Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari



Download 0,7 Mb.
bet14/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

Y e t t i n c h i b o b
JA K PA G A N EL Q AYeRDAN PAYDO BO‘LD I-Y u, QAYeRGA K ETA Y oTG AN EDI
Geografiya jamiyatining sekretari, aftidan, juda yoqimtoy odam edi, chunki u yuqoridagi gaplarini g‘oyat nazokat bilan so‘zladi. Endi Glenarvan ham uni tanib qoldi: Jak Paganelning hurmatli ismi unga yaxshi tanish edi. Uning geografiyaga oid asarlari, geografiya jamiyatining byulletenlarida bosiladigan eng yaxshi kashfiyotlar to‘g‘risidagi dokladlari, de-yarlik butun dunyo bilan xat olishib turishi — bu-larning hammasi Paganelni Fransiyaning eng ko‘zga ko‘ringan olimlardian biri darajasiga ko‘targan edi. Shuning uchun Glenarvan o‘zining kutilmagan mehmoniga samimiyat bilan qo‘l cho‘zdi.
— Endi, siz bilan tanishib olganimizdan so‘ng, janob Paganel, sizga bitta savol berishga ruxsat et-sangiz, — dedi u.

— 0‘nta savol bersangiz ham mayli, ser, — deb javob berdi Jak Paganel, — siz bilan suhbatlashish menga xush yoqadi.


— Siz kemaga bundan ikki kun oldin kechqurun chiqqansiz, shundaymi?

— Ha, ser, ikki kun oldin, kechqurun soat sakkizda. Poyezddan tushdim-u o‘zimni kebga urdim, kebdan tusha solib esa, to‘ppa-to‘g‘ri «Shotlandiya»ga chiqdim, hali Parijda ekanimizda-yoq oltinchi kayutaga bilet buyurib qo‘ygan edim. Tun qop-qorong‘u edi. Men palubada hech kimni ko‘rmadim. 0‘ttiz soatli yo‘l yurib, juda charcha-gandim, buning ustiga dengiz kasaliga mubtalo bo‘lmaslik uchun kemaga chiqqach, darhol yotib uxlash va dengiz sayohatining dastlabki kunlarida krovatdan turmaslik kerakligini bilardim, shu sabablarga binoan darhol kayutaga kirib yotib uyquga ketdim. Sizni ishontirib aytamanki, sof vij-don bilan rosa o'ttiz olti soat qimirlamay uxladim!


Endi uning hikoyasini tinglab turganlarga Jak Paganelning «Dunkan»da qanday paydo bo‘lib qolgani ravshan bo‘ldi. Fransuz sayyohi qorong‘uda yang-lishib, kemada deyarlik hech kim yo‘g‘ida «Dunkan»ga chiqib qolgan. Hamma gap oydin bo'ldi-qo'ydi. Lekin o‘zi tushib qolgan kemaning nomini va

51


qayoqqa ketayotganini bilgandan keyin geografiya olimi nima deyarkin?
— Janob Paganel, demak, siz Kalkuttaga borib tushmoqchisiz va quruqlikdagi sayohatingizni o‘sha yerdan boshlamoqchisiz, shundaymi? — deb so‘radi Glenarvan.
— Ha, ser. Men shu vaqtga qadar Hindistonni ko‘rishni orzu qilardim. Mana, nihoyat men ko‘ngildagi orzularimga yetadigan bo'ldim!
— Demak, janob Paganel, siz Hindiston o'rniga boshqa mamlakatga borib qolishga rozi bo‘lolmasdin-giz, shundaymi?

— Bunga men rozi bo'lmasdimgina emas, juda xafa ham bo‘lardim, chunki mening Hindiston ge-neral-gubernatori lord Sommerset nomiga yozilgan tavsiyanomalarim bor, buning ustiga geografik jamiyat menga vazifa topshirgan, men uni bajarishim kerak.


— Ha-a! Demak, vazifa topshirilgan deng?

— Ha, menga bitta foydali va juda qiziq ekspedit-siya tashkil qilish topshirilgan; ekspeditsiyaning plani mening olim do'stim va hamkasabam janob Viven de-Sen-Marten tomonidan tuzilgan. Bu planga muvofiq men aka-uka sayyoh Shlaginvaytlar, polkovnik Vou, Vebb, Xodjon, missionerlardan Xuk va Gabe, Murkroft, Jyul Remi va ko‘pgina boshqa sayyohlarning izidan borishim kerak. Men 1846-yilda missioner Krik amalga oshirolmay qolgan vazifani ba-jarmoqchiman, ya’ni Himalay tog'larni shimoliy tomonidan aylanib o‘tib, bir ming besh yuz kilometrli masofada Tibetni suv bilan ta’minlab turadigan Yaru-Dzangbo-Chu daryosining oqimini tekshirmoqchiman. Nihoyat, men bu daryoning Assamadan shimoli-sharqda Bramaputra daryosi bilan qo‘shilish-qo‘shil-masligini aniqlamoqchiman. Hindiston geografiyasi uchun g‘oyatda muhim ahamiyatga ega bo'lgan bu masalani hal qilib bergan sayyohga esa oltin medal berilishi aniq.


Paganelga qoyil bo'lmay iloj yo‘q edi. U g‘oyat zavqlanib so'zlar, qizg'in tasawuri qanot yozib, uni ko‘klarga ko‘tarib ketardi. Reyn shalolasining su-vini to'xtatib bo‘lmaganidek, so‘zlab turgan Paganelni ham to‘xtatishning sira iloji yo‘q edi.

— Janob Jak Paganel, — deb gap boshladi




52

Glenarvan, mashhur olim bir minutgina tinchi-ganidan foydalanib, — siz aytgan sayohat, albatta, ajoyib sayohat, buning uchun fan sizdan g‘oyat min-natdor bo‘ladi. Lekin men endi sizdan haqiqatni yashirib o‘tirmoqchi emasman, endi siz vaqtinchalik bo‘lsa ham Hindiston safari to‘g‘risida o‘ylamay tu-rishingiz kerak bo‘ladi.

— 0‘ylamay turishim kerak? Nechuk?

— Chunki siz hozir Hindiston yarimoroliga tamom qarama-qarshi tomonga ketyapsiz.

— Nima! Kapitan Berton...

— Men kapitan Berton emasman, — deb javob berdi Jon Mangls.

— Axir «Shotlandiya»...


— Bu kema «Shotlandiya» emas!

Paganelning hayronligini tasvir qilib bo'lmaydi, u navbati bilan tamomila jiddiy qarab turgan Glenarvanga, olimga achinib va xafa bo‘lib qarab turgan Elenga va Meri Grantga, kulumsirab turgan Jon Manglsga, pinagini buzmagan mayorga bir-bir qarab chiqdi, keyin peshonavidagi ko‘zoynagini burni ustiga tushirib, yelkasini qisib qo‘ydi-da:

— Bu qanday o‘rinsiz hazil! — dedi.

Lekin xuddi shu payt ko‘zi shturvaldagi yozuvga tushib qoldi, unga: «Dunkan, Glazgo», — deb yozib qo'yilgan edi.


— «Dunkan!» «Dunkan!» — deb qichqirdi hayrat-da qolgan Paganel, so‘ng zinapoyadan otilib tushdi-da, o‘z kayutasiga qarab yugurdi.
Bechora olim ko‘zdan g‘oyib bo‘lishi bilanoq may-ordan boshqa hamma qah-qah urib kulib yubordi, hat-to matroslar ham o‘zlarini tiya olmadilar. Temir yo‘lda poyezdni adashtirish, masalan, aytaylik, Dumbarton poyezdi o'rniga Edinburg poyezdiga tushib qolish — bir nav edi-ya, lekin kemalarni adashtirib qo‘yish va Hindistonga jo'nab ketish o‘rni-ga Chiliga qarab yo‘l olish, bu, endi o‘taketgan pari-shonlik edi!
— Lekin Jak Paganelning bu ishi meni aslo ajablantirmaydi, — dedi Glenarvan. — Paganel bun-day sarguzashtlari bilan dongi chiqqan kishi, bir mar-ta u Amerikaning ajoyib xaritasini nashr qildirganda unga Yaponiyani joylab qo‘yibdi. Lekin bu uning mashhur olim va Fransiyaning eng dongdor geo-


53

graflaridan biri sifatida tanilishiga sira ham xalaqit berolmaydi.
— U bechorani endi nima qilamiz? — deb so‘radi Elen. — 0‘zimiz bilan birga Patagoniyaga olib keta olmaymiz-ku, axir!
— Nima uchun olib ketolmas ekanmiz? — deb gap qistirdi Mak-Nabbs. — Uning parishonligiga biz javobgar emasmiz-ku? Yanglishib boshqa poyezdga tushib qolganda nima qilardi, uni to'xtata olarmi-di?
— To‘xtata olmas edi, lekin eng birinchi stansiya-dayoq tushib qolgan bo'lardi, — deb e’tiroz qildi Elen.

— Xohlasa yo‘lda uchragan dastlabki gavandayoq tushib qolishi mumkin, — dedi Glenarvan.

Shu payt yuklari shu paroxodda ekaniga ishonch hosil qilgan Paganel yana palubaga chiqdi. Uyalgan va xunobi chiqqan olim, go‘yo boshqa so‘z topolma-gandek nuqul: «Dunkan», «Dunkan» deb takrorlar, kemaning machtalarini ko'zdan kechirib, atrofda yastlanib yotgan bepoyon dengizga nazar tashlab, u yoqdan-bu yoqqa yurar edi. Nihoyat, u yana Glenarvan oldiga keldi.

— Bu, «Dunkan» qayoqqa ketyapti? — deb so‘ra-di u.


— Amerikaga, janob Paganel.

— Amerikaning qayeriga?

— Konsepsionga.

— Chiliga! Chiliga! — deb qichqirib yubordi sho‘rlik olim. — Mening ekspeditsiyam esa — Hindistonga edi! Markaziy komissiyaning prezidenti Katrfaj jpnoblari nima deydi endi? Kortamber janoblarichi! Viven de-Sen Marten janoblarichi! Men endi Geografik jamiyatning majlisida qay yuz bilan ko‘rinaman!

— Ko‘p xafa bo'lavermang, janob Paganel, — deb unga tasalli bera boshladi Glenarvan, — hammasi to‘g‘rilanib ketadi, Hindistonga bir oz kechikibroq yetib borasiz, xolos. Yaru-Dzangbo-Chu daryosi esa sizni Tibet tog'larida kutib tura turadi. Biz ko‘p o'tmay Madeyra orolida to'xtaymiz, Yevropaga ketay-otgan biror kemaga o‘tib olarsiz.
— Tasalli berganingiz uchun tashakkur, ser. Boshqa iloj ham yo'qqa o‘xshaydi. Qarang-a, bundan ham qiziq ish bo'lishi mumkinmi! Mendan bo‘lak hech



54

kim bunday qilmas. «Shotlandiya»dagi buyurtirib qo'ygan kayutamni aytmaysizmi...

— Endi «Shotlandiya»ni hozircha unutsangiz ham bo'ladi.


— Lekin «Dunkan» ko‘ngil ochish sayohatiga chiqqan kema ko'rinadi, — deb davom etdi Paganel, «Dunkanni» yana bir marta ko‘zdan kechirib.
— To‘g‘ri aytdingiz, ser, — deb javob berdi Jon Mangls, — u mister Glenarvanga qarashli kema...

— ... u esa bu kemada mehmon bo'lib qolishin-gizni iltimos qiladi, — deb uning so‘zini tugatdi Glenarvan.


— Ko'pdan ko‘p rahmat, ser, — deb javob berdi Paganel. — Iltifotingiz uchun benihoyat xursandman. Lekin sizga oddiy bir fikr aytishga ruxsat etsangiz: Hindiston — ajoyib mamlakat, unda sayohatchilar har qadamda hech kutilmagan voqialar va mo’jizalarga duch keladi. Xonimlaringiz u yerlarni ko'rishmagan bo'lsa kerak... Shunday bo'lgandan keyin kapitan kemaning rulini bunday burib yuborsa, «Dunkan» Konsepsion o‘rniga Kalkuttaga qarab yo‘l oladi-qo‘yadi, sayohatingiz ko‘ngil ochish uchun uyushtirilgan bo‘lgandan keyin...
Lekin Paganel shu payt Glenarvanning, bu mumkin emas degandek bosh chayqatganini ko‘rdi-yu, gapi og‘zida qoldi.
— Janob Paganel — dedi Elen, — agar biz ko'ngil ochish maqsadida sayohatga chiqqan bo‘lganimizda, men o'ylab-netib o'tirmay, sizga: «Kelinglar, ham-mamiz birga Hindistonga boramiz», deb javob bergan bo‘lardim, ishonamanki, ser Glenarvan ham bunga mutlaqo qarshi chiqmasdi. Lekin gap shundaki, «Dunkan» Patagoniya qirg'oqlarida halokatga uchra-gan kishilarni o‘z vataniga qaytarish maqsadida Amerikaga ketyapti, shuning uchun u o‘zining bun­ day insonparvar maqsadidan kecholmaydi.
Bir necha minutdan keyin fransuz sayyohi hamma gapdan xabardor bo‘ldi. Hujjatlarning qanday qiziq ahvolda topilgani, kapitan Grantning butun tarixi va Elenning olijanoblik bilan qilgan taklifi to‘g‘risidagi hikoyalarni u hayajon bilan tingladi.
— Xonim, — dedi u, Elenga qarab, — sizning him-matingiz va jasoratingizga men g‘oyat qoyil qoldim. Kemangiz o‘z yo‘lida davom etaversin! Men uni bir

55


kun bo'lsa ham yo‘ldan qo'ysam, vijdon qiynog'ida qolgan bo'lardim.
— Demak, bizning ekspeditsiyamizga qo'shilasiz, shundaymi? — deb so'radi Elen.

— Sira ilojim yo‘q: men topshiriqni bajarishim kerak. Men sizlar birinchi to‘xtagan yeringizdayoq tushib qolaman.


— Demak, Madeyra orolida tushib qolasiz, — dedi Jon Mangls.

— Madeyra orolida bo‘lsa bo'laqolsin, mayli. Men u yerda Lissabondan nihoyati bir yuz sakson milya masofada bo'laman va biror kemaning kelishini kutib tura-turaman.


— Bo‘pti, janob Paganel, — dedi Glenarvan, — shunday qilamiz bo‘lmasa. Menga kelganda esa, shu bir necha kun ichida kemada mehmon bo‘lishingizga g‘oyat xursandman. Biz bilan juda ham zerikib qol-masangiz kerak, degan umiddamiz!

— Yo‘g‘-e, — dedi olim, — yanglishib, bu kema-ga tushib qolganimga xursandman! Lekin, har holda, e’tirof etishim kerak. Hindistonga ketayot-gan odamning Amerikaga yo‘l olishidan ham kulgili gap bo‘lmas.


Yuz bergan bu voqea qanchalik xunuk bo‘lmasin, Paganel Hindistonga kechikibroq borish fikriga ko‘nishga majbur bo‘ldi, chunki boshqa iloji yo‘q edi. Uning yoqimtoy, quvnoq va, albatta, parishon odam ekanligi ma’lum bo‘ldi, u o'zining doimiy quvnoqligi bilan xonimlarni maftun qildi. Birinchi kunning o‘zi-dayoq Paganel hamma bilan do‘stlashib ketdi. U ka-pitan Grant haqidagi hujjatlarni ko‘rsatishni iltimos qildi, barcha ikir-chikirlarigacha nazardan qochir-may, diqqat bilan uzoq o'rgandi va buni boshqacha izohlash mumkin emas degan fikrga keldi. U Meri Grant bilan ukasining holiga butun yurakdan achin-di, otalari bilan albatta uchrashajaklariga bo'lgan ishonchni mustahkamlashga harakat qildi. U «Dunkan» ketayotgan ekspeditsiyaning muvaffaqiyat bilan tugashiga shunday ishonar, bu ishlarga shunday hushchaqchaqlik bilan qarar ediki, uning gaplarini tinglar ekan, qiz o‘zini tabassum qilishdan tiya ol-masdi. Turgan gapki, vazifa topshirilgan bo‘lmagan-da u ham hech so‘zsiz kapitan Grantni axtarish ishi-ga kirishib ketgan bo'lardi.


56

Paganel, Elen mashhur sayyoh Vilyam Tuffnel-ning qizi ekanini eshitib, shunday ham iyib ketdiki, asti qo‘yavering! U Elenning otasini tanir edi. Qanday mard sayyoh edi u! Vilyam Tuffnel Parij geografik jamiyatining korrespondent a’zosi ekanida ular bir-birlariga qanchadan-qancha xat yozishgan edilar-u! Tuffnelni jamiyatga a’zo qilib olishni ham Paganel bi-lan Malt-Bryun janoblari taklif qilishgan edi!.. Mana bu uchrashuvni qarang-a! Vilyam Tuffnelning qizi bi-lan sayohat qilish qanday yaxshi!
Oxiri u Elendan bitta o'pishga ruxsat so'radi. Garchi bu bir oz «adabsizlik» bo'lsa ham o'pishga ijozat berildi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish