Oydin Hojiyeva she’riyati badiiyati Mundarija: Muqaddima



Download 155,45 Kb.
bet1/7
Sana22.04.2022
Hajmi155,45 Kb.
#573837
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Monografiya


Oydin Hojiyeva she’riyati badiiyati
Mundarija:
Muqaddima.................................................................................................................
Birinchi bob. Oydin Hojiyeva she’riyatida adabiy an’analar masalasi va lirik qahramon ifodasi........................
I.1. Oydin Hojiyeva adabiy an’analar davomchisi sifatida.........................
I.2. Lirik qahramon yaratishda va davr hamda shaxs ifodasida shoira mahorati...........
Ikkinchi bob. Oydin Hojiyeva she’riyatida mavzu va g‘oya
II.1. Shoira she’riyatida muhabbat va ayollar mavzusi.
II.2. Vatan, urush, tabiat mavzusi va g‘oyasi ifodasida Oydin Hojiyeva mahorati
Xotima

Muqaddima
“Bugun dunyoda insonning onggi va qalbini egallash uchun kurash tobora kuchayib bormoqda. Shu yo‘lda harakat qilayotgan kuchlar o‘z maqsadiga erishish uchun targ‘ibotning barcha usullaridan keng foydalanmoqda. Shunday bir vaziyatda jamiyatimizni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarni, tahliliy va targ‘ibot materiallarini tayyorlash usulini tubdan qayta ko‘rib chiqishimiz zarur.”1, - deydilar Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev. Darhaqiqat, badiiy adabiyot insonning ma’naviy-estetik rivojlanishi jarayonida alohida ahamiyatga ega vositadir, ilmiy adabiyot odamlarni jaholatdan, badiiy adabiyot esa qo‘pollik va oddiylikdan qutqaradi. Bugungi kunda yosh avlodni tarbiyalash ishlari bir qancha ma’naviy tahdidlar bilan yuzma-yuz turibdi. Agar bizda himoya vositasi bo‘lmasa, “ommaviy madaniyat” ning turli ko‘rinishlari bizni ham o‘z oqimiga tortish bilan tahdid qiladi. Yagona yo‘l – bu yot ta’sirlarni milliy adabiyotimiz bilan qoplashdir. Bugungi kunda O‘zbekiston ziyolilarining eng katta maqsadi nima? Bu borada turlicha fikr-mulohazalar mavjud bo‘lsa-da, deyarli barcha tadqiqotchilar bir fikrda: ziyoli, eng avvalo, milliy taraqqiyot yo‘lini yorituvchi, xalq ma’rifatiga xizmat qiluvchi shaxsni tarbiyalash. Ko‘rinib turibdiki, yosh avlodni yuksak axloqiy tamoyillar asosida tarbiyalash, insoniy fazilatlarni shakllantirish jarayonida badiiy adabiyotning o‘rni katta. Shunday ekan, adabiyotning har qanday turini jamiyatga taqdim etish va targ‘ib qilish juda muhim. Adabiyot, jumladan, she’riyat hayotning badiiy in’ikosi bo‘lgani uchun keyingi yillarda badiiy ifodamizda ham ma’lum sifat o‘zgarishlari yuz berdi. Qalb va aqlning eng nozik va eng chuqur qatlamlaridan oqib kelayotgan she’riyat namunalari yaratildi. Eng asosiysi, adabiy tafakkurning hayotga kirib borish qobiliyati oshdi. She’riyat, birinchi navbatda, inson tafakkurining turlicha, toʻgʻrirogʻi, obrazli ifodalanishi bilan bogʻliq. Mustaqillik davri she’riyati o‘zining insoniy his-tuyg‘u va xatti-harakatlarning unutilmas ta’riflari, ta’sirchanligi, ajoyib uyg‘unligi, o‘z-o‘zini ifoda etish imkoniyatlarini kengaytiruvchi til boyligi bilan kitobxonlarga, yosh avlodga unutilmas ta’sir ko‘rsatdi. Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov singari adabiyotimizning ulkan namoyandalari asarlarini o‘z tarkibida jamlagan o‘nlab to‘plamlar dunyo yuzini ko‘rdi. Bu davr she’riyatida Vatan, erk – istiqlolga tashnalik tuyg‘usini ifodalash yetakchilik qiladi. She’riyatga uyg‘onish bongini olib kirgan ijodkorlar safi kengayib bordi. U. Azim, Sh. Rahmon, R. Parfi, O. Matjon kabi iqtidorli shoirlar Vatan kelajagi uchun o‘zlarini ma’naviy mas’ul deb bilib adabiyotni, jumladan she’riyatni yangi bosqichga ko‘tardilar.
Mustaqillik davri o‘zbek she’riyati vakillari xalqimizga xos bag‘rikenglik, o‘zaro hamjihatlik, axloqiy poklik, halollik, mehnatsevarlik singari xislatlarni yangicha yondashuv va muhabbat bilan tasvirladilar. Bu xususiyat, ayniqsa, A.Suyun, X. Davron, J.Kamol, B. Ro‘zimuhammad singari shoirlarning ijodida namoyon bo‘ldi. Bu shoirlarning she’rlarida ona Vatan mavzusi, insoniyat va tabiat olamiga doir rang-barang tuyg‘ular tug‘yoni o‘ziga xos joziba bilan tasvirlangan. Bu davrda H. Xudoyberdiyeva, O. Hojiyeva, F. Afro‘z, Z. Mirzayeva, X. Bobomurodova kabi ayol shoiralar ham faollik ko‘rsatdilar. Ular sadoqat, do‘stlik, sevgi-muhabbat, xotin-qizlar hayoti, mehr-muruvvat mavzularida dilbar asarlar yaratdilar.
O‘zbek she’riyatida nozikta’b, nozikxayol, shirinzabon shoiralarimizdan biri Oydin Hojiyevadir. Shoira yuzlab taqdirlarning nozik portretini yaratadi, ona yurti tabiatining mayin ohanglarini, ranglar jilolarini she’r shaklida namoyon qiladi. Oydin Hojiyevaning she’rlari chinakam mehr bilan yo‘g‘rilib, boshqalar qalbini shukuhga to‘ldiradi. U zamonaviy o‘zbek she’riyatiga buxorocha nafas olib kirdi. Shoiraning o‘ziga xos nazokati, injaligi uning lirikasida sezilib turadi. “Buxoro zardo‘zining jilolari, Buxoro kimxobining tovlanishlari, Buxoro qorako‘lining jozibador qo‘ng‘iroqchalari, Buxoro tor ko‘chalarining betakrorligi, Buxoro maydonlarining muazzamligi ufurib turganday bo‘ladi.”2 Vatanga muhabbat, ma’naviy poklik, til bilan din birligi, hayotning abadiy orzu-armonlari, inson matonati, xalqimizning oliyjanobligini kuylash, odamlarga munis, mehribon, dardkash bo‘lmoq istagi shoira ijodining bosh mavzusidir. Shu paytgacha “Shabnam” (1970), “Manzillar” (1971), “Men sevgan qo‘shiq” (1972), “Zarkokil qiz va quyosh” (1972), “Orzu guli” (1975), “Navo” (1977), “Tarovat” (1978), “Dostonlar” (1980), “Tamal toshi” (1980), “Mushfiq onajon” (1982), “Chashmalarni izlayman” (1987), “Ishonch yulduzlari”, “Ko‘zimning oqu qorasi” (1996), “Panohim” (1998) singari to‘plamlarni nashr ettirgan. “Istiqlolga qasidam” (1992), “Elim”, “Buxoro taronasi” (1997), “Ozod so‘z yolqinlari” (2001), “Buyuk karvon”, “Tavallud taronasi” (2002), “Ziyorat”(2004) kabi doston va qasidalarida mustaqillikni ulug‘lash, Vatanga sadoqat g‘oyalari tarannum qiladi. Yarim asrdirki, uning qo‘lidan qalam tushmaydi: maqolalar yozadi, sheʼriy, nasriy asarlar yaratadi, bosh muharrir sifatida yuzlab qo‘lyozmalarni saralaydi, “Saodat”, “Gulchehralar”ga ilinadi. Shoira tolmas targ‘ibotchi: adabiy uchrashuvlarda qatnashadi, Yozuvchilar uyushmasi tadbirlarida ishtirok etadi. Yurt kezadi. Istiqlol samaralarini ko‘zi bilan ko‘radi, zamondoshlar bilan suhbat quradi.
Oydin Hojiyeva tarjimon sifatida Sh.Petefi, A.Mitskevich, R.Kazakova, M.Dilboziy, E.Ognetsvet, Gulruxsor, M.Abulqosimova, F.Ungarsinovalarning she’rlarini o‘zbek tiliga o‘girdi. Ayni damda o‘zining ham bir qator asarlari rus, ukrain, qozoq, qirg‘z, tojik, belorus, fransuz, ingliz va urdu tillariga tarjima qilindi.
Oydin Hojiyeva ona va bola mavzusiga oid maqolalari bilan ham tilga tushdi. “Ruhimizga yong‘in tushmasin”, “Meni iztirobga solar bu o‘ylar”, “Millatning qayg‘usi nima?” kabi publitsistik maqolalarida mustaqillik ostonasida til masalalari, o‘zbek xotin-qizlarining og‘ir dala mehnati muammolarini ko‘tarib chiqadi. Shoiraning she’riyat maydoniga kirib kelishiga ulug‘ ustozlar ko‘makdosh bo‘lgan. Jumladan, shoira o‘z “Esdalik”larida shunday yozadi: “Gulxan” jurnali meni bolalik davrasiga olib kirdi. Umrimning 21 yili “Saodat” bilan bog‘liq kechdi. Sevimli ustozim Zulfiyaxonim, Shuhrat, Mirtemir domla, To‘xtasin Jalolov kabi donishmand olim, Uyg‘un, Toshpo‘lat Hamid kabi mendan mehrini, mehnatini, madadini ayamagan ulug‘ insonlardan bir umr qarzdorman.”3 Uning “Shabnam”, “Manzillar”, “Men sevgan qo‘shiq”, “Orzu guli”, “Nazokat”, “Mushfiq onalar”, “Chashmalarni izlayman” kabi to‘plamlarida hayotga bo‘lgan muhabbat, inson matonati, xalqimizning oliyjanob xislatlari ifodalangan. Xalq shoiri Uyg‘un shoiraga: “Shu mayizdekinna qizaloqda she’riyatning nafasini ko‘rayapman. Uni tarbiya qilsa binoyiday shoira bo‘ladi” , deb ta’rif bergan edi.
Filologiya fanlari nomzodi Naim Karimov aytganidek: “Oydin o‘z she’rlarida inson va tarix, inson va jamiyat, inson va tabiat mavzusini doim mahorat bilan yoritadi. Biz uning she’rlaridagi ko‘hna Buxoroning serbo‘yoq koloritli manzaralari va shu zaminda yashagan ajdodlarning lirik tasviri osha shoira yashagan va yashayotgan Vatan tasvirini ko‘z o‘ngimizda ko‘rgandek bo‘lamiz.”4 Oydin Hojiyeva ijodini o‘rganish, umuman ayollar ijodini o‘rganish adabiyotimizda XX asrning boshlarida yetakchi pallaga ko‘tarildi. Oydin Hojiyeva ijodi ham bugungi o‘zbek adabiyotida ahamiyatli va salmoqlidir.
O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva fidokor mehnatlari, mustaqillikning barqarorligidagi faoliyati, adabiyot ravnaqi yo‘lidagi samarali xizmatlari uchun “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi.


Download 155,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish