O l t i n ch i b o b
BERNULLI BURUNI
Jon M anglsning eng oldin qilgan ishi, besh sajen chuqurlikka ikkala langarni tashlab, kem ani to 'x tatish bo‘ldi. Suvning tagi juda yaxshi — shag'al ekan, bu esa langar tashlab turishga juda qulaylik tug'dirardi. Shunday qilib, kema endi to ‘lqinlarning ochiq dengizga surib ketish xavfidan va qumli sayoz-likka o‘tirib qolish xavfidan qutuldi. «Dunkan» zo‘r tahlikalar bilan qanchadan-qancha kurash olib bor-gandan keyin okean sham ollaridan do‘g ‘a shaklidagi baland til bilan to ‘silgan tinch ko'rfazga kirib oldi.
Glenarvan yosh kapitanning qo‘lini mahkam qisib:
— Rahm at, Jon, — dedi.
Shu ikki tash ak k u r so'zini eshitib, Jon Manglsning tortgan butun azoblari unutildi.
Glenarvanning boshdan kechirgan ruhiy azoblari ichida qolib ketdi: na Elen, na Meri, na Robert hozir-gina qutulib qolishgani xavfning naqadar k atta ekani-ni sezishmadi ham .
Endi eng muhim m asalalarni hal qilish kerak: dahshatli bo‘ron kem ani sohilning qanday yeriga keltirib tashladi? Kema o 'ttiz yettinchi paralleldan qancha chetlashdi? Janub -g‘arbda qolgan Bernulli bu-runi bu yerdan qancha joyda?
Bu savollar hammasi Jon M anglsga berildi, shun-dan keyin u tekshirish va hisoblash ishlariga kiribi ketdi.
«Dunkan» o‘z yo‘lidan unchalik chetlashib ket-
283
magan ekan: nihoyati ikki gradus. Kema 136°12' uzunlikka va 35°07' kenglikka, Avstraliyaning janu-biy sohilidagi, Falokatlar buruni yaqiniga, Bernulli burunidan uch yuz mil joyga kelib qolgan ekan.
Bunday yomon nom oigan Falokatlar buruni
K enguru orolidagi Borda buruni qarshisiga joylash-
gan. Bu ikki burun o‘rtasidan Investigeytor bo‘gozi o'tadi, bu bo‘goz ikkita ancha chuqur ko‘rfazga olib boradi: bulardan shimoliysi — Spanser ko‘rfazi, janu-biysi esa — muqaddas Vinsent ko‘rfazi. Bu janubiy ko‘rfazning sharqiy sohilida Janubiy A vstraliya viloyatining poytaxti A delaida p orti joylashgan . Adelaidaga 1836-yilda asos solingan bo'lib, unda qirq ming kishi yashaydi. Bu ancha boy shahar, lekin uning aholisi uzum, apelsin va boshqa qishloq xo'jalik m ahsulotlarini mo‘l yetkazib beradigan serhosil yer-lariga ekin ekib, yirik sanoat korxonalari qurmaydi. Shuning uchun ham shahar aholisi orasida injenerdan ko‘ra agronom ko‘p, bu yerdagilar umum an savdo-so-tiq bilan texnikaga kam qiziqadilar.
«Dunkan» bu yerda o‘z jarohatlarini tuzata oladi-mi? Bu masalani aniqlash kerak. Jon Mangls vintning nimasi ishdan chiqqanini bilish uchun g‘ow oslarni suv ostiga tushirdi; ular vint parraklaridan biri qa-yilib, axtershtevenga1 tiralib qolganini, shuning uchun ham v in t ishlam ay qo'ygam ni aytdilar. Kemaning bu jarohati jiddiy deb topildi, bu jarohat shu qadar jiddiy ediki, uni tuzatish uchun kerakli as-bob-uskunalar Adelaida portida topilmas edi, albatta.
Glenarvan bilan kapitan Jon Mangls rosa o‘ylab, «Britaniya» halokatining izlarini axtarib, yelkan yor-
damida A vstraliya sohili bo‘ylab borish, Bernulli bu-
runida to ‘xtab, u yerda kerakli m a’lum otlarni
to ‘plash, so‘ng yana yo‘lda davom etib, M elburngacha borish kerak degan qarorga keldilar. U yerda kema ning jarohatlarini tuzatish oson bo‘lardi, albatta. Vinti tuzatildi deguncha «Dunkan» qidirish ishlarini q it’aning sharqiy sohillarida davom ettiradi va bu ish-ni shu yerda tugallaydi.
Shu plan m a’qullandi. Jon Mangls salgina qulay
shamol esishi bilanoq langar ko‘tarish g a ahd qildi.
1Kem aning quyruq tom oni shu yog'och qism bilan tugaydi.
(M uallif izohi).
284
Ko‘p kutishga to‘g ‘ri kelmadi. Kechga yaqin bo‘ron ta-mom tindi. Yo‘lovchi janub-g‘arbiy shamol qo‘zg ‘aldi. Yo‘lga chiqishga tayyorlik ko‘ra boshladilar. Yangi yelkanlar o'rnatildi. Ertalab soat to 'rtd a m atroslar chig'irlarni ishga soldilar. Langarni shag‘al ichidan chiqarib yuqoriga tortib oldilar, «Dunkan» fok m arsel, bramsel, kliverlar, kosoy grot va flakshtok yelkanlari-ni yoyib, Avstraliya sohili bo‘ylab suzib ketdi.
Ikki soatdan keyin Falokatlar buruni orqada qolib ketdi — kema Investigeytor bo'gozidan o‘tib borardi. K echqurun Borda b u ru n in i aylanib o‘td ila r va K enguru oroli yoqalab suzib bordilar. A vstraliyaning mayda orollari ichida eng kattasi bo‘lgan bu orol sur-gundan qochgan m ahbuslarga makon bo‘lib qolgan. U juda go'zal m anzarali orol. Ko‘m -ko‘k gilam bo‘lib yotgan ko‘kalam zorlar qatlam -qatlam toshli so-hillargacha cho'zilib keladi. Bu yalanglik va o'rm on-larda hali ham orol yangi ochilgan 1802-yildagidek son-sanoqsiz kenguru podalari yugurib yuradilar.
Ertasiga «Dunkan» sohil bo'ylab borar ekan,
K enguru orolining tik q irg ‘oqlarini ko'zdan
kechirish uchun qayiqda komanda yuborildi. Kema o‘ttiz oltinchi parallel o‘tadigan joydan suzib borar di, Glenarvan esa sohilni to o 'ttiz sakkizinchi pa rallel o‘tadigan joygacha tekshirm oqchi edi.
«Dunkan» 18-dekabrda haqiqiy kliperdan ham jadal suzib, uchrashuv ko‘rfazining sohillari yonidan o‘tib ketdi; 1828-yilda, Janubiy A vstraliyaning eng katta daryolaridan biri bo'lgan Myorrey daryosini ochgandan keyin, sayyoh S h tu rt shu yerga kelgan edi. Lekin bu ko‘rfazning sohillari K enguru orolining chamandek yashnagan q irg ‘oqlariga sira o'xsham adi. Uning qirg‘oqlari yoqimsiz, qip-yalang‘och, silliq yer-lardangina iborat, qutb yerlari singari qiyqin-qiyqin.
yer-bu yerdagina bu bir xil peyzajni qo‘qqayib tur-gan biror ko'kish tosh yoki tepa bo‘lib qolgan qum uyum iga o'xshash til buzib turadi.
Bu sayohat paytida qayiqlar komandasi qiyin ish olib bordi, lekin hech kirn norozilik bildirm adi. Dengizchilarni sohilga doim Glenarvan va undan sira ajralm aydigan Paganel bilan Robert kuzatib borardi-lar. Ular «Britaniya»ning izini o‘z ko'zlari bilan ax-tarishni xohlar edilar. Lekin ular sohillarni h ar qan cha sinchiklab tekshirsalar ham hech narsa topol-
285
madilar. A vstraliya sohillari ham Patagoniya qirlari singari unsiz edi. Shunday bo'lsa ham hujjatda ko‘rsatilgan joyga yetib borguncha um idni uzib bo‘lmasdi.
Bu yerlarni qidirishdan maqsad har ehtimolga qarshi, kutilm agan tasodiflardan ko'ngilni to ‘q qilib qo'yish edi. Kechasi «Dunkan»ni iloji boricha bir joy-da to 'x tatib turishga harakat qilar edilar-da, tong otishi bilan sohilni yana sinchiklab ko‘zdan kechirish boshlanardi.
20-dekabrda sayohatchilarimiz Bernulli buruniga yetib keldilar. Ular o‘z yo‘llarida «Brita-niya»ning bironta ham sinig‘ini topolmadilar. Ammo bu muvaf-faqiyatsizlik hech gap emas. A xir kemaning halokat-ga uchraganidan keyin rosa ikki yil o‘tgandi, bu vaqt ichida dengiz uch m achtali kemaning siniqlarini suv osti toshlaridan yuvib ketgan va yo‘q qilib yuborgan bo'lishi mumkin, hatto mumkingina emas, yuvib ket gan va yo‘q qilib yuborgan bo'lishi shubhasiz. Buning
ustiga,
|
kem alarning
|
halokatga
|
uchrashini o‘lim tik
|
poylagan q arg ‘adek poylab yuradigan yerli
|
aholi
|
«B ritaniya»ning eng
|
m ayda
|
ikir-chikirlarigacha
|
tashib
|
ketgan bo'lishi
|
aniq. G arri G rant bilan
|
uning
|
ikki ham rohi esa, to ‘lqin qirg'oqqa chiqarib tashlagan zahoti yow oyilar qo‘liga asir tushgan, yow oyilar ularni, hech shubhasiz, q it’aning ichkarisiga olib ket-ganlar.
Lekin bu taqdirda Jak Paganelning eng o 'tk ir gipotezalaridan biri o‘z m a’nosini yo'qotardi. Geografiya olimi, gap A rgentina ustida borganda huj-jatlardagi raqam lar halokat yuz bergan joyni emas, balki asirlar turgan joyni ko‘rsatadi, deb ta ’kidlashi-da haqli edi, albatta. Pam paslardan o‘tadigan serir-moq katta daryolar bu qimmat baho hujjatlarni den gizga osongina olib chiqishi m um kin. Bu yerda, A vstraliyaning bu qismida esa, o'ttiz yettinchi paral-lelni kesib o'tadigan daryolar ko‘p emas. Yana shuni ham aytib o‘tish kerakki, Rio-Kolorado bilan Rio-Negro daryolari hayot kechirish uchun yaroqsiz bo‘m-bo‘sh yerlardan o‘tib kelib dengizga quyiladi.
A vstraliyaning asosiy daryolari — M yorrey, Y arra,
Torrens, Darming yo bir-biriga kelib quyiladi, yo shunday seraholi yerlardan oqib o‘tadiki, ularning so-hillarida yirik gavanlar, aholi qaynab-toshgan portlar
286
ko‘p. B itta m o 'rt shishaning doim kem alar qatnab tu-radigan daryolardan beshikast o‘tib, Hindu okeaniga borib tushishi aqlga sig'adigan gap emas!
Bu taxm inning haqiqatga to ‘g‘ri kelmasligi har qanday aqlli odamga ham tushunarli. Paganelning A rgentinaning Patagoniya viloyati sharoitiga to ‘g ‘ri keladigan gipotezasi A vstraliya sharoitiga to ‘g ‘ri kel-masdi. Paganel bu fikrga qo'shilishdi — bu muloha-zani Mak-Nabbs o'rtaga tashlagan edi. Demak, huj-jatda ko'rsatilgan yer faqat «Britaniya»ning halokat-ga uchragan joyi; demak, shisha okeanga Avstra-liyaning g ‘arbiy sohilida tashlangan.
Lekin shunday bo'lsa ham, Glenarvan juda asosli qilib aytganidek, hujjatni bunday izohlash kapitan G rant asirlikda ekani to ‘g ‘risidagi gipotezani rad qilmasdi. U ning o‘zi ham hujjatdagi: «u yerda shafqatsiz yow oyilarga asir tushdilar» degan so‘zlar bilan shu fikrga olib kelardi. Shuning uchun asir-larni xuddi shu o 'ttiz yettinchi parallel o'tadigan yerlardan axtarish kerak, ularni boshqa biror joy-dan axtarib uchun hech qanday asos yo‘q.
Uzoq m uhokam a qilingan bu masala ana shunday hal qilindi. Bu qarordan chiqadigan xulosa shunday
bo'ldi:
|
agar
|
B ernulli burunida
|
«Britaniya»ning izi
|
topilm asa,
|
G lenarvanning Y evropaga qaytishdan
|
boshqa
|
iloji
|
qolmaydi. To‘g ‘ri,
|
uning qidirish ishlari
|
natijasiz bo‘lib chiqadi, amtno u o‘z burchini mardlik va olijanoblik bilan bajaradi.
Bunday qaror «Dunkan»dagi yo‘lovchilarni juda
xafa
|
qildi, M eri bilan Robertni um idsizlikka tushir-
|
di. K apitan
|
G rantning
|
bolalari
|
Eduard
|
va
|
Elen
|
Glenarvan, Jon Mangls, Mak-Nabbs va
|
Paganel
|
bilan
|
qayiqqa
|
tushib,
|
sohilga
|
borganlarida,
|
har
|
safar
|
ham
|
otam izning
|
omon
|
qolgan-qolm agani
|
masalasi endi uzil-kesil
|
hal bo‘ladi, deb o‘ylar edi-
|
lar.
|
Uzil-kesil
|
hal bo‘ladi deb o'ylashlariga
|
sabab
|
shu ediki, oidingi muhokama vaqtida Paganel, agar kema halokati q it’aning sharqiy sohilida yuz bergan bo'lsa, falokatga uchraganlar allaqachon o‘z vatan-lariga qaytib borgan bo‘lar edilar, deb juda asosli ravishda isbot qilib bergandi.
— Umidni uzmang, umidni aslo uzmang, — deb takrorlar edi qayiq qirg'oqqa yaqinlashayotganda, Merining yonida o‘tirgan Elen.
287
Q irg‘oqqa oz qoldi — qayiq yana bir kabeltovcha m asofani suzib o‘tsa, bas. Qirg'oq nishab bo‘lib kelib dengizning ichkarisiga ikki milcha cho'zilib kirgan burunning uchida suvga borib taqalar edi. Qayiq ikki tom oni suv yuziga qatop chiqib turgan marj on toshlar bilan o'ralgan kichik bir tabiiy ko'rfazda qirg'oqqa kelib to ‘xtadi, — vaqt o‘tishi bilan A vstraliyaning janubiy sohilida bunday m arj on toshlardan butun-bu-tun to'siqlar hosil bo‘lishi mumkin. Hozir ham ular kem alar uchun juda xavfli suv osti toshlariga aylan-gan. «Britaniya» xuddi shu toshlarga kelib urilgan bo‘lishi ham ehtimoldan uzoq emas.
Kema yo'lovchilari bo‘m-bo‘sh sohilga hech qan day qarshiliksiz kelib tushdilar. Sohil bo'ylab ba-landligi oltmish futdan sakson futgacha yetadigan qat-qat harsang toshlar qator tizilgan. Narvon va il-gaklar bo'lm aganda tabiat hosil qilgan bu tosh devor-dan oshib o‘tish ancha qiyin bo‘lardi. Baxtdan bo‘lib, Jon Mangls yarim milcha janubroqda aftidan, tosh-larning qisman qulashidan hosil bo‘lgan bir yoriq joy topdi. Ayniqsa kecha va kunduz baravarlashgan vaqt-larda juda qattiq to ‘lqinlanib turadigan dengiz, a fti dan, tu f toshlari qatlam idan iborat bo‘lgan tagi bo‘sh bu to ‘siqni ostidan o‘pirib tu rsa kerak.
Glenarvan bilan ham rohlari shu yoriq yerdan borib, anchagina tik yonbag‘irlikdan qoyaga ko‘ta-rildilar. Robert mushuk boladay tarm ashib ham-madan oldin yuqoriga chiqib bordi. 0 ‘n ikki yashar bolaning epchillik qilib qirqqa kirgan, oyoqlari uzun-uzun kap -katta kishidan oldin o‘tib ketgani
Paganelga juda
|
adam qildi.
|
Lekin
|
u bam aylixotir
|
|
m ayorni juda orqada qoldirib
|
ketdi,
|
Mayor esa buni
|
|
parvosiga ham
|
keltirm adi,
|
albatta.
|
hamma a’zolari
|
|
Ko‘p o'tm ay
|
kichkina otryadning
|
|
qoya cho'qqisida to ‘planib,
|
qarshilarida yastanib
|
yot-
|
|
gan yalanglikni ko'zdan
|
kechira
|
boshladi.
|
Bu
|
|
tikanaklar o‘sib yotgan, ekin ekilmaydigan, deyarlik
o‘sim liksiz
|
yalang'och keng
|
dala
|
edi.
|
Bu
|
dala
|
G lenarvanga
|
Shotlandiya qirlarini,
|
Paganelga
|
esa
|
B retanning kamhosil dalalarini eslatdi. Lekin
|
sohil
|
a tro fi bo‘m -bo‘sh, kim sasiz
|
bo‘lsa
|
ham,
|
olislarda
|
ko‘rinib turgan im oratlar bu yerda yow oyilar emas, m adaniyatli kishilar yashashidan darak berib turardi.
— Tegirmon! — deb qichqirdi Robert.
288
Haqiqatan ham, uch milcha narida shamol tegir-monining parraklari aylanib turardi.
— Rostdan ham tegirm on bu, — dedi Paganel uzun durbindan o‘sha tomonga qarab olgach. — Bu kichkinagina inshoot o‘zi qanchalik sodda bo'lm asin, lekin juda foydali. Shunday tegirm onlarni ko‘rsam, doim quvonaman.
— Y uringlar, boram iz, — dedi G lenarvan.
Yo‘lga tushdilar.
Yarim soat yo‘l yurishgach, m anzara o‘zgardi. Y ow oyi tikonlar o‘sib yotgan, qarovsiz yerlar birdan ekin dalalari bilan almashindi. Y ow oyi o‘t-o ‘lanlar-dan asar qolmadi; ko‘rinishidan, yaqinda ishga solin-gan uchastka ko‘m -ko‘k bo‘lib y o tard i. A tro fig a K enguru orolida juda ko‘p uchraydigan serbutoq akas daraxtlari o‘tkazilgan o'tloqlarda bir necha ho‘kiz, besh-oltita ot o‘tlab yurardi. Sekin-asta ekin dalalari ham uchray boshladi; ularda ba’zi yerlari pishib, sarg ‘aya boshlagan bug‘doy o‘sib yotardi. Baland-ba-land asalari kuvasiga o‘xshatib uyilgan poxol uyum-lari ham ko‘rinib qoldi. A trofi yaqin orada to'silgan meva bog'lari oldidan o‘tdilar. Keyin juda yaxshilab,
did bilan qurilgan om borlar va boshqa im oratlar
oldiga yetib keldilar. N ihoyat, sayohatchilarim iz soddagina, lekin juda shinam qilib solingan bir uyni ko'rdilar; uning tepasida o‘zining keng parraklarini aylantirib, tegirm on tom ga soya solib tu rard i.
To‘rtta itning begona odamlar paydo bo‘lganidan darak berib hura boshlaganini eshitib, eshik oldida elliklarga borgan, yoqimtoygina bir kishi paydo bo‘ldi. Uning ketidan eshik oldiga beshta chiroyli-
chiroyli, azam at yigit
|
—
|
xo'jayinning
|
o‘g ‘illari
|
chiqishdi, yigitlardan keyin baland bo‘yli,
|
b aq u w at
|
bir xotin — ularning onasi chiqib keldi.
|
Hamma
|
gap
|
m a’lum bo‘ldi-qo‘ydi;
|
o'zining azam at
|
oilasi
|
bilan o'ralgan va bo‘m -bo‘sh yerlarga
|
qurilgan
|
yangi
|
im oratlar orasida
|
turgan bu kishi o ‘z
|
vatani-
|
da qashshoqlikdan tinkasi qurib, baxt axtarib dun-yoning narigi burchiga jo ‘nagan irlandiyalik kolonistlarning tipik nam unasi edi.
Sayohatchilarim iz og‘iz ochib ulgurm aslaridan xo'jayinning yoqimli ovozi eshitildi:
— Chet ellik mehmonlar, Paddi O’M urning uyiga m arham at qilinglar!
Do'stlaringiz bilan baham: |