Urganch Davlat Universiteti
Filologiya tillarini o’qitish o’zbek tili
194 guruh (sirtqi) talabasi
Axmedova Maqsudaning
“O’zbek adabiyoti tarixi” fanidan
“Sakkokiy - qasidanavis”mavzusi bo’yicha yozgan
KURS ISHI
REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM
Qasida va uning tarkibiy tuzilishi
An’anaviy qasidachilik . Sakkokiy ijodi.
Zamonaviy va an’anaviy qasidachilik qiyosi . Komil Xoraziy ijodi.
Xulosa
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
KIRISH
Muammoning dolzarbligi: Adabiy merosimiz sermazmun va badiiy rang - barangligi bilan asrlar davomida o`z badiiy qadr - qimmatini saqlab kelmoqda. Shuningdek, mana shu adabiy merosimiz namunalari mutaxasislar tomonidan imkoniyat darajasida o`rganilmoqda. Zotan, tarix – xalq ma`naviyatining asosidir.1
O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligini qo`lga kiritgach, har bir sohaga shu jumladan, adabiyotga ham alohida e`tabor qaratildi. Shu aytgan fikrlarimizning dalili sifatida birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning “Ma’naviyat o`z xalqining tarixini, uning madaniyatini chuqur bilish va tushunib yetishga suyanadigan qudratli kuchga aylanadi”, - deya ta`kidlagan fikrlarini aytishimiz mumkin.2
Mumtoz adabiy me`rosimizni, adabiyotshunos olimlar ta`kidlaganidek, davrdan uzoqlashganligimiz sari uni tushunish murakkablashadi. Shu bois tarixdan uzoqlashmagan holda insonni tarbiyalab borish haqida yurtboshimizning quyidagi fikrlarini bayon qilmoqchimiz: Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqorolik ongini shakllantirmoqda. Shuningdek, axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda.3
“Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy , axloqiy, ilmiy qarashlari o‘zida mujassam etgan nodir qo‘lyozmalarini jiddiy o‘rganish payti keldi. Chunki, o‘zingizga ma’lumki, sho‘rolar zamonida tarixiy haqiqatni bilishga intilish rag‘batlantirilmas edi, hukmron mafkuraga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko‘zidan iloji boricha yiroq saqlanar edi”
“Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Biz milliy tiklanishdan- milliy yuksalishga erishishni o‘z oldimizga eng muhim va ustuvor vazifa qilib qo‘ydik. Bu ulug‘ maqsadga erishishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Bu ulug‘ maqsadga esa jahon ahli bilan hamjihat va hamkor bo‘lib yashash, ochiq demokratik jamiyat qurish, hayotimizda milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada keng qaror toptirish orqaligina erishish mumkinligini biz yaxshi anglaymiz.
Ayni shu nuqtai nazardan qaraganda, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘pqirrali va mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kelgusi vazifalarimizni belgilab olish, o‘ylaymanki, katta ahamiyatga ega. 4
Do'stlaringiz bilan baham: |