Ul jamolin pardasiz ko‘rmakni etsam ixtiyor,
Bul zabon takror o‘tib yodiga “sim-sim” keltirur.
Men aning baxti uchun bor Anvarim sarf aylasam,
Sochi yanglig’ boshima savdoni tim-tim keltirur.
KETUR
Yor agar yonimdamas, bas, yoshlarim koʻzdan ketur,
Bu bilan beboshu tosh koʻnglim erib, muzdan ketur.
Ketmasin deydi xayolim, qolsam oldimda olib,
Arzi hol qilsam demasmu: "Bul gʻarib oʻzdan ketur!"
Keltirarmu, oʻydaman, jonimga mahram malhamin,
Yo raqib ogʻdirsa, jonim ogʻritib bizdan ketur? ???
Qancha qiynoqlarga qoʻymish kelmayin koʻnglimga U,
Bir kelib birdan ketur, jumlam kelib soʻzdan ketur!
Dilbarim, jonim tubinda turginu yashnat meni,
Ketsa kurtakdan mador, bil, avval ildizdan ketur!
Do'stlaringiz bilan baham: |