***
Kiprigingga quyib asta tutganing og‘umidi?
Misli mushkin ko‘zlaringni ko‘zlagan ohumidi?
Har yurak urganda isming yod etib, dil dod etar,
Ko‘zlaring gavharmisoli, tishlaring – injumidi?
Kuydurar sensiz meni rahm aylamay la’li labing,
Qaqshagan ko‘nglimni gulshanzor etarga su(v)midi?
Necha yildirkim sening, Oy, husning oydin axtarib,
Shams ila xushtor esang ko‘zyoshlarim “Duv-duv”midi?
Voh, yuzin dil ko‘shkiga paykon misoli sanchigan,
Shafqati yo’q zarracha, jallodmidi yo “U”midi?
Qalb, senga bergan savolim, ayt javobin hoziroq,
Ko‘ksima g‘am tashlagan beg‘am sanamshoh – shumidi?!
Bu kun koʻnglimga bir gʻulgʻula tushmish,
Do'stlaringiz bilan baham: |