Tinmas andin so‘ng ko‘zimning yoshlari.
Yor esa bee’tibor bormanmi-yo‘q,
Ketmadi ko‘nglinda xarsangtoshlari.
Ey, sen Anvar, nomingu jisming bo‘lak –
Ko’zni ko’r qilgay jahon alqashlari.
***
Muattar bo‘ylaringdan bo‘ldi holim zab murakkab,
Murakkab holima qilding qiyo tashlab murakkab.
Muhabbat bobining har sahfasin bilsang mufassal,
Tuyulmas zarra bu ilm boshdin boshlab murakkab.
Munavvar bo‘lgay erdi tiyra qoshing qilsa bir im,
Qiliqlar qildi bilgach, tiyraday qoshlar, murakkab.
Agar oh ursa Farhod toshlar ham qum bo‘lar zum,
Muammo bo‘lgay alhol yoki bu toshlar murakkab.
So‘z ochsam holatimdan bu zamonim boshlariga
Bo‘lar bee’tibor yoki zamondoshlar murakkab.
Ki aytsam bir devor-la bo‘lmagay hech banda pinhon,
Sabab bu ayniyatni tuzdi Naqqosh-zar murakkab.
Qachonki bo‘lsa Anvar andalib kuyida paydo,
Tuyulgay unga haqqokim “Maqom-shosh”lar murakkab. .??? Olib tashlash kerak bu g’azalsifat she’rni
Do'stlaringiz bilan baham: |