Jahon oziq-ovqat muammosi.
Reja:
Oziq-ovqat muammosi.
Butun jahon oziq-ovqat kuni
Oziq-ovqat muammosini hal qilishda insoniyatning turli qismlari
Foydalanilgan adabiyotlar.
Oziq-ovqat muammosi.
Insonning normal hayoti va faoliyati uchun zaruriy oziq-ovqat miqdori uning jinsi, yoshi, vazni, bo'yi, qiladigan mehnatining harakteri va sharoiti, turmushi, hududining iqlimiy hususiyatlariga bog'liq. Olimlarning hisoblashicha, iste'mol qilinadigan taomning kaloriyalik medisina normasi sutkasiga 2300-2600 kkal va 70-700g oqsildan kam bo'lmasligi kerak. Biroq BMT ma'lumotlariga ko'ra insoniyatning qismi muttasil ravishda oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmovchiligi seziladigan mamlakatlarda yashaydi. Mana shuning uchun ham oziq-ovqat muammosini global (dunyoviy) muammo deb hisoblash lozim. Bu muammoni yechish uchun insoniyat ziroatchilik, chorvachilik va baliqchilik resurslaridan to'laroq foydalanish kerak, mazkur muammoning yechimi ikki xil bo'lishi mumkin.
Birinchi-ekstensiv yo'l-haydaladigan va yaylov yerlar hamda baliq ovlashda foydalaniladigan yerlarni kelgusida kengaytira borishdan iborat.
Ikkinchi-intensiv yo'l avvalo mavjud yerlarning biologik mahsuldorligini oshirishdan iborat. Bu yo'lni amalga oshirishda biotexnalogiya, o'simliklarning yangi, yuqori hosildor navlaridan va tuproqqa ishlov berishning yangi usullaridan foydalanish, mexanizasiya, kimyolashtirish, shuningdek meliorasiyani yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, butun Yer shari aholisini oziq-ovqat bilan ta'minlash uchun qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish hajmini XX asrning oxirgi choragida-2 baravar, XXI asr o'rtalariga borib esa-5 baravar ko'paytirish lozim. Binobarin, intensiv yo'l- insoniyat oziq-ovqat muammosini yechishning bosh yo'lidir.
Oziq-ovqat muammosi hozirgi paytda o’ta dolzarb bo’lib turibdi: och qolayotganlar soni 1970 yilda 460 million bo’lgan bo’lsa, 1990 yilda 550 millionga yetdi. 2000 yilga bu ko’rsatkich 650 million kishiga yetishgan (sayyora aholisining 10%).
Hisoblarga qaraganda me’yordagi ovqatlanish uchun bir kishiga eng kamida 0,6 ga ishlov beriladigan yer to’g’ri kelishi lozim. Bu ko’rsatkich esa hozirning o’zidayoq me’yordan ikki baravar (2000 yilda u 2,5 baravar kam bo’ldi, ya’ni 0,23 - 0,15ga, ya’ni to’rt baravar kamaydi, shunda ham agar ishlov beriladigan yerlar soni ilgarigi miqdorda qolsa). Faqat Osiyo va Afrika mamlakatlarining o’zidagina ochlikdan bir kunda 1200 tagacha kishi halok bo’lmoqda.
Ochlik, garchi oziq-ovqat muammosining yaqqolroq namoyon etuvchi hodisa bo’lsa ham, lekin u bu muammoning birdan-bir ko’rinishi emas. Muammoning boshqa tomoni - rivojlangan mamalakatlardagi ortiqcha ovqat iste’mol qilishdir.
Juda ko’plab rivojlanayotgan mamlakatlarning aholisi mutlaq (oziq-ovqatning umuman yetishmasligi) yoki nisbatan (ovqatlanishning ma’lum bir komponentlarining - oqsillari, vitaminlar, minerallar, yog’lar, uglevodlar va hakozo) ochlikni boshlaridan kechirmoqdalar. Nisbiy ochlikning eng keng tarqalgan shakllaridan biri - oqsil yetishmasligi. Ko’p xalq va elatlarning past bo’yli ekanligi faqat ularning genetik xususiyatlarigagina bog’liq bo’lmay, balki oziq-ovqat oqsilining yetishmasligi oqibatidir. Ayni paytda Harbiy Yevropa va Shimoliy Amerika xalqlarining ovqatlanishida oqsillar rasionning 70%ni tashkil etadi, biroq u yerda ishlov berilmagan sabzavotlar va mevalarning yetishmasligi yaqqol kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |