Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari



Download 0,7 Mb.
bet95/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

I k k i n ch i b o b
TRISTAN-DA-KUNYa OROLLARI
Agar kema Avstraliya bilan Amerika orasidagi masofani, yoki, to‘g‘rirog‘i, Bernulli buruni bilan Korientes buruni orasidagi bir yuz to'qson olti gradus masofani ekvator bo‘ylab bosib o‘tsa, o‘n bir ming yetti yuz oltmish geografik mil yo‘l bosgan bo'lardi. Lekin yer sharining formasi tufayli o'ttiz yettinchi parallel ekvatordan qisqaroq, shuning uchun yo‘li bu parallel bo‘ylab o'tadigan «Dunkan» faqat to'qqiz ming to‘rt yuz sakson mil masofani bosib o‘tishi ke-rak edi. Amerika sohili bilan Tristan-da-Kunya orol-larining oralig'i ikki ming bir yuz mil hisoblanadi. Agar sharqdan esadigan shamollar yo‘lni qiyinlashtir-masa, Jon Mangls bu masofani o‘n kunda bosib o‘tish-ni mo‘ljallardi. Yosh kapitanning ishi o‘ngidan keldi: kechga borib shamol sezilarli darajada susaydi, keyin

241


yo'nalishini o‘zgartirdi. Dengiz tinchlanib qoldi, shundan so‘ng «Dunkan» o'zining butun yaxshi xususiyatlarini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Kemaga qaytgan yo‘lovchilarning hayoti o‘z iziga tushib ketdi. Ular kemani butun bir oy tashlab ketish-magandek tuyulardi. Lekin endi ular atrofida Tinch okeanning emas, Atlantik okeanning suvlari shovul-lab yotardi. Ammo tusidagi ba’zi farqlarni e’tiborga olinmasa, barcha to‘lqin ham bir to‘lqin. Sayohatchilarimizni qanchadan-qancha qiyinchilik-larga duchor qilgan stixiya endi ularga qulay keldi. Okean oynadek tiniq, shamol orqadan esib turibdi, «Dunkan »ning g‘arbdan esayotgan mayin shabada qappaytirgan yelkanlari kemaning to‘xtovsiz ishla-yotgan bug‘ mashinasiga yordam qila boshladi.
Mana shular tufayli safar tez, xavf-xatarsiz va hech qanday sarguzashtsiz o‘tdi. Sayohatchilarimiz zo‘r umidlar bilan Avstraliya sohiliga yetib borishla-rini kuta boshladilar. Ular muvaffaqiyatga tobora ko‘proq ishona bordilar. Kapitan Grant to‘g‘risida bo'lsa, go‘yo uni ma’lum bir portdan olib kelgani ke-tayotgandek ishonch bilan so'zlashar edilar. Kapitan Grantga alohida kayuta, uning ikki matrosida esa krovatlar tayyorlab qo‘yildi. Meri Grant otasining kayutasini zo‘r ishtiyoq bilan bezatdi, har narsani joy-joyiga saranjom qilib qo'ydi. Bu kayutani Olbinet bo‘shatib berdi; o‘zi esa xotinining kayutasiga ko'chib o‘tdi. Kapitan Grantga mo'ljallangan kayuta «Shotlandiya» paraxodidan Paganel buyurtirgan o‘sha mashhur oltinchi kayuta bilan yonma-yon edi. Geografiya olimi o‘z kayutasiga kirib olib, ertadan kechgacha ishlardi: u «Geografning Argentina pam-paslaridan oigan ajoyib taassurotlari» degan asar yozishga kirishib ketdi. Ko‘pincha, oqqa ko'chirib yozishdan oldin, u o‘zining dastlabki xomaki qo'lyoz-malarini hayajon bilan ovoz chiqarib o‘qiyotgani kayutasidan eshitilib qolardi.
To‘g‘risini aytib qo‘ya qolish kerak, zavqi qaynab ketgan geografiya olimi tarixchilar homiysi Klioga tez-tez xiyonat qilib, qadimgi qahramonlarining ba-hodirliklarini sharaflagan dostonlar ilhomchisi Kalliopening ilohiy ta’siriga berilardi. Apollonning iffatli qizlari uni deb Parnas yoki Gelikonni fan deb tashlab ketishlarini Paganel yashirmas ham edi. Elen

242


va mayor geografiya olimini uning huzuriga o'sha mi-fologik mehmonlarning kelishi bilan tabrikladilar.
— Lekin ko'zingizga qarab ish qiling, do‘stim Paganel, — deb gap qistirib qo‘yardi mayor, — paris-honlikka ko‘p berilmang, avstraliyaliklar tilini o‘rganmoqchi bo‘lib qolsangiz xitoy grammatikasini o‘qib yurmang yana.
Shunday qilib, kemada har ish o‘z izidan boraver-di. Eduard bilan Elen Glenarvanlar Jon Mangls bilan Meri Grantni qiziqish bilan kuzatib bordilar. Eduard bilan Elen, ular o‘zlarini juda yaxshi tutyaptilar, Jon Manglsning o‘zi bu to‘g‘rida og‘iz ochmagandan keyin, biz ham o'zimizni bilmaganga olib yuraveray-lik, degan fikrga keldilar.
— Bunga kapitan Grant nima derkin? — deb so‘rab qoldi bir kun Glenarvan xotinidan.
— Nima derdi, azizim Eduard, Jon Meriga juda munosib kuyov ekan deydi, bunda xato qilmaydi ham.
Kema esa manzilga tez yaqinlashib borardi. Korrientes buruni ko‘zdan g‘oyib bo‘lganidan besh kun keyin, ya’ni 16-noyabrda g‘arbdan Afrikaning janubiy sohilini aylanib o'tadigan kemalarning suzishiga juda qulaylik tug‘diradigan mayin shamol qo‘zg‘aldi; odatda bu yerlarda janub-sharqdan esadi-gan shamollar ko‘p bo‘ladi. «Dunkan» yelkanlarni yozib yubordi-da, fok, grot, barcha marsel, bramsel va staksel yelkanlarining kuchi bilan so‘l yonboshiga sal og‘ib, shunday g'izillab suzib ketdiki, mashina-ning vinti kema ostidan orqaga tez o‘tib borayotgan suvni itarishga ulgura olmasdi. «Dunkan» hozir Temzadagi Qirol yaxta-klubining kemalari bilan mu-sobaqa qilayotgandek edi.
Ertasiga ertalab sayohatchilar uyg‘onib qarashsa, okeanning yuzi katta-katta yo‘sinlar bilan qoplanib, u xuddi boshdan-oyoq o‘t bosib ketgan nihoyatda katta hovuzga o'xshab qolibdi. «Dunkan» Paganel pam-paslarga o'xshatgan bu o‘t bos-gan tekislikdan suzib borardi. Suv o'tlari kema tezligini ancha sekinlatib qo'ygan edi.
Yana bir kun o'tdi. Erta bilan azonda machtadan navbatchilikda turgan matrosning ovozi eshitildi.
— Yer! — deb qichqirdi matros.
— Qaysi tarafda? — deb so‘radi bu payt vaxtada turgan Tom Ostin.

243


— Shamolga teskari tarafda, — dedi matros. Dengizda hammani hayajonga soladigan: «Yer»
degan qichqiriq eshitilishi bilanoq paluba darhol odamga to‘ldi. Ko‘p o‘tmay lyukdan uzun durbin ko‘rindi, ketma-ket Jak Paganel chiqib keldi. Olim o‘z asbobini darrov matros ko'rsatgan tarafga yo'naltir-di, lekin u tarafda yerga o'xshagan hech narsa ko'rmadi.
— Bulutlarga qarang, — dedi unga Jon Mangls.
— Rost, — dedi Paganel, — rost, o‘sha tarafda tog‘ cho‘qqisiga o‘xshagan bir narsa ko‘rinyapti.
— Tristan-da-Kunya o‘sha, — deb izoh berdi Jon Mangls.
— Unday bo'lsa, — deb so'zida davom etdi ge­ ografiya olimi, — yanglishmasam, biz hozir undan sakson mil uzoqlikda bo‘lishimiz kerak, chunki dengiz sathidan yetti ming fut balandlikda bo‘lgan bu cho‘qqi xuddi shuncha masofadan ko‘rinadi.
— Juda to‘g‘ri aytdingiz, — dedi kapitan Jon. Bir necha soat o‘tdi, ufqda sohillari tikka kesib
tushgan bir necha baland-baland orol yaqqol ko‘rindi. Tristan-da-Kunyaning konussimon cho'qqisi chiqib kelayotgan quyosh nurlari ostida ming xil tusda tovlangan osmon sathida qop-qora soyaga o'xshab ajralib turardi. Ko‘p o‘tmay, shimol-sharq tarafga cho'zilib ketgan bu arxipelagning tosh qoyalari orasi-dan uning asosiy oroli ko‘rindi.
Tristan-da-Kunya Grinvich meridiani bilan 37° 8' janubiy kenglikda va 10° 44' g'arbiy uzunlikda joy-lashgan. Atlantik okeanidagi bu yakka-yolg‘iz kichikkina arxipelag undan o‘n sakkiz milcha janub-g‘arbdagi Mustahkam oroli bilan, undan o‘n milcha janub-sharqdagi Bulbul oroli bilan to'ldirilgan. Choshgohga yaqin kema dengizchilarga yo‘lni belgi-lashda yordamchi bo‘lib kelgan ikkita asosiy belgi yonidan o‘tdi; bulardan biri Mustahkam orolining bir burchidagi, yelkanli qayiqni eslatuvchi katta qoya, ikkinchisi — Bulbul orolining shimoliy qismidagi, es-ki qal’a xarobalarini eslatuvchi ikkita kichkina-kich-kina orolcha edi. Soat uchda «Dunkan» Tristan-da-Kunyaning g‘arb tarafidan keladigan shamollardan Gelm tog‘i cho‘qqilari saqlab turadigan Falmut ko‘rfaziga kirib bordi. Bu yerda bir necha kit ovlovchi kemalar langar tashlab turardi; bu kemalar orol so-

244


hillarida juda ko‘p bo‘ladigan tyulen va boshqa har xil dengiz jonivorlarini ov qilar edilar.

Jon Mangls «Dunkan»ni to‘xtatish uchun qulay va ishonchli joy axtara boshladi, chunki u shimol va shi-mol- g‘arbdan shamol qo‘zg‘alib qolgudek bo‘lsa, bu reyd kemalarga juda xavfli ekanini yaxshi bilardi. «Juliya» degan ingliz kemasi 1829 -yilda butun yuki va komandasi bilan xuddi shu yerda cho'kib ketgandi. «Dunkan» sohildan yarim milcha berida, chuqurligi yigirma sajencha keladigan, tagi toshli yerda langar tashladi. Kema yo'lovchilari uchun darhol kattakon qayiq tushirildi; ular ohak toshlarning kuyishidan va shamolda uqalanishidan hosil bo‘lgan mayda qora qumning yupqagina qatlami bilan qoplangan sohilga chiqdilar.


Butun Tristan -da-Kunya arxipelagining poytax-ti — ko‘rfazning ichkarisiga, shaldirab oqib yotgan katta soy bo‘yiga joylashgan bir kichkinagina qishloq. Qishloq, aftidan, ingliz arxitekturasining oxirgi yutuqlariga asosan qator qilib solingan elliktacha shinam gina uylardan iborat. Bu bejirim gina sha-harchaning nariyog‘i bir yarim ming gektarcha may-dondan iborat dala, dalaning etagi sovub qolgan lavadan hosil bo‘lgan qotishmalar uyulib yotgan tepa-ga borib taqaladi. Bu yassi tepalik nariyog‘ida yetti ming fut balandlikdagi konussimon tik cho'qqi qad ko‘targan.
Glenarvanni ingliz koloniyasining gubernatori qabul qildi, u gubernatordan darhol kapitan Garri Grant va «Britaniya» kemasini surishtirdi. Lekin gu-bernator bu ism larni mutlaqo eshitm agan ekan. Tristan-da-Kunya orollari kemalar qatnab turadigan dengiz yo‘llaridan chetda, shuning uchun bu yerga kemalar kamdan-kam keladi. 1821- yilda Mustahkam orolining qoyalariga kelib urilgan «Blendon- Golle» degan ingliz kemasining ma’lum halokatidan so‘ng asosiy orol yonida yana ikki kema halokatga uchradi: bulardan biri 1845-yil cho'kib ketgan «Primoge» ke­ masi, ikkinchisi — 1857-yilda cho'kib ketgan «Filadelfiya» degan uch machtali Amerika kemasi. Bu yerlarda shu uch kema halokatidan boshqa hech qan-day falokat yuz bermadi.
Asida Glenarvan bu yerda biror ma’lumot olish umidida ham emasdi, u ko‘nglini to‘q qilib qo‘yish


245

maqsadida shunchaki surishtirdi. Xuddi shu maqsad-da u orol atrofini aylanib chiqishga qayiqlar yubordi, chunki bu orolning aylanasi o‘n yetti mildan oshmay-di. Orol bundan uch hissa katta bo'lg'anda ham unga na London, na Parij sig'magan bo‘lardi.
Bu qidirish ishlari olib borilayotgan vaqtda «Dunkan» yo‘lovchilari qishloqni va uning atrofini tomosha qildilar. Qishloq aholisi bir yuz ellik kishiga ham yetmasdi, ularning hammasi negr ayollarga va kaplik gottentot ayollariga uylanib oigan inglizlar bi­ lan amerikaliklar edi.
Turistlarimiz quruq yerda sayr qilib yurganla-ridan xursand bo‘ldilar. Qishloqni aylanib chiqqach, ular oroldagi ekin ekiladigan birdan-bir vodiyning dengizga chiqadigan joyiga qarab yurdilar. Orolning shu vodiydan boshqa hamma joyi qotib qolgan lavadan hosil bo‘lgan tik qoyalar va quruq toshlar bilan qop-langan: ular orasida sonsiz-sanoqsiz albatroslar bilan ming-minglab pingvinlar yashaydi.
Sayohatchilar oldin vulqon hosil qilgan qoyalarni tomosha qildilar, keyin vodiyga yo‘l oldilar. Ular atrofida doim qor bosib yotadigan konussimon cho‘qqi-dan tushib keladigan juda ko‘p ariq va jilg'alar jildirab oqib turardi. Bu manzarani ko‘m -ko‘k butalar yana ham jonlantirib yuboradi, butalarda ularning gulidan ham ko‘proq qushlar chug‘urlashib sayrashadi. Ko‘m-ko‘k o‘tloq orasida balandligi yigirma futcha chiqadi­ gan bittayu-bitta daraxt qo'qqayib turibdi; daraxtsi-mon poyali kattakon tusse butasi, urug‘ining atrofini tikan bosgan atsena, poyalari bir- biriga chirmashib ketgan azpmat lomariyalar, atrofga qo'lansa hid tara-tib turadigan ko‘p yillik buta o‘simligi anuerinlar, yo‘sinlar, yowoyi selderey, qirqquloqlar — orolning uncha ko‘p xil bo‘lmasa ham, har holda, ziynatli o‘sim-liklari ana shulardan iborat. Bu ajoyib orolda doim ba-horning rohatbaxsh nafasi esib turishi sezilardi.
Qishloq atrofida qoramol va qo'ylar podasi o‘tlab yurardi; orolga bundan qirq yil burun keltirib ekila boshlagan bug‘doy, jo‘xori, turli sabzavotlar ko'karib yotgan dala poytaxt ko‘chalarigacha taqalib kelgan edi.
Glenarvan kemaga qaytib kelishi bilan qayiqlar ham «Dunkan» oldiga kelib to‘xtadilar. Qayiqlar bir necha soat ichida orolning atrofini aylanib chiqdilar,

2 4 6


lekin bu atrofda «Britaniya»dan hech qanday asar top-madilar. Shunday qilib, Tristan-da -Kunya orollari kapitan Grantni axtarish to‘g‘ri keladigan joylar hiso-bidan uzil-kesil chiqarib tashlandi.
Endi «Dunkan» Afrikaning bu orollaridan baha-zo‘r chiqib, sharq tomonga qarab yo'lida davom etishi mumkin. Lekin kema o‘sha kuni jo‘nab ketmadi, chunki Glenarvan komanda a’zolariga tyulen ovlash-ga ruxsat berdi. Falmut ko'rfazida tyulenlar to‘lib yotardi. Bir vaqtlar bu yerlarda kitlar ham bemalol suzib yurar edi. Lekin ularni ov qilaverib, shunday qirib yuborganlarki, kitlar bu atrofda deyarlik yo‘q bo‘lib ketgan. Suvda ham, quruqlikda ham yashovchi jonivorlar esa bu yerda gala-gala bo‘lib yuradilar. Kema komandasi kechasi bilan ov qilib, ertasiga ular-dan yog‘ zapasini ko‘paytirib olishga qaror qildi. Shu sababdan «Dunkan»ning yo'lga chiqishi indinga, ya’ni 20-noyabrgacha kechiktirildi.
Kechki ovqat paytida Paganel ham rohlariga Tristan-da-Kunya orollari to‘g ‘risida bir qancha qiziq

ma’lum otlar so‘zlab berdi. Sayohatchilar

Albukerkning yo'ldoshlaridan biri, portugaliyalik

Tristan-da -Kunya tomonidan kashf etilgan bu arxi-pelag yuz yildan ortiq vaqt o‘rganilmay yotganini bilib oldilar. Bu yerdagi orollar asosli ravishda «bo‘ronlar makoni» deb hisoblanar va Bermud orol­ laridan battar deb nom chiqargan edi. Shuning uchun bu orollarga faqat A tlantik okeanning bo‘ronlari surib tashlagan kemalargina kelardi.


1697-yilda, Hindu kompaniyasiga qarashli uch golland kemasi kelganda, bu orollarning koordinati belgilandi, 1700-yilda esa astronom Galley bu raqam-larga aniqlik kiritdi. 1712-yil bilan 1767-yillar o‘rtasida bir necha fransuz dengizchisi Tristan- da-Kunya arxipelagini kelib ko‘rdi. Ayniqsa Laperuz bu orollarga ko‘p ahamiyat berdi. U o'zining 1785-yilgi mashhur sayohati vaqtida, unga berilgan topshiriqqa muvofiq bu orollarga kelgandi. Odamlar kamdan-kam keladigan bu orollar to 1811-yilgacha, ya’ni amerika-lik Jonatan Lambertning miyasiga ularni koloniyaga aylantirish fikri kelguncha kimsasiz, bo‘m-bo‘sh yot-di. 0 ‘sha yilning yanvar oyida u ikki o‘rtog‘i bilan orolga kelib tushdi; ular darhol ish boshlab yubordi-lar. Yaxshi Umid burnidagi ingliz gubernatori


247

kolonistlarning ishi yurishib ketganini eshitib, ularga Angliya davlatining himoyasiga o'tishni taklif qildi. Jonatan bu taklifni qabul qilib, chaylasi tepasiga Britaniya bayrog‘ini qadab qo‘ydi. Endi Jonatan, o‘z xalqi ustidan — italiyalik bir chol bilan portugaliya-lik bir mulat ustidan tinch va osoyishta hukmronlik qilib o'tishi tabiiydek tuyulardi, lekin kunlardan bir kuni o‘z «imperiyasining» sohillarini o‘rganayotib u suvga cho‘kib o‘ldi, rostdan ham o‘zi cho‘kib ketdimi yo cho‘ktirib yuborishdimi — bu sir sirligicha qoldi. 1816-yil keldi. Napoleon muqaddas Yelena orolida asirlikda yotardi, shuning uchun Angliya uni yaxshi-roq qo'riqlash bahonasida Tristan-da- Kunya orollari - da bir garnizon, Vozneseniya orolida yana bir garni-zon saqladi. Garnizon Yaxshi Umid burunidan ko‘chirib kelingan bir artilleriya batareyasi bilan got-tentotlar otryadidan iborat edi. Bu yerda u to Napoleonning o'limigacha, 1821-yilgacha turdi, keyin yana Yaxshi Umid burniga qaytarildi.
— Faqat bitta yevropalik kishi, — deb hikoyasini davom ettirdi Paganel, — shotlandiyalik kapral...
— Ha, ha! Shotlandiyalik deng! — deb uning so‘zi-ni bo‘ldi doim vatandoshlariga qiziqib qaraydigan mayor.
— Uning ismi Vilyam Glass edi, — deb davom et-di Paganel. — U xotini va ikki gottentot bilan orolda qoldi. Oradan ko‘p o'tmay shotlandiyalikka yana ikki ingliz kelib qo‘shildi: ulardan biri matros, ikkinchisi esa Temza bo‘yida yashagan, o‘sha vaqtgacha Argentina armiyasida dragun bo‘lib xizmat qilgan baliqchi edi. Nihoyat, 1821-yilda «Blendon-Golle» halokatga uchraganda omon qolganlardan biri xotini bilan Tristan orolida panoh topdi. Shunday qilib, 1821-yilda bu orolda olti erkak bilan ikki ayol yashar edi. 1829-yilga kelib, orol aholisining soni oshdi; erkaklar yettitaga, xotinlar oltitaga, bolalar esa o‘n to'rttaga yetdi. 1835-yilda bu raqam qirqqa yetdi, hozir esa orolda bundan uch hissa ortiq odam bor. Tristan-da-Kunyaning tarixini tag'in ham to'laroq yoritish uchun yana bir narsani aytay, — deb hikoya­ sini davom ettirdi Paganel: — mening fikrimcha, bu orollarni ham xuddi Xuan-Fernandes orollari kabi robinzonlar oroli deb atasa bo'ladi. Rostdan ham, Xuan-Fernandes orolida boshqa-boshqa paytlarda ikki


248

matros taqdirning hukmiga havola qilingan bo‘lsa, Tristan -da-Kunya orollarida ham ikki olimning boshi-ga xuddi o‘sha kun kelishiga sal qolgan. 1793 -yilda mening vatandoshlarimdan biri, tabiyotshunos Ober dyu-Pti -Tuar orolda o'simlik yig‘ishga juda qiziqib ketibdi-da, adashib qolibdi, u yo‘lini topib, kema tu r­ gan joyga qaytib kelganda, kapitan allaqachon langar ko'tarishga buyruq berib bo‘lgan ekan. 1824-yilda esa, azizim Glenarvan, sizning vatandoshlaringizdan biri Ogyust Erl degan bir usta rassom shu orolda qolib ketib, bu yerda sakkiz oy umr ko‘radi. Kema kapitani Erlning sohilga tushib ketganini unutib qo‘yibdi-yu, yelkanlarini ko‘tarib, Yaxshi Umid buruniga jo‘nab ketibdi.
— Ana o‘sha kapitanni chinakam parishonxotir odam ekan desak arziydi! — dedi mayor. — Sizning biron qarindoshingiz bo‘lmasin yana, Paganel?

— Qarindoshim bo‘lsayam arziydigan odam edi, — dedi geografiya olimi, shu bilan uning Tristan-da-Kunya orollari to‘g ‘risidagi hikoyasi tugadi.


«Dunkan» komandasining tungi ovi juda muvaf-faqiyatli bo'ldi: ovchilar ellikta katta-katta tyulen o‘ldirdilar. Ov qilishga ruxsat bergan Glenarvan un­ dan biror foyda olishni ham taqiqlamadi. Shuning uchun ertasiga butun kun tyulenlarning terisini toza-lash va saranjomlash bilan o‘tdi. Shunday bo‘lgandan keyin, o‘z-o‘zidan ma’lumki, «Dunkan» yo‘lovchilari yana bir marta orolga tushib, orol ichkarisida sayr qildilar. Glenarvan va mayor miltiqlarini ham ola ket-dilar, chunki ular oroldagi qushlardan otib olmoqchi edilar.

Sayr qilib yurib, sayyohlar tog‘ning etagigacha yetib bordilar. Bu yerning tuprog‘i qop-qora, serkavak lava shlaklari hamda vulqon hosil qilgan boshqa har xil vulqon qoldiqlari bilan qorishib yotar-di. Tog'ning asosi boshi-keti yo‘q qoyalarga o‘ralgan. Bu konussimon bahaybat cho‘qqining qanday hosil bo‘lganini sira xato qilmasdan aytish mumkin, shu­ ning uchun ham Karmankel degan ingliz kapitani uni o‘chib qolgan vulqon deb mutlaqo to‘g ‘ri aytgan.


Ovchilar oldidan bir necha to‘ng‘iz chiqib qoldi. Mayor ulardan birini otib yiqitdi. Glenarvan esa bir necha qora kaklik otish bilan cheklandi, ulardan juda mazali ragu tayyorlasa bo‘lardi. Tog'ning baland-ba-

2 4 9


land yonbag‘irlarida juda ko‘p echkilar sakrashib yurardi. Orolda yowoyi mushuk ham ko‘p edi; hatto itlar uchun ham xavfli bo‘lgan bu kuchli va yurakli jonivorlar vaqti kelib, haqiqiy yirtqich bo‘lib yetishsa ham ajab emas.
Kechqurun soat sakkizda hamma kemaga qaytib keldi, kechasi esa «Dunkan» Tristan- da-Kunyaga endi sira ham qaytmaydigan bo'lib yo'lga chiqdi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish