Tanimga qaltiroq bir yoʻla tushmish.
Nazar birlan chiqib ketgan bu jonim,
Tanimga qaytadan kulgu-la tushmish.
Ketib gʻayrat, boʻshab qolgay madorim
Vale yor ishqi dilga toʻla tushmish.
"Yoʻlingni toʻgʻri sol",-deydi yoronlar,
"Qachon ishqim budek chin yoʻla tushmish?"
Sifoti orttirar ohu figʻonim,
Beli moʻr, koʻzlari ohu-la tushmish.
Azal shundoq, bosh egmas kimsa borkim,
Bugun yo erta sevgach, qoʼla tushmish!
Dardni dardmandan so‘rang, kam-ko‘stiga bergay Xudo,
Yorga bergaydur g‘amin, yo do‘stiga bergay Xudo.
Asli ishq ham bitta dard, asli muhabbat bitta dard,
Bariga joy bitta. Oni ko‘ksiga bergay Xudo.
Do'stlaringiz bilan baham: |