Ikki tillilik va uning sotsial asoslari
Reja:
1.Ikki tillilik va uning mohiyati.
2.Ikki tillilikning sotsial asoslari.
3.Ikki tillilikning etnik, professional qatlamlarga munosabati.
Mustaqillik tufayli mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma‘naviy hayotini qayta qurish, demokratlashtirish sohasida olib borilayotgan keng ko lamdagi barcha harakat va intilishlar, garchi ancha qiyinchilik bilan amalga oshirilayotgan bo lsa-da, davlat tuzilishidan tortib, ishlab chiqarish, fan, madaniyat, maorif va ma‘naviyatning barcha jabhalarida dastlabki ijobiy natijalari ko rina boshladi. Bu butun jamoatchilik vakillariga asrlar osha qalblarida pinhon saqlanib kelayotgan orzu-umidlari, qayg u-hasratlarini baralla aytish imkonini tug dirdi.
Mustaqillik millatimizning o z-o zini anglash, milliy munosabatlar va ularni hal qilish, shubhasiz, shu bilan bog liq ravishda milliy tilimizning taqdiri, taraqqiyoti va kelajakdagi istiqboli masalalarini hozirgi davr kun tartibining asosiy masalalari sifatida maydonga chiqardi.
Ayniqsa, o zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi maktab va oliy o quv yurtlarida ona tili o qitishning samaradorligini oshirish bilan birga, o zbek tilshunosligi oldiga o zbek tili taraqqiyotining muhim muammolarini hal qilish masalalarini qo ydi. Ana shunday masalalardan biri o zbek va boshqa tillar-ikki tilliligi masalasidir.
1. Ikki tillilik individual (xususiy) hodisa emas, balki ijtimoiy hodisadir. Buning ma‘nosi shundaki, har qanday ikki xalq yo millat ikki tilliligi haqida gap borganda, ana shu tillarga mansub kishilarning har ikki tilda erkin so zlashuv aloqasi mavjudligi nazarda tutilmaydi, balki ikki til vakillarining hammasi uchun umumiylik, ijtimoiylik kasb etishi nazarda tutiladi.
2. Ikki tillilikda har ikkala tilning tengligi, ikki tilda muloqotda bo luvchi har ikki xalqning ikki tilni baravar o zlashtirish masalasi hal qiluvchi masaladir. Har qanday ikki tillilikni to la mavjud deyish uchun shu til vakillari har ikki tilda erkin fikr yuritishlari, har ikki til qonuniyatlariga amal qilishlari talab etiladi. Agar tillararo bunday ijtimoiy aloqa to la ro yobga chiqqan bo lmasa, hali ikki tillilik haqida gap bo lishi mumkin emas.
3. Ikki tillilikning territorial (hududiy) chegaralanganligi, ikki tillilik mavjud mamlakatning ayrim punkt va regionlarida shakllanishi bu masalalarning asosiy faktorlaridan biridir. Bunday o rinlarda ikki xalq, millat yoki elat vakillarining uzoq tarixiy jarayonda birgalikda hayot kechirishlari, ularning iqtisodiy turmush sharoitlari, madaniyati, urf-odatlarida bir xillikning yuzaga kelishi ikki tillikni ro yobga chiqarishning eng muhim omillaridandir. Masalan, Buxoro, Samarqand, Namanganning Chust, Xo jand, Konibodom,Tojikistonning Qo rg ontepa kabi shahr markazlarida o zbek-tojik yoki tojik-o zbek ikki tilliligi bunga misol bo la oladi.
4. Ikki tillilikning etnik-professional qatlamlarga munosabati masalasi ham hal qiluvchi omillardan biridir. O zbek tilining boshqa har qanday til bilan ikki tillilikni tashkil qilishi uchun o zbek xalqining barcha etnik qatlamlari va barcha kasb-hunarga doir kishilarni ko zda tutilayotgan ikki tilda aloqa qilish imkoniyatlariga ega bo lishlari lozim. Statistik ma‘lumotlarga qaraganda, o zbek tilida so zlashuvchilarning katta qismi qishloqlarda, dehqonchilik bilan shug ullangani holda, ikki tillilikning boshqa vakillari bu sohada juda ozchilikni tashkil etadi.
Bu haqda ozarbayjon-rus ikkitilliligi haqida to xtalib, A.N. Baskakov juda yaxshi fikr bayon qiladi: Ozarbayjon-rus ikki tilliligi haqida gap borishi uchun bu ikki tilning turli ijtimoiy guruhlarda qo llanilishiga nazar tashlash lozim; butun 100 % ozarboyjon dehqonlari, uy sharoitidagi barcha ozarbayjonlar faqat ozarbayjon tilida so zlashadi; shunga ko ra, qishloq rayonlarida rus aholisi nihoyatda kam bo lganligi uchun, bunday joylarda ozarbayjon-rus ikkitilliligi haqida gap bo lishi mumkin emas.
Ikki tillilikning har ikki til ichki qurilishining (fonetika, leksika, morfologiya va sintaksisi) ijtimoiy vazifasiga munosabati muhim ahamiyatga ega.
Ikki tillilik sharoitida tillarning ichki qurilishida transformatsiya (o zgarish bir holatdan ikkinchi holatga o tish) hodisasi yuz beradi, lekin bunday o zgarish ikki tomonlama bo lishi kerak. Doim bir til ikkinchisidan turli grammatik hodisalarni olsa-yu, ikkinchisi birinchisidan hech narsa olmasa, bu-transformatsiya bo lmaydi, bunday holda ikki tillilik yuz bermaydi. Masalan, o zbek va tojik ikki tilligida fonetik transformatsiya yuz berganda, o zbek tili tojik tili fonetikasiga xos ayrim xususiyatlarni o ziga qabul qilgani holda, tojik tili ham o zbek tilining ba‘zi fonetik xususiyatlarini o zida aks ettirishi kerak. Shunda har ikki tilda ikki tillilik tomon siljish yuz beradi.
Ikki tillilik sharoitida transformatsiya tillarning leksikasida kuchli bo ladi, tillar doim biri ikkinchisidan yangi so zlar bilan boyib boradi. Odatda tildan-tilga faqat otlar o tadi, boshqa turkumlarda ko chish deyarli kuzatilmaydi. Chunki, bir xalq boshqa xalqdan biror predmetni ifodalovchi so zni ham oladi. Shuning uchun mashhur tilshunos olim J.Vondries «Narsa ketidan so zlar keladi», deydi.
Morfologiyada ko chish kam, sintaksisda so z birikmalari va gap modellari ko chishi mumkin.
Masalaning ikkinchi tomoni, ikki tillilikning ijtimoiy vazifasi deganda, har ikki tilning bu jihatdan tengligi nazarda tutiladi, tillar o rtasidagi funktsional tengsizlik ikkitillilik uchun ziddir.
6. Ikki xalq aralashuv (kontakti) aloqasi ikki til kontaktini-ikki tillilikni keltirib chiqarish uchun ob‘ektiv sharoit, ob‘ektiv sabablar mavjud bo lishi kerak.
Ikki tillilikni hech qanday buyruqbozlik yoki qarorlar asosida vujudga keltirish mumkin emas, faqat uzoq tarixiy jarayondagi ellararo aloqa, tillararo aloqagina ikki tillilikni keltirib chiqarishi mumkin.
Adabiyotlar:
1.Karimov I.A. O zbekiston buyuk kelajak sari. -T: O zbekiston, 1998.
2.Axmanova O.S. Slovar lingvisticheskix terminov. -M: Nauka, 1966.
3.Jirmunskiy V.M. Vopros sotsialnoy lingvistiki. -M. :Nauka, 1969.
__
Do'stlaringiz bilan baham: |