Mustahiq bo‘lsa agar tarixi ajdoding sening,
Ishq ila dardini yetti pushtiga bergay Xudo.
Nafsi zo‘r xudbin yomon. Bor chorasi: Kelsa amal
Ko‘ksiga, xapdorini qo‘l mushtiga bergay Xudo.
Gar Qamar manman bo‘libdur husnini ko‘z-ko‘z qilib,
Dardini ko‘zi va yo yuz ustiga bergay Xudo.
Dard – go‘zallik, dard – husn, dard – eng azal asriy jamol,
Qalbida Haq bo‘lsa, oni “mast”iga bergay Xudo.
Ey kamolot ahli suv yo‘q joyda tuproq na kerak?
Ikkisi gar bo‘lsa-yu bor, unda ko‘proq na kerak?
Botinida yashnamoq hissi bilan nish ursa ishq,
Anga ildiz na kerak, zohirga yaproq na kerak?
Taqdi-yu baldoq sadafdin, oshdi zebu ziynati,
Bosdi jumboq bardavom: “Gavharga baldoq na kerak?”
Do'stlaringiz bilan baham: |