316
— Bu hisobga biz hozir yeb o'tirganimiz ham ki-radimi, Paganel?
— Yo‘q, bunisi hisobga kirmaydi; uning to‘rtdan uch qismini yeb bo‘ldik-ku.
— Ofarin, janob Paganel! — deb xaxolab kulib yubordi Elen. — Geografiyaga oid narsalarni siz juda mukammal bilasiz, buni tan olish kerak. Mak-Nabbs sizni qo'lga tushiraman deb qancha urinsa ham, mehnati zoe ketadi.
— Nima ham qilardim, bularning hammasini bi-lish va kerak bo‘lgan taqdirda sizlarga aytib berish — kasbim-da. Shuning uchun bu ajoyib mamlakatda hali ko‘p qiziq narsalarni ko'rasiz, desam bemalol isho-navering.
— Lekin haligacha... — deb gap boshladi geo-grafiya olimining g ‘ashiga tegishni yaxshi ko‘radigan Mak-Nabbs.
— Shoshilavermang ko‘p, buncha besabr odam-siz-a! — dedi Paganel. — Chegaradan endi o‘tdin-giz-u, tajang bo'lishingizni qarang. Men aytamanki, qayta aytaman, qasam ichamanki, dunyoda eng qiziq o'lka shu. Uning paydo bo‘lishi, tabiati, o‘simliklari, hayvonoti, ob-havosi, uning qay tarzda yo'qolib ketishi — bular hammasi dunyodagi barcha olimlarni hayron qoldirgan, hozir ham hayron qoldiryapti, kela-jakda ham hayron qoldiradi. Do‘stlarim, dengiz to'lqinlari orasidan oldin o'rtasi emas, balki xuddi bir halqaga o‘xshab chekka qismlari chiqib kela boshlab, paydo bo‘lgan qit’ani ko‘z oldingizga keltiring; bu qit’aning o'rta bir yerida suvining yarmi qurigan ich-ki dengiz bo'lishi ham mumkin; uning daryolari kun-dan-kun qurib boryapti; qit’aning na havosida, na tuprog'ida nam bo‘lmaydi; bundagi daraxtlar har yili bargini to‘kish o‘rniga po'stloq tashlaydi; daraxtlar quyoshga barglarining yuzini emas, yonini tutadilar, shuning uchun ularning soyasi bo‘lmaydi; qit’ada o‘sgan daraxtlar ko‘pincha o‘tda yonmaydi; toshlari yomg'irda erib ketadi; daraxtlari pastak bo‘ladi-yu, o‘tlari juda baland o‘sadi; hayvonlari ham juda antiqa bo‘ladi; ba’zi to‘rt oyoqlilarning yexidna bilan o‘rdak tumshuqniki singari tumshuqlari bo‘ladiki, olimlar shular tufayli maxsus qush hayvonlar sinfini ajratishga majbur bo'lganlar, bundagi kengurular-ning oyoqlarining uzunligi bir xil emas; qo'ylarining
317
boshi cho‘chqanikiga o‘xshagan; tulkilari daraxtdan daraxtga uchib o‘tib yuradi; oqqushlari qora patli bo‘ladi; kalamushlari o'ziga in quradi; qushlari sayrashining har xilligi va g'alatiligi bilan kishini hayron qoldiradi: biri soatning zang urishiga o'xshab sayrasa, boshqasi pochta karetasi aravakashining qamchining ovoziga taqlid qiladi, uchinchisi — charx ovoziga o‘xshatib chirillaydi, yana boshqasi soat kafkiri singari daqiqalarni sanab turadi; bu yerda shunday qushlar borki, ertalab quyosh chiqish payti-da qah-qah urib kuladi; yana shundaylari ham borki, kechqurun, kun botish paytida yig'laydi. Dunyo yaratilgandan beri uchragan eng qiziq, eng ajoyib, eng g ‘aroyib mamlakat shu! Bu tabiat qonunlarini rad qiluvchi yer! «Avstraliya dunyo qonunlarini masxara qilgan o‘lka, yoki boshqacha qilib aytsak, dunyo qo-nunlariga ochiqdan-ochiq qarshi chiqqan yer!» degan-da botanika olimi Grimar tamomila haqli edi.
Paganelning og‘zidan to'xtovsiz chiqib kelayotgan bu so‘z oqimining oxiri yo'qdek tuyulardi, geografiya jamiyatining gapdon sekretari endi o'zini to‘xtata ol-may qolgandi. U to‘xtovsiz so‘zlar, so'zlaganda ham qo'llarini paxsa qilib, vilkalarini shunday o‘ynatib so‘zlar ediki, ochiqdan-ochiq xavf ostida qolgan yon qo'shinlari tegib ketmasin yana deb xavotirda edilar. Nihoyat, olqishlar uning tovshini bosib ketdi-yu, geo-graiya olimi jim bo‘ldi.
Avstraliya qit’asining shuncha qiziq jihatlarini sanab bergandan keyin hech kim geografiya olimiga yana biror savol berishni xayoliga keltirmadi, albatta. Lekin shunday bo‘lsa ham, mayor har vaqtdagidek xotirjam tovush bilan:
— Bo‘lgani shumi, Paganel? — deb so‘rab qoldi.
— Yo‘q, hali bu hammasi emas! — dedi yangitdan g ‘ayratga minib geografiya olimi.
— Iye! Avstraliyada bundan ham qiziqroq narsalar bormi yana? — deb so‘radi qiziqib Elen.
— Ha, bor. Bu uning ob-havosi. Qit’aning ob-havosi men sanab bergan barcha xususiyatlaridan ham qiziqroq.
— Nimasi qiziq? — deb so‘rashdi chekka-chekkadan.
— Men Avstraliya qit’asining kislorodga qancha-lik boyligi, azotga qanchalik kambag'alligi to‘g ‘risida
318
gapirmay ham qo‘ya qolay; passatlar uning sohillari-ga parallel esgani uchun qit’ada nam shamollarning bo‘lmasligi to‘g ‘risida ham so‘zlamayman; tifdan tortib qizamiqqacha bo‘lgan uzoq davom etadigan ko'pgina kasallarning bu yerda bo'lmasligini ham ayt-may qo‘ya qolay...
— Lekin shuning o‘zi ham juda katta gap, — dedi Glenarvan.
— Shubhasiz, lekin, takror aytaman, qit’aning ob-havosi to‘g‘risida gapirganimda, men bularni ko‘zda tutmayman,— deb javob berdi Paganel.— Bu yerning ob-havosi shunday bir xususiyatga egaki... sira isho-nib bo'lmaydigan xususiyatga egaki...
— Qanday xususiyat ekan u? — deb so‘radi Jon Mangls, qiziqib.
— Sira ham ishonmaysizlar...
— Ishonamiz! — deb javob berishdi bunga qiziqib qolgan hamsuhbatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |