Xohishim bor-u, bororim bor emas.
Dema: "Oshiq yor uchun ordan kechur",
Yor bu soʻzlarga yarorim bor emas.
La’li maygundir, xumordin xuntalab,
Gar alast qilmas, soʻrorim bor emas!
Neki qilsam, vasling orzusindaman,
Boqmasang bir bor, barorim bor emas.
Ruh emas, majruh erur toʻlgʻonmasa,
Dil – na dil ermishki, Yorim bor emas!
Ayladi Anvar meni zulmat aro,
Endi bir lahza qarorim bor emas.
Ko‘zimdan ko‘zlaring yoshirmasang-chi,
Ko‘zimning yoshlarin toshirmasang-chi!
Boshim toshlarga urdim bir seni deb,
Bu boshimga tag‘in tosh urmasang-chi!
Oyog‘ingga bosh urgayman tunu kun,
Raqiblar ko‘ksiga bosh urmasang-chi!
Shoshay vaslingni deb qaylarda bo‘lsam,
Firoqingda yoshim shoshirmasang-chi!
Qiyo boqmay, oshirding g‘ussalarni,
Azobing haddidan oshirmasang-chi!
Qabog’indan magar titraydi Anvar,
Manga mundog’ ko’zu qosh urmasang-chi!
Qadamlab yo‘l sanab keldim.
Qasamlab... yo‘q, atab keldim.
Aybga yo‘ymagaydursen,
Bo‘lib zab beadab keldim.
Titib ko‘ngul varog‘imni,
Jamolingni qarab keldim.
Hama o‘rnida – yo‘q Ko‘ngul.
So‘rab, “ko‘ngul so‘rab”, keldim.
Yo‘lingda tentiratding xo‘p,
“Sanam”lab tentirab keldim.
Agar bilsang xayolimda,
Bahor, soching tarab keldim. ???
Tiygali koʻz yoshni qarorim qani?
Yoki egib boshni bororim qani?
Neki jabr bersa chidamkorman,
Hajriga yorimni yarorim qani?
Mayli uning qilsa zulm mayliga,
Boqmasa bir bor barorim qani?
Soʻrsam edi laʼli labidan inʼom,
Etmasalar roz, soʻrorim qani?
Burmadi yuz manga, yuzin burdi ul,
Boqmasa-yu boqsa turorim qani?
Yorim agar yonima yurmas esang,
Begʻam-u bedard yurorim qani?
OTABEK TILIDAN…
Do'stlaringiz bilan baham: |