Anvar BOTIR
ULG‘AYISH
G’AZALLAR
Ushbu kitob 2018-yili O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o‘tkazgan Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminarida nashrga tavsiya qilinib, “Ijod” jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan.
Mas’ul muharrir: __________________
MUNOJOT
Bu olam sarvari senga duo bo‘lsin, duo bo‘lsin,
Yurakning ham urushi har sanoqda ming sano bo‘lsin.
Mudom nomini aytgan dil bo‘lib g’am-g’ussadin ozod,
Mukarram bo‘lsinu ne yaxshilik bo‘lsa yano bo‘lsin.
Farahbaxsh tong otarkan dilda paydo Ismu yoding-la
Neki ezgu amal serobu kibru nafs fano bo‘lsin.
Shu holat tog‘ erur ko‘ksim, adl tut sen uni, Alloh,
O‘zingdan o‘zgani aytsam bu tan jondan judo bo‘lsin.
Yana Anvarga baxsh et Ishq, muhabbat kuyi birlan rost,
Degum ishqu muhabbatla – duo bo‘lsin, duo bo‘lsin!
O‘YNASHIB GULSHANDA BULBUL...
O‘ynashib gulshanda bulbul raqs etarmish gul bilan,
So‘ng qilarmish unga izhor yuz hayo, mushkul bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |