i g i r m a o l t i n ch i b o b
ATLANTIK OKEAN
Ombu bepoyon ko'lda ikki soatdan beri oqib borar, sohil esa hamon ko'rinmas edi. Daraxtni yamlab bo-rayotgan o‘t sekin-asta o‘chdi. Bu qo'rqinchli suzishdagi asosiy xavf yo'qoldi. Mayor, bu balolardan qutulib qolsak ham ajab emas deb qo‘ydi.
Oqim ombuni ilgarigidek janub-g‘arbdan shimol-sharqqa oqizib bormoqda. Kech qolgan chaqmoqning har zamonda bir yarq etib, atrofni bir lahzaga yorit-ganini hisoblamaganda tun qop-qorong‘u zimiston. Paganel biron narsa ko'rarmi-kanman degan maqsadda zo‘r berib ufqqa tikiladi. Momaqaldiroq tinay deb qol-di, bulutlar tarqalaboshladi. Yirik-yirik yomg‘ir tom-chilari mayda suv zarralari bilan almashindi. Ombu tanasi tagida kuchli motor ishlayotgandek, to'lqin-lanib oqayotgan suvda shitob bilan ilgarilab bordi. U shu tezlikda kunlab yo‘l yuraveradigandek tuyulardi. Ammo ertalab soat uchlarda mayor daraxtning ildizi yerga tegib-tegib o‘tayotganini sezib qoldi. Tom Ostin daraxtdan uzun shox sindirib olib, suv tagiga tiqib ko‘rdi va chuqurlik kamaya borganini aniqladi. Haqiqatan ham yana yigirma minutchadan keyin ombu allanarsaga taqalib, taqqa to'xtab qoldi.
— Yer! Yer! — deb qichqirdi ovozining boricha Paganel.
Daraxt shoxlarining uchi allaqanday bir do‘nglik-ka tegib turar edi. Shu paytgacha suv tagida uchra-gan bironta yuzalik dengizchilarga bunday shodlik keltirmagan bo'lsa kerak; axir bu ularga gavan edi-da.
Birinchi bo‘lib yerga sakrab tushgan Robert bilan Vilson «ura» deb qichqira boshlagan edilarki, birdan tanish xushtak tovushi yangrab, ot tuyoqlarining do‘piri eshitildi-da, qorong‘ulikda Talkavning novcha gavdasi ko‘rindi.
— Talkav! — deb qichqirdi Robert.
— Talkav!.. deb qichqirib yubordilar barcha sayo-hatchilar.
— Amigos!1 — deb javob berdi patagoniyalik.
U oqim sayohatchilarni sohilga chiqarib tashlashi
1Do'stlar!
lozim bo‘lgan yerda kutib turardi, chunki oqim uning o‘zini ham shu yerda sohilga chiqarib tashlagan edi. Patagoniyalik Robertni ko‘tarib ko'ksiga bosdi. Bola tabiat geograf uning bo‘yni-dan quchoqlab oldi. Sodiq yo‘l boshlovchilarini topganlaridan xursand bo'lib ketgan Glenarvan, mayor va dengizchilar do'stona samimiyat bilan uning qo‘lini mahkam qisdilar. So‘ng patagoniyalik ularni shu oradagi bir tashlandiq es-tansiyaning omboriga boshlab bordi. U yerda katta gulxan gurillab yonib turardi, sayohatchilar isinib oldilar. 0 ‘tda Talkav ov qilib kelgan jonivorlarning go'shti qovurilmoqda. Sayohatchilar ularni bir tish-lam ham qoldirmay, yeb bitirdilar. Qorinlarini to'ydirib, bir oz o'zlariga kelib olishgach, bunchalik balolardan eson-omon qutulib qolganlariga sira ishon-masdilar: axir ular suv balosidan, o‘t balosidan va Argentinaning eng yirtqich timsohlaridan qutulib qoldilar-a!
Talkav o‘zining qanday qutulib qolganini Paganelga ikki og‘iz so‘z bilan aytib berdi-da, xalos bo‘lishiga dovyurak oti sabab bo‘lganini ham qo'shib qo‘ydi. Keyin Paganel patagoniyalikka hujjatning o‘zi sharxlagan yangicha ma’nosini tushuntirib berishga urindi va hujjatning yangicha sharxlanishi natijasida tug‘ilgan umidlarni o‘rtoqlashdi. Hindu yo‘lbosh-lovchi olimning bu o'tkir gipotezalarini tushundimi? Bu amri mahol. Lekin u do‘stlarning xursand ekanini va allanarsadan umidvorligini ko'rib turar, unga shuning o‘zi kifoya edi.
Ombuda boplab «dam» olganlaridan keyin, mard sayohatchilarimiz yo‘lga chiqishga shoshildilar. Ertalab soat sakkizda ular yo‘lga chiqishga tayyor edilar. Bu atrofdagi estansiyalar va saladerolar ancha shimolda qolgani uchun ot-ulov topishning iloji bo‘lmadi. Yo‘l ham uzoq emas, qirq milcha qolgandi. Buning ustiga charchab qolgan yo'lovchilardan bit-tasi, zarur bo‘lib qolsa hatto ikkitasi galma-gal Taukaga minib borishi mumkin. 0 ‘ttiz olti soatda Atlantik okean sohiliga yetib olsa bo'ladi.
Sayohatchilarimiz hamon suv bosib yotgan kat-takon xavzani orqada qoldirib, balandroq yerlardan yo'lga chiqdilar. Atrofdagi manzara hamon ilga-rigiday bir xil; har zamonda yevropalilar ekkan daraxtlar uchrab turadi. Mahalliy daraxtlar esa bu
atrofda faqat qir chetida va Korrientes burni atrofida o'sadi.
Shu tarzda bir kun o‘tdi. Okeanning yaqinligi er-tasigayoq sezila boshladi, sohilga yetish uchun hali o‘n besh milcha bor. Baland o‘sgan o‘tlarni yerga egib, vi-ratson shamoli esadi, bu shamolning g‘alati bir xususiyati bor: u kunduzi choshgoxdan so‘ng, tunda yarim kechadan so‘ng esadi. Bo‘z yerda pastak daraxtsimon mimozalar bilan akatsiya butalari o‘sib yotgan siyrak chakalaklar uchrab turdi. Ahyon-ahyon-da parcha-parcha oyna bo'laklari singari yaltiragan sho‘r suv ko'lmaklari uchrardi. Ular yo‘l yurishni qiyinlashtirardi, chunki yonidan aylanib o'tish kerak. Yo‘lovchilar esa shu bugunoq Atlantik okean sohilida-gi Saldo ko‘liga yetib olish uchun shoshilardilar. Kechqurun soat sakkizlarda ko‘piklanib yotgan okean to'lqinlari kelib urilayotgan, yigirma sajencha keladi-gan baland qumloq sohilni ko'rganlarida sayohatchi-larimiz juda charchab qolgan edilar. K o ‘p o‘tmay qalqib ko‘tarilayotgan suvning guvullagani eshitildi.
— Okean! — deb qichqirdi Paganel.
— Ha, okean,— deb uning so'zini tasdiqladi Talkav.
Yo‘lovchilarimiz oyoqlarini zo‘rg‘a ko'tarib bosa-yotgan bo‘lsalar ham, qum tepalarga juda chaqqonlik bilan chiqdilar. Lekin qorong'u tushib qolgandi. Qorong‘u zimistonda hech narsani ko‘rib bo‘lmas, «Dunkan» ko‘rinmasdi.
— Baribir «Dunkan» shu yerda!— dedi Glenar van.— U bizni kutib, shu atrofda aylanib yuribdi!
— Ertaga ko‘ramiz uni, — dedi Mak-Nabbs.
Ostin ko‘zga ko'rinmas kemani chaqiraboshladi, lekin hech qanday javob bo'lmadi. Salqin shamol esib turar, okean ham ancha betinch edi. Bulutlar g‘arb tarafga suzib borardilar, ko‘piklanib sohilga kelib uri layotgan to'lqinlar sachratgan suv zarralari qum tepalarning yuqorisigacha yetib kelardi. «Dunkan» tayin qilingan joyda turgan bo‘lganda ham, vaxtadagi matros baribir bu chaqiriqni eshitmagan va javob bermagan bo'lardi.
Bu sohilda kema turadigan joy yo‘q, chunki bu atrofda na qo‘ltiq, na ko'rfaz bor. Sohil dengizning ancha ichkarisidan boshlangan uzunchoq sayoz qum-loqlardan iborat. Suv ostidagi bunday sayoz qumloq-
lar kema uchun suvdan chiqib turgan cho‘kirtosh-larga qaraganda xavfli. Bunday qumloq sohillar to'lqinlarni yana ham kuchaytirib yuboradi, shuning uchun bo'ron payti bu yerlarda to‘lqinlar ayniqsa quturadi. Bo‘ron paytida bunday qumloqlarga kelib qolgan kemaning halokatga uchrashi muqarrar.
Hamon shunday ekan, «Dunkan» sohildan ancha uzoqda suzib yurgan bo'lishi juda tabiiy hol. Doim ehtiyotkor bo'lgan Jon Mangls kemasini hozir ham so hildan nariroqda olib yurgani shubhasiz. Xuddi shun day bo'lib chiqishiga Tom Ostinning imoni komil: u, «Dunkan» sohildan kamida besh mil uzoqda bo‘lishi kerak degan fikrda.
Mayor besabr qarindoshiga ertalabgacha chidang, deb maslahat berdi. Bu qorong‘u zimistonni yoritish-ning iloji bo'lmagandan keyin qorong'uga ha, deb tikilaverib, ko‘zni toldirishning nima keragi borl
Shunday deb, Mak-Nabbs qum tepalar panasida tu-nash uchun joy hozirladi. Sayohatning oxirgi tunida oziq-ovqatning ham qolgan-qutganlarini yeb tamom-ladilar. Keyin, mayordan o‘rnak olib, hammalari qumni kavlab, o‘zlariga joy hozirladilar va ustlariga qum tortib, qattiq uyquga ketdilar. Faqat Glenarvanning ko'ziga uyqu kelmadi.
Qattiq shamol esib turar, bo‘rondan keyin okean hamon tinchlanmagan edi. To‘lqinlar shovqin bilan kelib qumli sohilga urilardi. Glenarvan « Dun kan »ning shu yaqin orada ekanini o'ylab, tinchlana olmadi. Kema tayin qilingan joyga hali yetib kelma-gan, deb o‘ylashga hech qanday asos yo‘q, Glenarvan 14-oktabrda Talkaguano buxtasidan yo‘lga chiqdi va 12-noyabrda Atlantik okean sohiliga yetib keldi. Agar otryad shu o‘ttiz kun ichida Chilini kesib o‘tgan Kordilerdan oshib, pampaslar va Argentina tekislik-larini bosib o'tgan ekan, bu vaqt ichida «Dunkan» al-batta Gorn burunini aylanib o‘tgan va Amerika qit’asining narigi tarafidagi tayin qilingan joyga yetib kelgan bo'lishi shubhasiz. «Dunkan»dek tez-yurar kema yo‘lda kechikib qolishi mumkin emas. To‘g‘ri, kuni kecha bo‘lib o‘tgan shiddatli bo‘ron Atlantik okeanida juda quturgan bo'lishi kerak, lekin «Dunkan» pishiq kema kapitani esa — mohir kapitan. Rostki «Dunkan»ning shu yerga kelishi tayin qilin gan ekan, demak u shu yerda.
Ammo bu fikrlar Glenarvanga tasalli berolmasdi. Qalb idrok bilan kurash boshlaganda idrok qalb ustidan kamdan kam g‘olib keladi. Glenarvanning qalbi esa o‘zi sevgan barcha odamlar: xotini Elen, Meri Grant, «Dunkan» ekipaji shu qorong'ulik ichida, yaqin orada ekanini sezib turardi. U qorong'uga tikilar, atrofga quloq solardi. Ahyon-ahyonda okeanda xira chirog* ko‘rinib ketgandek tuyulardi.
— Yanglishganim yo‘q, — dedi u, o'ziga. — Kema chirog‘ini ko‘rdim — bu «Dunkan»ning chirog‘i. Eh, nega ko‘zlarim qorong‘ulikda hech narsani ko'rol-mas ekan-a!
Shunda lop etib, Paganelning men niktalopman, ke-chasi ham juda yaxshi ko‘raman, degani esiga tushdi. Glenarvan geografiya olimini uyg‘otgani ketdi.
Olim o'zining qum chuqurida qattiq uxlab yotardi, birdan kuchli bir qo‘l uni bu to‘shagidan tortib chiqardi.
— Kim bu? — deb so'radi u.
— Men, Paganel.
— Kimsiz?
— Glenarvanman. Yuring, menga sizning ko‘z-laringiz kerak bo‘lib qoldi.
— K o‘zlarim? — deb takror so'radi Paganel, zo‘r berib ko‘zlarini ishqar ekan.
— Ha, ko‘zlaringiz — bu qorong‘u zimistonda «Dunkan»ni ko‘rish uchun. Yuraqolsangiz-chi!
«Ko‘zing o‘tkir bo‘lsa ham bir balo ekan!» deb o‘yladi o'zicha geografiya olimi, lekin shunday bo‘lsa ham u Glenarvanga biror foydasi tegib qolishidan xursand edi.
Paganel chuquridan chiqdi, bir kerishib oldi-da, uyushib qolgan oyoq-qo‘llarini uqalay-uqalay, Gle narvan ketidan sohilga qarab ketdi. Glenarvan undan qop-qorong‘u ufqqa tikilib qarab chiqishni iltimos qildi. Geografiya olimi bir necha minut-gacha zo‘r berib tikilib, qorong‘ulikni astoydil ko‘zdan kechirdi.
— X o ‘sh! Hech narsa ko‘rinmayaptimi? — deb so‘radi nihoyat Glenarvan.
— Hech narsa ko'rinmayapti! Bunday qorong‘uda mushuk ham ikki qadam naridagi narsani ko'rmagan bo‘lardi.
— Qizil yoki ko‘k chiroqni axtaring, kemaning
o‘ng yoki so‘l tomonida shunday chiroqlar yoqib qo'yilgan bo'ladi.
— Ko‘k chiroq ham ko‘rinmaydi, qizil chiroq ham. Hamma yoq qop-qora! — deb javob berdi Paganel.
Geografiya olimining ko‘zi o‘z-o‘zidan yumilib ke-taverdi. U yarim sabrsiz do‘sti ketidan beixtiyor er-gashib yurdi; ba’zi-ba’zida uning boshi o‘z-o‘zidan ko'ksiga solinib tushar, shunda u boshini siltab ko‘tarib, uyqusini qochirmoqchi bo‘lardi. U mast odamdek gandiraklab borar, Glenarvanning savollari-ga javob bermas, o‘zi ham hech narsa so‘ramasdi. Glenarvan Paganelga qayrilib qaradi, olim yurib ke-tayotgan yerida uxlardi. Glenarvan olimning qo‘ltig‘idan oldi-da, uyg‘otmasdan olib borib chuquri-ga yotqizib qo'ydi.
Tong payti hammani Glenarvanning:
— «Dunkan»! «Dunkan»! — deb qichqirgani uyg'otib yubordi.
— Ura, ura! — qichqirishdi hamrohlari, sohilga qarab yugurar ekan.
Haqiqatan ham, ochiq dengizda besh milcha maso-fada pastki yelkanlarini yig'ib olgan kema, sekin-asta suzib borardi. Trubasidan chiqayotgan tutun tonggi tumanga qo'shilib ketmoqda. Dengiz hamon notinch, shuning uchun «Dunkan »dek katta kema qumloq so hilga yaqin kelolmasdi.
Glenarvan Paganelning uzun durbini bilan «Dunkan»ni ko‘zdan kechiraboshladi. Aftidan, Jon Mangls hali o‘z yo‘lovchilarini ko'rmagan edi.
Lekin shu payt Talkav miltig'ini o‘qladi-da, «Dunkan» tomonga qarata yuqorilatib o‘q uzdi. Hamma kemaga tikilib quloq sola boshladi. Hindining karabini qum tepalar orasida aks sado berib, uch mar-ta gumburladi.
Nihoyat, kema bortida oppoq tutun paydo bo'ldi.
— Bizni ko‘rishdi! — dedi Glenarvan quvonib. — «Dunkan» to‘p otdi!
Bir necha sekundan so‘ng to'pning ovozi ham eshi-tildi. «Dunkan» burildi-da, yurishini tezlatib sohilga qarab yo‘l oldi.
Ko‘p o‘tmay, sayohatchilar Paganelning durbi-nidan kemadan suvga qayiq tushirilganini ko'rdilar.
— Missis qayiqda kelolmaydi, — deb qo‘ydi Tom Ostin: — dengiz ancha notinch.
8 K apitan G ra n t b olalari. 225
— Jon Mangls ham qayiqqa tusholmaydi, — dedi Mak-Nabbs: — u kemani o‘z holiga tashlab kelolmay-di.
Robert esa qo‘lini kema tomonga cho‘zib:
— Opa, opajon! — deb qichqirardi.
Kema to'lqinda qattiq chayqalib turardi.
— Eh, qachon «Dunkan»ga chiqarkanman-a! — de-di Glenarvan.
— Sabr qiling, Eduard, — dedi mayor. — Ikki soatdan keyin «Dunkan»da bo‘lasiz.
— Ikki soat-a!
Haqiqatan ham olti eshkakli qayiq kemadan sohil-gacha va sohildan kemagacha bo‘lgan masofani blin dan vaqtli bosib o‘ta olmasdi.
Patagoniyalik qo‘llarini ko‘kragi ustiga qovush-tirib, Taukasi oldida to‘lqinlanib yotgan okeanga xotirjam qarab turardi. Glenarvan uning qo‘lidan ushladi-da, «Dunkan»ni ko‘rsatib:
— Yur biz bilan! — dedi. Hindú sekingina bosh chayqadi.
— Yur, yuraqol! — deb takrorladi Glenarvan.
— Yo‘q, — dedi Talkav muloyimgina. — Bu yerda Tauka bor, ana u tomonda pampaslar, — dedi u jo‘shqin muhabbat bilan atrofda yostanib yotgan be-poyon qirlarni ko‘rsatib.
Glenarvan hinduning ota-bobolari o‘tgan qirlarni aslo tashlab ketolmasligini tushundi. U bu qir o‘g‘lon-lari o‘z vatanini naqadar sevishini bilardi. Shuning uchun u qaytib qistamay, Talkavning qo'lini mahkam qisdi. Talkav o‘z xizmat haqisini olishdan bosh tortib:
— Do‘stligimiz uchun! — deb javob qilganda ham Glenarvan uni ol deb qistamadi.
G'oyat hayajonlangan Glenarvan unga hech narsa deyaolmay qoldi. U bu olijanob hinduga uning yevropali do‘stlaridan biror narsa xotira qilib qoldirishni istardi, lekin yonida hech narsasi yo‘q edi, chunki otlari ham, qurollari ham toshqin paytida, suv ostida qoldi. Hamrohlarining ham yonida hech narsa yo‘q. Glenarvan bu holis yo‘l boshlovchiga qanday qilib o‘z minnatdorchiligimni bildirsam ekan deb tur-ganda miyasiga lop etib bir fikr keldi. U karmonidan qimmatbaho medalon oldi va uni hindga tutdi, medalonda Elenning Laurens degan usta ajoyib qilib ishlagan rasmi bor edi.
— Xotinim, — deb qo'ydi Glenarvan.
Talkav portretni g ‘oyat ta’sirlanib tomosha qildi.
— Olijanob va go‘zal ayol ekan! — dedi u, sodda-gina qilib. Robert, Paganel, mayor, Tom Ostin va ikkala matros Talkav bilan hayajon ichida birin-ketin xayrlashdilar. Bu ajoyib odamlar o‘zlarining mard va sodiq do‘stlaridan ayrilayotganiga dilsiyoh bo‘ldilar. Hindú hammani birma-bir o‘zining keng ko‘kragiga bosib, xayrlashdi. Paganel unga Janubiy Amerika bi lan ikki okean kartasini qo‘yarda qo‘yniay sovg'a qil di, Paganel bu xaritani ochganda Talkav unga doim qiziqib qarardi. Geografiya olimi unga o‘zining eng qimmatbaho narsasini sovg‘a qilgan edi. Robertga kelsak, uning shirin so'zlardan boshqa narsasi yo‘q edi, shuning uchun u o‘z xaloskoriga shirin so‘zlik bi lan qizg'in minnatdorlik bildirdi, bunda u Taukani ham unutmadi.
Bu orada «Dunkan»dan yuborilgan qayiq sohilga yetib keldi. Qayiq tagidan qumi chiqib yotgan ikki sayozlik o'rtasidan o‘tib kelib, qumloq sohilga taqal-di.
— Xotinim qalay? — deb so‘radi Glenarvan.
— Mening opam-chi? — deb qichqirdi Robert.
— Missis Glenarvan bilan miss Grant sizlarni ke-mada kutib turishibdi, — dedi starshiy matros. — Tezroq bo‘laqolinglar, ser, — deb qo'shimcha qildi u, — har minut g‘animat: dengiz suvi pasayaboshladi.
Hammalari hindú bilan oxirgi marta quchoqlashib xayrlashdilar. Talkav o‘z do‘stlarini allaqachon suvga tushurilgan qayiqqacha kuzatib qo‘ydi. Robert qa-yiqqa endi o‘tay deb turganda, u bolani ushlab ko‘tarib oldi-da, unga mehr bilan qarab:
— Bilib qo‘y: sen endi er yigitsan! — deb qo‘ydi.
— Xayr, do'stim, yaxshi qol! — deb qichqirdi yana bir marta Glenarvan.
— Nahotki, qaytib hech ko‘rishmasak-a? — deb so'radi Paganel.
— Quien sabe!1 — deb javob berdi Talkav, qo‘lini osmonga ko‘tarib.
Bu hindning oxirgi so'zlari edi. Uning ovozini shamolning chiyillashi bosib ketdi.
Matroslar qayiqni sohildan dengizga itarib yubor-
1Kim biladi deysiz!
dilar. Pasayaboshlagan okean suvi uni ochiq dengizga surib ketdi. Ko‘piklanib o‘ynayotgan to‘lqinlar usti-dan sohilda qimir etmay turgan Talkavning gavdasi anchagacha ko‘rinib turdi, lekin sekin-asta kich-rayabordi va oxiri butunlay ko'rinmay ketdi.
Bir soatdan keyin Robert birinchi bo'lib trapdan kemaga yugurib chiqdi-da, eson-omon qaytib kelgan Glenarvan hamda uning hamrohlarini quvonch bilan kutib oigan kema komandasining «ura» sadolari osti-da chopganicha borib Meri Grantning bo'ynidan qu-choqladi.
To‘g‘ri chiziqdan sira ' ham chetga chiqmay, Janubiy Amerika qit’asini to‘ppa-to‘g‘ri kesib o‘tib qilingan safar ana shunday tugadi. Sayohat-chilarimizni tog‘lar ham, daryolar ham belgilangan yo‘ldan og‘ishga majbur etolmadi; bu mard, jasur odamlar kishilarning pastkashligi bilan kurash olib bormagan bo‘lsalar ham, tabiiy ofatlar ularning boshiga ko‘p balolar keltirdi; ko‘p qiyinchiliklar soldi.
1К К 1ЛЧШ
Do'stlaringiz bilan baham: |