Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari



Download 0,7 Mb.
bet9/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

24

U ch i n ch i b o b
MALKOLM-KESTL
Malkolm-Kestl — tog‘li Shotlandiyaning eng ko‘rkam qasrlaridan biri. U Lyuss qishlog‘uga yaqin yerda, go‘zal manzarali vodiy tepasida qad ko‘targan. Lomond ko‘lining ko‘m-ko‘k suvlari uning granit de-vorlarini yuvib turadi. Bu qasr Rob-Roy va Fergus Mak-Gregorlarning vatanida ko‘p zamonlardan beri Valter Skott qahramonlarining qadimiy mehmon-do‘stlik urf- odatlarini saqlab kelgan Glenarvanlar avlodining mulki hisoblanadi.
Glenarvan juda badavlat odam edi. U odamlarga juda ko‘p yaxshilik qilar, qilgan yaxshiligi hatto saxiyligidan ham oshib ketar edi, chunki uning yaxshiligining cheki yo‘q edi, saxiylikning esa, istasa-istamasa, chegarasi bo‘ladi. Uni Angliya davlat ar-boblari uncha yoqtirmas edi, buning sababi dastlab shu ediki, Glenarvan o‘z ota-bobolarining yo‘lidan bo-rar va «bu janubliklar»ning siyosiy siqiqlariga qattiq qarshi chiqar edi. U butun yuragi bilan doim Shotlandiyaning sodiq farzandi bo‘lib qoldi; hatto o‘z kemalari bilan Qirollikning Temzadagi yaxt-klubi uyushtirgan musobaqalarda qatnashganda ham faqat o‘z vatani Shotlandiyaning shon-sharafini o‘ylar edi.
Eduard Glenarvan o‘ttiz ikki yoshda bo‘lib, baland bo'yli» chehrasi biroz jiddiy, lekin boqishlari g‘oyat muloyim, nihoyatda jasur, epchil, tashabbuskor va olijanob kishi edi. Undan tog‘li Shotlandiyaning toza nafasi gurkirab turardi.
Glenarvanning uylanganiga endi uch oy bo'lgan edi. Xotini Elen o‘z hayotini geografiya fani va ge-ografik kashfiyotlar yo'lida qurbon qilgan mashhur sayyoh Vilyam Tuffnelning qizi edi.
Elen dvoryanlar oilasiga mansub emasdi, u shot-landiyalik qiz edi, bu esa Glenarvan uchun hamma narsadan ham afzal. Glenarvan o'ziga umr yo'ldoshi qilib ana shu go'zal, jasur va fidokor qizni tanladi. Glenarvan Elen bilan u otasidan yetim qolib, otasi-ning Kilpatrikdagi uyida hech qanday mablag‘siz, tanho o‘zi yashab turgan paytda tanishdi. Glenarvan bu g'arib qizning sadoqatli va fidokor xotin bo‘lishini darhol payqadi va unga uylandi. Elen yigirma ikki yoshdagi sarg‘ish sochli, Shotlandiya ko'llarining

25


go'zal bahor tongidagi shaffof suvlarini eslatuvchi ko‘m-ko‘k ko‘zli ayol edi. U o‘z erini nihoyatda yaxshi ko‘rardi. Xizmatkorlarga kelsak, ular o‘zlari-ning yosh bekachlaridan jonlarini ham ayamas edilar.
Yosh er-xotin tog‘li Shotlandiyannig go‘zal va yowoyi tabiati quchog‘iga solingan Malkolm-Kestlda baxtli hayot kechirar edilar. Ular ikki chetiga dub va klyon daraxtlari ekilgan alleyalarda, ko‘l sohillarida sayr qilib yurishar, qadimiy xarobalar Shotlan-diyaning tarixini aks etdirib turadigan yowoyi da-ralarga tushishar edi. Ular goh qayinzor va qarag‘ay-zor o'rmonlarda, o‘tlari sarg‘aya boshlagan keng dashtlarda kezib yurishar, goh tik ketgan tog‘ cho‘qqilariga chiqib ketishalr yoki bo‘m-bo‘sh vodiy-larda ot choptirib yurishar edi. Ular shu paytlargacha «Rob-Roy o'lkasi» deb atalib keladigan bu go'zal o‘lkani, Valter Skott g‘oyat boplab tasvir qilgan bu mashhur joylarni o'rganishar va juda sevishar edi. Kechqurunlari ufqda «Mak-Farlanning fonari» yoqil-ganda — oy chiqqanda ular Malkolm qasrini belbog* singari aylanib o‘tadigan qadimiy gallereyani kezgani chiqib ketishar edi.
Ularning to'ydan keyingi dastlabki oylari shu tarzda o‘tdi. Lekin Glenarvan o‘z xotini mashhur sayyohning qizi ekanini unutmadi. U otasining sayo-hatga bo‘lgan ehtiroslari qizga ham o‘tgan bo'lsa ke-rak, deb faraz qilar va bu bilan yanglishmagan edi. Shu maqsadda «Dunkan» qurildi. «Dunkan» Eduard va Elen Glenarvanlarni yaqin kunlarda 0‘rta dengiz-ga olib ketishi kerak edi. Eduard «Dunkan»ni butkul Elenning ixtiyoriga topshirganda uning qanchalik sevinganini tasawur qilish qiyin emas.
Mana, Glenarvan Londonga jo‘nab ketdi. Lekin gap kema halokatiga uchragan bechoralarni qutqarish ustida borayotgani uchun Elen erining to‘satdan jo‘nab ketganiga xafa bo‘lmadi. Faqat u erini juda zoriqib kutar edi. Ertasiga olingan telegrammada Glenarvan tez orada qaytib kelishni va’da qilgan edi. Kechqurun esa undan xat keldi, bunda Glenarvan o‘zi boshlagan ish ba’zi moneliklarga duch kelib qolgani uchun bir qancha vaqt Londonda ushlanib qolishini xabar qildi. Uchinchi kun yana bitta xat keldi, Glenarvan bu safar admiralteystvodan norozi ekanini yashirmagan edi.


26

Shu kundan boshlab Elen xavotirlanishga tush-di. Kechqurun o‘z xonasida o'tirgan edi, Malkolm-Kestl qasrining boshqaruvchisi Xelbert kelib, mis-ter Glenarvanni so‘rayotgan bir yosh qiz bilan bir o‘g‘il bolani qabul qila olasizmi, deb so'radi.

— Ular shu yerlikmi? — deb so‘radi Elen.

— Yo‘q, missis, — deb javob berdi boshqaruv-chi, — men tanimayman. Balloxgacha poyezdda, u yerdan Lyussga piyoda kelishibdi.
— Chaqiring ularni, Xelbert, — dedi Elen. Boshqaruvchi chiqdi. Bir necha minutdan keyin

Elenning xonasiga yoshgina bir qiz bilan bir o‘g‘il bola kirib keldi. Ular opa-uka edilar. Qiz bilan bola bir-biriga juda o‘xshash bo'lganidan ortiqcha shub-haga o‘rin ham yo‘q edi. 0‘n olti yoshlarga kirgan bu qizning bir oz horg'in, chiroyligina chehrsi, chamasi, halitdan ko‘pgina ko‘z yosh to‘kib ulgur-gan ko'zlari, kamtarinlik va ayni vaqtda jasorat sezilib turgan boqishlari, oddiy, lekin ozoda kiyim-lari kishida unga mehr uyg‘otadi. U o‘n ikki yosh-lar chamasidagi o‘g‘il bolaning qo‘lidan yetaklab oigan edi. Bolaning chehrasida qat’iyat aks etib turar, ko'rinishidan u o‘zini opasining homiysi hisoblar edi. Ha! Bu yigitcha opasi bilan gaplash-ganda uning hurmatini joyiga qo'yib muomala qil-magan har qanday kishining ta’zirini berib qo'yish-ga tayyor ekani shubhasiz.


Opasi Elen bilan yuzma-yuz kelgach, bir oz o‘ng‘ay-sizlandi, biroq Elenning o‘zi darhol gap ochdi:

— Siz men bilan uchrashmoqchi edingizmi? — deb so'radi Elen, qizga dalda berishga tirishib.

— Yo‘q, siz bilan emas, — deb javob berdi bola, qat’iy qilib. — Biz mister Glenarvanning o‘zini ko‘rmoqchimiz.
— Siz uni kechiring, xonim, — dedi qiz va ta’na qilganday ukasiga qarab qo'ydi.

— Mister Glenarvan hozir bu yerda emas, — deb izoh berdi Elen, — lekin men uning xotini bo‘laman. Agar men uning o‘rnini...


— Siz mister Glenarvanning xotinimisiz? — deb so‘radi qiz.

— Ha, miss.

— «Tayms» gazetasida «Britaniya» kemasining halokatga uchragani to‘g‘risidagi xabarni e’lon qilgan

27


Malkolm-Kestllik mister Glenarvanning xotini bo‘la-sizmi?
— Ha, ha!— de javob berdi Elen, shoshib.— Sizlar...
— Men kapitan Grantning qizi bo‘laman, bu esa mening ukam.

— Miss Grant! Miss Grant! — deb yubordi hayajon bilan Elen va shaxt bilan qizni quchoqladi, bolannig kulcha yuzlaridan o‘pdi.


— Xonim, — deb Elenga murojaat qildi miss Grant, hayajon bilan, — otam kapitanlik qilgan ke-maning halokati to‘g‘risida nimalar bilasiz? U tirik-mi? Biz uni yana qaytib ko‘ramizmi? 0‘tinaman, tezroq ayting!
— Oh, yaxshi qiz! Men sizning porloq umidlaringiz qarshisida ojizman...

— Aytavering, xonim! Men har qanday g‘amga ham bardosh bera olaman, hammasini aytavering.

— Jonginam, — deb javob berdi Elen, — umid har qancha oz bo‘lsa ham, har holda, bir kun kelib otangiz bilan yana diydor ko'rishsangiz ajab emas.
— Yo rabbiy, yo rabbiy!.. — deb qichqirdi miss Grant va ortiq o‘zini tutib turolmay, ho‘ngrab yig'lab yubordi.
Ukasi Robert esa hayajon bilan Elenning qo'lidan o‘pardi.
Bu alamli sevinchning dastlabki hayajonlari bosil-gach, qiz Elenni behisob savollar bilan ko‘mib tashla-di, Elen ularga hujjatning qanday topliganini, «Britaniya»ning Patagoniya sohillarida halokatga uchraganini, kapitan bilan ikki matrosning kema halokatidan so‘ng omon qolganini, chamasi, ular qirg'oqqa chiqib olgan ekanini va, nihoyat, uch tilda yozib okeanga tashlangan hujjatda ular yordam so‘rab, butun dunyoga murojaat qilganliklarini so‘zlab berdi.
Elen hikoya qilar ekan, Robert Grant go'yo o‘zi-ning butun hayoti Elenning og‘zidan chiqayotgan ana shu so‘zlarga bog‘liqday, ko'zlarini uzmasdan, unga tikilib turdi. Uning bolalik tasawuri otasi boshidan kechgan butun dahshatlarni ko‘zi oldida jonlantirar, u otasini halokatga uchragan «Britaniya»ning palubasida, to‘lqinlar orasida ko'rar, u bilan birga qirg'oqdagi qoya toshlarga tirmashar, to'lqin urib



28

turgan qum ustida hansirab emaklar edi. Elenning hikoyasini eshitar ekan, u o‘zi ham sezmagani holda bir necha marta:
— Oh, otajon! Bechora otajonim!— deb yubordi. Keyin opasining pinjiga yana ham qattiqroq qisildi.

Miss Grant esa qo‘llarini qovushtirib, bir og‘iz ham so‘z demay tingladi.

— 0‘sha hujjat qani, xonim, o‘sha hujjat?! — deb so‘radi qiz, Elen hikoyasini tugatishi bilan.

— Hujjatlar hozir menda emas, jonginam, — deb javob berdi Elen.

— Endi yo'qmi?

— Ha, mister Glenarvan otangizga bir nafi tegarmikin deb, hujjatlarni Londonga olib ketdi. Lekin men sizga hujjatning mazmunini so‘zma-so‘z aytib berdim-ku, uni qay usulda o‘qiganimizni ham aytdim. Deyarlik butunlay o‘chib ketgan bu uzuq-yu-luq ifoda va so'zlar orasidan dengiz to'lqinlari bir necha raqamga insof qilibdi. Baxtga qarshi, uzunlik...


— 0‘shasiz ham topsa bo'ladi ularni, — deb qichqirib yubordi Robert.

— Albatta, mister Robert, — dedi Elen bolaning bunday qat’iyat bilan so‘zlashiga beixtiyor tabassum qilib. — Ko'rib turibsizki, miss Grant, — deb u yana qizga tomon o'girildi, — men u hujjat to‘g‘risida ni-ma bilgan bo'lsam, eng mayda ikir-chikirlarigacha — hammasi endi sizga ham yaxshi ma’lum.


— Ha, xonim, — deb javob berdi qiz, — lekin men otamning qo‘li bilan yozilgan xatlarni bir ko‘rsam de-gan edim!
— Ehtimol, bugun-erta mister Glenarvan uyga qaytib qolar. U qo'lidagi hech qanday shubhaga o‘rin qoldirmaydigan bu hujjatni admiraiteystvoga taqdim qilib, kapitan Grantni axtarish uchun darhol biror ke-ma yuborilishiga erishmoqchi bo'lib ketgan.

— Iloji bormikin buning! — deb yubordi qiz. — Nahotki, sizlar biz uchun harakat qilib yurgan bo'lsangiz?


— Oppoq qiz, — deb javob berdi Elen, — biz tashakkurga arziydigan hech qanday ish qilganimiz yo‘q: bizning o'rnimizda har qanday odam ham shun-day qilgan bo‘lar edi. Ishqilib, hammamizning umidimiz puchga chiqmasa bo'lgani! Albatta, sizlar erim qaytib kelguncha shu yerda qolasizlar...

29


— Xonim, men sizning marhamatingizni suiiste’-mol qilmoqchi emasman. Axir biz sizga tamomi bego-na odamlarmiz...
— Begona! Yo‘q, jonim, siz ham, ukangiz ham bu uyda begona emassizlar! Men mister Glenarvan kelib, kapitan Grantning bollariga ularning otasini qutqazish uchun nima ishlar qilinajagini aytib berishini istar edim.

Bunday chin yurakdan qilingan taklifdan bosh tortib bo‘lmas edi. Miss Grant bilan ukasi mister Glenarvanning qaytishini kutib, Malkolm-Kestlda qoldilar.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish