Uyg'oning , bahor keldi
Tog'larda ochilsa qizil lolalar
Ko'tarsa bosh maysalar ildam
Qurt-qumursqalar qimirlab qolsalar
Ariqlarda oqsa suvlar shildirab
Uyg'oning, bahor keldi, bahor keldi.
Chamanzor bo'ldi bog'u-rog'lar
Qizlar sochida tolbargaklar
Uchirishib bolalar shodon varraklar
Osmonda ko'rinsa serjilo kamalak,
Uyg'oning, bahor keldi, bahor keldi.
Ko'kda uchsa turnalar qator
Qaldirg'ochlar chug'urlab qolsa
Quyosh sochib zarrin nurini
Bobodehqon dalaga shoshsa
Uyg'oning, bahor keldi, bahor keldi.
11-A sinf o`quvchisi Adxamjonova Durdonaxon
Do'stlaringiz bilan baham: |