MUSTAHZOD
Boshlansa so‘zim, aytib o‘tay misrada takror:
“Ber dard manga Ollo!”
Qaddim etu shamshodu sarv, aylamagil yo
Sen deb o‘sayin to.
Halvo desang og‘zing chuchumas, shunda muammo
bordir, etay insho,
Ismingni dedim, ko‘nglim uyi bo‘ldi musaffo,
ey Sohibi yakto.
Husningga boqib, aytdim ani misli to‘lin oy,
ikki ko‘zing – axtar,
Axtardi ko‘zim har tuni yuz birla ko‘zingni,
osmonni qilib po.
Aytdi: “Manga ne naf etar ishqing sani majnun,
bergaymidi dunyo?”
Aytdim: “Sanga oftob kabi nur bersa berurkim,
bermas jabr ammo!”
E voh, Ali, chopgin qiliching birla vujudim,
Yor bo‘lmasa tole,
Yaproqlarisiz zarra qadar qiymat etarmu,
ming o‘ssa-da hulvo?
MUSADDAS
Bo‘lgay tamom gul faslikim,
Kelgay xabar gul vaslidin.
Gul deyman-u gulmasmikin,
Yoki manim bilmasmikin,
Aytsang anga oshiqligim
“Devona” deb kulmasmikin?!
Ko‘z sanda-yu qo‘l maydadir,
Do'stlaringiz bilan baham: |