MUSHOIRA
Anvar:
Tentirab kezdim muhabbat bog‘ini,
Ko‘zlarim suv qilguday har yog‘ini.
Dilorom:
Ko‘zyoshim erdi siyohim, bitdi u,
Kel, chirog‘ingga quyib ol yog‘ini.
Anvar:
Ki shabiston bo‘ldi husning ichra daf,
Izlamasman hech nurafshonrog‘ini.
Dilorom:
Yuzlaringni oyga etmamdur qiyos,
Chun tilarman: Ko‘rmayin deb dog‘ini.
Anvar:
Bir manga ishqing bo‘lib – dur, marvarid,
Keldim-u termay ketay qandog‘ uni?
Dilorom:
Dil aro qolmish firoq dardi muqim,
Qum qilib to‘kkay sabrning tog‘ini.
Anvaro, Dil dardi oshdi hammani,
Chun makon etdim muhabbat bog’ini.
MUSHOIRA
Anvar Botir:
Savdo edi boshim uza – savdo degulikmas,
Muhammad:
Qildimki jinoyat, "Kechir, Ollo" degulikmas.
Anvar Botir:
Bu ishqi sarob koʻnglimi etmishki xarobot,
Yigʻlatmasa, oʻldirmasa Illo, degulikmas.
Muhammad:
Shonu sharafi sharhida til lol, U yagona,
Do'stlaringiz bilan baham: |