Borib kelguncha fursat tuman so‘z topguzur yo‘l.
“Ko‘ngul uz!”-derdi kimki tanibdur, kiprik urmay,
Shu alfoz bo‘lsa ahvol, dedim: Bergaymi hur yo‘l?!
G‘urur yoshim bazinhor izn bermas to‘karga,
Amo Ishq ichra Ma’shuq uchun xun to‘kkizur yo‘l.
Chin oshiq bo‘lmagaysan g‘arib ko‘ngil ekan yot,
Tutar bo‘lsang g‘ayur yo‘l, budir eng bo‘lmag‘ur yo‘l.
Taхayyul ista ustod, ki ishq ahli ichidin,
Va yokim o‘tkarursan, umrni deb “Nadur yo‘l?”
***
Gul bo‘lib unmoqchiman, bog‘bonlar haddan ziyod.
Suv quyar ostimga xo‘b, obdonlar haddan ziyod.
Qirga sayr aylashga chiqsam, dun kabi atrof “yashil”,
Bunda rang haddan ziyod. Alvonlar haddan ziyod.
Qo‘ng‘iroqgullar jaranglar, lolalar may axtarib,
Nolalar haddan ziyod, afg‘onlar haddan ziyod.
Lof yelar bo‘ron kabi, haq gapga yo‘q bunda makon,
Behuda fursat va yo oz onlar haddan ziyod.
Tulkilar mo‘l, sherlari janggohda– mush(sh)uk. Ilkisang
Ko‘ksingga chang tashlagan arslonlar haddan ziyod.
Bul g‘arib dil bamisol ol maysalar o‘sgan adir,
Unda bo‘lsin har mahal iymonlar haddan ziyod!???
Do'stlaringiz bilan baham: |