Y i g i r m a u ch i n ch i b o b
SAYoHATChILAR QUShLARDEK HAYoT KEChIRDILAR
Glenarvan bilan uning hamrohlari chiqib, jon as-ragan daraxt barglari yaltiroq, shoxlari yo‘g‘on-yo‘g‘on yong‘oqqa o'xshagan daraxt ekan. Bu, Argentina yalangliklarida tanho o‘sadigan ombu daraxti edi. Uning bahaybat, qing‘ir tanasi yo‘g‘on-yo‘g‘on ildizlari va yonlaridan o‘sib chiqqan katta-katta navdalar bilan yerga mahkam o'rnashib oigan edi. Shuning uchun ham u haligidek zo‘r to‘lqinlar hamlasiga dosh berdi.
Bu ombuning balandligi yuz sajencha bo‘lib, atrof-da oltmish sajencha yerga soya bera olardi. Bu bahay bat daraxtning yo‘g‘onligi olti fut kelar, uchta katta-katta shoxi bor edi. Ulardan ikkitasi deyarlik tikka o‘sgan. Daraxt tepasidagi novdalarni ana shular tutib turibdi, bu ikki shoxdan taralgan novdalar bir-biriga shunday chirmashib ketganki, xuddi savatchilar to‘qi-gan savatga o‘xshab, oftob o'tmaydigan soyavon hosil qilgan. Uchinchi shoxi esa, aksincha, quturib oqayot-gan suv yuzida ko'ndalang cho‘zilib yotardi; uning pastki novdalari suvga tegib turardi. Bu shox okean o‘rtasidagi ko‘m-ko‘k orolning bir tomonga turtib chiqqan buruniga o‘xshardi. Bunday katta daraxtda hammaga ham joy yetib ortardi, ko‘m-ko‘k quyuq barglar osti salqin va bahavo. Uchi bulutlarga tegay deb turgan, novdalari bir-biriga chatishib ketgan, quyuq barglari orasidan sal-pal quyosh nuri tushib tur gan bu kattakon ombuga qarab, kishi o‘zini butun bir o‘rmonga kirib qolgandek his qilishi mumkin.
Sayohatchilar ombu ustiga chiqishlari bilan son-sanoqsiz qushlar makonlarining bunday behayolik bi-
7 K a p ita n G ra n t bolalari. 193
lan bosib olinishiga norozilik bildirganday chag'ira-chug'ir ko‘tarib, yuqoridagi shoxlarga uchib chiqib ketdi. Aftidan, qushlar ham toshqindan shu yakka-yolg‘iz daraxtda jon saqlagan edilar. Ular had-hisob-siz edi: bu yerga yuzlab qora drozdlar, chug‘ur-chuqlar, izaklar, xilgueroslar to‘plangan, lekin pat-lari oltindek tovlanadigan pikaflor — kolibrilar ayniqsa ko‘p. Bu rang-barang qushlar gur etib ko‘ta-rilar ekan, qattiq esib o‘tgan shamol daraxtning bu-tun gullarini uzib, uchirib ketgandek tuyuldi.
Glenarvanning kichkina otryadiga tasodifan o‘ng kelib qolgan joy ana shunday edi. Yosh Robert bilan epchil Vilson daraxtga chiqishlari bilanoq, uning eng uchiga ko'tarildilar. Ular daraxtning quyuq shoxlari orasidan boshlarini chiqarib, ufqni ko‘zdan kechira-boshladilar. Toshqin hosil qilgan okean chor atrofdan o‘rab yotar, oxiri ko‘rinmasdi. Suv bosgan bu yalang-likda boshqa bironta tikkaygan daraxt ko‘rinmaydi, faqat ular chiqib oigan ombu daraxtigina quturib oqayotgan suv bosimi ostida titrab turibdi. Uzoqda kuchli oqim ildizi bilan sug'urib olib, janubdan shi-molga oqizib ketayotgan daraxtlar, singan, bir-biriga chirmashib yotgan shoxlar, suv buzib ketgan rancho-larning tomiga yopilgan poxollar, estansiyalar tomi-dan suv yulqib oigan xodalar, g‘arq bo‘lgan jonivor-larning jasadlari, qonga belangan yarador hayvonlar va to‘lqinda chayqalib borayotgan bir daraxt ustida jon saqlayotgan bir necha qoplon ko‘rindi, omonat ke-malariga o‘tkir tirnoqlari bilan mahkam yopishib oi gan qoplonlar zo‘r berib irillardilar. Undan narida Vilson sal-pal ko‘z ilg‘aydigan bir qora nuqta ko'rib qoldi. Bu Talkav bilan uning Taukasi edi — ular uzoq da ko'zdan g'oyib bo'lib borardilar.
— Talkav! Do'stim Talkav! — deb qichqirdi Robert, mard patagoniyalik hozirgina ko‘rinib turgan tomonga qo‘l cho‘zib.
— U qutulib ketadi, master1 Robert, — dedi Vilson. — Endi yuring, pastga tushamiz.
Bir minutdan keyin Robert Grant bilan matros «uchinchi qavatdan» pastga, daraxt tanasi uchta shox-ga ajralib ketadigan yerga, sheriklari Glenarvan,
1«Mister» so‘zi bolalarga murojaat qilinganda «master» deb ish-latiladi.
Paganel, mayor, Ostin va Myulredi oldiga tushdilar. Har kim o‘zi bilgancha joylashgan: birov novdalardan ushlab o'tirar, birov shoxga minib oigan edi. Vilson ombuning tepasidan ko'rganlarini gapirib berdi. Uning Talkav halok bo‘lmaydi, degan fikriga hamma qo'shildi. Faqat Talkav Taukani qutqazadimi, yoki Tauka Talkavni qutqazadimi, degan masaladagina fikrlar ikkiga bo‘lindi.
Ombudagi mehmonlarning ahvoli patagoniyalikn-ing ahvolidan xavfliroq edi, albatta. To‘g‘ri, daraxt suv oqimiga dosh berishi mumkin, ammo tobora ko'payib, ko‘tarilib borayotgan suv uning uchigacha yetib chiqishi mumkin-da, chunki yalanglikning bu qismi eng pasqam yer bo'lib, tabiiy hovuzga o‘xshab qolgan. Shuning uchun Glenarvan suvning sathi ko‘tarilyaptimi-yo‘qmi aniqlash uchun daraxtga o‘yib belgi qo‘yishni buyurdi. Suv boshqa ko'taril-madi, — demak toshqin eng yuqori nuqtasiga yetib-di. Bu hol sayohatchilarimizni bir oz tinchlan-tirdi.
— Endi nima qilamiz? — deb so‘radi Glenarvan.
— Nima qilardik, in quramiz-da! — dedi quvnoq-lik bilan Paganel.
— In quramiz! — deb qichqirdi Robert.
— Ha, in quramiz, o‘g‘lim, baliqlardek hayot kechirolmaganimizdan keyin, qushlardek hayot kechirishimiz kerakda.
— Xo‘p,— dedi Glenarvan,— lekin bizni kim boqadi?
— Men, — dedi mayor.
Hamma Mak-Nabbsga o‘girilib qaradi.
Ikkita egiluvchan shoxcha hosil qilgan kresloga boplab o‘rnashib oigan mayor hamrohlariga suvda ivib qolgan ovqat bilan to'la xurjun uzatdi.
— Buni faqat sizdan kutish mumkin edi, Mak-Nabbs! — dedi xursand bo'lib Glenarvan. — Siz hech vaqt hech narsani unutmaysiz, hatto kishi hech narsa to‘g‘risida o‘ylamaslikka majbur bo'lgan paytlarda ham o‘zingizni yo‘qotmaysiz!
— Rostki cho‘kib ketmaslikka ahd qilgan ekanmiz, demak, ochdan ham o‘lmasligimiz kerak, — dedi may or.
— Parishonxotir bo'lmaganimda men ham nima yeyishimizni o‘ylagan bo‘lardim, — dedi Paganel sod-dadillik bilan.
— Bu xurjunda nima bor? — deb so‘rab qoldi Tom Ostin.
— Yetti kishiga ikki kunlik oziq-ovqat bor, — deb javob berdi Mak-Nabbs.
— Juda soz! — dedi Glenarvan. — Bir kundan keyin suv ancha pasaysa kerak, har holda.
— Yoki bu vaqt ichida quruq yerga yetib olish chorasini topamiz, — dedi Paganel.
— Demak, dastlabki burchimiz qorin to‘yg‘azib olish, — dedi Glenarvan.
— Kiyim-boshimizni quritib olgandan keyin, — deb gap qo'shdi mayor.
— Bunga o‘t qani? — deb so‘radi Vilson.
— 0 ‘t yoqish kerak, — dedi Paganel.
— Qayerda?
— Qayerda bo'lardi, mana shu yerda, daraxt usti-da-da!
— Nima yoqamiz?
— Xuddi shu daraxtning quruq shoxlaridan sindirib tushamiz.
— Lekin qanday qilib yoqamiz? — deb so‘radi Glenarvan. — Piligimiz ho‘l bo‘lib qolgan-ku.
— Usiz ham bir amallaymiz, — deb javob berdi Paganel. — Bir oz quruq mox bo‘lsa bas, mening durbinimning katta qilib ko‘rsatadigan oynasini olib, quyosh nuri yordami bilan o‘t yoqamiz, gurillagan
gulxan yonida isinishimni o‘shanda ko‘rasizlar. X o ‘sh, o‘rmonga o‘tin tergani kim boradi?
— Men! — dedi Robert.
Shundan so‘ng bola, do‘sti Vilson bilan o'tinga ketdi, ular qalin shoxlar orasida mushuklardek bir pasda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar.
Ular ketishgach, Paganel bir oz quruq mox terib, daraxtning tanasi uch shoxga ajrab ketadigan joyiga terilgan ho‘l barglar ustiga qo‘ydi-da, durbinining katta qilib ko‘rsatadigan oynasini olib, quyosh charaqlab turgani uchun bu juda oson edi. Bunday gulxan mutlaqo xavfsiz. Ko‘p o'tmay Vilson bilan Robert bir quchoqdan quruq shox sindirib kelishdi, o'tinlar darhol gulxanga tashlandi. Paganel shox-chalarni tezroq yondirish uchun arab usulini qo‘lladi: u uzun oyoqlarini kerib, gulxan ustiga turdi-da, bir egilib, bir qaddini rostlab ponchosi bilan gulxanni yelpiy boshladi. Ko‘p o‘tmay hech kutilmagan paytda
daraxt ustida paydo bo‘lgan bu gulxan gurillab yonib ketdi. Har kim o‘zicha kiyimlarini qurita boshladi; shoxlarga ilib qo‘yüga.n poncholar shamolda hilpirar edi. Kiyim-boshni quritib olishgach, ovqatlanishga o‘tirdilar, lekin ovqatni qarab yeyishga to‘g ‘ri kel-di — ertagi kunni ham o'ylash kerak edi-da! Oziq-ovqat juda kam, pastlikni bosgan suv esa Glenarvan kutganidan kechroq pasayishi mumkin. Ombuning hech qanday mevasi yo‘q, lekin sayohatchilarning baxtiga, daraxtda qushlarning ini juda ko‘p bo‘l-ganidan, ombu o‘z mehmonlarini turli-tuman tuxum bilan mo‘l-ko‘l ta’min qilaolardi; buning ustiga, daraxtda qushlarning o‘zi ham juda ko‘p. Hozir esa ovqat tanlab o'tiradigan vaqt emas.
Bundan tashqari, daraxtda uzoq vaqt turib qo-lishlari ehtimol bo‘lganidan qulayroq joylashib olish-lari ham kerak.
— Oshxonamiz bilan ovqatxonamiz pastki qavatda bo‘lgandan keyin, o‘zimiz ikkinchi qavatga chiqib yotishimiz kerak, — dedi Paganel. — Uyimizda joy ko‘p, kvartira bahosi ham qimmat emas, shuning uchun bahazo‘r joylashaveringlar. Hov anavi yerda, balandroqda bitta belanchak ko‘rinyapti, tabiatning o‘zi bizga atab tayyorlab qo'yganga o‘xshaydi; agar o‘zimizni unga yaxshilab bog‘lab qo‘ysak, dunyodagi eng yaxshi krovatda yotgandek mazza qilib uyquni uraveramiz. Xavotir oladigan narsa yo‘q. Buning usti ga navbatchi qo'yishimiz ham mumkin. Yetti kishilik otryad uchun bir gala yirtqich ham xavfli emas.
— Faqat qurol-yarog‘imiz yo‘q, xalos, — dedi Tom Ostin.
— Mening revolverim yonimda,— dedi Glenar van.
— Meniki ham, — dedi Robert.
— Janob Paganel porox tayyorlash uchun biror usul topolmagandan keyin ularning nima keragi bor? — deb pisanda qildi Tom Ostin.
— Buning hojati ham yo‘q, — dedi mak-Nabbs, batamom qup-quruq porox xaltachani ko‘rsatib.
— Qayerdan oldingiz uni, mayor? — deb so'radi Paganel, qiziqib.
— Bu Talícavniki. U bizga porox kerak bo'lib qo-lishini o‘ylab Taukani qutqazish uchun o'zini suvga tashlashdan oldin uni menga bergan edi.
— Qanday jasur va olijanob hindu-a! — dedi Glenarvan, bundan ta’sirlanib.
— To‘g‘ri, — dedi Tom Ostin, — agar hamma patagoniyaliklar Talkavga o'xshagan bo‘lsa, Patagoniya har qancha olqishga loyiq.
— Taukani ham yodingizdan chiqarmang, — deb gap qo‘shdi Paganel; — axir Tauka Talkavning ajral-mas bir qismi-ku. Men Talkavni o‘z Taukasi ustida yana ko‘rishimizga ishonaman.
— Biz hozir Atlantik okeandan qancha uzoq-damiz? — deb so‘radi mayor.
— Ko‘p bo‘lsa, qirq mil, — deb javob berdi ge-ografiya olimi. — Do‘stlarim, har kim istagan ishini qilsin deydigan bo'lsanglar, endi menga ruxsat. Hozir men yuqoriga chiqaman-da, qulay bir joy topib, durbinim bilan tevarakni tekshiraman, dunyoda bo'layotgan ishlardan sizlarni xabardor qilib tura-man.
Olimni o‘z ixtiyoriga qo‘yib berdilar, u chaqqonlik bilan shoxdan-shoxga o‘tib, bir pasda ko‘m-ko‘k barglar orasida ko‘zdan g'oyib bo‘ldi. Hamrohlari esa uyquga yotish taraddudini ko‘raboshladilar. Krovat qo‘yishning ham, o‘rin solishning ham hojati bo‘lma-gani uchun bu ish tezda tugallandi. Shunga ko‘ra ular ko‘p o‘tmay yana gulxan atrofiga to‘plandilar.
Suhbat boshlandi, lekin gap sayohatchilar chidam bilan boshdan kechirayotgan hozirgi ahvol to‘g‘risida emas, hammaning fikri-yodini band qilgan tema — kapitan Grantning taqdiri to‘g‘risida bordi. Agar suv kamaysa, kichkina otryad uzog'i bilan uch kundan keyin «Dunkan»ga yetib oladi, lekin halokatga uchra-gan bechora kapitan va uning ikki matrosi ular bilan kemaga chiqib bormaydi. Amerikani kesib o‘tishdek foydasiz sayohatdan so‘ng ularni qutqarishga sira umid qolmagandek tuyulardi. Endi qayerdan axtarish kerak ularni? Kelgusida bu bechoralarni topishga hech qanday umid yo'qligini eshitgach, Elen bilan Meri Grantning qanday qayg‘u ichida qolishini ayt-maysizmi?
— Bechora opam! — dedi Robert, mayus. — Endi sira umid qolmaganini bilgandan keyin ne holga tusharkin!
Bolaga taskin berish uchun Glenarvan birinchi marta so‘z topolmay qoldi. Endi qanday umid
to‘g‘risida so‘z bo'lishi mumkin? Axir, ular topilgan hujjatda ko‘rsatilgan yo‘ldan sira og‘ishmay bordilar-ku!
— Har holda, o‘ttiz yettinchi parallel bekorchi gap emas, — dedi Glenarvan. — U Garri Grant asirga tushgan yerni ko'rsatadimi, kemasi halokatga uchra-gan yerni ko‘rsatadimi — baribir, bu raqam uydirma emas, unda jon bor! Biz uni o‘z ko'zimiz bilan o‘qidik.
— Gaplaringiz to‘g‘ri-ya, ser, — dedi Tom Ostin, — lekin qidirishlarimiz natija bermadi.
— Xuddi ana shu narsa mening g ‘azabimni qay-natib xunobimni oshiryapti-da! — dedi Glenarvan.
— Xunob qilishi turgan gap, — dedi Mak-Nabbs, xotirjamlik bilan, — lekin g‘azablanishning hojati yo‘q. Chunki, qo‘limizda aniq raqamlar bor, o‘sha raqam ko‘rsatganni oxirigacha qilishimiz kerak.
— Bu bilan nima demoqchisiz? — deb so‘radi Glenarvan, — sizningcha, yana nima qilishimiz mumkin?
— Bu o‘z-o‘zidan ko'rinib turgan oddiy gap, aziz Eduard. «Dunkan »ga yetib olgach, sharqqa qarab yo‘l olishimiz kerak, agar lozim bo‘lsa o‘ttiz yettinchi pa-ralleldan, to yo‘lga chiqqan joyimizgacha aylanib ke-lamiz.
Nahotki, siz meni shu to‘g‘rida o‘ylab ko'rmagan, deb o'ylasangiz Mak-Nabbs?— dedi Glenarvan. — Ha, albatta shunday qilishimiz kerak! Men buni yuz martalab o'ylaganman! Lekin hech umid bormi? Amerika qit’asini tashlab ketish bilan biz Garri Grantning o‘zi ko‘rsatgan joydan uzoqlashamiz-ku: hujjatda aytilgan Patagoniyadan uzoqlashib ketamiz.
— Demak, siz yana pampaslarda qidirish ishlarini boshlamoqchimisiz, shundaymi? «Britaniya» Atlantik okeani sohilida ham Tinch okean sohilida ham halokatga uchramaganiga amin bo‘ldingiz-ku, — deb e’tiroz bildirdi mayor.
Bu savolga Glenarvan hech narsa deb javob ber madi.
— 0 ‘ttiz yettinchi paralleldan borib, Garri Grantni boshqa yerdan topishga umid har qancha kam bo‘lmasin biz bundan bosh torta olamizmi? — dedi yana Mak-Nabbs.
— Men bunga yo‘q demayman, albatta, — dedi Glenarvan.
— Sizlar nima deysiz, do‘stlarim, — deb so'radi mayor, dengizchilardan, — mening fikrimga qo‘shila-sizlarmi?
— Tamomila qo‘shilamiz, — deb javob berdi Tom Ostin.
Myulredi bilan Vilson uning so'zini bosh qimirla-tib tasdiqladilar.
— Do‘stlarim, — deb gap boshladi Glenarvan bir oz o‘ylab olgach, — gaplarimga quloq solinglar, sen ham, Robert, gapimni yaxshilab uqib oí, chunki bu ju-da jiddiy masala. Men kapitan Grantni topish uchun qo‘limdan kelgan barcha chorani ko‘raman. Men bu ishni qilaman deb so‘z berganman, zarur bo‘lsa bunga butun umrimni bag'ishlayman. Shotlandiyaning sodiq farzandi bo‘lgan u jasur odamni topishda menga bu tun Shotlandiya yordam beradi. Men ham uni topish-ga umid qanchalik kam bo‘lmasin, o‘ttiz yettinchi parallel bo‘ylab dunyoni aylanib chiqish kerak, degan fikrdaman. Shunday qilaman ham. Lekin hozir biz boshqa bir masalani, juda mushkul masalani hal qilib olishimiz kerak. Biz endi Amerika qit’asida qidirish ishlarini batamom to‘xtatishimiz kerakmi-yo'qmi? Mana shunga nima deysizlar?
Uzil-kesil qilib qo'yilgan bu savol javobsiz qoldi. Hech kim o‘z fikrini aytishga botinolmadi.
— Siz nima deysiz?— so‘radi Glenarvan, ma-yordan.
— Bu savolga javob berish uchun, aziz Eduard, juda katta javobgarlikni bo‘ynimga olishim kerak, — dedi Mak-Nabbs. — Buni yaxshi o‘ylashib ko‘rish ke rak. Dastlab men o‘ttiz yettinchi parallel qaysi mam-lakatlardan o'tishini bilmoqchiman.
— Bunga Paganel javob beradi,— dedi Glenarvan.
— Bo‘lmasa, so'raylik undan.
Geografiya olimi qalin barglar ichida ko‘rinmasdi, shuning uchun Glenarvan uni chaqirishga majbur bo‘ldi:
— Paganel! Paganel!
Yuqoridan xuddi osmondan kelganday:
— Labbay, — degan javob eshitildi.
— Qayerdasiz?
— Minoramdaman.
— Nima qilyapsiz?
— Bepoyon ufqni ko'zdan kechiryapman.
— Birpas pastga tusha olasizmi?
— Kerak bo‘lib qoldimmi?
— Ha.
— Nima sababdan?
— 0 ‘ttiz yettinchi parallel qaysi mamlakatlardan o‘tishini bilmoqchimiz.
— Bundan oson ish bormi,— dedi Paganel.— Buning uchun pastga tushib yurishimning ham hojati
yo‘q.
— Bo‘lmasa, ayting!
— X o‘p, janubiy kenglikdagi o‘ttiz yettinchi pa rallel Amerikadan chiqib, Atlantik okeanni kesib o‘tadi.
— X o ‘p.
— Yo'lda u Tristan-da-Kunya orollari yonidan o'tadi.
— Juda soz!
— Keyin Yaxshi Umid burnining ikki gradus janubrog'idan o‘tib ketadi.
— Keyin-chi?
— Keyin Hindu okeanini kesib o‘tadi.
— Undan keyinchi?
— Amsterdam arxipelagida muqaddas Petr oroliga salgina tegib o‘tadi.
— Undan keyin-chi?
— Undan Keyin Avstraliyaning Viktoriya viloya-tidan o'tadi.
— X o‘p, davom etavering!
— Avstraliyadan chiqib...
Oxirgi gap chala qoldi. Geografiya olimi taraddud-lanib qoldimikan? Yo o'ttiz yettinchi parallel undan keyin qayerdan o‘tishini unutib qo‘ydimikan? Yo‘q. Ombuning tepasidan qattiq kichqiriq eshitildi. Glenarvan bilan uning hamrohlari ranglari o‘chib, bir-birlariga qarab olishdi. Nahotki, yana bir falokat yuz bergan bo‘lsa? Nahotki, bechora Paganel yiqilib tushgan bo‘lsa?
Vilson bilan Myulredi yordamga yugurdilar, lekin shu payt tepada novcha odam gavdasi ko‘rindi, Paganel shoxdan shoxga dumalab, pastga tushib kelardi. Uning qo‘llari hech narsani ushlab ololmasdi. U tirikmidi-yo‘qmi? Kim biladi deysiz. Olim quturib hayqirayotgan to‘lqinlarga yiqilay degan ham ediki, mayorning baquwat qo‘llari uni ushlab oldi.
— Salomat bo‘ling, Mak-Nabbs! — deb qichqirdi Paganel.
— Sizga nima bo‘ldi? — deb so‘radi mayor. — Nima gap o‘zi? Yana parishonxotirlikmi?
— Ha, ha, — dedi Paganel, hayajondan nafasi tiqilib. — Ha, parishonxotirlik... lekin bu safargisi juda kam uchraydigan parishonxotirlik...
— Nima gap axir?
— Biz xato qilgan ekanmiz! Biz hozir ham yang-lish yo'ldamiz! Biz shu vaqtgacha doim noto‘g‘ri yo'ldan boribmiz!
— Bu bilan nima demoqchisiz?
— Glenarvan, mayor, Robert, hammangiz ham, do‘stlarim, quloq solinglar! Biz kapitan Grantni u yo‘q joydan qidirib yurgan ekanmiz!
— Rostdanmi? — deb yubordi Glenarvan.
— U bu yerda yo‘qgina emas, bu yerlarga mutlaqo kelmagan ham!— deb qo‘shimcha qildi Paganel.
Do'stlaringiz bilan baham: |