Turkistondan Rossiyaga oziq-ovqat mahsulotlari va moddiy boyliklarning tashib ketilishi
Dahshatli ocharchilik va og’ir iqtisodiy inqirozni boshidan kechirayotgan Turkiston o’l-kasidan Rossiya markaziga eng avvalo oziq-ovqat mah-sulotlarini olib chiqib ketish
tobora kuchaydi. Arxiv huijatlarining dalolat berishicha, 1920-yilda tashib ketilayotgan g’alla mahsulotlari va boshqa oziq-ovqat turlarining miqdori 4,5 marta ko’pay-gan. Boshqa bir hujjatda yozilishicha, «1921—1922-yil-larda Turkistondan Rossiyaga 4.400.000 pud g’alla jo'natilgan». o’sha paytda don yetishtirishga ixtisoslash-magan Turkiston qishloq xo’jaligi uchun bu katta miq-dordagi hosil hisoblangan. Chunki, Turkiston chorizm tomonidan bosib olingach, o’lkadagi bug’doyzorlar hiso-bidan paxta ekiladigan maydonlar kengaytirilgan bo’lib, g’alla Rossiyaning markaziy guberniyalaridan bu yerga tashib kelinardi. Ma'lumki, Turkistonda bolsheviklar hokimiyat tepasiga kelgach, Rossiyadagi fuqarolar urushi natijasida o’lkaga g’alla keltirish deyarli to’xtab qolgan edi.
1920-yil boshlariga kelganda g’alla monopoliyasi siyosati bir qadar yumshatildi. Oziq-ovqat razvyorstkasi ko’rinishidagi monopoliyani faqat ko’chirib keltirilgan krestyanlar yashaydigan rayonlarda o’tkazishga qaror qilindi. Mahalliy aholi yashaydigan joylarda natura solig’i joriy qilindi. Biroq oziq-ovqat tayyorlashdagi ta-baqalashtirilgan bunday yondashuv uzoq saqlanib qol-madi. Turkkomissiya a'zolari V.Kuybishev va F.Golosh-chyokinning tazyiqi bilan 1920-yil avgustda butun Turkiston respublikasi hududida oziq-ovqat taqsimoti (prodrazvyorstka) ni joriy etish to’g’risida qaror qabul qilindi. Oziq-ovqat razvyorstkasi aholini ochiqdan-ochiq talashga aylanib, ijtimoiy keskinlikni kuchaytirib yubordi. Oziq-ovqat to’plovchi otryadlar mahalliy xalqni qon qaqshatib, uning so’nggi burda nonini ham tortib olishar edi. Turkiston respublikasidagi oziq-ovqat to’plovchi otryadlar faqat 1920—21-xo'jalik yilida mahalliy aholi qo’lidan 9.708.703 pud g’alla, 6.358.144 pud yem-xa-shak, 1.606.210 pud go’sht va boshqa mahsulotlarni tor-tib olishdi. Tortib olingan oziq-ovqat mahsulotlari Rossiyaga jo’natilar edi. Shunday qilib, Turkistonda g’alla monopoliyasi va oziq-ovqat razvyorstkasi natijasida mahalliy aholi qo’-lidan:
1) 1918—19-yillarda zo’ravonlik va nomigagina tovar ayirboshlash yo’li bilan 4.500.000 pud;
2) 1919—20-yillarda tovar monopoliyasi va tovar ayriboshlash yo’li bilan 5.250.000 pud;
3) 1920—21-yillarda oziq-ovqat razvyorstkasi hiso-bidan 9.700.000 pud;
4) 1921—22-yillarda oziq-ovqat solig’i hisobidan 4.000.000 pud g’alla tortib olindi.
Xalq ocharchilikdan qirilayotgan bir mahalda Turkistondagi ayrim oziq-ovqat zaxiralari bolsheviklar tomonidan frontda harbiy maqsadlar uchun foydalanildi. Masalan, 1919-yilning birinchi yarmida faqat Zakaspiy frontida 198 sisterna o’simlik yog’i va 305 sistema neft yonilg’i sifatida ishlatildi. Turkiston temir yo’llaridagi parovozlarda 53 sistema o’simlik yog’i va 223 sisterna neft yoqildi. Ayrim zavod va korxonalarda 118 sistema o’simlik yog’i va 156 sisterna neft ham yoqib yuborildi. Bu davrda aholi ehtiyojlari uchun atigi 63 sisterna o’sim-lik yog’i ajratildi.
Turkiston Xalq Xo’jaligi Markaziy Kengashi (XXMK)ning nashri bo’lgan «Turkiston xalq xo'jaligi» jurnalida o’simlik yog’ining frontda ishlatilishi to’g’risi-da quyidagicha yozilgan edi: «1920-yil fevral oyiga kelib, 600.000 pud o’simlik porovozlarda yonilg’i sifatida ish-latilgan». Ko’mir va o’tin yo’qligidan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ham (Turkistonda yuz minglab odamlar ocharchilikdan qirilayotgan bir paytda) yoqilg’i sifatida ishlatilar edi. Orol dengizi uchastkasida parovozlar quri-tilgan baliq yoqib yurgizilgan. Shuningdek, parovozlarga kunjara yoqishga urinib ko’rilgan. Eng dahshatli hodisa shundan iboratki, hamma narsani qurbon qilish evaziga yetishtirilgan paxta ham yoqilg’i sifatida ishlatilgan.
Turkistondagi og’ir iqtisodiy ahvol respublikada boshlangan ocharchilikni nihoyatda kuchaytirib yubordi. Qishloqlarda nonsiz va yersiz qolgan dehqonlar, shahar-da yashovchi hunarmand va ziyolilar, mahalliy aholiga mansub yuz minglab kishilar dahshatli ocharchilikning qurboni bo’lishdi. o’lkadagi bolshevistik rejim, xalq ocharchilikdan qirilayotgan bir paytda Markaziy Ros-siyaga g’alla va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yuzlab eshelonlarda jo’natish bilan cheklanmasdan, balki o’sim-lik yog’i, quritilgan baliq, bug’doy kabi tansiq mahsulot-lardan parovozlami yuritishda yoqilg’i sifatida foydalan-di, ularni frontda harbiy maqsadlarda ishlatdi.
Sovet rejimi davrida keyinchalik ham bir necha marta ocharchilik yuz berdi. 30-yillarning boshida Markaziy Rossiya, Volga bo’ylari va Qozog’istonda ocharchilik ayniqsa dahshatli bo’ldi. 1932—1933-yillarda ocharchilik O’zbekiston SSRga ham o’z ta'sirini ko’rsatdi. Parijda chiqadigan «Yosh Turkiston» jurnalining yozishicha, o’sha kunlarda respublika poytaxti Toshkent ko’chalari-da ocharchilik natijasida o’lgan odamlarning jasadlarini uchratish mumkin edi. Ularning aksariyati qo’shni respublikalardan non qidirib, Toshkentga kelishgan edi. Afsuski, bu paytga kelib non shahri — Toshkentning o’zida ham non qolmagan edi...
Do'stlaringiz bilan baham: |