Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan



Download 1,75 Mb.
bet36/207
Sana11.01.2017
Hajmi1,75 Mb.
#161
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   207
Savol va topshiriqlar

1. Turkistonda ocharchilik qanday kelib chiqdi? 2. Bolshevistik rejim ocharchilikni nima uchun kuchaytirdi? 3. Turkistondan qanday moddiy boyliklar Rossiyaga tashib ketilgan?

4. Ocharchilikning oqibatlari qay tarzda yaqqol ko’rindi? 5. Ocharchilik nima uchun yuzaga kelganini asoslab bering.

11-§. TURKISTONDA SOVET MUSTABID TUZUMIGA QARSHI QUROLLI HARAKAT

Reja:

1.Farg'ona vodiysidagi sovet hokimiyatiga qar-shi qurolli harakat, uning maqsadlari va mohiyati

2.Harakatning Turkistonga ta’siri

3.Zulm va istibdodga qarshi olib borilgan janglar.

Turkistonda sovet hokimiyati va bolshevikcha rejimga qar-shi harakat 1918-yil fevral oyining so’ngi o’n kunligida boshlandi. Dastlabki guruh-larning tuzilishi Qo’qon atrofidagi Bachqir qishlog’ida boshlangan. Farg’ona vohasida bu davrda 3 yirik qurolli guruhlar sovetlarga qarshi kurash olib borgan. Ulardan eng yirigi Marg’ilonda, militsiyaning sobiq boshlig’i Muhammad Aminbek Ahmadbek o’g’li - Madaminbek (1892-1920) edi. «O'z oldiga sovet hokimiyatini ag’darish va Farg’ona muxtoriyatini tiklash vazifasini qo’ygan Madaminbek

ustomon siyosatchi va uddaburon tashkilotchi fazilatlariga ega edi», deb tan olinadi 1918-yilga oid arxiv

hujjatlarning birida. Farg’ona vodiysida 1918-yilning o’rtalariga kelib taxminan yuzga yaqin guruhlar

qizil armiya qismlariga qarshi kurash olib bordilar. Bu guruhlarda 15000 yigit bor edi. Bu harakat Qo’qon fojialaridan keyin boshlangan bo’lishiga qaramay, uning ildizlari chor Rossiyasi tomonidan Turkiston bosib

olingan XIX asrning 60—70-yillariga borib taqaladi. 1918-yil fevralida Turkiston xalqlarining milliy hukumati yo’q qilinganida ularning milliy g’ururi ham yanchilgan edi. Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi harakat vujudga kelishining bosh sababi sovet hokimiyatining o’lkada yuritgan mustamlakachilik siyosati va bolshe-viklar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki sotsialistik tadbirlar, korxonalarning davlat ixtiyoriga o’tkazilishi, xususiy mulkning bekor qilinishi, oziq-ovqat razvyorst-kasi va g’alla monopoliyasi, masjid, xususiy maktab va qozixonalarning bekitilishi bo’ldi. Vaqf yerlarining tugatilishi, majburiy mehnatning joriy qilinishi hamda qizil armiya jangchilarining talonchilik va bosqinchilik-lari harakatga alohida keskinlik va ko’lam bag’ishladi, uning tobora kengayishi va rivojlanishiga olib keldi. U goh kuchayib, goh pasayib turishiga, unda ishtirok etganlarning tarkibi almashib turganligi va ikkilamchi manfaatlar o’zgarib turishiga, obyektiv va sub'ektiv omil-lar kuchlar muvozanatiga turlicha ta'sir qilganiga qara-may, harakatning asosiy maqsadi Turkiston mustaqilligi bo’lib qolaverdi.

Madaminbek Farg’ona fronti qo’shinlari qo’mondoni M.Safonov nomiga yo’llagan maktubida (1919-yil 11-mart) ular qanday maqsad yo’lida kurashayotganliklari-ni, bu harakatning mohiyati va «bosmachi» deb kimni aytish lozimligini yaqqol ko’rsatib berdi. Harakatning mohiyatini sovet qo’mondonligi vakil-lari ham e'tirof etishga majbur bo’ldilar. Turkiston fron-tining qo’mondoni Frunze: «Bosmachilikka qarshi kurash tamoman yangi, ayrim xususiyati bo’lgan, o’ziga xos dushman bilan kurash demakdir», deb yozgan edi. Turkiston XKS raisi Qayg’usiz Otaboyev Turkiston siyosiy muhitiga ta'siri MIK 4-plenumida (1922-yiliyul) quyidagi haqiqatni oshkora ta'kidlashdan cho’chimadi: «...dastlabki davrlarda bosmachilik ruhida bo’lgan bu harakat endilikda siyosiy mazmun kasb etdi. Shuni ta'kidlash lozimki, 1919— 1920-yillarga kelib Farg’onada qaroqchilik, bosmachilik emas, balki o’ziga xos xalq qo’zg’oloni vujudga keldi. Biz to’rt yil davomida bu harakatga hatto to’g’ri baho berishni ham bilmadik, u xalq qo’zg’oloni bo’lgani holda bosmachilik deb atadik».Asosiy harakatlanuvchi kuch dehqonlar, chorikorlar,mardikorlar, hunarmandlar edi. Turkiston respublikasi rahbarlaridan Turor Risqulovning e'tiroficha, harakatga «asosan dehqonlar va hunarmandlar kelib qo'shilardi». Ularning milliy tarkibi asosan tub joy aholisi — O’zbek, tojik, qirg’iz, qozoq, turkman, qoraqalpoq va uyg’urlar-dan iborat edi.

Sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatni tashkiliy jihatdan uyushtirishda Farg’ona vodiysi, Buxoro va Xorazmdagi guruh rahbarlarining mazkur davrda bo’lib o’tgan o’ttizdan ortiq qurultoylarining ahamiyati katta bo’lgan. Ularda rahbarlar saylangan, yagona qo’mon-donlik ostiga birlashtiriigan. Ammo bunga doim ham amal qilinmas edi.

Turkiston ziyolilari va taraqqiyparvarlari — naman-ganlik Nosirxon to’ra Said Kamolxon to’ra o’g’li, toshkentlik muftiy Sadriddinxon Maxsum Sharifxo’ja qozi o’g’li, Turkiston MIK raisining sobiq o’rinbosari To’raqul Jonuzoqov, asli boshqirdistonlik Ahmad Zaki Validiy va boshqalar bu harakatni qo’llab-quvvatladilar.Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati 1919-yil yozi-olib borilgan janglar ning oxiri va kuzida o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiq-di.- Madaminbek boshchiligidagi qo’shinlar safiga Jalolobodda turgan ras krestyanlar armiyasining qo’shilishi vodiyda sovet hokimiyatini ag’darish uchun real kuch edi. Sentabr oyining dastlabki kunlarida Madaminbek lashkarlari Jalolobod va o’sh shaharlarini egallashdi. Ular 13-sentabrda Eski Marg’ilon shahrini qizil bosqinchilardan ozod qildilar. Shu bilan birga vodiydagi eng yirik strate-gik shahar — Andijonni qamal qilishga kirishdilar. Madaminbek boshchiligidagi qo’shinning hujumi Farg’ona vodiysini larzaga keltirdi. 1919-yil 22-oktabrda Pomirning Ergashtom ovulida bo’lgan anjumanda Madaminbek boshchiligidagi Farg’ona muvaqqat mux-toriyat hukumati tuzildi. Hukumat tarkibiga 16 yerli aholi va 8 rus vakili kiritildi. Madaminbek hukumat boshlig’i bo’lish bilan birga, Oliy Bosh qo’mondon ham etib tayinlandi.

1919-yilning kech kuziga kelib Madaminbek qo'l ostida 30000 ga yaqin yigit qizil armiyaga qarshi istiqlol janglarini olib bordilar. Madaminbek siymosida sarkardalik, davlat va siyosat arbobiga xos sifatlar uyg’unlashgan edi. U vodiydagi sovet hokimiyati organlariga muqobil ravishda o’z siyosiy boshqaruv usulini joriy qildi. «U bizning rahbarlik faoli-yatimizda yo'1 qo’yilgan xato va kamchiliklarimizdan ustalik bilan foydalanardi. Uning «boshqaruv apparati», o’zining tribunali, o’zining «genshtabi» bo’lgan; u qonunlar chiqargan», deb e'tirof etadi Madaminbekka qarshi kurashgan dushmanlardan biri — qizil komissar Gramatovich.

Tarixchi Ra'no Rajabovaning yozishicha, qizil ar-miya qo’mondonligi, bolsheviklar bu kurashda jiddiy yutuqlarni qo’lga kirita olmaganliklari oqibatida Farg’ona vodiysining tinch aholisidan vahshiylarcha o’ch ola boshladi. Chunonchi, 1918-yilda qizil askarlar va dashnoqlar Chustda 1500 kishini qatl qildilar. 1918-yil oxiri — 1919-yil boshida bu kuchlar Bozorqo’rg’on, Qo’qon-qishloq, So’zoq qishloqlariga bosqinchilik hujumlari uyushtirib, dehqonlarni qirg’in qildilar, mol-mulklarini taladilar, qishloqlarga o’t qo’ydilar.

1919-yil bahorida rus krestyanlari sovet hokimiyati siyosati, tinch aholining qirg’in qilinishidan norozi bo’lib, krestyanlarning Monstrov qo’mondonligi ostidagi armiyasi Madaminbek lashkarlari bilan qo’shildi. Qizil armiyaga qarshi janglar olib bordi.Farg’ona vodiysiga bolsheviklar tomonidan qo’shim-cha kuchlarning tashlanishi natijasida 1920-yil yanvar oyining o’rtalariga kelib jangovar tashabbus qizil armiya qo’liga o’tdi. Katta Ergash qo’rboshining qo’shini mag’-lubiyatga uchragach (u 1921-yil dekabrda Xonoboddagi qarorgohida qizil askarlar bilan bo’lgan jangda o’ldirildi), Shermuhammadbek asosiy kuchlarini olib Oloy vohasiga chekindi. Madaminbek vaqtdan yutish uchun Farg’ona fronti qo’shinlari qo’mondonligiga yarash muzokaralari boshlashni taklif qildi. Natijada Madaminbek bilan 2-Turkiston o’qchi diviziyasining boshlig’i Veryovkin-Roxalskiy o’rtasida 1920-yil 6-martda Farg’ona shahrida yarash bitimi imzolandi.Shuni aytish kerakki, ko’pincha guruh boshliqlari o’zaro kelisholmasdi, ular orasida jipslik, hamjihatlik yo’q edi. Shuning uchun ham bu harakat mag’lubiyatga uchradi. Bir-birini qo’llab-quvvatlash o’rniga qo’rboshi-lar raqobatchilik psixologiyasidan chiqa olmadilar. Shu sababga ko’ra Madaminbek qon to’kishni to’xtatish maqsadida muzokaralar olib borish uchun qo’rboshilar bilan uchrashganda Shermuhammadbekning roziligi bilan Xolxo’ja eshon 1920-yil 14-mayda Qorovul qish-log’ida uni xiyonatkorona o’ldirdi. Madaminbek o’rtadan ko’tarilgach, ertasigayoq bolsheviklar qurolli harakatlarni kengaytirdilar. Ammo Turkiston xalqlarining sovetlarga qarshi janglari 1920-yilda va undan keyin ham davom etdi. Farg’ona vodiysi va Samarqand viloyatidagi kurash-lar bilan bir qatorda, endilikda Buxoro va Xorazmda ham bosqinchi qizil armiyaga qarshi kurash boshlandi.

Turkistondagi harakat 1920-yilning yozi va kuzida o’zining yangi bosqichiga kirdi. Kurash yana ham shafqatsiz va murosasiz tus oldi. Turkiston MIK raisi Inomjon Xidiraliyevning keyinchalik yozishicha, «1920-yil sentabrda bosmachilarning soni 70000 kishiga yetdi va kuchli vahima uyg’otdi...».

Turkistondagj sovet hokimiyatiga qarshi harakatning 1921—1922-yillarda qaytadan ko’tarilishi va avj olishiga sovet hokimiyati tomonidan yuritilgan o’ziga xos mustamlakachilik siyosati, tinch aholining ommaviy ravish-da qirg’in qilinishi jiddiy sabab bo’ldi.1921-yil 13-sentabrda Farg’ona vodiysida favqulodda holat e'lon qilindi. 1921-yil noyabrda Farg’ona vilo-yatida harbiy diktatura o’rnatildi va Turkfront harbiy inqilobiy kengashi a'zosi P.Baranov Farg’ona viloyati-ning harbiy boshlig’i qilib tayinlandi.

Turkkomissiya, keyinchalik Turkbyuro qizil qo’shin-lar harakatini boshqarib, Markazga hisobot berib turdi-lar. Markaz harakat boshliqlariga nisbatan shafqatsiz jazo choralari qo’llash lozimligini qafiy talab qildi.

Shermuhammadbek boshchiligida tuzilgan Turkiston muvaqqat hukumati 1922-yil oxirida tarqalib ketdi. Uning o’zi qator janglardan keyin 1922-yil dekabr oyining so’nggi kunlarida Buxoro respublikasi hududiga,1923-yil bahorida esa Afg’oniston davlatiga o’tib ketdi. Farg’ona vodiysida 1923—1924-yillarda kurashchilarning kichik-kichik guruhlari jang harakatlarini olib bordilar. Farg’onada ularning soni 1923-yilda 350—400 atrofida edi. Lekin ular kurashning mazkur bosqichida turli sabab va mahalliy shart-sharoitlar natijasida doim ham bir-birlari bilan kelishib ish ko’rmadilar.Bu harakat sovet totalitar tuzumi O’zbek xalqiga va butun Turkiston xalqlariga o’tkazgan zulmi, istibdodiga qarshi qaratilgan edi. Shuning uchun ham biz uni mil-liy-ozodlik harakati deb baholaymiz.

Lekin uning rahbarlari hammasi ham progressiv fikr yurituvchi bo’lgan deyish mumkin emas. Ayrimlari (masalan, Madaminbek) dunyoviy taraqqiyotga intilgan davlat qurmoqchi bo’lsa, boshqalari (masalan, Ibrohim-bek) Buxoroga amir hokimiyatini qaytarish tarafdori edi. Ularning ayrimlari dunyoqarashlari tor, bir-biridan ustun bo’lishni xohlar edilar. Shuning uchun ham ular orasida jipslik, hamjihatlik yo’q edi. Shu bilan birga sovet hokimiyati zo’ravonlik usuli bilan xalqni o’ziga og’dirolmaganligini tushunib, ayrim islohotlarga yo'l ochib berdi. Masalan, yangi iqtisodiy siyosatning (YalS — H3II) kiritilishi, vaqflarning qay-tarilishi, eski maktablarning qaytadan ochilishi urushlar-dan charchagan xalqni chalg’itdi. Ammo bu islohotlar vaqtincha nayranglar bo’lganligi qurolli harakat tugati-lishidan keyin ayon bo’ldi va ular yo’qqa chiqarildi.

Ammo shubhasiz, sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatni xalq qo’llab-quvvatladi va uning tarixi bolshevizm mafkurasining Turkiston xalqlari turmush tarziga zidligini ko’rsatib beradi.




Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish