Oziq-ovqat muammosini hal qilishda insoniyatning turli qismlari
Shunday qilib oziq-ovqat muammosini hal qilishda insoniyatning turli qismlari oldida turlicha vazifalar turadi:
rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi uchun - bu yetarli ovqatlanish imkoniyatlarini qidirib topish (dehqonchilikdan va chorvachilikdan olinadigan mahsulotlarni ko’paytirish, yovvoyi tabiat va okean resurslaridan foydalanish, oziq-ovqat importi va hokazo);
rivojlangan mamlakatlar aholisi uchun - ovqatlanish tarkibini o’zgartirish (oqsillar, yog’lar va qandni kamaytirish va tabiiy mahsulotlarni ko’paytirish).
Butun jahon oziq-ovqat kuni
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) 1945 yil 16 oktyabrda vujudga kelgan bo’lib, shu yildan e’tiboran har yili 16 oktyabr kuni Butunjahon oziq-ovqat kuni sifatida keng ko’lamda nishonlanadi.
Butunjahon oziq-ovqat kuni vazifasi quyidagilardan iborat:
- Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga e’tibor qaratish va milliy sharoitlarni faollashtirish, ikkitomonlama va ko’ptomonlama hamkorliklarni hamda ushbu sohadagi nohukumat tashkilotlar faoliyatini yo’lga qo’yish;
- Rivojlanayotgan davlatlar o’rtasida iqtisodiy va texnik hamkorliklarni rivojlantirishga ko’maklashish;
- Qishloq aholisi, ayniqsa, xotin-qizlar va eng kam imtiyozli toifaga ega aholiga yaqindan yordam berish, ular ishtirokida yashash sharoitlarini yaxshilash faoliyatlarga oid qarorlar qabul qilish;
- Aholining dunyodagi ocharchilik muammolariga oid xabardorlik malakalarini oshirish;
- Rivojlanayotgan davlatlarga texnologiyalar yetkazib berish jarayoniga ko’maklashish;
- Milliy va xalqaro darajada ocharchilikka, to’yib ovqatlanmaslikka va qashshoqlikka qarshi kurashishni birdamlikda mustahkamlash, shuningdek, qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishda muvaffaqiyat qozonayotganlarni qo’llab-quvvatlash.
2012 yilgi Butunjahon oziq-ovqat kuni diqqat markazidan qishloq xo’jaligi kooperativlari mustahkam o’rin egallagan. 2012 yilgi Butunjahon oziq-ovqat kunining rasmiy mavzusi “Qishloq xo’jaligi kooperativlari dunyo tirikchiligini ta’minlaydi” deb nomlangan. U kooperasiya mavqyeini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda ocharchilikni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratadi. Qishloq tashkilotlari va kooperativlarga qiziquvchanlik BMT Bosh Assambleyasi tomonidan o’z tasdig’ini topganligi tufayli 2012 yil Kooperativlar xalqaro yili deb e’lon qilindi.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning agrar tarmog’ini barqaror rivojlantirish hamda isloh qilish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo’jaligi ekinlariga ishlov beradigan yangi texnika va texnologiyalar o’zlashtirilmoqda, go’shtdor, sutdor oliy zotli yirik qora mollar sotib olinmoqda, mamlakatimizda vaqti-vaqti bilan innovasion qishloq xo’jaligi ko’rgazmalari tashkil etilmoqda va o’tkazilmoqda. Zero, qishloq xo’jaligini rivojlantirish O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi tarmog’i aholini bevosita oziq-ovqat mahsulotlari, har xil sanoat tarmoqlarini esa xom ashyolar bilan ta’minlaydi. Qishloq xo’jaligining yirik mexanizasiyalashtirilgan tarmoqlari esa respublika iqtisodiyotida muhim rol o’ynaydi.
Paxtachilik bilan birga rivojlanayotgan sholichilik, uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik, chorvachilik qishloq xo’jaligida yetakchi tarmoqlar hisoblanadi. Keyingi yillarda boshoqli don ekinlarini yetishtirish tezkor sur’atlarda o’smoqda. G’alla xo’jaligi lalmikor yerlarda bug’doy va arpa, sug’oriladigan yerlarda esa makkajo’xori hisobiga rivojlanmoqda. G’alla ekinlari ulushi umumiy sug’oriladigan maydonlarda ham oshmoqda. Mamlakatimiz o’zini o’zi g’alla mahsulotlari bilan to’liq ta’minlashga erishdi. Ayni paytda O’zbekiston ichki bozor hisobiga o’zining g’allaga bo’lgan talabini to’liq darajada qanoatlantira oladi. Bu kabi ijobiy natijalarga g’alla ekinlari maydonini hamda donli-boshoqli ekinlar hosildorligini oshirish orqali erishilmoqda.
O’zbekistonning agrar tarmog’ini tezkor sur’atlarda rivojlantirish yaqinlashib kelayotgan oziq-ovqat inqirozini bardosh bilan yengishiga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Soliyev A, Maxammadaliyev R, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya asoslari. T, O'zMU. 2005 yil.
2. Naseleniya mira. Demograficheskiy spravochnik. M: Misl, 1989 g.
3. Ergashev A. va boshq. Jaxon mamlakatlari. Toshkent 2006 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |