Oydin Hojiyeva she’riyati badiiyati Mundarija: Muqaddima


Lirik qahramon yaratishda va davr hamda shaxs ifodasida shoira mahorati



Download 155,45 Kb.
bet4/7
Sana22.04.2022
Hajmi155,45 Kb.
#573837
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Monografiya

Lirik qahramon yaratishda va davr hamda shaxs ifodasida shoira mahorati
Hozirgi o‘zbek adabiyotida lirik turdagi asarlar salmoq jihatidan ham, sifat jihatidan ham yuqori o‘rinda turadi. Chunki inson odatiy munosabatlarda ichki kechinmalarini bemalol ifodalay olmaydi. Iste’dodli shaxs esa inson ko‘nglida hali hali tashqariga chiqmay “qatlanib yotgan” kechinmalarni o‘zining lirik qahramoniga ko‘chiradi. “Lirik qahramon - lirik asardagi odam timsoli, lirik kechinmalar tashuvchisi. Har qanday obraz sifatida lirik qahramon ham betakror, o‘ziga xos individual shaxslik sifatlarini namoyin etibgina qolmay, muayyan umumlashtiruvchi universal xususiyatlarga ham ega bo‘ladiki, bu hol unga shoir shaxsi bilan bir deb qaramaslikni taqozo etadi.”13
Iste’dodli shoira Oydin Hojiyeva o‘z lirik qahramoni orqali she’rxonni o‘ziga rom qiladi. Chunki shoira lirikasida dard ham, shodlik ham uzviy bog‘liqlikda yashaydi. Oydin Hojiyeva ijodida tabiat hodisalariga, hayot manzaralariga turli tomondan yondashish keng uchraydi. Ijodkor voqelikka badiiy ko‘z bilan qarab, undan ramz topib go‘zal obrazlar yaratadi.
Senga topinganim bildi-yu tog‘lar,
Dedi: “U biz kabi basavlat, sokin”
Yonib ulgurmagan qizg‘in chaqmoqlar
Dedi: “U biz kabi beshavqat , yorqin”.
80-yillar avlodi lirikasi bilan yaxshi tanish bo‘lgan kishi darhol ilg‘aydiki, bu xil she’rlar bizga notanish emas. Oydin Hojiyeva va uning safdoshlarining she’riyatida hayotga, insonga aloqador borliqning kutilmagan vaziyatlariga diqqatni tortish kuchli. Bu avlod lirik qahramoni g‘ayritabiiy, ko‘nikilmagan dunyoqarash sohibi, sinchiklab o‘qilsa, unda hamisha norozilik ruhi sezilib turadi. Lirik qahramon ezgulik qilgisi keladi, soat sayin, daqiqa sayin o‘sgisi, ulg‘aygisi keladi. Lekin “basavlat”, “sokin tog‘lar” bilan tenglashmoq og‘ir. Oydin Hojiyeva lirik qahramonini turfa xil obrazlar asosida akslantiradi. Shoira bir predmetga bir talay nigoh bilan qaraydi. “Chaqmoq” va “tog‘lar” o‘zi egallab turgan cho‘qqidan tushmaydi, tog‘lar - yuksaklik, ulug‘lik maskani. Lirik qahramon barchani ayaydi, yaqinlarini yuksaklarda ko‘rishni istaydi. Cho‘qqilarda esa hamishalik sovuqlik, jonsizlik bor. Shoira she’rlarida ijtimoiy voqelikni real tasvirlashdan ko‘ra, ifodaning ta’sirchan, kutilmagan bo‘lishiga ko‘proq e’tibor qaratadi.
Yo‘limda shivirlab qoldi daraxtlar:
“Ishqi ildizlari bizningday mahkam!”
Boshimda chaq-chaqlab uchdi qo‘sh kaptar:
“Ukpar patlarimday mayin ishqi ham”.
Lirik qahramonning omadli va baxtli onlari unchalik ko‘p bo‘lmagan. “Shivirlab qolgan daraxtlar” uning dard-u hasratlati sifatida namoyon bo‘ladi. Uni adoqsiz g‘am quchog‘iga irg‘itgan ham, baxtdan to‘lg‘ontirgan ham muhabbat tuyg‘usi edi. Shoira uchun ishqdan boshqa narsa o‘tkinchi va omonat, “daraxtlar” esa lirik qahramonga ko‘ngil sezimlarini mudom eslatib turishga urinadi. “Ishq ildizlari” yurak ichkarisi tomon mahkam o‘rnashgani, chuqurlashgani sari mo‘jazgina ko‘ngilning dardlari tobora ulkanlashadi. Oydin Hojiyeva she’rlaridagi favqulodda obrazlar lirik qahramonni hushyor torttiradi. Ishqning “qo‘sh kaptarlarning ukpar patlari”ga o‘xshatilishi she’rdagi tashqi mayin ohang tufayli she’rxonni allaqanday muloyim kayfiyat og‘ushiga solib qo‘yadi.
Har bir yangi she’r, har bir yangi asar Oydin Hojiyevani kitobxonga bir qadam yaqinlashtiradi. “…ko‘pincha lirik qahramon o‘z tabiati, odamlar va hayot hodisalariga munosabati bilan shoir shaxsiga juda yaqin keladi, lekin ular deyarli hech qachon to‘liq birlashib ketmaydi”14 Oydin Hojiyeva ham o‘z lirik qahramoniga shaxsiyatining ba’zi qirralarini singdiradi. 80-yillarning o‘rtalariga kelib, she’riyat bog‘ida bahor havosi esa boshladi. She’riyatning yangi kurtaklari barg yoza boshladi:
Men bahorning ko‘nglini topdim,
Uchirdi gul arg‘imchoqlarda.
Kuzning za’far15 libosin o‘pdim,
Zar yaproqlar terdim bog‘larda.
Ushbu “Fursat deydi” she’rida shoira yaratgan lirik qahramon shoira “men” i orqali o‘z aksini topganligini kuzatamiz. Uning ichki dunyosi rang-barang shaklda u yoki bu tarzda talqin etiladi. Shoira bahor bilan do‘st tutinadi. Uning uchun bahor umrning ko‘rki, qalbining suyanchig‘i bo‘ladi. She’rdagi lirik qahramon shodligini ham, dardini ham, avvalo, u bilan baham ko‘rgisi keladi, har gal bahor kelganda bamisoli yoshlikning beg‘ubor olamiga qaytgandek bo‘ladi.
Odatda, Oydin Hojiyeva o‘z ruhiy-psixologik holatini sintez qiladi. Ijodkor idrokida nish urgan ingichka tuyg‘ular silsilasi lirik qahramon kechinmalarida maromiga yetadi. Unda poetik xarakter to‘laqonli shakllanadi. Shunga muvofiq ravishda insonning tafakkur qirralari uzluksiz ravishda lirik jarayonda uyg‘unlashadi.
Men quvonchda, men baxti bekam,
Men yerdamas, osmonlardaman!
Afsona qizlarday chinkam
Ishq bitilgan dostonlardaman.
“Shaxsiyatga mos mag‘rurlik, qaysarlik, ayni paytda, mislsiz mehnatkashlik, bo‘ysunmaslik, tengsiz kuchli xotira tinimsiz o‘qib o‘rganish stixiyasi, rostgo‘ylik singari jihatlar shoir ijodining o‘ziga xosligini belgilaydi.”16 Oydin Hojiyeva sokinlik, andisha, po‘rtanali ruhiyatdan voz kechadi, aksincha, lirik qahramon endi ochiq, shiddatkor, hissiyotlarini jilovlay oladi. Shoiraning baxt haqida, quvnoq hayot to‘g‘risida bitayotgani she’rxonni hayratga soladi. Chunki ko‘rinib turibdi-ki, baxt hali bekam emas. U o‘z she’rlarining bahosini biladi, lirik chizgilarning kamolidan ko‘ngli xotirjam, ma’naviy yetukligidan g‘ururga to‘lgan ijodkorning kechinmalari ifoda etiladi.
Yolg‘izlikning dardi, azobi
Tog‘ boshiga tushsa - degay dod,
Quvonchimning botgan oftobin
Topib berdi ko‘zingdan hayot.
Lirik qahramon qalbini og‘ir tirnagan yolg‘izlik tuyg‘usi she’rxon qalbini ham shu his girdobiga tashlaydi. Tog‘dan yog‘ilajak zarbalar lirik qahramonning “quvonch oftobini botiradi”. Lekin bularning barchasi o‘tkinchi. Tong qayta otadi va yana ko‘ngilga huzur bag‘ishlaydi. Lirik “men” oftobni tashvishlariga, yana quvonchlariga sherik qildiradi. Topadi-da, endi oftob u bilan. Shunday bo‘lsa ham jon yana bezovtalanadi:
Men bilaman - joning o‘rtanur
Yuzlarimga soya solsa g‘am.
Osmoningga sig‘may qolar nur
Shodligimni bir boshdan aytsam!
Shodliklar shirin entiktiradi. Qalbda yana nur uyg‘onadi. Baxtiyor onlar... Shoiraning tilagi she’rga aylanadi. Tilaklar esa lahsaga ko‘chadi. So‘ng esa uzaygandan uzayib boraveradi. Shoira esa olis-olislarga borib taqaladigan shodlikning ertagini aytishdan zerikadi. Chunki she’rxonni umidbaxsh lahzalar qiziqtiradi. Shoir she’riy asarlarining lirik qahramoni kuzatuvchanlik qobiliyati bilan e’tiborni tortadi. Uning individual she’riy qiyofasi nafaqat yozgan misollarning uslubiy jihatlarida, balki voqealarga yondashish, ularni tanlash va baholashda, lirik “ego”ning yangi va samimiy ohangida ham yotadi.
Oydin Hojiyeva ijodida lirik qahramon shoira “men”i orqali talqin qilinadi. Lirik qahramon ruhiy olamida ifodalangan turfa xil holatlar, ziddiyatlar, umuman olganda shoira shaxsiyati haqida so‘z borganda shoira lirikasida noodatiy manzaralar keng uchraydi. Shu bilan birga shoira she’riyatidagi lirik qahramon dunyoqarashida ijtimoiy voqelikka munosabat kuchli bo‘lib davr ruhi singdirilgan.
Hozirgi zamon lirikasida lirik qahramon yuksak umuminsoniy qadriyatlar, vatanparvarlii, pokligi, yurtga muhabbati, o‘tmish va kelajakka munosabati bilan ibrat kasb etib bormoqda. Bugungi she’riyatimizning peshqadam vakillari ijodiga yangicha ruhdagi milliylik tuyg‘ulari kirib keldi. Shoirlar ozodlik va fuqarolik burchi, vijdon va sadoqat, insoniylik, odob-axloq, sevgi-muhabbat singari mavzularda qator lirik asarlar yaratdilar. Bu ijodiy jarayonda Oydin Hojiyeva, Halima Xudoyberdiyeva, Gulchehra Nurullayeva, Zebo Mirzayeva singari ayol shoiralarimiz faollik ko‘rsatdilar. Ular shoir timsoli orqali yurt, millat iztiroblari bilan yashayotgan qalbdagi ma’naviy barkamollik, sadoqat, ruhiy uyg‘oqlik kabi fazilatlarni berishda yaxshi natijalarni namoyon etishdi.
“... she’riyat davr nafasi, o‘sha davr kishisi ruhiy olamida kechuvchi jarayonlarning lirik qahramon ruhiy dunyosi bilan uyg‘un manzaralaridan yaraluvchi san’at mulkidir. Shuning uchun she’riyatni davr xarakteridan ajralgan holda tasavvur etish yoki tadqiq qilish haqiqatga muvofiq kelmaydi.”17 Vatan, millat, til, istiqlol tuyg‘ulari bilan yashayotgan farzand sifatida ruhiy-psixologik holatlar tasviri shirinzabon shoira Oydin Hojiyeva ijodida mahorat bilan beriladi.
“Bu qadim Karmana
Jizg‘anak yo‘llar.
Karvon qaroqchilar izg‘igan sahro...”
Xalqim, yuragingda ochilgan gullar
Oftob ko‘rmay so‘ldi tumanlar aro!
She’rda lirika va fojia uyg‘unlashib ketadi. Shoira unga millat va Vatan dardini singdiradi. Yo‘llar – “jizg‘anak”, Vatan karvonida esa millatni ma’naviyatni, ilm-fanni yemirgan “qaroqchilar” izg‘iyapti. Natijada xalqimiz yuragida ochilgan “gullar” bevaqt so‘nadi. Oydin Hojiyeva har bir obrazga alohida ma’no yuklaydi. Shoira millatparvar, vatanparvar, ozodlik yo`lida jonini bergan qahramonni “gulga” o‘xshatish orqali shu narsaga erishadiki, endi uni har kim o‘ziga tanish manzaralarda tushunadi, o‘sha davr fojiasini o‘ziga xos tarzda idrok eta oladi.
Ona yurtim, deya tikdiyu jonin,
Do‘zax azobida qoldi-yu, biroq
Qilt etmadi uning idrok-imoni:
Zoyani ilonday bo‘g‘ganda sirtmoq,
So‘nggi nafasidan qush bo‘lib sayroq –
“Ulug‘ Vatan” so‘zi uchdi o‘sha choq.
Vatan mustaqilligi yo‘lida qo‘liga qurol olib kurashayotgan shaxs tilida “Ona yurtim” degan serg‘ayrat ovoz jaranglaydi. She’rdagi lirik qahramon butun kuchini, avvalo, qalbidagi iymon-e’tiqodini, ishonch va vijdon hissini Vatanining istiqloliga bag‘ishlaydi, millat uchun kuyunib jangga kiradi. Chunki “Ulug‘ Vatan” hissi dunyoning butun adovati ustidan g‘alaba qilishga chorlaydi. Shoira unga erkka tashnalik tuyg‘usini singdiradi. Bugungi davr kishisiga istiqlol osonlikcha qo‘lga kiritilmaganini, bu tuproq minglab Vatan ozodligi yo‘lida to‘kilgan qonlarni o‘z bag‘riga jo qilganini uqtiradi.
Oydin Hojiyeva davrning murakkab holatlarini ham g‘oyat ulkan nazokat va teran obrazlar bilan ta’sirli qilib ifodalay olgan. Shoira poetik ifodani aniq va insonga ta’sir ko‘rsata oladigan tarzda amalga oshiradi:
Yerning yuragiga solaylik olov!
Jiqqa terga tushib o‘shanda soldat
Ot o‘rnida o‘zi tortdi borona
Paxtamisan – oltin! Yer bo‘ldi jannat!
Shoira qalbini o‘rtagan iztirob – “adolatli” zamonaning xalqimiz boshiga solgan azobli kunlari edi. Bu haqda ochiqchasiga gapirish mumkin bo‘lmagan vaziyatda shoira jafokash elning bir farzandi sifatida davr haqiqatini baralla aytishga jur’at topadi. Bu davrda paxta insondan ham ustun qo‘yilgan, davr kishisining vazifasi esa paxta ekish. Paxta – uning uchun oltin, paxta – jannat. Ayni paytda shoira millatining jabrdiydaligi, mungliligi, itoatkorligidan chinakamiga kuyadi. Shoira erkiga ega bo‘lmagan Vatan ahli quldir degan xulosaga keladi va buni jafokash xalqning zabun holati tasviri orqali ifofalaydi:
O‘lmagan qul ekan, ko‘z ko‘rdi ana
Besh farzand tegrada beshta dunyosi.
Xizmatin birovga qilmadi ta’na,
Elga tashigani – ko‘pning duosi!
“...chunki qullik o‘limdir. Qullikka ko‘nikish qotillikdir”18. Oydin Hojiyeva davr fojiasini, zamondoshlarining alamlarini chuqur tuygan va bu sezimlarni ijodiga singdira olgan shoiradir. U insonning insoncha yashamagan holatlarini, ya’ni katta insoniy fojiani tasvirda ko‘rsatadi. She’rda xoh ma’naviy-mafkuraviy mohiyat bo‘lsin, xoh butun millat, xoh bir inson misolida bo‘lsin, bulardan qat’iy nazar har qanday qaramlikka, qullikka qarshi murojaat bosh o‘ringa chiqadi Lirik qahramonning anduhlari bevosita she’rxonni hushyor torttiradi. O‘z yurtida qul bo‘lgan “tim-tirs qop kanorni yelkasiga yuklagan” millat ahlidan ozurda. She’rdagi har bir satrda shoiraning kechinmalari o‘zbekona yo‘sinda zohir bo‘ladi, ba’zi joylarda esa o‘zbekchilik bo‘rttirib ko‘rsatiladi. Farzandga butun boshli dunyo deb qarash xalqimiz tabiatidagi asl jihat ekanligini alohida ta’kidlaydi va bu she’rga salobatli ohang beradi.
Boshimga yog‘ildi nuri hidoyat,
Bir hovuch chag‘ir tosh bo‘ldi ne zamon
Takbir saslaridan ayladi karaxt,
Qulog‘i tom bitgan dahriy olomon.
Shoiraning goh mo‘rt, goh tosh yurak, goh nozik tuyg‘ularni singdiruvchi, goh hal qiluvchi jumladek jaranglagan chuqur ildizli she’riyati nozik qalblarga kirib borib, estetik didga o‘xshaydi. “...ishochim komilki, biror olim XX asr o‘zbek she’riyatining tarixini yoritmoqchi bo‘lsa u Oydinxonning ijodini e’tibordan soqit qila olmaydi.”19 Oydin Hojiyeva millati, Vatani taqdiri haqida o‘ylash, uning istiqboli uchun qayg‘urar ekan. Shoira odamlarning turmushining og‘irligini tasvirlash orqali jamiaytni qoralash yo‘lidan bormaydi. Zamon – bir hovush chag‘ir tosh. U o‘zgargan sayin odamlardagi g‘urur, jo‘mardlik xususiyatlari pasayib, boysunuvchanlikning kuchayib boradi. Davr odamlarining ertangi kunga bo‘lgan nigohlari umidsiz, “qulog‘i tom bitgan”, ya’ni o‘z tilidan, dinidan va erkidan mahrum etilgan zamondoshlarining taqdiriga befarq qarab turolmaydigan ijodkorning hissiyotlari junbushga keladi. Ijtimoiy o‘zgarishlar, hayotiy vaziyat lirik asarlar yaratishida shoira uchun material bera oladi.
Har bir davrning o‘z mo‘ljali, egallanishi orzu etiladigan marrasi bo‘ladi. Mustanlaka davri kishisining eng baland marrasi ozodlik edi.
Ozodlik!
Ko‘ngil qirlarida ungan boychechak,
Seni suyunchilab boladay shoshdim.
Ming yillik toshqinlar solib guldirak
Ayqirib ming bitta o‘zandan toshdim.

Sahrolarning bedod samumlaridan


Oftobning girdibod xurumlaridan
Davrning talafot, to‘zimlaridan
Qanotlari kuymay yetib kelgan baxt –
Ozodlik!
Lirik qahramon Vatanga, millatga, tarixga va ulkan qiyinchiliklar evaziga kelgan ozodlik uchun o‘tmishdoshlaridan minnatdorlik hissini tuyadi. Ozodlik – o‘zbek xalqining milliy ozodlik, tarixiy va milliy qadriyatlarni tiklash uchun olib borgan kurashlari evaziga berilgan yuksak mukofot. She’rda lirik qahramon Vatan yo‘lidagi fidoiyligini yorqin ifodalovchi vositaga aylanib. Endi uning qalbida istiqlolga shukronalik, ertangi kunga ishonch tuyg‘ulari barq urib turadi. Shoira unga o‘ziga xos badiiy qanoat singdiradi. Davr fojiasi – mustabidlik zamonidagi tafakkur qulligi edi. Ozodlik - doimiy tazyiqlardan, talafotlardan, to‘zimlardan “qanotlari kuymay yetib kelgan” baxtdir.
Oydin Hojiyeva o‘z lirikasida o‘tmish hayotni ham, bugungi davrni ham butun borlig‘i va murakkabliklari bilan tasvirlay oladi. Shoira oddiy inson qadr-qimmatini tiklash va ko‘tarish, ona Vatan va mustaqillik mavzularini umumlashtirib lirik yaratma hosil qiladi. U lirik materialni tanlashda davr hayotidan kelib chiqib yondashadi, o‘z lirik qahramonining kechinmalarini badiiy-estetik talqin qilishda individual mahoratini namoyon etadi.Holbuki, she’riyatimizning an’anaviy tasvir va ifoda vositalari, obrazlar tizimi, qoida tariqasida, uning ijodida yangicha mazmun kasb etgan, yangi liboslarda kiyingan. Oydin Hojiyevaning o‘z fikr va g‘oyalarini charchagan so‘zlar, sun’iy shiorlar bilan emas, balki izchil so‘zlashuv nutqi orqali ifodalash yo‘lida boyib boradi. Boyib borishining eng katta manbayi o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllanib kelayotgan mumtoz xalq og‘zaki ijodi bo‘ldi. U asarda Sharq she’riyatining belgi va sifatlaridan ham o‘z ruhi, temperamenti va maqsadiga mos ravishda ijodiy foydalangan. Shoira O‘zbekiston mumtoz adabiyoti, ayniqsa, xalq og‘zaki ijodining boy an’analarini yaxshi bilgan. Uning shoir sifatida shakllanishida mumtoz meros juda muhim rol o‘ynadi.



Download 155,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish