G‘uncha ham qo‘ymaydi nozin, tosh qilib gulbargini,
Koshki avray olsa bulbul kuy, g‘azal, ul-bul bilan.
Husn agar narxlansa, ul gul dayr aro podsho erur,
Endi o‘ylang, qaysi shoh ahvol so‘rashgay qul bilan?
Misli yo‘q gulshanda gulning, shul sabab boqmas qiyo,
Rost, qachon tutgan o‘zin teng oqbilak yo‘qsul bilan?
Shunda chekmish bulbul oh xoh kunu tun, xoh oyu yil,
Bul jihatdan bahs etar kim lolaruh bulbul bilan?
Ey gulim, neki tilarsen, istaging bosh ustiga,
Har chiqar jumlam qadar bo‘ldim kafil ko‘ngul bilan.
Iltifot etgaymu deb Anvar senga bitmish g‘azal,
Zora rahm etsangu zor qilmay yovutsang shul bilan.
* * *
Do'stlaringiz bilan baham: |