Ko‘ksimni teshib o‘tdi firoq o‘qlari tinmay,
Hajr o‘tida kuydirdi falak qancha o‘tinmay,
Hech tinmadi ko‘zumdagi yosh – ashki selobim
Chu, bosmasa bas yer yuzini, bag'riga inmay.
Yo Rab, nega qilding meni ayru bu hayotdin,
Qandoq yashayin endi usiz bag'ri butunday?
Beksan, demang aslo meni, qandoq bo‘layin bek,
Ketmishki, xazinam – Kumushim, ketdi butunlay!
Chal sozni balandroq yana ham piri mug‘anniy,
Faryod etaman xasta kuy-u, to‘xtamasin may!
Zolim bu hayot otmasa tosh buncha alamli
Yo solmasa bag‘rim uza chang, tilmasa bunday?!
Bas, ketgum olib boshimi men boshqa tomonga,
Anvar hama hijron qolib o‘tmishdagi kunday!
Bu quyosh ostida nelar yo‘q, ne bor bilmak kerak,
Do'stlaringiz bilan baham: |