon dengiz quloch yozib yotar edi, shu payt uni xursandlik bilan tabriklagan Jak Paganelning hayajoni «Trinidad» kemasi Tinch okean sham ollariga urilib chayqalgandagi M agellanning hayajonlaridan kam emas edi.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish