Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari



Download 0,7 Mb.
bet11/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

B e sh i n ch i b o b
* D U N K A N » N IN G JO 'N A B K E T IS hI
Elen Glenarvanning olijanob va dovyurak ayol ekanini biz ilgari aytib o‘tgan edik. Kapitan Grantni

35


axtarib topish to‘g‘risidagi taklifi bunga shubhasiz bir dalildir. Glenarvan uning fikrlariga darhol tushu-nadigan va hayot yo'lini u bilan birga mardlarcha bosib o‘ta oladigan bu olijanob xotini bilan har qancha faxrlansa ham arzir edi. Londonda, uning fikrini rad qilganlaridayoq, o‘zining ham miyasiga kapitan Grantni izlagani safarga chiqish fikri kelgan edi, lekin xotini bilan uzoq vaqt ayrilishni istamagani uchungina buni oldinroq ayta olmadi. Endi, kapitan Grantni axtarish taklifini Elenning o‘zi o'rtaga tash-lagandan keyin hech qanday ikkilanishga o‘rin qolma-di. Malkolm-Kestldagi xizmatkorlar bu taklifni shod-lik bilan tabriklashdi, — axir gap xuddi ular kabi shotlandiyaliklarni qutqarish to‘g‘risida borayotgan edi-da. Shuning uchun Glenarvan ularning Elen sharafiga aytayotgan «ura» xitoblariga butun yurak-dan qo'shildi.
Yo'lga chiqish masalasi hal bo‘lgandan keyin bir soatni ham bekor o'tkazmaslik kerak edi. 0‘sha ku-niyoq Glenarvan Jon Manglsga «Dunkan»ni Glazgoga keltirish va unda janubiy dengizlarda suzish uchun barcha tayyorgarliklarni ko‘rish to‘g‘risida buyruq berdi; bu ekspeditsiya butun dunyo sayohatiga ham aylanib ketishi mumkin edi. Shuni ham aytish kerak-ki, «Dunkan»da sayohatga chiqishni taklif qilar ekan, Elen kemaning layoqatiga baho berishda yanglishma-gan edi. Bu juda pishiq va tezyurar kema uzoq dengiz sayohatlariga bemalol chidash bera olardi.
«Dunkan» ikki yuz o‘n tonna hajmdagi, par bilan yuradigan ajoyib kema edi, vaholanki, Amerika qirg'oqlariga yetib borgan dastlabki kemalar — Kolumb, Vespuchchi va Magellanning kemalari bunga nisbatan ancha kichik hajmda edi1.
«Dunkan »ning ikkita machtasi: marsel va bram-stengali fok-machta, kontr-bizan va flagshtokli grot-machtasi bor edi; bulardan tashqari kemada uchbur-chakli yelkan — fok-staksel, katta va kichik kliverlar, shuningdek shtangaga o‘rnashtirilgan yelkanlar ham bor edi. Xullas, «Dunkan» oddiy klipperdan sira qo-
1Xristofor Kolumb Amerikaga to'rtinchi marta sayohat qilganda to‘rt kemada borgan edi. Bu kemalardan eng kattasi — Kolumbning o‘zi tushgan karavella yetmish tonna hajmli, eng kichigi esa ellik ton­ na hajmdagi kema edi. Ular faqat qirg'oq bo'ylab suzishga yaraydigan kemalar edi, xolos. (M u a llif izoki.)

36


lishmasdan suza olish darajadagi yelkanga ega edi. Lekin, albatta, kemaning mexanik kuchi — par mashinalariga hammasidan ko‘proq tayanish mumkin edi. Eng yangi sistema asosida ishlanib, peregrevatel-lar bilan jihozlangan, bir yuz oltmish ot quwatiga ega bo'lgan bu mashinalar ikki qavat vintni harakat-ga keltirar edi. Barcha yelkanlarini ochib yurganda «Dunkan» o‘sha vaqtga qadar sira ko‘rilmagan tezlik-da suza olardi. Sirasini aytganda, Klayd qo‘ltig‘ida sinovdan o‘tayotgan paytda «Dunkan»dagi patent-lag1kemaning tezligi soatiga o‘n yetti dengiz miliga2 yetganini ko‘rsatdi.

«Dunkan» hatto dunyo sayohatiga ham bemalol chiqa olardi, albatta.

Jon Manglas kemani ichki tomondan jihozlasa bo‘lgani edi. U eng oldin ko‘proq ko‘mir g‘amlab olish uchun ko'mirxonalarni kengaytirdi, chunki yo‘lda kemaga ko‘mir topish oson emas edi. Kema kambuzi3 zapaslarini to‘ldirishga ham u alohida e’tibor berdi. U ikki yilga yetadigan oziq-ovqat g'amlab oldi. To‘g‘ri u pulga muhtojlik sezmasdi; uning qo'lidagi puli hatto durustgina bir to‘p sotib olib, kemaning tumshuq tomoniga o‘rnatishga ham yetdi. Yo‘lda nimalar yuz berishini kim biladi deysiz!
Shuni ham aytish lozimki, Jon Mangls o‘z ishiga mohir dengizchi edi, hozirda u faqat yaxtaga qo‘mon-donlik qilayotgan bo‘lsa ham lekin Glazgoda eng yaxshi shkiperlardan hisoblanardi. U o‘ttizga kirgan edi. Uning bir oz xunuk yuzidan mard va olijanob yigit ekani ko‘rinib turardi. Uni yosh bolaligida Malkolm-Kestlga keltirgan edilar. Glenarvanlar oilasi uni o'qitib tarbiyaladi va ajoyib dengizchi qilib yetishtirdi. U bir necha marta uzoq dengiz sayohatlariga chiqqan, o‘shanda o‘zining butun dengizchilik san’atini, g‘ayrati va sovuqqonligini ko‘rsatgan edi. Glenarvan «Dunkan»ga qo‘mondonlik qilishni taklif qilganda, u bajonidil rozi bo'ldi, chunki Malkolm-Kestlning xo‘jayinini o‘z akasidek yaxshi ko‘rar, unga o‘zining sodiq ekanini ko‘rsatishga doim tayyor edi.
1P a ten t-la g — strelka yordamida kemaning harakat tezligini ko'rsatadigan siferblatli aabob.

2Dengiz mili 1852 metrga baravar.

3K a m b u z — oshxona.

37


Jon Manglsning yordamchisi Tom Ostin bahazo‘r ishonish mumkin bo‘lgan eski dengizchi edi. Kapitan bilan uning yordamchisini ham qo‘shib hisoblaganda «Dunkan»ning komandasi yigirma besh kishidan ibo-rat edi. Ularning hammasi Dumbarton grafligidan bo'lib, tajribali va saralangan dengizchilar edi. Ular kemada ham mard shotlandlar klani1tashkil qilgan-dek edilar. Ular orasida hatto traditsion piper-bag2 ham bor edi. Shunday qilib, kema komandasi Glenarvanga sodiq, o‘z ishiga juda berilgan, tajribali, qurol tutishni bilgan eng qaltis ekspeditsiyalarda ham ish bera oladigan, mard dengizchilardan iborat edi. «Dun-kan» komandasi kemaning qanday safarga chiqishidan darak topganda dengizchilar o‘z quvonch-larini hech qayerga sig‘dirolmay, qattiq aytilgan «ura» sadolari bilan Dumbarton qoyalarini larzaga keltirdilar.
«Dunkan»ga ko‘mir va oziq-ovqat ortish ishiga g‘ayrat bilan kirishgan Jon Mangls Eduard va Elen Glenarvanlarning kayutalarini uzoq safarga tay-yorlashni ham unutmadi. Shuningdek, u kapitan Grantning bolalari uchun ham kayutalar hozirlab qo'yishi lozim edi — axir, Elen Merining bu ekspe-ditsiyada ishtirok etish to‘g‘risidagi iltimosirii rad qilolmas edi-da. Kichkina Robert esa qirg‘oqda qolgan-dan ko‘ra tryumga yashirinib olishni afzal ko‘rgan bo‘lardi. Shunday yigitchani tashlab ketib bo'larmidi! Bunga urinishmadi ham. Shuningdek, Robertning yo'lovchi qilib emas, balki kema komandasi sostaviga a’zo qilib olish to‘g‘risidagi talabiga ham rozi bo‘lish-ga to‘g‘ri keldi. Unga dengizchilik ishlarini o‘rgatish Jon Manglsga topshirildi.
— Yashasin! — dedi Robert. — Agar men biror ishni o‘rniga keltirib qilolmasam, kapitan meni aya-may qamchin3bilan savalasin.

— Unisidan xotirjam bo‘l, o‘g‘lim,— dedi Glenar-van, jiddiy tusda, ammo u «Dunkan»da qamchin bilan jazolash taqiqlangani to‘g‘risida hech narsa, demadi.

«Dunkan»dagi yo‘lovchilar ro‘yxatini tugallash

1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish