ga.
— Haddan tashqari aqlli deyman-da, — deb qo‘ydi Mak-Nabbs sekin.
Hech qanday vaj bo‘lmasa ham botsmanning basha-rasi va o‘zini tutishi mayorga yoqmay qolgan edi.
Avstraliya qit’asini juda yaxshi bilgan Ayrton ovqat vaqtida qit’a to‘g ‘risida ko‘pgina qiziq tafsilot-lar so'zlab berdi. Gap orasida u Glenarvandan ekspe-ditsiyaga qancha matros olib ketmoqchi ekanini so'ra-di. Faqat ikki matros — Myulredi bilan Vilsonni olib ketayotganini eshitib, u biroz hayron bo‘ldi shekilli, Glenarvanga bu ekspeditsiyaga « Dunkan »ning eng yaxshi matroslaridan butun bir otryad tuzishni maslahat bera boshladi. U shunday deb qayta-qayta tayinladi ham, bu esa mayorning oxirgi shubhasini ham tarqatib yubordi.
— Janubiy Avstraliyaga sayohatimiz mutlaqo xatarli emas-ku, — deb qo‘ydi Glenarvan.
— Mutlaqo, — deb darhol uning gapini quwatladi Ayrton.
— Unda kemada iloji boricha ko'proq odam qolishi kerak. «Dunkan »ni yelkan bilan Melburnga olib bo-rish, remont qilishga odam kerak bo‘ladi. Kemaning tayin qilingan joyga vaqtida yetib borishi juda zarur. Shuning uchun kema komandasini kamaytirmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |