6-sinf sifat so’z turkumi
Do’mbirachi qadimiy qozoq hayotidan dostonlar kuylamoqda. Yasama sifatni toping.
Do’mbirachi
Qadimiy
Qozoq
Kuylamoqda
Qaysi sifat yasovchi qo’shimchalar bilan sifat yasalganda asosda tovush o’zgarishi bo’ladi?
–li, -siz, -chan
no-, be-, -mand
–q, -qi
–gi, -gir, -dor
Predmetning xususiyatini bildiruvchi sifatlar qaysi javobda berilgan?
Shirin, acchiq, nordon
Novcha, og’ir, kata
Kamtar, xushfe’l, sho’x
Devoriy, tonggi, xushbo’y
Fe’ldan sifat yasovchi qo’shimchalar qaysi qatorda berilgan?
–gi, -ki, -qi, -iy, -viy, -chan
–siz, -simon, ser-, ba-, be-
–dosh, -kor, -kash, -chi, -gar
–choq, chak, -gir, -kir, -q, -qi
Tub sifatlar qatorini toping
Suvli, yuzaki, badavlat
Kattaroq, og’irgina, oqimtir
Dumaloq, achchiq, oyday
Tushki, toshsimon, haftalik
Yarimavtomat so’zi qaysi so’z turkumi?
Ot
Sifat
ravish
taqlid
Qarama-qarshi ma’noli so’zlardan yasalgan juft sifatlarni toping.
Erka-arzanda, boy-badavlat, sog’-salomat
O’ydim-chuqur, och-nahor, shaldir-shuldir
Kuydi-pishdi, uzuq-yuluq, ola-chipor
Maza-bemaza, kata-kichik, oq-qora
Fe’ldan yasalgan sifatlarni toping.
Tarqoq fikr, sovuq havo
Qochiriqli gaplar, tinchi buzildi
Harakatchan yoshlar, kulgili voqea
Ochko’z tulki, xalqaro ahvol
Ot va sifat yasovchi sifatida shakldoshlik hosil qiladigan qo’shimchalarni aniqlang.
1)-oq, 2)-ki, 3)-iq, 4)-lik, 5)-siz, 6)-xon, 7)-qin
a) 1, 2, 3, 4, 7
b) 1, 2, 4, 7
c) 1, 2, 3, 4, 6, 7
d) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
10. Yomon bilan yo’ldosh bo’lsang, yomondan burun o’lasan. Yaxshi bilan sirdosh bo’lsang, yaxshilik bilan unasan. Ushbu maqolda nechta sifat otlashib kelgan?
a) 1 ta b) 2 ta c) 3 ta d) 4 ta
11. Sifat+ot ko’rinishidagi qo’shma sifatlarni belgilang.
a) sovuqqon, balandparvoz
b) kamgap, kamquvvat
c) tezoqar,
ertapishar
d) dunyoqarash, toshbag’ir
12. Qaysi qatorda shaxs oti yasovchi qo’shimchalar bilan birga sifat yasovchi omonimlik hosil qilgan?
a) zargar – ishvagar b) yoshlik – sirdaryolik c) tepki – dastlabki d) bosqin – sotqin
13. Qaysi gapda juft sifatlar yasama so’z + yasama so’z shaklida tuzilgan?
a) U paytda qing’ir – qiyshiq ko’chalar ko’p bo’lgan
b) Kasbning kata – kichigi bo’lmaydi
c) U yoshligidan ota – onasiz kata bo’lgan
d) Menga o’xshash esli – hushli yigitga zoriqib o’tirgan ekan
14. Go’zallikdan ezgulik yaxshiroqdir. Gapda sifat qaysi gap bo’lagi vazifasida kelgan?
a) aniqlovchi b) ega c) kesim d) to’ldiruvchi
15. Orttirma darajadagi sifatlar berilgan qatorni toping.
a) ular yolg’izoyoq yo’ldan nihoyatda sekin borishardi
b) Quvvatsizlikdan juda tez charchab qolardi
c) Dunyoda eng orzumand xalq o’zbek bo’lsa ajabmas
d) Barcha javoblar to’g’ri
16. Yozgi harakat – kuzgi barakat. Gapida sifatlarning ma’no turini toping.
a)
makon-zamon sifatlari
b) hajm-o’lchov sifatlari
c) xususiyat sifatlari
d) rang-tus sifatlari
17. Hajm-o’lchov bildiruvchi sifatlarni toping.
a) xushro’y, qizil, sariq
b) egri, qiyshiq, to’g’ri
c) keng, tor, og’ir, yengil
d) mazali,
sermazmun, aqlli
18. Yasama sifatlarni toping.
a) serunum, suvsiz, ilmiy
b) chuqur, qari, jiddiy
c) sayoz, sovuq, baland
d) shirin, suluv, xushro’y
19. Keng, ulug’vor sahrolar ufqdan ufqqa tutashgan. Quyidagi gapdagi yasama sifatni toping.
a) keng b) ulug’vor c) ufqdan ufqqa d) keng, ulug’vor
20. Hunarli o’lmas, hunarsiz kun ko’rmas. Otlashgan sifatlar nechta?
a) 2 ta b) 1 ta c) 3 ta d) otlashmagan sifat
21. sharsimon, ko’chma, toshkentlik so’zlari asliy sifatmi yoki nisbiy sifatmi?
a) asliy
b)
nisbiy
c) ham asliy, ham nisbiy
d) sifat so’z turkumi emas
22. Ayniqsa, Nasriddin Afandining quvnoq sarguzashtlari bilan tanishish uning tabiatiga xos hajviy mayllarga turtki beradi.
a) 3 ta b) 2 ta c) 1 ta d) 4 ta
23. Quyidagi sifatlardan qaysilari makon-zamon sifatlari guruhiga kiradi?
1) uzun 2) keng 3) baland 4) yozgi 5) xursand 6) kamtar 7) bulturgi 8) bahaybat 9) no’noq 10) notanish 11) kechki
a) 5, 8, 9, 10
b) 1, 2, 3, 8
c) 4, 7, 11
d) 3, 4, 7, 11
24. Qaysi so’zlar sifatga mansub.
a) teshik, tuzoq, o’roq
b) qo’rqoq, yumuq, siniq
c) kichik, siniq, yutuq
d) kurak, sochiq, yumuq
25. Qaysi javobda xoslikni bildiruvchi qo’shimcha yordamida yasalgan sifat berilgan?
a) Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qo’shilib turmasa, uning oqimi jo’shqin bo’la olmaydi.
b) Kechki payt hujrada Boburning yolg’iz o’zi o’tirar edi.
c) Dastlabki kunlar yo’l unchalik mashaqqatli bo’lmadi
d) Tashqi ishlar vazirligi bayonet berdi.