Mening ham oftobimsiz, bulutday yig‘lagay ko‘nglim,
Biroq na qatra yoshiyu na to‘fonday shitobi bor.
Yuvilmas, ne qilay, hech ham ko‘ngilga kirgan ezg‘inlik,
Yuvolmas tunu kun yog‘sa falakdan qancha obi bor.
Tag‘in bir tafsiloti bor, atay siz bexabar qolgan:
U yonda mehribonim zor, bu yonda yo‘l hisobi bor.
Tavallud aylagay bu dam, mening aylanguday boshim,
Tavof aylolmagaymanmu, buni qayda javobi bor?
Kechirgin onajon, Anvar borib gul tutmagay, lekin
Sening yoningdaman chunkim, xonamning mehrobi bor.
Yorimga beray borim, yor boridan aylansin,
Maʼshuqqa dil izhorim bor, yoridan aylansin.
Sogʻinchida koʻlmak koʻz, koʻrmay yuzini hargiz,
Do'stlaringiz bilan baham: |