Jak Paganel Avstraliyaning shaxmat taxtasi kabi bunday to‘g ‘ri to‘rt burchaklarga bo‘linishini haqli ravishda masxara qilib kuldi.
— Avstraliya Fransiyaning koloniyasi bo‘lganda fransuz geograflari reysfeder bilan burchaklarga bun-chalik mehr qo‘ymagan bo‘lardi, — dedi u.
Kattakon Avstraliya oroli hozir oltita koloniya-viloyatga bo'linadi: Yangi Janubiy Uelss — markazi Sidney, Kvinslend — markazi Brisben, Viktoriya — markazi Melburn, Janubiy Avstraliya — markazi Adelaida, G‘arbiy Avstraliya — markazi Petr va, ni-hoyat, Shimoliy Avstraliya — hozircha bu viloyatning markazi yo‘q. Kolonistlar faqat dengiz sohillarida yashaydilar. Sohildan ikki yuz mil ichkarida biron-bir ahamiyatga ega bo'lgan shahar yo‘q. Kattaligi jihati dan Yevropaning uchdan ikkisiga to‘g ‘ri keladigan qit’aning markaziy qismiga kelsak, u hali deyarlik tekshirilmagan.
Baxtdan bo‘lib, o‘ttiz yettinchi parallel bu bepoyon cho'llardan, qator fan kishilari halok bo‘lib ketgan yurib bo‘lmas yerlardan o‘tmasdi. Glenarvan u yer-lardan o‘tolmagan bo'lardi. Uni faqat Avstraliyaning janubiy qismi qiziqtirdi: sayohatchilar aw al Janubiy Avstraliya viloyatining bir qismini, keyin Viktoriya viloyatining u boshidan bu boshigacha kesib o‘tish-lari, nihoyat, uchi pastga qilib, to'ntarib qo'yilgan uch burchakka o‘xshagan Yangi Janubiy Uells viloya tining o‘sha uchidan kesib o'tishlari kerak edi.
312
Bernulli burunidan Viktoriya viloyatining chega-rasigacha bo‘lgan masofa oltmish ikki milcha chiqadi. Bu yo‘lni ikki kunda bahazo'r bosib o‘tsa bo‘ladi, shuning uchun Ayrton ertasiga kechqurun Viktoriya viloyatining eng g ‘arbiy shahri Eppliga borib tunash-ni mo'ljallardi.
Odatda har qanday sayohatning boshida odamlar ham, otlar ham juda g'ayratga minadilar. Odamlarning g ‘ayrati qo‘zg‘ab ketishiga bir narsa deb bo‘lmaydi, lekin otlarning jilovini sal tortib qo‘yish zarur. Uzoq safarga otlangan odam minib borayotgan otining kuchini tejashi kerak. Shuning uchun sa-yohatchilar kuniga yigirma besh-o‘ttiz mildan ortiq yo‘l yurmaslikka ahd qilishdi. Buning ustiga, otlarni shoshmasdan, bitta-bitta yurib, kuch-quvvatini saqlab boradigan chinakam jonli mashinalar — ho'kizlarning yurishiga qarab haydash kerak edi.
Ekspeditsiyaning yo‘lovchilari bilan yuklarini olib ketayotgan arava uning yadrosi, harakatlanuvchi qal’asi edi. Otliqlar chor atrofda taralib borishlari mumkin, lekin aravadan juda uzoqlashib ketmaslik-lari shart. Umuman, otliqlarga ma’lum bir tartib joriy qilinmagani uchun ularni bir qadar o‘z ixtiyori-ga qo‘yib berildi. Ovchilar qirda g ‘animat ketidan quvib yurishar, shirin so‘z kavalerlar aravadagi yo‘lovchi xonimlar bilan suhbat qilishar, filosoflar falsafiy fikrlar yuritishardi. 0 ‘zida bu xususiyatlar-ning barchasini mujassamlantirgan Paganel esa ham-masiga ulgurishi kerak — ulgurmoqda ham.
Janubiy Avstraliya viloyatidan o‘tish juda zerikarli bo'ldi. Bir necha milgacha yo‘l goh chang bosib yotgan tuproq tepalar yonidan, goh bu yerlarda «bush» deb ataladigan bo‘m-bo‘sh dalalardan, goh u yer-bu yerida qo‘y-
Bu tekisliklar bir xil manzarali Argentina pam-paslariga juda o'xshab ketadi: yer ham xuddi pam-paslardagi kabi tekis va o‘t bosgan, yer bilan osmon ham xuddi pampaslardagi singari ufqda bir-biriga tu-
313
tashib ketadi, lekin rangi bir-biridan keskin farq qilib turadi. Mak-Nabbs men o'zimni hali ham Janubiy Amerikada his qilyapman, dedi. Lekin Paganel hade-may tevarak-atrof o‘zgarishi kerak deb ishontirdi, ge-ografiya olimining so‘ziga ishongan hamrohlari qiziq o‘zgarishlar bo'lishini kuta boshladilar.
Soat uchda sayohatchilarimiz bironta daraxt o‘sma-gan kattakon ochiq dalaga chiqdi — bu dala Chivinlar vodiysi deb ataladi. Paganel bu ismning to‘g ‘ri qo‘yil-ganiga juda tez iqror bo'ldi. Bu xira ikki qanotliklar sayohatchilarni ham, otlarini ham chaqaverib, bezor qilib yubordi. Ularning chaqishidan saqlanishning sira iloji yo‘q edi. Safar aptechkasidagi nashatir spirti yor-dami bilan og'riqni sal susaytirish mumkin bo'ldi, xo-los. Xunob bo‘lib ketgan Paganel to‘xtovsiz jizillatib chaqayotgan chivinlarga la’natlar o‘qirdi.
Kechga yaqin jonli to‘siq hosil qilgan bir necha akas daraxtlari yalang dalaga ancha xusn berdi. U yer-bu yerda oq yelim daraxtlari to‘p bo‘lib yotardi; undan narida yangi solingan yo‘l ko'rindi; keyin Yevropadan keltirilgan o‘simliklar: zaytun, limon daraxtlari, doim ko‘m-ko‘k bo'lib yotadigan dublar uchray boshladi; nihoyat to'siq chegara vazifasini ba-jaradigan o‘simliklar uchray boshladi. Ayrton uchi nayza tayoq bilan haydab borayotgan ho‘kizlar kechqurun soat sakkizda Red-Gum degan bir manzil-ga yetib bordi. «Manzil» deb bu yerda Avstraliyaning asosiy boyligi hisoblanuvchi qoramollar boqiladigan yerni aytiladi. Mahalliy chorvadorlar «skvatterlar», ya’ni «yerga qo'nadigan kishilar» deb ataladi. Haqiqatan ham, bepoyon qirlarda ko'chmanchilik qilaverib, tinkasi qurigan kolonist axir bir kun yerga o‘tirib qoladi, o'troqlashadi.
Red-Gum manzili kichkinagina joy ekan, lekin bu yerda Glenarvanni xursandlik bilan kutib oldilar. Bo‘m-bo‘sh yerlarga o‘rnashgan bunday manzillarda sayohatchilarni doim yaxshilab mehmon qiladilar, kelgan har bir sayyoh avstraliyalik kolonist uchun aziz mehmon hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |