Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari



Download 0,7 Mb.
bet94/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

B i r i n ch i b o b
«DUNKAN»GA QAYTISh
Dastlabki daqiqalarda yana uchrashganlaridan hamma xursand bo'ldi. Glenarvan qidirish ishlarining muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytib, odamlarning dilini xira qilishni istamadi.
— Topishimizga ishonaveringlar, do'stlarim! — dedi u. — Ishonaveringlar! Kapitan Grantni hozir topolmay keldik, lekin uni albatta topishimizga amin-miz!
Glenarvan shunday ishonch bilan gapirar ediki, «Dunkan»ning ayol yo‘lovchilari ko‘nglida yana umid tug'ildi.
Haqiqatan ham qayiq kemaga yaqinlashib kela-yotganda Elen bilan Meri Grantning qanchalik haya-jonlanganini bilsangiz edi! Ular kemaning yut tarafi-da turib, qayiqdagilarni sanashga urinardilar. Bechora qizning goh umidi uzilar, goh, aksincha, qa-yiqdagilar orasida otasini ko‘rayotgandek bo‘lardi. Uning yuragi gupillab urardi, o‘zi esa bir og‘iz bo‘lsin so‘z aytishga majoli yo‘q, yiqilib ketay, yiqilib ketay deb turar edi. Elen bechora qiz yiqilib tushmasin deb uni quchoqlab olgandi. Jon Mangls diqqat bilan qa-yiqqa tikilib, Merining yonida indamay turardi. Uning uzoq-uzoqlardagi narsalarni ham payqab ola oladigan dengizchilarga xos o‘tkir ko‘zlariga kapitan Grant ko‘rinmasdi.
— Otam qayiqda! Ana u! Ota!— deb shivirladi qiz. Ammo qayiq yaqinlashib kelgani sari, Merining
umidlari puchga chiqaverdi. Qayiq kemaga yetib ke-lishiga yuz sajencha qolganda, faqat Elen bilan Jon Manglsning emas, Merining ham umidi tamom uzil-di. Glenarvan ularga juda vaqtida tasalli berdi.
Dastlabki quchoqlashib va o‘pishib ko‘rishishlar-dan keyin Glenarvan Elen, Meri Grant va Jon Manglsga sayohat vaqtida yuz bergan asosiy hodi-salarni so‘zlab berdi-da, zehni o'tkir Paganel hujjatni

230


yangicha sharhlab berganini aytib, ularga hujjatning yangi ma’nosini ochdi. Glenarvan Robertni juda maq-tadi va Meri Grantga ukangiz bilan har qancha faxr-lansangiz arziydi, deb ta’kidladi. U bolaning xavfli paytlarda qanday mardlik va fidokorlik ko‘rsatganini gapirib berdi va Robertni shunday maqtab yubordiki, agar bola opasining bag'riga suqulib olmaganda, uyal-ganidan qayerga yashirinishni bilmay qolgan bo‘lar edi.
— Qizarishning sira hojati yo‘q, Robert, — dedi Jon Mangls, — sen kapitan Grantdek odamga munosib o‘g‘il ekanligingni ko'rsatibsan.
Kapitan shunday deb turib Merining ukasini qu-choqlab o‘pdi, Robertning beti opasining ko‘z yosh-laridan hali ham ho‘l edi.
Mayor bilan Paganelning qanchalik hurmat bilan kutib olingani, olijanob Talkavning qanchalik minnat-dorchilik bilan tilga olinganini so‘zlab o'tirmasak ham bo‘ladi. Elen o‘sha sofdil hinduning qo‘lini qisib, min-natdorlik bildirolmaganiga juda achindi. Dastlabki hol-ahvol so‘rashlardan so‘ng mayor o‘z kayutasiga kirib, g‘oyat xotirjamlik bilan soqolini ola boshladi. Paganel esa bir kishi oldidan ikkinchi kishi oldiga bo-rar, shira yig‘ayotgan asalari singari odamlarning maqtov va tabassumlarini yig‘ardi. Geograf xursand bo'lib ketganidan «Dunkan» ekipajning hammasini o‘pib chiqishni istab qoldi, Elen bilan Meri Grantni ke-ma ekipajidan deb hisoblangani uchun u ayollardan boshladi va bu ishni mister Olbinetni o‘pish bilan tu-gatdi.
Geografiya olimining bu iltifotiga minnatdorchilik bildirishning birdan bir yo‘li shu deb hisoblagan styuard nonushta tayyorligini bildirdi.
— Nonushta dedingizmi? — deb so‘radi ge­ ografiya olimi.
— Ha, janob Paganel, nonushta.
— Rostakam stol yonida o'tirib, pichoq-vilkalar bi­ lan yeyiladigan rostakam nonushtami?
— Bo‘lmasam-chi, janob Paganel!
— Na qoq go‘sht, na pishgan tuxum, na tuyaqush filesi keltirib bermaysiz-a?
— Nimalar deyapsiz o‘zi, taqsir! — dedi xafa bo‘lgan styuard, o‘pkalab.
— Men sizni xafa qilmoqchi emasdim, — dedi jil-

231


mayib olim, — bir oygacha har kun yeganimiz shu bo‘ldi-da, buning ustiga ovqatni stolda emas, yo yer-da choâzilib yotib, yo daraxt shoxiga minib o'tirib yerdik. Shuning uchun ovqat tayyor deganingizda, siz aytgan nonushta menga bir tush, uydirma gap, xayol bo‘lib tuyulishi ham hech gap emas-ku.
— Qani, yuring, janob Paganel, bu nonushta xayol ham, tush ham emasligiga o‘z ko'zimiz bilan ko‘rib is-honamiz, — dedi Elen, kulgidan o'zini tiya olmay.
— Ruxsat eting, kavaleringiz bo‘lay, — dedi Elenga xushmuomala geografiya olimi.
— «Dunkan»ga doir biror buyruq bo'lmaydimi, ser? — deb so‘radi Jon Mangls.
— Nonushtadan keyin, aziz Jon, — dedi Glenarvan, — awal hammamiz bir bo‘lib, yangi eks-peditsiyamiz planini maslahatlashib olaylik.
Kema yo‘lovchilari va yosh kapitan kayut-kom-paniyaga tushdilar. Buyruq bo'lgani hamon yo‘lga tushish mumkin bo'lsin uchun mexanika kema qozon-lariga yaxshilab o‘t yoqish buyurildi. Yangigina so-qolini olib chiqqan mayor, shuningdek tezgina boshqa kiyim-bosh kiyib oigan hamma sayohatchilar dastur-xonga o‘tirdilar.
Mister Olbinet tayyorlagan ovqat hammaga ma’qul tushdi. Uni juda mazali deb, hatto pampaslardagi ajoyib ziyofatdan ham yaxshi deb maqtadilar. Paganel «xayolparishonlikdan» deb tarelkasiga dasturxonga tortilgan hamma ovqatlardan ikki martadan solib yedi.
Bu mash’um so'zni eshitib Elen Glenarvan muhta-ram fransuzdan, bunday parishonlikka tez-tez uchrab turarmidingiz, deb so‘radi. Mayor bilan Glenarvan jilmayib, bir-birlariga qarab olishdi. Paganel esa gunohini bo'yniga olib, xaholab kulib yubordi-da, to sayohatimiz tugamaguncha endi sira ham bunday gunoh qilmayman, deb so‘z berdi. Keyin o‘zi ispan tilini o‘rganaman deb, yanglishib Kamoensning poe-masini chuqur o'rganganini juda qiziq qilib so'zlab berdi.
— Lekin, — dedi u, — «Har bir chatoq ishning yaxshi jihati ham bo‘ladi», deganlariday men ham xa-to qilganimdan xafa emasman.
— Nima uchun, muhtaram do‘stim? — deb so‘radi mayor.

232

— Shuning uchunki, endi men faqat ispan tilini emas, portugal tilini ham o‘rganib oldim. Bir tilda so‘zlashish o‘rniga endi ikki tilda so'zlasha olaman.
— Rost, men bunisini o'ylamabman, — deb javob berdi Mak-Nabbs. — Tabriklayman, Paganel, chin ko'ngildan tabriklayman!
0 ‘tirganlar hammasi ovqat yeyish bilan band bo‘lgan geografiya olimini tabrikladilar. Paganel ham ovqat ver, ham suhbatdan qolmasdi. Lekin u Glenarvanning nazaridan qochmagan bir yangilikni sezmay qoldi: bu Jon Manglsning o‘z yonida o‘tirgan Meri Grantga alohida diqqat-e’tibor ko‘rsatayotgani edi. Elen eriga bilinar-bilinmas bosh irg‘itib, «gap shunday» deb ishora qildi. Glenarvan bu ikki yoshga samimiyat bilan bir nazar tashlab oldi-da, Jon Manglsga butunlay boshqa savol bilan murojaat qildi.
— Safaringiz qanday o‘tdi, Jon? — deb so‘radi u.
— Juda yaxshi o‘tdi, — deb javob berdi kapi-tan. — Lekin, ser, shuni aytib qo‘yishim kerak: biz Magellan bo‘g‘ozi orqali o'tganimiz yo‘q.

233


— Rostdanmi! — deb qichqirdi Paganel. — Demak, Gorn burnini aylanib o‘tibsizlar-da? Eh, at-tang, men bo‘lmabman-da...
— Osing o'zingizni! — dedi mayor.
— Xudbinsiz! — dedi geografiya olimi. — Siz faqat arqonimga ega bo‘lish uchun menga shunday maslahat beryapsiz.
— Qo‘ysangiz-chi, azizim Paganel, — deb ularning gapiga aralashdi Glenarvan. — Bir vaqtning o‘zida bir necha joyda bo‘la olish qobiliyatiga ega bo'lma-ganingizdan keyin ikki yerni birdan ko‘rib bo‘lmaydi-ku, axir. Pampaslarda sayohat qilib yurgan ekansiz, ayni bir vaqtda Gorn burnini aylanib o‘tishda ishtirok qilishingizning iloji yo‘q edi-da.
— Lekin bu o‘sha safarda ishtirok eta olmaganim-dan afsus qilishga mone bo'lolmaydi, — deb javob berdi olim.
Shundan so‘ng Paganelni o‘z holiga qo‘ydilar. Jon Mangls esa kema safari to‘g‘risida gapirib bera boshla-di. Uning aytganlaridan ma’lum bo'ldiki, Amerika so-hillarini aylanib o‘tayotib, kemadagilar butun g'arbiy arxipelaglarni tekshirib chiqishibdi, lekin hech qayer-da «Britaniya»dan darak topmabdilar. Shamol pesho-nadan urib turgani uchun Magellan bo‘g‘oziga kirave-rishdagi Pilar burunida marshrutni o'zgartirib, janub tomonga suzib ketishga majbur bo‘lishibdi. Kema Umidsizlik orollari yonidan o‘tib, janubiy kenglikning oltmish yettinchi gradusiga yetibdi, Gorn burunini ay­ lanib o‘tib, Olovli Yer yoqalab boribdi, keyin Lemer bo‘g‘ozidan o‘tibdida, Patagoniya sohillariga yo‘l olib-di. Patagoniya sohillariga yetib kelishgach, Korrientes burunida kema momaqaldiroq vaqtida sayohatchi-larimiz boshdan kechirgan o‘sha nihoyatda qattiq bo‘-ronga duch kelibdi. Kema bo‘ronga juda yaxshi chi-dash beribdi; sohildan otilgan karabin o‘qining tovushi sabrsizlik bilan kutilayotgan sayohatchilarning yetib kelganidan darak berganda, ular ochiq dengizda sohil bo'ylab suzib yura boshlaganlariga uch kun bo‘lgan ekan. «Dunkan» kapitani hikoyasining oxirida missis Glenarvan bilan miss Grant o'zlarini juda mardonavor tutganliklarini alohida eslatib o‘tmasam, adolatdan bo‘lmaydi, deb qo'shimcha qildi. Bo‘ron ularni zarra-cha ham qo‘rqitolmadi, ular faqat Argentina qirlarida safarda bo‘lgan do'stlaridan xavotir oldilar, xolos.

234


Jon Mangls hikoyasini ana shu so'zlar bilan tugat-di. Lord Glenarvan uni dengiz safarining muvaffaqi-yatli tugashi bilan tabrikladi-da, Meri Grantga o‘gir-ildi.
— Qimmatli miss, — dedi u, — kapitan Jon fazi-latlaringizga yuksak baho berayotganini ko‘rib turib-man, siz uning kemasida o'zingizni shunday yaxshi his qilishingizdan juda xursandman.
— Boshqacha bo‘lishi ham mumkinmi? — dedi Meri, Elen Glenarvanga qarab, ehtimolki, bu gaplari-ni ayni vaqtda yosh kapitanga ham qarata aytgandir.
— O, opam sizni shunday yaxshi ko'radiki, mister Jon! — dedi Robert. — Men ham sizni juda sevaman.
— Men ham seni juda yaxshi ko‘raman, ukam, — deb javob berdi Jon Mangls.
Yosh kapitan Robertning gapidan bir oz o‘ng‘ay-sizlandi, Meri Grant esa sal qizardi.
Jon Mangls gapni boshqa tomonga burishga shoshildi:
— Men «Dunkan»da qilgan safarimiz to‘g‘risidagi hikoyamni tugatdim. Ser, endi siz ham bizga Amerika qit’asida qilgan sayohatingiz to‘g‘risida, xususan yosh qahramonimizning jasoratlari to‘g ‘risida mufas-sal so‘zlab berishga yo‘q demassiz deb o‘ylayman?
Turgan gapki, Elen bilan miss Grantga boshqa hech qanday hikoya bunchalik lazzat bermagan bo‘lar-di, shuning uchun Glenarvan ular qiziqib turgan hikoyani darhol boshlab yubordi. Sayohatchilarning boshidan o'tgan hodisalar: Kordiler tog‘idan oshib o'tishgani, yer qimirlashi, Robertning g‘oyib bo‘lgani, uni kondor ko‘tarib ketgani, Talkavning yordamga kelgani, qizil bo‘rilar hujumi, Robertning jasorati, serjant Manuel bilan uchrashuv, toshqin, ombuda jon saqlashgani, chaqmoq, yong'in, kayman-lar, quyun va, nihoyat, Atlantik okean sohilida o'tkazilgan tun to‘g‘risida hikoya qilib berar ekan, u bir okeandan ikkinchi okeangacha bosib o‘tilgan yo‘l mashaqqatlarini yana bir qayta boshdan kechirgandek bo'ldi. Goh qo‘rqinchli, goh kulgili bo‘lgan bu epizod-lar tinglovchilarni goh qo'rquvga solar, goh kuldirar-di. Robert to‘g‘risida gap borganda, Meri Grant bilan Elen Glenarvan qoyil qolib, uni qayta-qayta quchoqlab o'pishdi.
Eduard Glenarvan hikoyasini tamomladi-da:

235


— Do‘stlarim, endi bugungi kun to‘g‘risida o‘ylay-lik, — dedi. — 0 ‘tgan kunlar — o‘tib ketdi, lekin ke-lajak bizning qo'limizda. Kelinglar, yana kapitan Grantga qaytaylik.
Nonushta tugadi. Hammalari Elen Glenarvanning mehmonxonasiga o‘tib, karta va har xil planlar uyilib yotgan stol atrofiga o‘tirdilar.
— Jonim Elen, — deb gap boshladi Glenarvan, vaqtni bekor o'tkazmay, — «Dunkan»ga chiqqan za-hotimiz, «Britaniya»da halokatga uchraganlarni topolmagan bo'lsak ham, ularni topishga bo‘lgan umidimiz har vaqtdagidan ko‘proq ekanini aytgan edim. Janubiy Amerika qit’asini kesib o‘tganimizdan keyin kema halokati Tinch okean sohillarida ham, Atlantik okean sohillarida ham yuz bergan emas, de-gan xulosaga keldik, xulosaga desak juda ham to‘g‘ri bo‘lmas — bunga ishonchimiz komil. Bundan esa o‘z-o‘zidan hujjatda Patagoniya to‘g‘risida gapiriladi deb o‘ylaganimiz noto‘g‘ri ekan, degan xulosa kelib chiqa-di. Baxtimizga, do‘stimiz Paganelning miyasiga lop etib bir fikr kelib qoldi-yu, biz hujjatni noto‘g‘ri tushunib yurganimizni angladik. U biz noto‘g‘ri yo‘ldan borayotganimizni isbot qilib berdi va hujjatni shunday sharhladiki, uning asl ma’nosini endi to‘g‘ri anglaganimizga sira ham shubha qolmadi. Men fran-suz tilida yozilgan hujjat to‘g‘risida gapiryapman, hech kimda mening so‘zlarimga shubha qolmasligi uchun Paganeldan uning ma’nosini hoziroq sharhlab berishni iltimos qilaman.
Geografiya olimi Glenarvanning iltimosini darrov qondirdi. U, o‘zining fikricha gonie va indi so‘z bo‘laklarining asl ma’nosi nima ekanini juda ishonti-rarli qilib tushuntirib berdi. U austral so‘zidan aniq qilib «Avstraliya» so'zini chiqarib berdi. U kapitan Grantning kemasi Peru sohillaridan yo‘lga chiqqan-dan keyin, Yevropaga bora turib, halokatga uchragan bo‘lishi mumkinligini va Tinch okeanning janubiy oqimlari uni Avstraliya sohillariga surib ketgan bo‘lishi mumkin ekanini isbot qilib berdi. Olimning farazlari oqilona, xulosalari shunday mantiqiy ediki, ular hatto Jon Manglsga ham ma’qul tushdi, chunki jon Mangls bunday masalalarga juda jiddiy qarar, bo‘lar-bo‘lmas xayoliy gaplarga sira uchmas edi. Paganel gapini tugatgandan so‘ng Glenarvan endi

236


«Dunkan» darhol Avstraliyaga qarab yo‘lga chiqadi, deb e’lon qildi.
Lekin mayor sharqqa yo‘l olishga buyruq berish-dan oldin bitta oddiy fikr bildirishga ijozat bersanglar deb iltimos qildi.
— Gapiring, Mak-Nabbs, — dedi Glenarvan.
— Mening maqsadim, — deb gap boshladi ma­ yor, — do'stim Paganelning dalillariga shubha tug'dirish emas; men uning dalillarini rad qilmoqchi ham emasman. Uning dalillarini men jiddiy, oqilona, har qancha diqqat qilishga ham arziydigan dalillar deb hisoblayman. Shuning uchun kelgusida qidirish ishlarimizda albatta ularga tayanishimiz kerak. Lekin men ularni yana bitta, oxirgi sinovdan o‘tkazishni is-tar edim: ana shunda ular shak-shubhasiz va rad qilib bo'lmaydigan dalillar bo'lib qoladi.
Ehtiyotkor Mak-Nabbs gapni qayoqqa burayotgani-ni hech kim tushunolmadi, shuning uchun hamma uning gapiga bir oz xavotir bilan quloq solib turdi.
— Davom etavering, mayor, — dedi Paganel, — men barcha savollaringizga javob berishga tayyor-man.
— Sizga buning hech qiyin joyi yo‘q, — dedi may­ or. — Biz bundan besh oy burun, Klayd qo‘ltig‘ida xuddi shu uchta hujjatni tekshirganimizda, uning ma’nosi biz anglagandan boshqacha bo'lishi mumkin emas, degan xulosaga kelgan edik. «Britaniya» faqat Patagoniya sohillarida halokatga uchragan bo‘lishi mumkin deb o‘ylagan edik. Bunga zarracha ham shubhamiz qolmagan edi.
— To‘g‘ri, — dedi Glenarvan.
— Keyinchalik, — deb so'zida davom etdi ma­ yor,— baxtimizdan bo'lib, parishonxotirligi natijasi-da «Dunkan»ga tushib qolgan Paganelga ham hujjat-larni ko‘rsatdik, shunda u ham halokatga uchragan-larni Amerika sohillaridan axtarish to‘g ‘risidagi fikrimizga hech shubhasiz qo‘shildi.
— To‘g‘ri, — deb uning gapini tasdiqladi ge-ografiya olimi.
— Lekin, shunday bo‘lsa ham, biz xato qildik,— deb so‘zini tugatdi mayor.
— To‘g‘ri, xato qildik, — deb takrorladi Paganel. — Har kim ham xato qilishi mumkin, faqat telba odamlargina xatosini tan olgisi kelmaydi.

237


— Qizishmang, Paganel! — dedi mayor. — Men halokatga uchraganlarni Amerikadan axtarishni davom ettiraylik demoqchi emasman.
— Nima demoqchisiz bo‘lmasa? — deb so‘radi Glenarvan.
— Men yaqindagina bizga «Britaniya» faqat Amerikada halokatga uchragan bo‘lib tuyulganday hozir u faqat Avstraliyada halokatga uchraganday tuyulayotgan bo‘lishi mumkin ekanini e’tirof qilsak deyman.
— Bunga hech qanday e’tirozsiz tan beraman,— dedi Paganel.
— Men buni e’tiborga olaman, — deb davom etdi mayor, — shu bilan birga, fantaziya yetakla-gan yo‘ldan ketavermaslikni va «unday bo'lishi muqarrar, bunday bo‘lishi muqarrar» degan faraz-larga ehtiyotkorlik bilan yondoshishni maslahat beraman. Kim biladi deysiz! Avstraliyadan keyin biz halokatga uchraganlarni shunday komil ishonch bilan boshqa biror mamlakatdan axtara boshlarmiz. Bordi-yu, qidirish ishlarimiz yana muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqsa, halokatga uchraganlarni boshqa biror joydan axtarish lozimligi «muqarrar» bo‘lib qol-masmikan?
Glenarvan bilan Paganel bir-birlariga qarab olish-di — mayorning fikri nihoyatda to‘g‘riligi bilan ularni xayratga solgan edi.
— Shuning uchun, — deb davom etdi Mak-Nabbs, — Avstraliyaga jo'nashdan oldin hujjatlarni so'nggi marta yaxshilab tekshirib ko‘rsak yaxshi bo'lardi. Hujjatlar mana, mana bu karta. Kelinglar, o‘ttiz yettinchi parallel o‘tadigan yerlarning ham-masini bir-bir ko'rib chiqaylik-da, hujjat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa biror mamlakat bormi-yo‘qmi — o‘ylab ko'raylik.
— Buni tekshirib ko'rish qiyin emas, ko‘p vaqt ham talab qilinmaydi, — dedi Paganel, — chunki, baxtimizga, bu parallel o‘tadigan kengliklarda quruq-lik yerlar juda kam.
— Hozir ko'ramiz, — dedi mayor, yer sharining Merkator1 qo‘lidan chiqqan inglizcha kartasini yozar ekan.
1Merkator (1512 — 1594) — niderlandiyalik geograf-kartograf.

238


Kartani Elenning qarshisiga yozdilar-da Paganel-ning izohlarini ko‘rib turish uchun hammalari unga yaqinroq joylashib o'tirdilar.
— Daraxtda o'tirganimizda aytganimdek, — deb so‘z boshladi geografiya olimi, — o‘ttiz yettinchi par­ allel Janubiy Amerikadan okeanga chiqqandan keyin Tristan da-Kunya orollarini kesib o‘tadi. Aminmanki, hujjatda bu orollarni eslatadigan bironta ham so‘z
yo‘q.
Hujjatlarni rosa sinchiklab ko'zdan kechirib chiqqandan keyin, o'tirganlar hammasi Paganelning gapi to‘g‘ri ekaniga qanoat hosil qildilar. Tristan-da-Kunya orollari bir og‘izdan rad qilindi.
— Davom etamiz, — deb yana gap boshladi ge­ ografiya olimi. — Yaxshi Umid burunidan ikki grad us janubroqda Atlantik okeanidan chiqib, Hind okeaniga kiramiz. Yo‘limizda faqat bir gruppa orollar uchraydi. Bu — Amsterdam orollari. Bu orollar to‘g‘risida ham Tristan-da-Kunya orollari to‘g‘risida gaplashgandek, mufassal gaplashib olaylik.
Sinchiklab tekshirgandan keyin Amsterdam orol­ lari ham rad qilindi, chunki na fransuzcha, na nemis-cha, na inglizcha hujjatda Hindu okeanidagi bu orol­ larni eslatadigan bironta ham to‘liq yoki uzuq-yuluq so‘z uchramadi.
— Endi biz Avstraliyaga yaqinlashib keldik, — deb gapida davom etdi Paganel. — 0 ‘ttiz yettinchi parallel bu qit’aga Bernulli burunidan kirib, Tufold qo‘ltig‘i joylashgan yerdan okeanga chiqib ketadi. Hujjatlar ustida ortiqcha bosh qotirmay turiboq ing­ lizcha hujjatdagi stra degan chala so‘zni fransucha hujjatdagi austral so'ziga tatbiq qilsak Avstraliya de­ gan so‘z kelib chiqadi, mening bu fikrimga qarshi bo'lsangiz kerak?
Paganelning bu xulosasini hamma ham ma’qulladi. Uning bu fikri hammaga har taraflama asoslangandek tuyuldi.
— Yo'limizda davom etaylik, — dedi mayor.
— X o‘p, davom etaylik, — dedi darhol geografiya olimi, — bu qiyin sayohat emas. Tufold qo‘ltig‘idan chiqib, biz Avstraliyaning sharqidagi dengizni kesib o‘tamiz-da, Yangi Zelandiyaga yetamiz. Men shu yer-da sizlarga fransuzcha hujjatdagi contin so‘zi hech shubhasiz kontinent, ya’ni qit’a to‘g‘risida borayot-

239


ganini ko‘rsatishini eslatib o'tmoqchiman. Demak, kapitan Grant Yangi Zelandiyada panoh topgan bo‘lishi mumkin emas, chunki Yangi Zelandiya qit’a einas, orol. Lekin hujjatlardagi so'zlarni va so‘z bo‘laklarini istaganingizcha tekshirib, taqqoslab, o‘ylab ko‘ringlar, keyin ularning birontasi bu mam-lakatga sal bo‘lsa ham aloqador bo‘lish-bo‘lmasligini aytasiz.
— Zarracha aloqasi yo‘q, — dedi Jon Mangls, huj-jatlarni sinchiklab ko‘zdan kechirib, kartani ko‘rib chiqqandan keyin.
— Yo‘q, eslatmaydi, — deb uning fikriga qo'shilishdi Paganelning so'ziga quloq solib o‘tirgan-larning barchasi, hatto mayor ham bunga qo‘shil-di. — Yangi Zelandiya to‘g‘risida so‘z bo‘lishi ham mumkin emas.
— So‘ngra, — deb gapida davom etdi geografiya olimi, — o‘ttiz yettinchi parallel bu katta orol bilan Amerika sohillari o'rtasida yoyilib yotgan cheksiz suv bo‘shlig‘ida faqat bittagina kimsasiz, bo‘m-bo‘sh orol-ni kesib o'tadi.
— Orolning ismi nima? — deb so‘radi mayor.
— Kartaga qaranglar. Bu orol Mariya-Tereza oroli, lekin hujjatlarning birontasida ham bu orolning ismini eslatadigan hech qanday imo-ishora yo‘q.
— Mutlaqo yo‘q, — dedi Glenarvan.
— Do‘stlarim, — deb gapini tugatdi geografiya olimi, — endi o‘zinglar aytinglar: mening hujjatlarda gap Avstraliya to‘g‘risida boryapti, deb chiqargan xu-losam haqiqatga eng yaqin, yana ham to‘g‘rirog‘i, shubhaga sira o‘rin qoldirmaydigan xulosa emasmi?
— Shubhasiz, — deb javob berishdi yo'lovchilar bilan kema kapitani.
Ayting-chi, Jon, — dedi Glenarvan kapitanga,
— oziq-ovqat bilan ko‘mir yetarlimi?
— Ha, ser Talkaguanoda rosa g‘amlab olganman. Buning ustiga, Kapshtadtda yoqilg‘i zapasimizni yana to‘ldirib olishimiz mumkin.
— Unday bo‘lsa, yo'lga chiqishga buyruq bering.
— Yana bir gap bor... — deb Glenarvanning so'zi-ni bo‘ldi mayor.
— Ayting, Mak-Nabbs.
— Halokatga uchraganlarni Avstraliyada topishga ishonchimiz har qancha zo‘r bo‘lsa ham, Tristan-da-

240


Kunya va Amsterdam orollarida bir-ikki kundan to‘xtab o‘tsak yaxshi bo‘lmasmikan? Yo‘limiz ustida-ku. Shunday qilsak, «Britaniya» bu orollarda halokat-ga uchramaganiga uzil-kesil qanoat hosil qilib ke-tamiz.
— Aslo gapga ishonmaydigan odam ekan-ku bu mayor! — dedi Paganel. — 0 ‘zinikini ma’qul qilgani qilgan!
— Mabodo Avstraliya ham ishonchimizni oqlay ol-masa, yana orqaga qaytib yurmaylik, deb aytyapman-da.
— Bu ehtiyot choralari menga ham ma’qul, — de­ di Glenarvan.
— Albatta, men ham qarshi emasman bunga, — deb qo'shimcha qildi Raganel, — aksincha, tarafdor­ mán!
— Jon, bo'lmasa, Tristan-da-Kunya orollariga yo‘lga chiqishni buyuring, — deb farmoyish berdi Glenarvan.
— Hozir, ser, — dedi kapitan va o‘z ko'prikchasi-ga yo‘l oldi; Robert bilan Meri Grant esa Glenarvanga qizg‘in tashakkur bildirdilar.
Ko‘p o‘tmay «Dunkan» forshtevni bilan Atlantik okean to‘lqinlarining qa’rini yorib, Amerika sohilla-ridan sharqqa yo'lga chiqdi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish