Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari



Download 0,7 Mb.
bet98/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

14800 kilometr.


259

suhbatlashib o‘tirishardi. Suhbat odatdagidek, «Britaniya» to‘g‘risida borardi — axir sayohatchi-larimizning butun fikri-xayoli halokatga uchragan-larda edi-da. Gap aylanib kelib, tasodifan kapitan Grant to‘g‘risidagi oxirgi ma’lumot ustiga ko'chdi: bu ma’lumot «Savdo floti gazetasi»dan olingan bo‘lib, unda kapitan Grantning Klayaodan 1862 -yil 30-may - da chiqib ketgani aytilgandi. Shu payt Glenarvan: «Britaniya» Peru sohillaridan jo'nab ketgandan keyin, qanday qilib sakkiz kun ichida, ya’ni 7-iyunda Hindu okeaniga yetib kela oldi ekan, shu meni ajablantiradi, deb qoldi. Glenarvanningkutilmagan-dagi bu fikrini eshitgan Paganel yalt etib unga bir qaradi-yu, indamasdan hujjatlarni olib kelgani ketdi. Qaytib kelib, meni shundayin «arzimagan narsa» bi­ lan bezovta qilishning nima keragi bor, degan kishidek yelkasini qisib qo‘ydi.
— Do'stim, har nima bo'lganda ham, bizga biror izoh bersangiz, — dedi Glenarvan.
— Yo‘q, — dedi Paganel, — men faqat bitta savol beraman, u ham bo‘lsa kapitan Jonga.

— Qulog'im sizda, janob Paganel,— dedi Jon Mangls.


— Tezurar kema Amerikadan Avstraliyaga bir oy-da yetib bora oladimi?

— Kuniga ikki yuz mildan yo‘l bossa, yetib bora oladi.


— Bu aqlga sig‘may digan tezlikmi?

— Mutlaqo bunday emas. Yelkanli kemalar ko‘pin-cha bundan ham tezroq yuradilar.


— Unday bo‘lsa, hujjatdagi raqamlardan bittasini dengiz suvi yuvib ketgan deb faraz qiling-da, «7-iyun» urniga «17-iyun» yoki «27-iyun» deb o'qing, hammasi ravshan bo‘ladi-qo‘yadi.
— Rost-a, — dedi Elen, — o'ttiz birinchi maydan yigirma yettinchi iyungacha...

— ... kapitan Grant Tinch okeandan
Olimning bu so‘zlarini hamma xursandlik bilan qarshi oldi.
— Shunday qilib, — dedi Glenarvan, — hujjatning yana bir yeri aniqlandi, buni ham olim do‘stimiz ochib berdi. Endi Avstraliyaga yetib borib, uning g ‘arbiy

2 6 0


sohillaridan « Britaniya »ning izini qidirishimizgina qoldi.
— Sharqiy sohillaridan axtarsak ham ajab emas,— deb qo‘shimcha qildi Jon Mangls.
— Ha, to‘g‘ri aytdingiz, Jon, hujjatlarda kema halokati qit’aning sharqiy sohilida emas, xuddi g‘ar-biy sohilida yuz bergan deb ko‘rsatilgan emas. Bundan esa biz qidirish ishlarini qit’aning o'ttiz yettinchi parallel o'tadigan har ikkala sohilida olib borishimiz kerak, degan xulosa kelib chiqadi.
— Bundan chiqdi, ularni qaysi sohildan qidirishimiz noma’lum ekan-da hali? — deb so'radi Meri.
— Yo‘g‘-e, miss! — deb shoshilib javob berdi Jon Mangls, qizni shubhadan chiqarish uchun. — Agar kapitan Grant Avstraliyaning sharqiy sohiliga chiqib jon saqlagan bo‘lsa, u yerda har qanday yordam ola oi­ gan bo‘lardi, chunki qit’aning bu sohilini inglizlarni-ki desa bo'ladi — u yerlarda kolonistlar yashaydilar, mening bu fikrimga m ister Glenarvan qo‘shilsalar kerak, albatta. Bu sohilda «Britaniya» komandasi o‘n mil ham yo‘l yurmay, o‘z vatandoshlarini uchratgan bo‘lardi.
— To‘g‘ri, kapitan Jon, — deb uning gapini tas-diqladi Paganel, — men fikringizga qo‘shilaman. Garri Grant sharqiy sohilda, Tufold ko'rfazida, Eden shahrida biror ingliz koloniyasidan boshpanagina emas, balki Yevropaga qaytish uchun kema ham top-gan bo‘lardi.
— Halokatga uchraganlar Avstraliyaning biz hozir «Dunkan»da ketayotgan sohilida bunday yordam ola olarmidilar? — deb so'radi Elen.
— Yo‘q, missis, chunki bu sohil bo‘m-bo‘sh, — deb javob berdi Paganel. — Bu sohilni na Melburn bilan, na Adelaida bilan qo‘shadigan bironta yo‘l yo‘q. «Britaniya» qit’aning o‘sha sohilidagi toshlarga borib o‘rilgan bo‘lsa, omon qolgan kishilar Afrikaning bo‘m-bo‘sh sohillariga kelib qolgan kishilar holiga tushib, hech qanday yordam ola olmagan bo'lar edilar.
— Unda ikki yildan beri otamning holi nima kech-di ekan? — dedi qiz.
— Qimmatli Meri,— dedi Paganel,— siz kapitan Grant halokat yuz bergandan so'ng Avstraliya sohiliga yetib olganiga ishonasiz-ku, axir, shunday emasmi?


261

— Ishonaman, janob Paganel,— deb javob berdi qiz.
— Shunday ekan, keling, bir narsani aniqlab olay-lik: kapitan Grantning boshiga nima ishlar tushdi ekan? Bunga faqat uch xil javob bo'lishi mumkin: yo Garri Grant o‘z hamrohlari bilan ingliz koloniyalari-dan biriga yetib oigan, yo maxalliy aholi qo'liga asir tushgan, yoki Avstraliya-ning bepoyon qirlarida adashib qolgan.
Paganel o‘z dalillarining hamsuhbatlariga qanday ta ’sir qilganini ularning ko'zlaridan o‘qib olishga tirishib, bir pas jim qoldi.
Davom eting, Paganel, — dedi Glenarvan.

— Xo‘p, — deb davom etdi geografiya olimi, — men birinchi farazni rad qilishdan boshlayman. Albatta, Garri Grant ingliz koloniyalariga yetib borol-magan, chunki shunday bo‘lganda, u allaqachon sog‘-salomat o'zining bolalari oldiga, jonajon Dendi shahriga qaytgan bo‘lardi.


— Bechora otam! — deb shivirladi Meri Grant.— Biz bilan xayrlashib chiqib ketganiga rosa ikki yil bo‘ldi-yaI
— Opa, janob Paganelning so‘zini bo‘lma! — deb uni to'xtatdi Robert. — U hozir hammasini aytib be-radi...
— Afsuski, o‘g‘lim, aytib berolmayman! Men faqat bir narsanigina ayta olaman: kapitan Grant avs-traliyaliklar qo'liga asir tushgan yoki...

— Bu yernging mahalliy aholisi... — deb uning so‘zini bo'ldi Elen.


— Xotirjam bo‘lavering, missis, — deb javob ber­ di geografiya olimi, uning nimadan xavotir olayot-ganini sezib, — to ‘g‘ri, bu odamlar hali yowoyilarcha hayot kechiradilar, taraqqiyotning juda past tabaqasi-da turadilar, lekin ular beozor odamlar, qonxo‘r qo‘shnilari yangi zelandiyaliklarga mutlaqo o‘xsha-maydilar. «Britaniya»dagilar ular qo‘liga asir tush ­ gan bo'lsalar, ularning hayotiga hech qanday xavf tahdid qilmaydi, bunga ishonavering. Barcha sa-yohatchilar ham avstraliyaliklar qon to'kishni yoqtir-maydilar, aksincha, sayohatchilarga katorgadan qochgan chinakam qonxo‘r jinoyatchilarning huju-miga qarshi kurashda ko'pincha yordam beradilar, degan fikr bildiradi.


262

— Janob Paganelning gaplarini eshitdingizmi? — deb Meri Grantga murojaat qildi Elen. — Agar otan-giz mahalliy aholi qo'lida asirlikda bo‘lsa — hujjat-larda esa bunga ishora bor — biz uni topamiz.

— Agar u bu kattakon mamlakatda adashib qolgan bo‘lsa-chi? — dedi qiz Paganelga savol nazari bilan qarab.


— Nima qilibdi! — dedi ishonch bilan geografiya olimi. — 0 ‘shanda ham topamiz uni! Shunday emas-mi, do‘stlarim?
— Bo‘lmasam-chi! — dedi Glenarvan. — Lekin uning adashib qolganiga men sira ishonmayman.

— Men ham, — dedi Paganel.

— Avstraliya juda kattami o‘zi? — deb so‘radi Robert.
Avstraliya, o‘g‘lim, yetti yuz yetmish besh mil­ lion gektarga yaqin yerdan iborat, boshqacha qilib aytganda — Yevropaning beshdan to ‘rt qismiga ba-ravar.
— Shunday kattami u? — deb so'radi hayron bo‘lib mayor.
— Ha, Mak-Nabbs, xuddi shunday. Xo'sh, siz ni­ ma deysiz. Shunday mamlakat, hujjatlarda aytil-ganidek, q it’a degan nom olishga haqlimi-yo'qmi?
— A lbatta haqli, Paganel.

— Men yana bir narsani qo'shimcha qilmoqchi-man, — deb davom etdi olim. — Bu kattakon mam­ lakatda yo'qolgan sayohatchilar ko‘p emas. Mening fikrimcha, bu yerda bedarak yo'qolib ketib, taqdiri noma’lum bo‘lgan birdan-bir sayohatchi — Leyxardt bo‘lsa kerak, lekin yo'lga chiqishimdan sal oldin, geo-grafik jamiyatda menga Mak-Intri uning iziga tush ­ gan emish deb xabar qilishgan edi.


— Avstraliyaning hamma oblastlari tekshirilma-ganmi hali? — deb so'radi Elen Glenarvan.
— Yo‘q, missis, — deb javob berdi Paganel. — Bu qit’a A frikaning markaziy qismidan ham kamroq o‘rganilgan, lekin, aytish kerakki, uni tekshirmoqchi bo‘lgan uddaburon sayyohlar ozmuncha bo'lgan emas. 1606-yildan 1862-yilgacha Avstraliyaning markaziy oblastlari va dengiz bo'yini tekshirish bilan ellikdan ortiq kishi shug‘ullangan.
— Nima, nima?! Ellik kishi dedingizmi? — deb so‘radi mayor, ishonchsizlik bilan.


263

— Ha, Mak-Nabbs, ellik kishi. — Men bu raqamni aytganim da, Avstraliyaning hali tekshirilm agan qirg‘oqlari bo‘ylab kemada safar qilishga ju r’at etgan dengizchilarni hamda bu kattakon mamlakatning ichkarisiga sayohat qilgan sayyohlarni nazarda tutyapman.
— O'shanda ham ularning ellikta chiqishiga ishon-gim kelmayapti, — dedi mayor.
— Isbot qilib beraman! — deb qichqirdi, odamlar gapiga shubha bilan qarasalar, doim qizishib ketadi-gan Paganel.
— Isbot qiling, do'stim!

— Ishonmasangiz, men hoziroq o'sha ellik kishi-ning nomini birma-bir sanab beraman.


— Obbo, shu olimlar qiziq xalq bo‘ladi-da! — dedi mayor, xotirjamlik bilan. — Har qanday masalani ham birpasda hal qilishadi-qo'yadi!

— Mayor, garov o 'y n a m a y s i z m i ? Agar mening

gapim rost chiqsa, siz «Purdey -Moor va Dikson» fir-masida chiqqan karabiningizni berasiz, agar siz yut-sangiz mening Sekretan fabrikasidan chiqqan uzun durbinimni olasiz.
— Shu bilan xursand bo'lsangiz, aytganingizdek bo'lsin, Paganel! — dedi Mak-Nabbs.
— Juda soz, mayor, — deb qichqirdi geografiya olimi, — siz bu karabin bilan endi na yowoyi echki, na tulki ovlay olasiz! Agar biror narsa otgingiz kelib qolsa, jon deb berib turaman.
— Sizga ham agar uzun durbinim kerak bo‘lib qol­ sa, xizmatingizga doim tayyorman, Paganel, — dedi bunga javoban jiddiyat bilan mayor.

— Bo‘lmasa boshladik! — dedi Paganel. — Muhtaram janoblar va xonimlar, guvoh bo‘linglar, Robert, sen ismlarni sanab tur.


Eduard va Elen Glenarvan, Meri va Robert, mayor va Jon Mangls geografning so‘zini tinglashga hozir-landilar. Bu tortishuv ularning hammasini ham qi-ziqtirdi. Buning ustiga gap bular hozir ketishayotgan Avstraliya ustida borishi kerak, shuning uchun u ju ­ da foydali bo‘lardi. Paganeldan hikoyani darhol bosh-lashni iltimos qildilar.
— Mnemozina! — dedi geografiya olimi. — Xotira ma’budasi, ilhom parilarining onasi, sodiq va qizg'in qulingga ilhom ber! Do‘stlarim, bundan ikki yuz ellik

264


sakkiz yil burun Avstraliya hech kimga ma’lum emas-di. To‘g‘ri, janub tarafda bir katta qit’a bo‘lishi ke­ rak, deb taxmin qilar edilar. Aziz Glenarvan, sizlar-ning Britaniya muzeyingizda saqlanayotgan, 1550-yilda chiqqan ikkita kartada, Osiyoning janubida portugaliyaliklarning K atta Yavasi deb atalgan al-laqanday bir yer ko‘rsatilgan. Lekin bu kartalar ishonchli emas. Shuning uchun men bira to ‘la XVII asrga, aniqrog‘i — 1606- yilga ko'chaveraman. Bu yili ispan dengizchisi Kviros yangi bir yer kashf qiladi va uni Australia de Espirstus iantu, ya’ni «Muqaddas ruhning janubdagi yeri» deb ataydi. Lekin ba’zi olim-lar Kviros Avstraliyani emas, Yangi Gebrid orollarini ochgan degan fikrni bildirganlar. Men hozir bu jan-jalli masalaga to'xtab o'tirmayman. Robert Kvirosni hisobga olib qo‘y, endi navbatdagi sayohatga o'tamiz.

— Bir! — deb e’lon qildi bola.

— Xuddi o‘sha yili Kvirosning eskadraga qo'mon-donlik qilish bo‘yicha yordamchisi Luis Vaz-de-Torres yangi ochilgan yerlarni tekshirib, janubga tomon tushadi. Lekin har holda Avstraliyani ochish sharafi gollandiyalik Teorodix Gertog hissasiga tushadi. U yi-girm a beshinchi gradus kengligida A vstraliyaning g‘arbiy sohiliga kelib tushadi-da, bu yerga Endraxt deb o‘z kemasining nomini beradi. Gertogdan keyin bir qa-tor dengizchilar keladi. 1618-yilda ulardan biri, Sixen shimoliy sohilda Arngeym va Von-Dimen yerlarini ochadi. 1619-yilda Yan Edels g'arbiy sohilning bir qis-miga o‘z nomini qo'yadi. 1622-yilda Lyovan hozir uning nomi bilan ataladigan burungacha boradi. 1627-yilda g‘arbda de-Nuits, sharqda Vitt o'zlaridan oldingi sayyohlarning ixtirolarini tugallaydilar. Ulardan keyin eskadra komandiri Karpenter keladi. U o‘z es-kadrasi bilan kattakon bir ko‘rfazgacha boradi — bu ko‘rfaz hozir ham uning nomi bilan K arpentariya ko'rfazi deb ataladi. Nihoyat, 1642-yilda dengizchi Tasman Van-Dimen orollarini aylanib o‘tadi va uni qit’aning bir qismi deb o‘ylab, orolga Bataviya general-gubernatorining nomini qo‘yadi. Keyingi avlodlar adolatli ish qilib, u orollarni Tasmaniya deb atay bosh-ladilar. Shunday qilib, Avstraliya qit’asini har taraf-dan aylanib chiqadilar. Uning sohillarini Tinch okean bilan Hind okeanining suvlari o‘rab yotgani aniqlana-di. 1665-yilda bu kattakon janubiy orolga yangi



265

Gollandiya degan nom beriladi. Lekin u bu nomni saqlab qololmadi, chunki bu vaqtda gollandiyalik den-gizchilar maydondan chiqib qola boshlagan edilar. Ismlar nechta bo‘ldi, Robert?

— 0 ‘nta, — dedi bola.



— Yaxshi, endi bularni tugatib, inglizlarga o‘taman. 1686-yilda janubiy dengizlardagi eng mash-hur flibusterlardan1 biri, korsar Vilyams Dalne goh quvnoq, goh og‘ir juda ko‘p sarguzashtlarni boshidan kechirgandan keyin «Oqqush» deb atalgan kemasida 16°50' kenglikda Yangi Gollan-diyaning shimol-g‘ar-biy sohiliga keladi. U yerlik xalq bilan aloqa qiladi va ularning urf-odatlari va hayotini mufassal yozib chiqadi. 1699-yilda xuddi o‘sha Vil’yams Dalne — en­ di u qaroqchi emas, balki qirol floti kemalaridan biri, «Rebuki»ning komandiri edi — bir vaqtlar Gertog ke-lib tushgan ko'rfazga keladi. Yangi Gollandiya o‘sha vaqtgacha odamlarni faqat geografik nuqtai nazardan qiziqtirib keldi. Uni koloniyaga aylantirish hech kimning xayoliga kirmadi, shuning uchun 1699-yil-dan 1770-yilgacha yetmish bir yil mobaynida bironta ham dengizchi uning sohillariga kelib tushmadi. Lekin mana kapitan Kuk maydonga chiqadi-yu, ko‘p o‘tmay yangi qit’aga yevropalik kolonistlar ko‘chib kela boshlaydilar. Kuk o'zining uchala sayohatida ham Yangi Gollandiyaga tushib o'tadi. Birinchi m ar­ ta bu yerga 1770-yil 31-martda kelib tushadi. Taitida Veneraning quyosh diski ustidan o‘tishini muvaf-faqiyatli ravishda kuzatgandan keyin Kuk kemasini Tinch okeanning g ‘arbiy tarafiga qarab haydaydi. Bu yerda u Yangi Zelandiyani kashf etadi, keyin Avstraliyaning sharqiy sohiliga qarab suzib, u yerda-gi ko‘rfazlardan birida langar tashlaydi. Bu ko'rfaz hech ko‘rilmagan o‘simliklarga shu qadar boy ekanki, buni ko‘rgan Kuk unga Botanika ko‘rfazi deb ism be-radi. Bu ko‘rfaz hozir ham Botani-bey deb ataladi. Dengizchining mahalliy odamlar bilan qilgan alo-qasining qizig‘i kam. Botanika ko‘rfazidan chiqib, Kuk shimol tarafga yo‘l oladi, o‘n oltinchi gradus
1Flibusterlar — XVII asrdagi dengiz qaroqchilari. Angliya va Fransiyaning koloniyalar uchun Ispaniya bilan olib borgan kurashida katta roi o'ynaganlar. U lar ko'pincha Ispaniyani va uning koloniyala-rini talar edilar.


266

kenglikka, Qayg‘u buruni qarshisiga kelganda, so-hildan sakkiz le joyda uning kemasi marjon toshga o‘tirib qoladi. Remaning cho‘kib ketish xavfi tug‘ila-di. Lekin Kuk zambaraklar va oziq-ovqatlarni dengiz-ga tashlashni buyuradi, natijada yuki yengillashgan kema ertasiga kechasi dengiz suvi ko'tarilganida toshlar orasidan chiqib ketadi. Shuni aytib o'tish ke-rakki, kema toshga kelib urilganda, uning teshilgan joyiga bir marjon tosh kirib, mahkam o'rnashib qola-di-da, kema ichiga suv kamroq kiradi, ana shu sabab bo‘ladi-yu, cho‘kib ketmaydi. Kuk o‘z kemasini bir daryo kelib qo‘yiladigan kichkinagina ko'rfazga olib keladi. Kemani tuzatishga ketgan uch oy ichida bu yerda turishga majbur bo'lgan inglizlar mahalliy aholi bilan aloqa o‘rnatishga urinadilar, lekin bu ularga muyassar bo‘lmaydi. Kemani tuzatib bo‘lish-gach, ular shimolga qarab yo'lda davom etadilar. Kuk Yangi Gvineya bilan Yangi Gollandiya o‘rtasida biror bo‘g‘oz bor-yo‘qligini aniqlamoqchi bo‘ladi. Ko‘p xavf-xatarlarni boshidan kechirgandan so'ng den-gizchi janubi-g‘arbda bepoyon suv yo‘li borligini ko‘radi. Demak, bo'goz bor ekan! Kuk bo‘gozdan o‘tib, bir kichkinagina orolga kelib tushadi- da, Angliya nomidan o‘zi ochgan yangi yerlarni idora qi-la boshlaydi. U bu yerlarga sof britancha nom berib, Yangi Janubiy Uells deb ataydi.
Uch yildan keyin bu jasur dengizchi «Sargu- zasht» va «Qat’iyat» degan ikki kemaga qo‘mondonlik qiladi. «Sarguzasht» kemasida kapitan Fyurno Van-Dimen Yeri sohillarini tekshiradi va bu yerlar Yangi Gollandiyaning bir qismi deb o‘ylab, orqasiga qaytadi. 1777-yilda, uchinchi sayohati vaqtidagina kapitan Kukning o‘zi Van-Dimen Yeriga boradi. Uning «Qat’iyat» va «Ixtiro» degan ikki kemasi Sarguzasht ko‘rfazida langar tashlaydi. Kuk bu yerdan Sandvich orollariga yo‘l oladi va bir necha yildan keyin shu orollarda o‘ladi. Kukning o'lim idan keyin uning yo‘ldoshi Benks ingliz hukumatiga Botanika ko‘rfa-zida ahloq tuzatish koloniyasi tashkil qilishni taklif qiladi. Undan keyin bu q it’aga butun mamlakatlar-ning dengizchilari kela boshlaydilar. 1787 -yil 7-fevralda Botanika ko'rfazidan yozgan oxirgi xatida bechora Laperuz Karpentariya ko‘rfazini, shuningdek Yangi Gollandiya sohilini to Van-Dimen Yerigacha

2 6 7


tekshirmoqchi ekanini bildirgan edi. Laperuz dengiz-ga chiqib ketadi-yu, shu kuyi qaytib kelmaydi. 1788-yilda kapitan Filipp Jekson portida birinchi ingliz koloniyasiga asos soladi. 1791-yilda Vankuver qit’a-ning janubiy sohili bo‘ylab katta dengiz sayohati o‘tkazadi. 1792-yilda Laperuzni axtarish uchun yubo-rilgan d’Antrkasto Yangi Gollandiyaning atrofini gir aylanib chiqadi, bu sayohati vaqtida u yo‘l-yo‘lakay qit’aning g ‘arb va janub taraflaridagi bir qator orol-larni ochadi. 1795 va 1797-yillarda Flinders bilan Bass degan ikki mard yigit uzunligi sakkiz fut bo‘lgan bir qayiqda suzib yurib, janubiy sohilni tek-shirishni davom etdiradilar. 1797 yilda Bassning bir o‘zi Van- Dimen Yeri bilan Yangi Gollandiya orasidagi bo‘g ‘ozdan suzib o‘tadi, bu bo‘goz hozir uning nomi bilan ataladi. Xuddi o‘sha yili, Amsterdam orollarini ochgan Flaming Yangi Gollandiyaning sharqiy sohili-da qora patli oqqushlar makoni bo‘lgan svan -River1 daryosini tekshiradi. Flindersga kelsak, u 1801 yilda yana tekshirish ishlarini boshlaydi. Uning kemasi Uchrashuv ko'rfaziga kiradi (35°40' kenglikda va 138°58' uzunlikda) va bu yerda «Geograf» va «Ta-biyotshunos» degan ikki fransuz kemasi bilan uchrashadi, bu kemalarga Boden bilan Garnelen qo'mondonlik qilar edilar.
— E-e, siz kapitan Bodenni aytyapsiz, shunday-mi? — deb takror so‘radi mayor.
— Ha. Nima uchun bu ism sizni shunchalik qi-ziqtirib qoldi? — deb so‘radi geograf hayron bo‘-lib.
— Shunday, o‘zim! Davom etavering, azizim Paganel.
— Xo‘p. Yuqorida aytganim kishilarning ismiga yana kapitan Kingning nomini qo‘shib qo‘yish kerak. Uning 1817-yildan 1822-yilgacha qilgan sayohati vaqtidagi tekshirishlari Yangi Gollandiyaning tropik sohillarini ilgari tekshirgan odamlarning ma’lumot-larini to‘ldirdi.
— Janob Paganel, men yigirma to‘rt kishining no­ mini yozdim, — deb ma’lum qildi Robert.
— Juda yaxshi! — dedi geografiya olimi.— Mayor karabinning yarmisi meniki bo‘libdi. Den-

1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish