Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari



Download 0,7 Mb.
bet91/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

Y i g i r m a t o‘ r t i n ch i b o b
SAYoHATChlLAR HALI HAM QUShLARDEK HAYoT KEChIRMOQDALAR
Hech kutilmagan bu xabar hammani hayron qoldirdi. Geograf bu bilan nima demoqchi? Sho‘rlik aqldan ozmadimikan? Lekin u shunday ishonch bilan gapirardiki, hamma beixtiyor Glenarvanga qayrilib qaradi. Paganelning gapi hozirgina o'rtaga tash-langan savolga javob edi. Lekin Glenarvan faqat yo‘q deganday bosh chayqab qo‘ya qoldi. Aftidan, u ge-ografiya olimining gapiga ishonmagan edi. Paganel esa o'zini bosib olgach, yana gapga kirdi:
— Ha, rostdan, — dedi u, ishonch bilan, — biz uni tamoman boshqa yerdan qidiribmiz, buning ustiga, hujjatdan yo‘q narsani o‘qibmiz.
— Fikringizni ochiqroq aytsangiz-chi, Paganel— dedi Mak-Nabbs,— lekin hovliqmasdan gapiring.
— Bu juda oson, mayor. Sizlar qatori men ham yanglishibman. Hamma qatori men ham hujjatni no-to‘g‘ri izoh qilibman. Bundan bir minutgina burun, daraxt tepasida o‘tirgan yerimda savollaringizga javob beraturib, «Avstraliya» deyishim bilanoq,
miyamga lop etib bir fikr keldi-yu, hammasi ochiq-oy-din bo‘ldi-qo‘ycli.

202


— Nima? — deb yubordi Glenarvan. — Siz Garri Grant...
— Ha, men shunday fikrga keldim, — deb uning gapini bo‘ldi Paganel, — hujjatdagi austral so‘zi biz shu paytgacha o'ylagandek to‘la so‘z emas, u Australia so'zining negizi.
— Mana bu original gap, — dedi mayor.
— Original gap emas, bunday bo‘lishi mumkin ham emasl — dedi yelkasini qisib Glenarvan.
— Mumkin emas deysizmil? — dedi Paganel. — Biz Fransiyada bunday so‘zni tan olmaymiz.
— Nimalar deyapsiz o‘zi, — deb davom etdi Glenarvan Paganelning gapiga sira ham ishonmay, — hujjatlarga asoslanib, «Britaniya» Avstraliya sohilla-rida halokatga uchragan demoqchimisiz?
— Bunga imonim komil, — deb javob berdi Paganel.
— Paganel, rostini aytsam, geografiya jamiyati-ning sekretari og'zidan bunday gap chiqishiga men juda hayron bo'lib qoldim, — dedi Glenarvan.
Bu gap Paganelga juda qattiq tegdi.
— Nima uchun? — deb so‘radi u.
— Shuning uchunki, Austral so'zini Avstraliya deb qabul qiladigan bo‘lsangiz, ayni vaqtda u yerda hindularning borligini ham e’tirof qilishingiz zarur bo‘ladi, vaholanki Avstraliyada hindular mutlaqo bo‘lgan emas.
Bu dalil Paganelga zarracha ham ta’sir qilmadi. Olim jilmayib qo‘ydi: aftidan, u shunday deb e’tiroz qilishlarini kutgan edi.
— Aziz Glenarvan, — dedi u, — shoshmang: men hozir sizni shunday tor-mor qilib tashlayki, bironta ingliz hali bunday mag‘lubiyatga uchrama-gan bo‘lsin, ha, ishonavering. Bu, Kresi va Azenkur yonidagi Fransiya uchragan mag'lubiyatlarning qasosi bo‘ladi!
— Juda xursand bo'lardim, Paganel. Tor-mor qila qoling!
— Bo‘lmasa, quloq soling! Hujjatda hindular to‘g‘risidagi gap, Patagoniya to‘g‘risidagi gapdan zarracha ortiq emas, Indi so‘zi indiens — hindular de-gan so'zning emas, balki indigenes — yerli aholi de-gan so‘zning bir qismi. Avstraliyda yerli aholi borligi-ga ishonarsiz deyman?

203


Shuni aytib o‘tish kerakki, buni eshit-
gan Glenarvan geografiya olimiga tikilib qarab qo'ydi.
— Ofarin, Paganel! — deb ma’qulladi mayor.
— X o ‘sh, aziz Glenarvan, mening fikrimga qo‘shi-lasizmi-yo‘qmi?
— Qo‘shilishaman, lekin oldin siz gonie «Patagoniya» degan so‘zning oxiri emasligini isbot qilib berishingiz kerak.
— Albatta, unday emas! — deb qichqirdi Paganel. — Bu yerda gap aslo Patagoniya to‘g‘risida borayotgani yo‘q. Boshqa nima so‘z desangiz deng-ki, lekin Patagoniya emas.
— Lekin boshqa nima so‘z bo‘lishi mumkin bu yer­
da!
— Kosmogoniya, teogoniya, agoniya...
— Agoniya, — deb oxirgi so‘zni tanladi mayor.
— Qaysinisi bo‘lsa ham menga baribir, — deb javob berdi Paganel: — bu so'zning hech ahamiyati yo‘q; men hatto uning ma’nosini ham axtarib o‘tir-mayman. Shunisi muhimki austral Avstraliya degan ma’noni bildiradi. 0 ‘shanda noto‘g‘ri yo‘lga burib yubormaganingizda, men to‘ppa-to‘g‘ri shu xulosaga kelgan bo'lardim, bu mana men deb o‘zi chiqib turib-di. Bu hujjatni o‘zim topgan bo'lsam, faqat shunday deb tushungan bo‘lardim!
Bu safar Paganelning so'zlari «ura» sadolari va tabrik so‘zlari bilan qarshi olindi. Ostin, matroslar, mayor, ayniqsa yangi umid tug‘ilgandan shodlanib ketgan baxtiyor Robert — hamma muhtaram olimni tabrikladilar. 0 ‘z xatosiga sekin-asta iqror bo‘la bosh-lagan Glenarvan ham geografiya olimiga taslim bo'lishga tayyor ekanini bildirdida:
— Yana bitta savolim bor, azizim Paganel, — de-di, — agar bunga ham boplab javob bersangiz, sizga qoyil qolmay ilojim yo‘q.
— Ayting, Glenarvan!
— Hujjatni endi qanday o‘qiysiz?
— Bundan oson ish bormi. Mana hujjat, — dedi-da Paganel keyingi kunlarda yana zo‘r berib o‘rgangani qimmatbaho qog'ozlarni ko‘rsatdi.
Geografiya olimi fikrlarini to‘plab olguncha, ham­ ma indamay turdi. Bir pasdan keyin Paganel hujjat-ning uzuq-yuluq so‘zlari ustidan ko'rsatkich bar-

204


mog‘ini yurgizib va ba’zi so‘zlarga atayin diqqatni jalb qilib, quyidagicha o'qidi:
— «1862-yil yettinchi iyunda Glazgo portidan chiqqan uch machtali «Britaniya» kemasi...» Bundan oldin, hoxlasangiz, «ikki kundun keyin», «uch kun-dan keyin» yoki «uzoq agoniyadan keyin» degan so‘zlarni qo‘yishingiz mumkin — buning ahamiyati yo‘q. «... Avstraliya sohilida halokatga uchradi. Ikki matros bilan kapitan Grant sohilga chiqib olishga harakat qildilar... «yoki»... qit’aga chiqib oldilar, bu yerda ular shafqatsiz yerli aholi qo‘liga asir tushdi-lar...» yoki «... asir tushadilar». «Ular bu hujjatni...» va hokazo va hokazo. Endi ravshanmi?
— Agar Avstraliyani qit’a deb bo‘lsa, ravshan, lekin u qit’a emas, orol-ku.
— Xotirjam bo‘lavering, aziz Glenarvan; eng yaxshi geograflar bu orolni Avstraliya qit’asi deb atash kerak, degan fikrdalar.
— Do‘stlarim, unday bo‘lsa men faqat: Avstraliyaga! deya olaman, xolos, — dedi Glenarvan.
Hamrohlari ham baravariga:
— Avstraliyaga! — deb uning so‘zini quwatladi-lar.
— Bilasizmi, Paganel, — dedi Glenarvan, — siz-ning «Dunkan»ga tushib qolganingiz xudoning amri bilan bo'ldimi deyman-da!
— Juda yaxshi! — dedi Paganel. — Meni xudoning vakili deyaylik, endi bu to‘g‘rida boshqa gaplash-masak ham bo'ladi.
Kelajakda juda muhim natijalarga olib kelgan suh-bat ana shunday tamom bo‘ldi. U sayohatchilarning kayfiyatini tamom o‘zgartirib yubordi. Ular adashib qolib, uzoq sarson bo'lgandan so‘ng yana yo‘l topgan odamlarga o'xshar edilar. Umidi uzilgan bu odamlar-ning qalbi yana umidga to‘ldi. Endi ular hech ikkilan-may Amerika qit’asini tashlab ketishlari mumkin edi, ular fikran uni allaqachon tark etgan edilar ham.
Ular endi «Dunkan»ga umidsizlik bilan qaytmay-dilar. Elen bilan Meri Grant endi kapitan Grantdan umid uzib ko‘z yoshi to‘kmaydilar. Shirin xayollarga g‘arq bo'lgan sayohatchilarimiz o'zlariga tahdid solib turgan hamma xavf-hatarni tamom unutdilar. Ular faqat bir narsaga: darhol yo‘lga tusha olmaganlariga achinar edilar, xolos.

205


Kunduz soat to‘rt bo‘lgandi. Soat oltida ovqat-lanishga qaror qildilar. Paganel bugungi baxtli kun sharafiga ziyofat o‘tkazmoqchi bo'ldi, sayoatchilar-ning oziq-ovqatlari juda hisobli bo'lgani uchun u Robertga «qo'shni o‘rmonga» borib ov qilib kelishni taklif qildi. Bola sevinganidan chapak chalib yubordi. Talkavning porox xaltasi ishga solindi. Revolverlarni tozalashdi, o‘qlashdi va ovga jo'nashdi.
— Juda uzoqqa ketib qolmanglar, — deb ovchi-larga jiddiy tayinlab qoldi mayor.
Ovchilar ketishgach, Glenarvan bilan Mak-Nabbs daraxtga qilingan belgilarni tekshirish uchun turdi-lar, Vilson bilan Myulredi esa yana gulxan yoqdilar.
Yangi hosil bo'lgan bepoyon ko‘l sohiliga tushgan Glenarvan suvning pasaymaganini ko'rdi. Lekin suv, ko‘rinishdan eng yuqori nuqtasiga ko‘tarilgan edi. Suv hali ham ilgarigidayoq zo‘r kuch bilan janubdan shimolga oqib yotar, bu esa Argentina daryolarining hali normal holatga qaytmaganidan dalolat berardi. Suvning sathi tusha boshlashidan oldin bu oqim to‘xtashi kerak, suvning ko‘tarilishi bilan pasayishi o‘rtasida dengizda ham xuddi shunday bo'ladi. Shuning uchun suv shimolga qarab zo‘r berib oqib yotgan bunday holda uning pasayishiga umid bog‘lab bo‘lmasdi.
Glenarvan bilan mayor tekshirish o‘tkazayotgan-larida ombuning tepasida qasir-qusir qilib to‘ppon-chalar otildi, har o‘q otilganda shodlik qichqiriqlari eshitilardi. Robertning ingichka ovozi Paganelning yo‘g‘on ovoziga qo'shilishib ketar, ularning qaysi biri yosh bolaga ko'proq o‘xshashini ajratib olish qiyin edi. Aftidan, ov juda muvaffaqiyatli borardi, shuning uchun mazza qilib ovqatlanishga umid bog'lash mumkin. Gulxan oldiga qaytib kelgan mayor bilan Glenarvan Vilsonning ajoyib ish o‘ylab topganini ko‘rib, juda xursand bo‘ldilar. Bu mard dengizchi to‘g‘nog‘ich bilan kanopdan qarmoq yasab, baliq ovi-ga kirishibdi, ovning natijalari ham g‘oyat yaxshi edi: go‘shti koryushka balig'inikiday juda shirin bo'ladi-gan moyara balig'idan bir necha dyujinasi dengizchi-ning ponchosi ustida pitirlab yotardi, bu esa sayo-hatchilar ziyofatining yana ham ajoyib bo'lishidan darak berardi.
Shu payt ombuning tepasidan ovchilar tushib ke-

206


lishdi. Paganel ehtiyot bilan qora qaldirg'och tuxumi va bir qancha chumchuq olib tushib keldi, bu chum-chuqlarning go'shtini u hamrohlariga maynaning go'shti deb o'tkazmoqchi edi. Robert esa bir necha juft xilgueros otib kelibdi: sarg‘ish-ko‘kish patli bu kichkina qushchalarning go‘shti juda shirin bo‘ladi, shuning uchun Montevideo bozorlarida ularga talab juda katta. Tuxum pishirishning ellik bir xil usulini biladigan Paganel hozir ularni faqat gulxan qo‘riga ko‘mib pishira olardi, xolos. Shunga qaramay ziyofat-ga xil-xil va mazali taomlar pishirildi. Qoq go'sht, pishgan tuxumlar, qovurilgan moyara, chumchuq va xilgueros go‘shtlarining mazasi sayohatchilar og'zida umrbod qoldi.
Dasturxon ustida shirin suhbatlashib o'tirdilar. Paganelni usta ovchi va mohir oshpaz deb maqtadilar. Paganel esa bu maqtovlarni juda kamtarlik bilan qa-bul qildi.
Keyin u bu ajoyib ombu to‘g‘risida juda qiziq qilib hikoya so'zlab berdi:
— Ov qilib yurib, Robert ikkovimiz o‘zimizni ros-takam o'rmonda deb his qildik, — deb so‘z boshladi


  1. — Men hatto adashib qoldik shekilli, deb ham o'yladim: chunki yo'lni hech topolmay qoldim-da! Quyosh g‘arbga og‘ib qolgan. Men bo‘lsam zo‘r berib kelgan izimizni axtaraman. Qorin o‘lgudek och edi. Qop-qorong‘u chakalakdan yirtqich hayvonlarning bo'kirgani eshitiladi. Yo‘g‘-e, yanglishib ketdim... bu yerda yirtqich hayvon yo‘q, shunisiga juda achina-man-da!

— Nima, yirtqich hayvon yo‘qligiga achinaman deysizmi? — deb so'radi Glenarvan.


— Albatta, achinaman-da!
— Lekin ular shunday vahshiy...
— Ilmiy nuqtai nazardan qaraganda, vahshiylik degan narsaning o‘zi yo‘q, — deb e’tiroz bildirdi olim.
— Qo‘ying-e, Paganel! — deb gapga aralashdi may­ or. — Vahshiy hayvonlarning foydali bo‘lishiga meni aslo ishontirolmaysiz. Ulardan nima foyda?
— Nima foyda deysizmi? — deb qichqirdi Paganel. — Ular, mayor, dastlab klassifikatsiya qilish uchun kerak: butun xillar, oilalar, urug'lar, turlar...
— Foydasidan o'rgildim! — deb uning so‘zini

207


bo'ldi mayor. — Menga buning hech keragi yo‘q. Agar o‘sha toshqin vaqtida Nuh payg'ambarning ke-masida bo'lsam, o‘sha beaql payg‘ambarga so'zimni o‘tkazib, befoydagina emas, buning ustiga zararli ham bo‘lgan sherlar, yo‘lbarslar, qoplonlar, ayiqlar va hokazo yo'rtqich hayvonlarni kemaga oldirmagan bo‘lardim.
— Rostdan ham shunday qilgan bo‘larmidingiz? — deb so‘radi Paganel.
— Shubhasiz.
— Nima ham deyardim? Zoologik nuqtai nazardan qaraganda siz noto‘g‘ri ish qilgan bo‘lar edingiz.
— Lekin insonparvarlik nuqtai nazaridan to‘g‘ri bo'lardi, — deb javob qildi Mak-Nabbs.
— Bunga chidab bo'lmaydi! — dedi olim. — Men esa, aksincha, Nuh payg'ambarni megateriylardan ham, pterodaktillardan ham, umuman toshqingacha yer yuzida yashagan hayvonlardan bir juft-bir juft olib olishiga ko'ndirgan bo'lardim, afsuski, hozir o‘sha hayvonlar yo‘q bo‘lib ketgan...
— Men esa, Paganel, — deb e’tiroz bildirdi Mak-Nabbs, — agar o‘sha paytda siz aytgan hayvonlar rostdan ham yashagan bo‘lsa, Nuh payg‘ambar ularni kemasiga olmay juda to‘g‘ri qilgan deb o‘ylayman.
— Men esa,— deb o‘z so'zida turib oldi Paganel, — Nuh yaxshi ish qilmagan, shuning uchun bir umr olimlarning qarg‘ishiga qoldi deyman.
Paganel bilan Mak-Nabbsning Nuh payg‘ambar to‘g‘risidagi bu tortishuvini eshitib o'tirgan ham-rohlari qotib-qotib kulardilar. Umrida hech kim bilan tortishib o‘tirmaydigan mayor nihoyatda hotirjam va kamgap bo'lishiga qaramay, Paganel bilan har kun qizg‘in bahslashib qolardi.
Aftidan, geografiya olimi mayorning jig‘iga tegish yo'lini bilib olgandi.
Odati bo‘yicha Glenarvan bahsga aralashdi.
— Nima bo‘lganda ham, — dedi u, — biz yowoyi hayvon yo'qligiga ko'nikishimiz kerak. Paganel bu samoviy o‘rmonda unday hayvonlarni uchratish mumkin emas edi, albatta.
— Nima uchun? — deb so‘radi olim.
— Yowoyi hayvon daraxtda nima qilsin? — deb so‘radi hayron bo‘lib Tom Ostin.
— Ana xolos! Amerika yo'lbarsi — yaguar ovchilar

208


o'rovida qolsa, odatda daraxtga chiqib jon saqlaydi. Shuning uchun toshqinda qolgan birorta yaguar om-buga chiqib oigan bo'lsa shoxlar orasida bemalol yot-gan bo‘lishi mumkin edi.
— Har holda, siz yaguarni uchratmagandirsiz, deyman? — deb so‘radi mayor.
— Yo‘q, butun «o‘rmon»ni aylanib chiqqan bo‘lsak ham uchratmadik. Ana shunisiga achinaman! Yaguardek yirtqichni ov qilish juda g'alati ish bo‘la-di-da. Yaguar juda kuchli yirtqich. Panjasi bilan urib otning belini sindira oladi. Bu yirtqich bir marta odam go‘shtini tatib ko'rgan bo‘lsa, albatta, yana uning payiga tushadi.
— Do‘stim Paganel, nima bo'lganda ham, bu daraxtda o‘sha ajoyib yaguarlaringiz hozir yo‘qligiga juda xursandman, — dedi Glenarvan. — Ahvolimiz shunday ham ko'ngilsiz...
— Ahvolimiz ko‘ngilsiz deysizmi? — deb so'radi Paganel, endi tortishuvga yangi yo‘nalish berishi mumkin bo'lgan bu jumlaga yopishib olib. — Taqdiringizdan norozimisiz hali, Glenarvan?
— Albatta, — dedi Glenarvan. — Nahotki, shu toshdek qattiq shoxlarda yayrab o‘tirgan bo'lsan-giz?
— Men o‘zimni hatto kabinetimda ham bunchalik yaxshi his qilmagan edim! Biz qushlardek hayot kechiryapmiz: sayraymiz, shoxdan shoxga uchamiz...
Men, hatto, bora-bora odamlar daraxtda yashaydigan bo‘lib ketmasmikin, deb o'ylab qola boshladim.
— Faqat qanotlari yetishmay turibdi, — deb gap qistirdi mayor.
— Vaqti kelib, qanot ham qilib olishadi.
— Lekin hozirchalik, bu qush inidan ko‘ra yo'lkalariga qum sepilgan bog‘larni, uylardagi parket pollarni yoki kema palubasini afzal ko'rishga ruxsat etsangiz, — dedi Glenarvan.
— Sharoitga moslasha bilish ham kerak, — deb javob berdi Paganel. — Sharoit qulay bo‘lsa — yaxshi, lekin yomon bo'lsa, bunga e’tibor qilmaslik kerak. Ko‘rib turibman, qasringizdagi qulayliklarni sog'inibsiz.
— Yo‘q, lekin...
— Mana Robertni ko‘ring, ishonamanki, u hech narsadan norozi emas, — deb Glenarvanning so‘zini

209


bo‘ldi geograf, juda bo‘lmasa, hamrohlaridan bittasi-ni o‘z tarafiga tortmoqchi bo'lib.
— Hech norozi emasman, janob Paganel! — dedi shodlik bilan Robert.
— Uning yoshida bu tabiiy gap, — dedi Glenar-van.
— Mening yoshimda ham, — dedi olim. — Qulaylik qanchalik kam bo'lsa, unga talab shuncha kam bo‘ladi, talab qancha kam bo‘lsa, odam shuncha baxtli.
— Ana xolos! Mana hozir Paganel boylik bilan zeb-ziynatlarga ham qarshiman deydi, — deb qo'ydi Mak-Nabbs.
— Yanglishdingiz, mayor, — dedi olim. — Xohlasangiz, shu bahona bilan bitta arab ertagini aytib beray... Hozir esimga kelib qoldi.
— Ayting, janob Paganel, aytib bering! — dedi Robert.
— Ertagingiz nimani isbot qiladi, aziz do'stim? — deb so‘radi mayor qiziqib.
— Barcha ertaklar nimani isbot qilsa — o'shani-
da!
— Demak, juda kam narsani isbot qilarkan, — de­ di Mak-Nabbs. — Mayli, Shahrizoda, ertagingizni boshlayvering. Bunday ishlarga ustasiz-ku siz.
— Bir zamonlar buyuk Xorun-ar-Rashidning bir o‘g‘li bo‘lgan ekan, — deb boshladi Paganel. — Juda baxtsiz ekan. Kunlardan bir kun qari bir darvishning oldiga maslahatga boribdi. Darvish shahzodaning arzini eshitib, bu dunyoda baxt topish umuman mushkul ish, debdi. «Lekin men sizga albatta baxt keltiruvchi bitta usulni bilaman», — debdi u. — «Qanday usul ekan u?» deb so‘rabdi shahzoda. «Baxtli odamning ko‘ylagini kiying», deb javob berib-di darvish. Xursand bo‘lib ketgan shahzoda darvishni quchoqlab o‘pibdi-da, o‘sha tilsimni qidirib yo‘lga chiqibdi. U yurtma-yurt kezib, uzoq yuribdi. Yer yuzidagi barcha poytaxtlarga boribdi. Barcha pod-sholar, imperatorlar, shahzodalarning, amaldorlar-ning ko‘ylagini kiyib ko‘ribdi, lekin mehnati zoye ketibdi: baxtli bo‘lmabdi. Shundan so‘ng u san’atkor-lar, jangchilar, savdogarlarning ko'ylaklarini kiyib ko'ribdi, bari bir bo‘lmabdi. Shu tarzda baxt axtarib, uzoq kezibdi. Oxiri maqsadiga yetolmay, xafa bo'lib,

210


otasining saroyiga qaytadigan bo‘libdi. Dalada kelay-otib, birdan omoch haydayotgan bir dehqonni ko‘rib qolibdi. Dehqon ashulani baland qo‘yib, ishlayotgan ekan. Shahzoda o‘zicha: «Agar mana shu odam ham baxtsiz bo‘lsa, dunyoda baxtning o‘zi yo‘q», debdi-da, dehqonning oldiga borib: «Hoy, baraka topkur, sen baxtlimisan?» deb so'rabdi. — «Ha, baxtliman», deb javob beribdi dehqon. «Hech narsaga zarur emas-misan?» — «Mutlaqo!» — «Hatto podsho bo‘lishni ham istamaysanmi?» — «Hech bir!» — «Bo'lmasa, ko'ylagingni menga sot». — «Ko'ylagimni? Mening ko'ylagim yo‘q-da».

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish