Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari



Download 0,7 Mb.
bet99/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

S van River — Oqqush daryosi.


268

gizchilarni aytib tugatdim, endi quruqlikda sayohat qilganlarga o'tamiz.
— Juda soz, janob Paganel! — dedi Elen. — Xotirangiz hayron qolarlik darajada kuchli ekan!
— Bu esa... — deb Glenarvan so‘z qistirgan edi, Paganel:

— Parishonxotir odam uchun qiziq hoi demoq-chisiz-da? — deb uning so‘zini bo‘ldi. — Mening xoti-ram faqat ismlar bilan raqamlarni eslab qolish uchun yaraydi, xolos, boshqa narsaga yaramaydi.


— Yigirma to‘rt kishining ismini yozdim, — deb takrorladi Robert.
— Demak, leytenant Daus yigirm a beshinchisi bo‘ladi. Bu 1789-yilda, Jekson portida koloniya tashkil qilinganidan bir yil keyin bo‘ldi. Bu vaqtga kelib
qit’aning sohili boshdan oxirigacha tekshirib bo‘lingan edi, lekin uning ichkarisida nimalar borligi hali hech kimga ma’lum emasdi. Qit’aning sharqiy sohili bo‘ylab cho'zilib ketgan tog* tizm alari m am lakatning ichkarisiga boradigan yo‘lni go'yo butunlay berkitib tashlagandek tuyulardi. Leytenant Daus to ‘qqiz kun yo‘l yurgandan keyin Jekson portiga qaytib kelishga majbur bo‘ldi. Xuddi o‘sha yili kapitan Tench ham bu baland tog‘ tizmasidan oshib o'tishga urinib ko‘rdi, lekin u ham udda qilolmadi. Bu ikki muvaffaqiyatsiz-likni ko'rib, bu qiyin ishga kirishmoqchi bo'lgan boshqa sayohatchilar uch yilgacha sayohatga chiqishga yurak betlolmay yurdilar. Afrikani tekshirgan jasur polkovnik Peterson 1792 -yilda yana mam lakatning ichkarisiga o'tmoqchi bo‘lib harakat qilib ko‘rdi, lekin u ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1793 -yilda ingliz flotining oddiy bosmani Gaukins o‘zidan oldingi sa-yohatchilardan yigirma mil ichkariroqqa o‘ta oldi. Keyingi o‘n sakkiz yil ichida faqat ikki kishi — den-gizchi Bass bilan koloniya injeneri Barel q it’aning ichkarisiga o‘tishga urinib ko'rdilar, lekin ularning harakati ham oldingi sayohatchilarniki singari behuda ketdi. Nihoyat 1813-yilda Sidneydan g ‘arbroqda tog'lar orasidan yo‘l topildi. 1815-yilda gubernator Makari shu yo‘ldan tog'ning narigi tomoniga o'tishga ju r’at qildi va Ko‘k tog‘larning narigi tarafida Batxors shahriga asos qurdi. Bundan keyin bir qator sa­ yohatchilar yangi ma’lumotlar bilan geografiya fanini boyitdilar va bu bilan koloniyalarning o‘sib borishiga


269

yordam berdilar. Qit’ani o‘rganish ishiga 1819-yilda Grosbi asos soldi, so‘ng Oksley mamlakatning ichkarisiga uch yuz mil kirib bordi. Ulardan keyin Gouel bilan Gun sayohat qildilar. Bu ikki sayohatchi xuddi o‘ttiz yettinchi parallel o'tadigan Tufold kor-fazidan yo‘lga chiqdilar. 1829- va 1830-yillarda kapi-tan Shturt Darling daryosi bilan Myorrey daryolari-ning oqimini tekshirdi...
— 0 ‘ttiz olti, — dedi Robert.

— Juda soz! Men albatta gar ovni yutaman, — deb javob berdi Paganel. — Ma’lumotim to'laroq bo‘lsin uchun 1840- va 1841-yillarda mamlakatning bir qismi-ni kezib chiqqan Eyre bilan Leyxardtni eslatib o‘taman; 1845-yilda Shturte Avstraliyani aylanib sa­ yohat qiladi; 1846-yilda q it’aning g'arbiy tomonini tekshirgan aka-uka Gregorilar bilan Gelmanni eslatib o‘taman; 1847-yilda Viktoriya daryosini, 1848-yilda esa Avstraliyaning shimoliy qismini tekshirgan Kennedini; Gregorini; Ostinni; yana aka-uka Gregorilarni eslatib o'tam an — ular 1855-yildan 1858-yilgacha Avstraliya qit’asining shimol-g'arbiy tarafini o‘rganadilar; Torrens qo‘lidan Eyr ko'ligacha sayohat qilgan Bebejeni aytib o‘taman; nihoyat A vstraliya to‘g ‘risidagi yilnomalarda ko‘p eslatiladigan, q it’ani mardlik bilan uch marta kesib o'tgan mashhur sayyoh Styuartni eslatib o‘tay. Styuart mamlakat ichkarisiga birinchi martaba 1860-yilda sayohat qildi. Agar is-tasangiz, Avstraliyani janubdan shimolga qarab to‘rt m arta qanday qilib kesib o‘tishganini keyinchalik aytib berarm an. Hozir esa sayyohlarning nomini sanab o‘tish bilan kifoyalanaman. 1860- va 1862-yillar orasidagi vaqtga kelib, yuqoridagi sayohatchilar nomi-ga yana shularni qo‘shib ketishim kerak: aka-uka Demisterlar, Klarkson bilan Xarper, Byork bilan Uils, Neylson, Uoker Lensboro, Mak-Kinley, Govit...


— Ellik oltita bo‘ldi! — deb qichqirdi Robert.

— Yaxshi! Mayor, men o‘z vazifamni juda halollik bilan bajaryapman, — deb davom etdi Paganel. — Men hali bir qator sayyohlarning nomini aytganim yo‘q: na Dyupereni, na Bugenvilni, na Fits-Royni, na Shtokni...


— Bo'ldi! — dedi Mak-Nabbs shuncha kishining nomini ketma-ket sanab tashlayotgan olimga hayron qolib.


270

— ...na Peruni, na Kuayeni, — deb sanashda davom etdi Paganel tez ketayotgan ekspress poyezdi singari darhol to'xtay olmay, — na Benneni, na Keninggemni, na Terni...
— Insof qiling!

— ... na Diksonni, na Streletskiyni, na Reydni, na Vilkeni, na Mitchelni...


— Bas qiling, Paganel! — deb gapga aralashdi chin ko'ngildan xaxolab kulayotgan Glenarvan. — Bechora Mak-Nabbsga rahmingiz kelsin. Insof qiling! U yutqizganini tan oldi.
— Xo‘sh, karabin-chi? — deb so‘radi Paganel, tan-tana bilan.
— Karabin sizniki, Paganel, — dedi mayor. — Rostimni aytsam, karabinim ga juda yuragim achishyapti, lekin sizning xotirangiz shunday kuchli ekanki, butun boshli artilleriya muzeyini ham yutib olishingiz hech gap emas.
— Avstraliyani bundan yaxshi bilishning iloji bo‘lmasa kerak, — dedi Elen. — Bironta ham ismni, bironta ham ikir-chikirni unutm ay esda saqlab qolish...
— Lekin ikir-chikirlarga kelganda... — deb bosh chayqab qo‘ydi mayor.
— Nima, nima? Bu bilan nima demoqchisiz, Mak-Nabbs? — deb so‘radi Paganel, qizishib.
— Avstraliyaning ochilish tarixiga oid ba’zi may-da tafsilotlar sizga ma’lum bo‘lmasa kerak, demo-qchiman.
— Masalan? — dedi m ag'rurlik bilan ko'krak kerib Paganel.
— Agar men siz bilmaydigan biror faktni aytib bersam, karabinimni qaytib berasizmi?
— Darhol qaytarib beraman.

— Demak, rozisiz?

— Roziman!

— Juda soz! Nima uchun Avstraliya fransuzlar koloniyasi emas, sababini bilasizmi Paganel?


— Lekin, menimcha...

— Yoki, juda bo'lmasa, inglizlar bunga sabab qilib nimani ko'rsatishlarini bilasizmi?


— Yo‘q, mayor, bilmayman, — dedi bir oz ko'ngli ranjib Paganel.
— Bo‘lmasa bilib qo‘ying: Boden o‘zi ancha mard


271

odam bo'lishiga qaramay, 1802-yilda Avstraliya qur-baqalarining qurillashidan shunday qo'rqib ketganki, shosha-pisha kema langarini ko'tarishni buyurib, u yerdan bira to‘la qochib qolgan. Ana shuning uchun ham Avstraliya Fransiyaga qaramaydi.

— Nima, nima! — deb qichqirdi geografiya olimi,

— Angliyada shunday deydilarmi? Axir, bu bema’ni hazil-ku!

— To‘g‘ri, juda bema’ni hazil, — dedi mayor, lekin Birlashgan qirollikda bu tarixiy fakt hisoblanadi.


— Bemazagarchilik bu! — dedi vatanparvar olim. — Shu ham gap bo‘libdi-yu!
— Buning haqiqatan shunday ekanini men ham e’tirof etishim kerak, aziz Paganel, — dedi hamma-ning qah-qahasi ostida Glenarvan. — Ana xolos! Shu gapni bilmas edingizmi, a?
— Sira ham bilmas edim. Lekin men bunga norozi-lik bildiraman. Inglizlarning o‘zi bizni qurbaqaxo'r deb ataydilar-ku, hech mahal odam o‘zi yeydigan ovqatidan qo'rqadimi?
— Har holda, shunday gaplar bor, — dedi kam suqumlik bilan jilmayib mayor.
Ana shu sababga binoan, «Purley-Moor va Dikson» firmasida ishlangan mashhur karabin mayor Mak-Nabbsning o‘zida qoldi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish