Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari



Download 0,7 Mb.
bet96/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

U ch i it ch i b o b
AMSTERDAM OROLI
Jon Mangls Yaxshi Umid burunida ko‘mir g‘amlab olmoqchi edi, shuning uchun u o'ttiz yettinchi paral-leldan bir oz chetga chiqdi va shimol tarafga qarab ikki gradus ko‘tarildi. Hali tropik shamollar zona-si boshlanmagan bo‘lib, bu yerda «Dunkan»ning yurishini qulaylashtiradigan kuchli g'arbiy shamollar urib turardi.
Kema olti kundan ham kamroq vaqt ichida bir ming uch yuz mil masofani, ya’ni Tristan-da-Kunya orollaridan Afrikaning janubiy uchigacha bo‘lgan ma­ sofani bosib o‘tdi. 24 -noyabr kuni kunduz soat uchda Stolovaya gora tog‘i ko‘rindi, bir ozdan keyin Jon Mangls ko‘rfazga kiraverishdagi Signallar tog'ini ham ko‘rdi. «Dunkan» ko'rfazga kechqurun soat sakkizlarda kirib, Kapshtadt portida langar tashladi.
Geografik jam iyatning a’zosi bo'lgan Paganel Afrikaning janubiy uchini dastlab, 1486-yilda Portu­ gal admirali Bartolomey Diats sal- pal ko‘rib o'tgani-ni, 1497-yildagina Vasko -da-Gama uni aylanib o‘tganini bilmasligi mumkin emasdi. Bu masalada ge­ ografiya olimi qiziq bir gap aytdi: agar Diats o‘shan-da, ya’ni 1486-yilda, Xristofor Kolumbning birinchi sayohatidan olti yil oldin, Yaxshi Umid burnini ay­ lanib o‘tganda Amerikaning ochilishi noma’lum vaqt-gacha orqaga surilib ketishi mumkin edi. Chunki A frikaning janubiy sohillaridan o‘tadigan yo‘l Sharqiy Hindistonga boradigan eng qisqa yo‘l. Genuyali mashhur dengizchi esa g ‘arb tarafga sa-yohat qilar ekan, xuddi o‘sha «shirin-sharvatlar mamlakati»ga olib boradigan eng yaqin yo'lni axtar-gan edi. Shuning uchun Yaxshi Umid burni o‘sha vaqtda aylanib o‘tilganda, Kolumbning ekspeditsiyasi


250

o‘z qimmatini yo'qotgan bo'lardi, ehtimolki, u eks-•*peditsiyaga chiqmagan ham bo'lardi.

1652-yilda gollandiyalik Von-Ribek asos solgan Keyptaun, yoki K apshtadt, Kap ko‘rfazining ichkarisiga joylashgan. Bu shahar 1815-yil bitim lari-dan so'ng uzil-kesil inglizlar qo‘liga o‘tgan kattagina koloniyaning poytaxti.


«Dunkan» yo‘lovchilari kemaning portda to‘xtab turishidan foydalanib, shaharni tomosha qildilar. Ularning ixtiyorida faqat o‘n ikki soat vaqt bor edi, chunki kapitanning ko'm ir g'amlab olishi uchun bir kun ham kifoya qilardi, u 26-noyabrda erta bilan yo‘lga chiqmoqchi edi.
Lekin Kapshtadt deb atalgan, shaxmat taxtasining to‘g‘ri to ‘rt burchakli kvartallari singari qurilgan bu shaharni tomosha qilish uchun shu vaqt ham yetib ortdi. Haqiqatan ham, shaharning janub sharqiy qis-mida qad ko'targan qasrni, gubernatorning uyi va bog'ini, birjani, muzeyni, o‘z kashfiyoti xotirasiga atab Bartolomey Dias o‘rnatgan tosh butni ko‘rib, mahalliy vinolar ichida eng yaxshisi hisoblangan pontey vinosidan b ir stakandan tatib ko‘rgandan keyin yo'lga tushishdan boshqa ish qolmaydi ham.
Sayohatchilarimiz ertasiga tong otar paytda xuddi shunday qildilar ham . «Dunkan» kliver, fok va marsel yelkanlarini ko‘tarib, yo‘lga chiqdi va bir necha soat deganda mashhur Bo'ronlar burunini ay­ lanib o‘tdi. Portugaliyaning optimist qiroli Ioann II Yaxshi Umid deb bu burunga juda ham muvaffaqiy-atli ism bergan emas. Bu yerdan Amsterdam orollari - gacha ikki ming to‘qqiz yuz mil. Havo ochiq bo‘lib, shamol orqa tomondan esib tursa, bu masofani o‘n kunlarda bosib o‘tsa bo‘ladi. Sayohatchilarimizning pampaslardagiga qaraganda dengizda omadi keldi: ular dengizda tabiatning hurujlariga duchor bo'lmadilar.
— Eh, dengiz, dengiz! — deb takrorlar edi Paganel. — Dengiz — inson o‘z qudratini rosa ko‘rsa-ta oladigan joy. Kema — madaniyat tarqatadigan haqiqiy vosita. Agar yer shari bitta yaxlit qit’adan iborat bo‘lganda, o‘n to‘qqizinchi asrda biz uning
mingdan birini ham bilmagan bo'lardik. K atta q it’alarning ichkari taraflarida, Markaziy Osiyo qir-larida, A frika sahrolarida, Amerika dashtlarida,


251

Avstraliyaning bepoyon maydonlarida, qutb muzlik-lari hukm surgan mamlakatlarda nimalar bo‘layot-ganiga bir nazar tashlang. U yerlarga odam qadam bosgani betlay olmaydi. Eng jasur odam chekinadi, eng dovyurak odam halok bo'ladi. U yerlarda odam yo‘l yurolmaydi, chunki aloqa vositalari yetishmaydi. Jaziram a issiq va turli kasalliklar o‘tib bo‘lmas to'siqlarni tashkil qiladi. Sahroda yigirma mil masofa odamlarni bir -biridan okeandagi besh yuz mildan ko‘ra ko‘proq ajratib turadi. Ikki sohilda yashovchi odamlar bir-birlarini qo‘shni hisoblaydilar, qalin o'rmonning ikki tomonida yashovchilar esa bir-birla­ rini ajnabiy hisoblaydilar. Angliya Avstraliya bilan go‘yo chegaradoshga o‘xshaydi. Lekin Misrni misolga olaylik: u go‘yo Senegaldan bir million le uzoqda joy-lashgandek. Peket Petrburgning antipodiga o‘xshay-di. Bizning davrimizda eng kichkina cho‘lda yurgan-dan dengizda sayohat qilish ming m arta a’lo, shuning uchun ham dunyodagi besh qit’a o‘rtasida yaqindan munosabat o'rnatilgan.
Paganel juda samimiy so‘zlardi, okean sha’niga o'qilgan bu madhga hatto mayor ham e’tiroz bildirmadi. Haqiqatan ham, agar Garri G rantni qidirib o‘ttiz yettinchi parallel bo‘ylab faqat quruq-likdan yo‘l bosiladigan bo'lsa, bu ishni amalga oshirib bo'lmasdi. Hozir esa jasur sayohatchilarimizga bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga borish uchun den­ giz xizmat qilmoqda.
6-dekabr kuni tong otar paytda dengiz to'lqinlari orqasidan allaqanday bir tog‘ ko‘rindi. Bu 37°47' janubiy kenglikda va 77° 24' sharqiy uzunlikda joy-lashgan Amsterdam orollari edi. Havo ochiq bo‘lgani uchun konussimon cho‘qqi ellik mil joydan ko‘rinib turardi. Ertalab soat sakkizda hali uncha aniq ko‘rin-mayotgan bu tog' uzoqdan xuddi Tenerif cho‘qqisi-ning qorasiga o‘xshab ko'rindi.
— Demak, u Tristan-da-Kunya orolidagi cho‘qqiga ham o‘xshar ekan-da, — dedi Glenarvan.
Asosli xulosa, — dedi Paganel. — Bu xulosa, agar ikki o‘xshash orol uchinchisiga o‘xshasa, ular bir-biriga o‘xshash bo‘ladi, degan geometrografik ak-siomadan kelib chiqadi. Amsterdam orollari ham Tristan-da-Kunya orollari kabi tyulen bilan robinzon-larga boy bo‘lganligini qo‘shimcha qilib qo'yay.


252

— Demak, robinzonlar hamma yerda ham bor ekan-da, — deb so'radi Elen.

— Rostini aytsam, missis, mening bilishimcha robinzonlar bo‘lmagan orollar juda kam, — dedi geografiya olimi: — mashhur vatandoshingiz Daniel Defo o‘zining o‘lmas rom anida tasvirlangan voqialarni hayotning o‘zi undan ancha burun yarat-gan.


— Janob Paganel, — dedi unga Meri Grant, — ruxsat etsangiz, sizga bitta savolim bor.

— Ikkita bo‘lsa ham mayli, miss. Javob berishni bo'ynimga olaman.


— Birdan kimsasiz bo‘m-bo‘sh orolga tushib qol-sangiz, qo‘rqib ketarmidingiz?
— Menmi? — dedi Paganel.

— Azizim, ko'pdan beri qilib yurgan orzum shu deb yurmang yana, — dedi mayor.


— Bunday demoqchi eraasman,— deb javob berdi geografiya olimi,— lekin bunday sarguzasht menga juda yoqib tushgan bo‘lar edi, chunki hayotimni boshqatdan qurgan bo‘lardim — ov qilardim, baliq tu-tardim, qishda g'orda, yozda esa daraxtda yashardim, o'zim yetishtirgan hosil uchun ombor qurardim . Xullas, o‘z orolimni koloniyaga aylantirardim .
— Yolg'iz o‘zingiz-a?

— Ha, sharoit majbur qilsa, yolg'iz o‘zim. Lekin dunyoda yakka-yolg‘iz yashaydigan vaqt sira bo'lgan-mi? Jonvorlar orasidan do‘st orttirishning iloji yo‘q deysizmi — biror echkini, shirin so‘z biror to'tiqush-ni yoki ajoyib bir maymunchani o'rgatib olsa bo'ladi. Bordi-yu, baxtingizdan bo‘lib, Jumaboy singari sodiq do‘st orttirsangiz, yana nima kerak sizga? Bir orolda ikki do‘st, bu qaysi baxtdan kam? Mana, masalan, men bilan mayor.


— Salomat bo'lsinlar, — dedi Mak-Nabbs, — men Robinzon bo'lishni sira ham orzu qilmayman, robin-zonlikni eplay olmagan bo‘lardim ham.
— H urm atli Paganel, — deb gapga aralashdi Elen, — qizg'in tasaw urlaringiz sizni yana fantaziya olamiga boshlab ketyapti. Lekin, menimcha, haqiqat olami xayol olamidan g ‘oyat katta farq qiladi. Siz xayolingizda faqat uydirma robinzonlarni ko‘rasiz, taqdir u robinzonlarni sharoiti har taraflama qulay orollarga keltirib tashlaydi, bu orollarda tabiat ularni


253

erka o‘g‘ildek ardoqlaydi. Siz buning faqat yaxshi tomonini ko‘ryapsiz.

— Iye! Siz kimsasiz orolda baxtli yashab bo‘lmay-di deb o'ylaysizmi?

— Ha, men buning iloji yo‘q deb hisoblayman. Odam yolg‘izlikda yashash uchun emas, jamiyatda

yashash uchun yaratilgan. Yolg‘izlik umidsizlik



tu g ‘diradi. Buning yuzaga kelishi uchun faqat
ma’lum vaqt o'tishi lozim. Dengiz to‘lqinlari hujumi-dan endigina qutulib chiqqan bir bechoraning butun fikri-yodi dastlabki paytlarda hayot uchun zarur bo'lgan ishlar bilan band bo‘lishi, natijada u shu ish-lar bilan o‘ralishib qolib, vaqtincha mash’um kelajagi to‘g‘risida o'ylamasligi ehtimol. Lekin vaqti kelib u odamlardan uzoqda yolg‘iz qolganini sezadi, vatanini, sevgan odamlarini qaytib ko'rolmasligini tushunadi. Ana shunda u nimalarni o'ylamaydi, qanday azoblarni kechirmaydi deysiz? Uning uchun butun dunyo — o'sha o‘zi tushib qolgan oroli, butun insoniyat — o‘zi. Nihoyat yolg'izlikda o‘lishday dahshatli payt kelgan-da, u o‘zini dunyoning oxirgi kunida vafot qilayotgan eng oxirgi odamdek his qiladi. Yo‘q, janob Paganel, xo‘p deyavering, yaxshisi, o‘shanday odamning kuni aslo boshimizga tushmasin.
Paganelning bir oz achinib bo‘lsa ham, Elenning dalillarini e’tirof etmaslikdan boshqa iloji qolmadi. Yolg‘izlikda hayot kechirishning yaxshi va yomon tom onlari to ‘g ‘risidagi suhbat to «Dunkan» Amsterdam orollari sohilidan bir mil narida langar tashlaguncha davom etdi.
Hindu okeanining o‘rtasida qolib ketgan bu arxi-pelag bir-biridan taxminan o‘ttiz uch mil uzoqlikda, xuddi Hindiston yarim orolidan o‘tadigan meridianga joylashgan ikki oroldan iborat. Shimoliy orol Amsterdam oroli yoki muqaddas Petr oroli deb, janubdagisi esa muqaddas Pavel deb ataladi. Lekin shuni aytish kerakki, geograflar ham, dengizchilar ham ko'pincha ularni adashtirib yuradilar.
1859-yilda dunyo safariga chiqqanlarida Avstraliyaga qarashli «Navarra» degan fregaining ofitserlari bunday xatoga yo‘l qo‘ymadilar. Paganel o‘sha xatolarni tamom tuzatishni zarur deb hisoblar edi.
Amsterdam orolidan janubga joylashgan muqaddas


254

Pavel oroli kimsasiz, bo‘m-bo‘sh orol; u konussimon tog‘ cho‘qqisidangina iborat bo'lib, bu cho'qqi o'chib qolgan vulqon t*o‘lsa kerak. «Dunkan» qayig'i kema yo‘lovchilarini keltirib tushirgan Amsterdam orolin-ing aylanasi o‘n ikki milcha chiqadi. Aholisi esa o‘zin-ing g ‘aribona hayotiga o‘rganib qolgan va bu quvg'indagidek hayotga o‘z ixtiyori bilan kelgan bir necha kishidan iborat. Ular baliq ovlash korxonasining qorovullaridir; korxona ham, orolning o‘zi ham Birlashgan orollik Otovan degan kom m ersantniki. Yevropaning buyuk davlatlari tomonidan hozircha tanilmagan bu hokim o‘z mulkidan cheylodaktilis, od-diy qilib aytganda treska balig‘ini ovlash, tuzlash va sotish orqasida yiliga sakson ming frankkacha daro-mad qiladi.
Amsterdam orolining taqdirida fransuz mulki bo‘lib dunyoga tanilish va fransuzlarniki bo‘lib qolish bor ekan. Orol dastlab unga eng oldin ko‘chib kelgan Burbondagi Sen-Denili kema xo‘jayini Kamenga qarardi. Keyin allaqanday xalqaro bitimga binoan Amsterdam oroli bir polyakka berildi, polyak Madagaskardan qui olib kelib, uni ishga soldi. Lekin oxiri, orol Otovan qo‘liga o‘tib, yana fransuz oroli bo‘lib qoldi.
1864-yil 6-dekabrda «Dunkan» orol yaqinida lan-gar tashlaganda, uning aholisi uch kishi, ya’ni bir fransuz va ikki mulat edi. Uchalasi ham orol xo‘jayi-ni kommersant Otovanning qo‘lida xizmat qilardi. Paganel bu yerda o‘z vatandoshi, ancha qartayib qol­ gan muhtaram janob Vioning qo'lini qisib ko‘rishish-ga muyassar bo'ldi. «Dono qariya» sayohatchilari-mizni juda xursandlik bilan qarshiladi. Xushmuomala va madaniyatli yevropaliklarni mehmon qilishga muyassar bo‘lgan bu kun uning eng baxtiyor kuni edi. Muqaddas Petr oroliga odatda faqat tyulen ovchilari va har zamonda kit ovchilari kelib turadilar -da, bun­ day ovchilar esa qo'pol, dag‘al odamlar bo‘ladi.
Vio mehmonlarni o‘z «fuqaro»lari ikki m ulat bilan tanishtirdi. Orolda yashovchilar shu uch kishi, bir necha yowoyi to‘ng‘iz va har narsaga ham befarq qaraydigan pingvinlar edi, xolos. Orolliklar yashaydi-gan uy orolning janub-g‘arbiy tomonida, tog‘dan qulagan toshlar hosil qilgan tabiiy bir limanning yuqorisida joylashgandi. Otovan 1 «hukmronlik» qila


255

boshlashidan ko‘p vaqtlar burun muqaddas Petr oroli kema halokatiga uchraganlar uchun panoh bo‘lib ke-lardi. Paganel «Amsterdam oroliga tashlab ketilgan ikki shotlandiyalikning tarixi» degan temada so‘zlab bergan hikoya hammani qiziqtirdi.
Bu voqia 1827-yilda bo‘ldi. «Palmira» degan ingliz kemasi Amsterdam oroli yonidan o‘tib keta turib os-monga tutun ko‘tarilayotganini ko‘rib qoladi. Kapitan qirg‘oqqa yaqinlashib kela boshlaydi; ko‘p o'tmay, yordam so'rab signal berayotgan ikki odamni ko'radi. U sohilga qayiq yuboradi, qayiq kemaga yi-girma ikki yashar yigitcha Jak Penni va qirq sakkiz yoshli Robert Pridfutni olib keladi. Bechoralar juda achinarli holga tushib qolgan ekanlar. Ular orolda ni-hoyatda qiynalib, ochlik va yalang'ochlikda o‘n sakkiz oy tirikchilik qilganlar: deyarli yeydigan ovqatlari, ichadigan suchuk suvlari yo‘q ekan. Ular chig‘anoqlar, har zamonda bukilgan mix bilan tutil-gan biror baliq, yoki ushlab olishgan yowoyi to‘ng‘iz bolasining go'shti bilan tamaddi qilib jon asrar, ba’zan uch kunlab och qolar ekanlar. Qadim zamon-lardagi kabi qo‘llaridagi oxirgi parcha pilik yordami bilan chiqarilgan o‘tni ko‘z qoracho‘g ‘idek asragan-lar. Bir yoqqa borishsa, bir bo'lak cho‘g ‘ni qimmat ba-ho narsadek avaylab, doim birga olib yurishgan. Pen bilan Prudfutni orolga tyulen ovlovchi kema tushirib ketgan. Baliq ovchilarining odatiga binoan, ularni orolga bir oy muddat bilan, tyulen yog‘i eritish va terisini oshlash uchun qoldirib ketganlar. Kema ularni olib ketgani kelmaydi. Besh oydan keyin orolga Van-Dimanga ketayotgan «Umid» nomli ingliz kemasi keladi. Kema kapitani allaqanday noma’lum sabablarga ko‘ra shotlandiyaliklarni kemasiga olish-dan bosh tortadi. U bechoralarga na bir chaqmoq qand, na bitta chaqmoq tosh qoldirmay jo‘nab ketadi. Agar orol yaqinidan o'tayotgan «Palmira» olib ketil-sa, ular hech shubhasiz halok bo‘lar edilar.
Amsterdam orolining tarixida — agar bu kabi faqat toshdan iborat orollarning o‘z tarixi bo'ladi deb aytib bo‘lsa, — yuz bergan ikkinchi hodisa kapitan Peronning sarguzashti, bu kapitan esa fransuz bo‘la-di. Uning sarguzashti ham xuddi o'sha ikki shot­ landiyalikning sarguzashti singari boshlanib, xuddi o‘shanday tugaydi: oldin u orolda o‘z ixtijrori bilan


256

qoladi, keyin kutgan kemasi kelmaydi, qirq oydan keyin shamollar ittifoqo bir chet el kemasini orol yaqiniga surib keladi. Lekin bu sarguzashtning oldingisidan farqi shu bo‘ldiki, kapitan Peron orolda ekanida, unda Daniel Defoning kitobida tasvirlangan voqialarga o'xshagan qonli to ‘qinishlar bo'lib o‘tadi.
Kapitan Peron orolga to ‘rt matros bilan birga tushirilgan bo‘lib, ulardan ikkitasi ingliz, ikkitasi fransuz edi. Ular o‘n besh oy sivuchalar yoki dengiz sherlari ovlamoqchi edilar. Ov juda muvaffaqiyatli bordi, lekin o‘n besh oy muddat o‘tib, ovchilarni olib ketgani keladigan kemadan darak bo‘lmay oziq -ovqat zapaslari sekin-sekin tugay boshlagandan keyin milliy nizo keskin tus oladi. Ikki ingliz matros kapitan Peronga qarshi isyon ko'taradilar, agar vatandoshlari yonini olmaganda kapitan halok bo'lib ketgan bo‘lar-di. Shu vaqtdan boshlab bir-biriga dushman bu ikki guruhning hayoti juda dahshatli tus olib, faqat yetishmovchiliklar ichidagina emas, buning ustiga yana xavotirlik ichida ham o‘ta boshlaydi: ular ke-chasi -yu kunduzi bir -birlarini poylab yuradilar, qurollarini qo'ldan qo'ymaydilar, bir-birlariga hujum qiladillar, goh g'olib keladilar, goh mag‘lub bo'ladi-lar. Axir bir kun bu dushman guruhlaridan biri ikkinchisining boshiga yetishi turgan gap edi. Lekin baxtlaridan bo‘lib, nihoyat allaqanday bir ingliz ke­ masi kelib qoladi-da, Hindu okeani o‘rtasidagi qoyada bema’ni milliy nizo qo‘zg‘ab, janjallashib yotgan bu bechoralarni vataniga olib ketadi.
Bu orolda ana shunday sarguzashtlar bo‘lib o'tgan . Amsterdam oroli ikki m arta unga tashlab ketilgan bechora dengizchilarning vatanidek bo‘lib xizmat qildi, ularni ochlik va o'limdan ikki martasida ham tasodifiy kelib qolgan kemalargina qutqazib oldilar. Lekin o‘shandan beri bu orol sohillarida bitta ham kema halokatga uchragani yo‘q. Agar biror kema halokatga uchrasa, to ‘lqin uning parchalarini qirg‘oqqa chiqarib tashlagan bo‘lar edi, albatta; ke-madagi odamlar esa qayiqlarda janob Vioning baliqchilik korxonasiga yetib kelgan bo‘lardilar. Shuni ham aytisli kerakki, bu yerda shuncha yillardan beri turishiga qaramay, keksa fransuz kema halokati­ ga uchragan bironta odamga yordam bergan emas. U «Britaniya» kemasi to‘g‘risida ham, kapitan Grant

9 Kapitan Grant bolalari. 2 5 7



to‘g‘risida ham hech narsa bilmasdi. Aftidan, bu ke­ ma halokati baliq va kit ovchilari tez-tez kelib turadi-gan Amsterdam oroli yonida ham, muqaddas Pavel oroli yaqinida ham yuz bergan emas.
Janob Vioning so‘zlari Glenarvanni na ajablan-tirdi, na xafa qildi. Axir uning ham, hamrohlarining ham bu orollarda to‘xtab o'tishlaridan maqsad bu yer-larda kapitan Grantning bo‘lganiga emas, aksincha, bo‘lmaganiga ishonch hosil qilish edi-da. Ular o'ttiz yettinchi parallelning bu nuqtalarida , kapitan Grantning yo‘q ekanini aniqlamoqchi edilar, xolos. Shuning uchun «Dunkan »ning jo‘nab ketishi ertagi kunga belgilandi.
Kech kirguncha qolgan vaqtlarini sayohatchi-larimiz orolni tomosha qilishga bag‘ishladilar. Orolning tomosha qiladigan joylari bor ekan-U, lekin o‘sim liklari bilan hayvonlari ko‘p emas ekan. Orolning tasvirini yozib olmoqchi bo'lgan eng ezma tabiyotshunos ham daftarchasiga bir betdan ortiq narsa yozolmagan bo'lardi. Sut emizuvchilar bilan qushlardan bu yerda faqat yowoyi to‘ng‘izlar, tyu-lenlar, qordek oppoq chorloqlar, albatroslar va pingvinlargina bor. U yer-bu yerda qop -qora bo‘lib qotib qolgan lava qatlamlari ostidan issiq buloqlar va tarkibida tem ir bo‘lgan chashmalar vulqon hosil qil-gan toshlar ustiga quyuq bug* yoyib, otilib yotadi. Ba’zi chashmalar suvi nihoyatda issiq. Jon Mangls ulardan biriga Farengeyt termometrini solib ko‘rgan edi, u bir yuz yetmish olti gradus1 issiqni ko'rsatdi. Qaynash darajasiga yaqin bo‘lgan bu suvga undan bir necha qadam naridagi dengizdan tutib kelingan baliqni tashlab ko'rgan edilar, besh minut ichida pishib chiqdi. Bu hodisa bunday chashma suvida cho'milmoqchi bo‘lib turgan Paganelning hafsalasini pir qildi.
Ancha sayr qilib kelgan sayohatchilarimiz qosh qo-raya boshlagach, muhtaram janob Vio bilan xayir-lasha boshladilar. Ularning har biri cholning bu bo‘m-bo‘sh orolda imkoni bo‘lganicha baxtiyor bo‘lishini tiladilar, chol ham o‘z navbatida bularning ekspedit-siyasiga muvaffaqiyatlar tiladi. Keyin qayiq say-yohlarni «Dunkan »ga olib ketdi.
' Selsiy bo‘yicha 80 gradus.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish