Reja: Sodda ot



Download 53 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi53 Kb.
#913848
Bog'liq
OTLARNING TUZILISH JIHATIDAN TURLARI


OTLARNING TUZILISH JIHATIDAN TURLARI
REJA:
1. Sodda ot
2. Qo‘shma ot.
3. Juft ot.
4. Takroriy otlar.
5. Qisqartma otlar.

Otlar tuzilishiga ko‘ra to‘rt turga bo‘linadi: 1) sodda otlar, 2) qo‘shma otlar, 3) juft otlar, 4) qiqartma otlar.


1-§.Sodda ot. Bitta o‘zak morfemadan tashkil topgan ot sodda ot deyiladi. Sodda otning tub va yasama turi mavjud. 1) otning yasovchi affikslarga ega bo‘lmagan mustaqil lug‘aviy ma’noli qismi sodda tub ot deyiladi. Tub otlar tarkibida shakl yasovchi yoki so‘z o‘zgartuvchi affikslar qo‘llanishi ham mumkin: quyosh, dala, qush, kitob, quyoshdan, qushchalar, daladan, kitobning; 2) so‘zning mustaqil lug‘aviy ma’noli qismiga ot yasovchi affikslar qo‘shilishi bilan yasalgan shakli sodda yasama ot deyiladi. Sodda yasama otlar ichki va tashqi yasovchi affiks-lar asosida shakllanadi. Masalan: zamon+dosh, mehnat+kash, osh+paz, til+shunos kabilar ichki yasalish asosida; o‘ra+m, tutat+qi, isit+ma kabilar esa tashqi yasalish asosida vujudga kelgan yasama otlardir.
2-§. Qo‘shma ot. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘zning ma’no va gammatik jihatdan bir-biriga tobelanish yo‘li bilan birikib, bitta narsa nomini ifodalashga xoslangan ot qo‘shma ot deyiladi. Qo‘shma otlar tarkiban bir xil va har xil turkumga mansub so‘zlarning sitaktik munosabatga kirishuvidan tuzilishi mumkin. Masalan: 1) ot+otdan- qo‘larra, otquloq; 2) sifat+otdan- ko‘ksulton, xomtok; 3)ot+sifatdan- gulbeor, oshko‘k; 4) son+otdan- mingoyoq, uchquduq; 5) ot+fe’ldan- o‘rinbosar, beshiktervatar; 6) fe’l+otdan- yoriltosh, kuyganyor; 7) fe’l+fe’ldan- iskabtopar, ishlabchiqarish.
Qo‘shma otlar ikkidan ortiq so‘z ishtirokida ham tuzilishi mumkin: gultojixo‘roz, gulhamishabahor.
3-§. Juft ot. Bir xil grammatik shaklga ega bo‘lgan ikkita otning teng bog‘lanishidan tuzilib, bir umumiy ma’noni anglatadigan ot juft ot deyiladi. Juft otlarning qismlari mustaqil urg‘uli so‘z bo‘lib, ular talaffuzda yagona leksik urg‘uga birlashadi. Affikslar juft otning keyingi qismiga qo‘shiladi: ota-onada΄n, osh-nonni΄ng, aka-ukala΄r, arz-dodimizni.
Juft otlar tarkiban har ikkala qismi mustaqil ma’noli so‘zlardan, bir qismi mustaqil, ikkinchi qismi mustaqil ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan va har ikkala qismi ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan tuziladi:
1.Har ikkala qismi mustaqil ma’noli so‘z bo‘ladi. Bunda juft so‘zlar o‘zaro ikki xil bog‘lanadi: a) bog‘lovchilarsiz: ota-ona, qozon-tovoq; b) –u, -yu yuklamalari yordamida: tog‘-u tosh, olma-yu o‘rik.
Juft otlarning har ikkala qismi mustaqil ma’noli so‘zdan tuzilganda uning qismlari quyidagicha farqlanishi mumkin: 1) har ikkala qismi hozirgi tilimizda ishlatiladigan mustaqil so‘z bo‘ladi: o‘yin-kulgu, tog‘-tosh, sigir-buzoq, qo‘y-qo‘zi; 2) mustaqil so‘zlarning ikkinchi qismi tarixiy yoki eskirgan so‘z bo‘ladi: ko‘cha-kuy, el-ulus, idish-oyoq; 3) mustaqil so‘zlarning birinchi yoki ikkinchi qismi o‘zlashma so‘z bo‘ladi: kuch-quvvat, o‘y-xayol (o‘zbekcha+arabcha), tuz+namak (o‘zbekcha+ tojikcha), savdo-sotiq, gap-so‘z (tojikcha+o‘zbekcha); 4) mustaqil so‘zlarning har ikkalasi o‘zlashma so‘z bo‘ladi: hol-ahvol, hisob-kitob, sir-asror (arabcha).
Juft otlarning tuzilshida so‘zlar ma’no jihatdan quyidagicha munosabatda bo‘ladi: a) mazmunan bir-biriga yaqin, umumiy bir guruhga mansub bo‘lgan uyadosh so‘zlardan: oyoq-qo‘l, yuz-ko‘z, , idish-tovoq, sigir-buzoq; b) ma’nodosh so‘zlardan: o‘y-xayol, kuch-quvvat, or-nomus, baxt-saodat, qo‘ydi-chiqdi; v) qismlari zid ma’noli so‘zlardan: yer-ko‘k, er-xotin, o‘g‘il-qiz, keldi-kitdi, oldi-berdi; g) butun-bo‘lak munsabatga ega bo‘lgan so‘zlardan: gap-so‘z, tog‘-tosh.
2.Bir qismi mustaqil, ikkinchi qismi mustaqil ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan tuzilgan juft otlar: kiyim-kechak, bozor-o‘char, temir-tersak, maza-matra, qand-qurs.
3. Har ikkala qismi ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan tuzilgan juft otlar: g‘ala-g‘ovur, lash-lush, ikr-chikir, g‘idi-bidi.
Juft otlar vositasida ifodalangan ma’no har xil bo‘ladi: a) ma’no umumlashadi va kengayadi: qovun-tarvuz, qozon-tovoq, qo‘y-echki; b) ma’no umumlashadi va jamlanadi: o‘g‘il-qiz, ota-ona, aka-uka.
Bundan tashqari, boshqa turkumga mansub so‘zlar juftlashib, otga ko‘chishi ham mumkin. Bunday juft so‘zlar quyidagi turkumlarga doir so‘zlarning ma’no ko‘chishi asosida yuzaga keladi: issiq-sovuq, oq-qora, kam-ko‘st sifatdan; kam-ko‘st, kam-ko‘p ravishdan; yurish-turish, yeyish-ichish, yozuv-chizuv, keldi-ketdi, bordi-keldi, ur-yiqit fe’ldan; adi-badi, qiy-chuv kabi taqlid so‘zlardan.
4-§. Takroriy otlar. Bir xil grammatik shakldagi so‘zlarni aynan
takrorlash orqali leksik-grammatik jihatdan bir butunlikni tashkil qiluv-chi otlar takroriy otlar deyiladi. Takroriy otlar ko‘plik va umumlash-tirish, ma’no kuchaytirish kabi leksik-grammatik maqsadlarni ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan: Xo‘jalikning bu yilgi daromadi yaxshi. Ombor-ombor g‘alla, xirmon-xirmon paxta yetishtirib mo‘l hosil to‘plandi. Og‘riq tobora zo‘rayib, uning suyak-suyagigacha zirqiratardi.
Takroriy otlarning maxsus takror turi ham mavjud bo‘lib, bu turdagi takror otlar mustaqil so‘z va uning fonetik soyasi qolipida tuziladi hamda gumon, umumlashtirish, jamlash kabi qo‘shimcha ma’nolarni yuzaga keltiradi: ovqat-povqat, ilon-milon, non-pon, chang-chung, choy-poy, qand-qurs.
5-§. Qisqartma otlar. Murakkab so‘z birikmalarini turli usullar yordamida qisqartirish orqali yasalgan otlardir. Qisqartma otlar nutqning ixchamligini ta’minlovchi muhim vositalardan biridir. Masalan: BMT, OAK(Oliy Attestatsiya komissiyasi), O‘zteleradio kompaniyasi, O‘z-dunrobita. Qisqartma so‘zlarning ba’zilari tilimizda aynan o‘zlashtiril-gan holda ishlatiladi: YUNESKO, NATO, Koskom kabilar shular jumlasidandir.
Ot — mustaqil soʻz turkumlaridan biri. U boshqa turkumlardan bir necha belgi — xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) ot yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suhbatdosh, paxtakor, bogʻbon, oshpaz, Mirzachoʻl; b) son-miqdorni bildirish xususiyatiga ega: bola — bolalar, daftar—daftarlar; v) egalik koʻrsatkichiga ega: otam, otang, otasi — otamiz, otangiz, otalari; g) kelishik shakllari bilan oʻzgaradi; maktab, maktabning, maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan; d) gapda barcha gap boʻlaklari vazifasida keladi.
Aniq, predmetlarni yoki predmet sifatida tasavvur qilinadigan tushunchalarni ifodalaydigan otlar maʼnosiga koʻra, atoqli va turdosh otlarga boʻli-nadi. Bir xildagi predmet yoki hodisaning birini ajratib koʻrsatuvchi otlar atoqli otlar sanaladi: Rustam, Olimjon, Jomboy, Mars, Venera, Boychibor kabilar. Bir jinsdagi predmetlarning umumiy nomi turdosh otlardir: gul, daraxt, qalam, daftar kabi.
Ot turkumi 3 xil grammatik kategoriyaga ega: 1) son kategoriyasi; 2) egalik kategoriyasi; 3) kelishik kategoriyasi.
Otning funksional shakllari mavjud boʻlib, ular maʼlum bir qoʻshimcha grammatik maʼno ifodalash, otlarning kategorial shakllariga xos boʻlmagan biror sintaktik vazifasiga moslashish uchun xizmat qiladi. Otga xos funksional shaklning yasalishga koʻra 3 tipi mavjud: 1) sintetik shakl; 2) analitik shakl; 3) juft va takror shakl. Otning sintetik funksional shakllari oʻz maʼno va vazifalariga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: a) kichraytish shakli (baliqcha, yigitcha, kelinchak); b) erkalash shakli (opajon, boʻtaloq, qizaloq); v) hurmat shakli (onajon, opajon, dadamlar, akamlar, oyimlar); g) qarashlilik shakli (akamniki, maktabniki);. d) oʻrin belgisi (osmondagi, qirdagi, qishloqdagi); e) chegara shakli (uygacha, toqqacha, boqqacha); j) oʻxshatish shakli (Ozodday — Ozod kabi, sizlarday — sizlar singari). Otning analitik shakli koʻmakchi yordamida hosil boʻladi: qalam bilan (da), otam uchun (-ga) kabi. Otning juft shakli umumlashtirish, jamlik maʼnolarini ifodalaydi: qozon-tovoq, qovuntarvuz. Otning takroriy shakli koʻplik maʼno-sini ifodalaydi: qatra-qatra yosh, ombor-ombor gʻalla.
Otlarning yasalishi natijasida yasama otlar paydo boʻladi. Yasama otlar affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yoʻllari bilan yasaladi. Affiksatsiya ot yasashdagi eng mahsuldor usul boʻlib, uning yordamida shaxs otlari (boʻyoqchi, ishchi, maktabdosh, zargar, sholikor, saroybon, chorvador, tilshunos, etikdoʻz, oshpaz, aravakash, kaptarboz, kitobxon); narsa-qurol otlari (ochqich, oʻsma, toʻplam, kurak, qirindi, ekin, kekirdak, suyunchi, tuzdon); oʻrin-joy otlari (bodomzor, Oʻzbekiston, qarorgoh, ishxona, oʻtloq, Paxtaobod); mavhum maʼnoli otlar (yaxshilik, paxtachilik, ishonch, yig'ilish, radiolashtirish, odamgarchilik).
Kompozitsiya usuli bilan ot yasashda qoʻshma otlar vujudga keladi: bilaguzuk, achchiqtosh, uchburchak, kungaboqar, olibsotar, ishlab chiqarish.
Abbreviatsiya usuli bilan ot yasalganda, qisqartma otlar hosil qilinadi: BMT, SamDU, OʻzME kabi.
Otlar gapda ega, toʻldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi, hol vazifalarida keladi. Ammo oʻrni bilan sifatlovchi, izohlovchi, kesim yoki atov, vokativ ran boʻlib kelishi ham mumkin.

ADABIYOTLAR



М.Мирзаев, С.Усмонов, И.Расулов Узбек тили. Т., «Укитувчи» 1978.
Ш. Шоабдурахмонов, М.Аскарова, А.Хожиев, И.Расулов, , Х.Дониёров Хозирги њзбек адабий тили. Т., «Укитувчи» 1980.
М.Ирскулов Тилшуносликка кириш. Т., «Укитувчи» 1992.
А.Баскаков, А. Содиков, А.Абдуазизов Умумий тилшунослик. Т., «Укитувчи» 1981.
Х.Неъматов, О.Бозоров Тил ва нутк. Т., «Укитувчи» 1993.
У.Турсунов, Ж.Мухторов, Ш.Рахматуллаев Хозирги њзбек адабий тили.. 1-кисм. Т., «Укитувчи» 1979.
N. Turniyozov A.Rahimov O‘zbek tili (ma’ruzalar matni)
www.ziyonet.uz
Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish