1920-yil sentabr oyi boshida Buxoro Xalq respubukasi» tuzilganini e'lon qildi.
Hukumat, boshqa hokimiyat organlari tashkil etildi. 6-sentabrda ma'muriy tuzilish viloyat, tuman, kent va qishloqlardan iborat bo’lishi belgilandi. 27 beklik o’rniga respublika 15 viloyatga bo’lindi. Quyi hokimiyat bo’g’ini oqsoqolliklar bo’lgan. BXSR rasman mustaqil deb e'lon qilingan bo’lsa ham amalda Rossiyaga qaram edi. Respublikada yetishtirilgan paxta, ipak, qorako'1 teri va boshqa xom ashyo mahsulotlarini faqat Rossiyaga sotish mumkin edi. Chet ellarga mahsulot chiqarish huquqidan mahrum qilindi. BXSR o’z milliy armiyasiga, valyutasiga ega bo’lsada, ulardan mustaqil ravishda foydalanish imkoniyatlari cheklangan edi.
Oldingi ma'murlar (beklar, qozilar, boshqa amaldorlar) hokimiyatdan chetlashtirildilar, ulardan ko’p qismi hibsga olindi, hatto otib tashlandi. Ba'zi mulozimlar respublika tartibini tan olish sharti bilan yangi hokimiyat tizimlariga xizmatga da'vat qilindilar. Yangi hokimiyatni tashkil qilish uchun 1920-yil 21—30-sentabr kunlari maxsus nazorat guruhi (komissiyasi) poytaxt atrofidagi 8 tumanni aylanib, aholi ishtirokida bir qator xodimlarni tayinladi. Muvaqqat organlari, revkom (inqilobiy komitet)lar ish ko’rib bordi. Yangi qoziliklar (xalq sudlari), maorif bo’limlari va boshqa tashkilotlar yuzaga keldi.
Respublika hukumati rais, uning muovinlari, nozirliklardan tashkil topdi. Rais Fayzulla Xo’jayev, Buxoro revkomi raisi Abdulqodir Muhitdinov (1892—1934), nozirlar Usmon Xo’ja, Abdurauf Fitrat, Muhitdin Mansurov, Sattor Xo’jayev, Muxtor Saidjonov, Muinjon Aminov, Ota (Otaulla) Xo’jayev va boshqalar bo’lgan.
1920-yil 6—8-oktabr kunlari xalq vakillarining I Butun Buxoro qurultoyi bo’ldi. Unda hukumat tizimi va respublika oliy hokimiyati, Buxoro revkomi vakolatlari tasdiqlandi. BXSR tuzilganligi rasmiylashtirildi. Buxoroning mustaqilligi e'lon qilinib, demokratik jamiyat barpo qilish ta'kidlandi.
Respublika nozirlar kengashining raisi Fayzulla Xo’jayev (1896-1938) Buxorodagi jadidchilik harakati-da faol ishtirok etgan. Yosh buxoroliklar partiyasi rahbarlaridan biri, maktab-madrasada o’qigan, Yevropa si-vilizatsiyasini o’zlashtirgan. Hukumat raisligidan tashqari harbiy nozir, tashqi ishlar noziri bo’lgan. Yosh buxoro-liklarning progressiv-demokratik g’oyalariga amal qilgan.
Hukumatning boshqa a'zolari, ko’pchilik yangi rah-barlar liberal-demokratik kayfiyatdagi, zamonning e'ti-borli, o’qimishli odamlari edilar.
1921-yil sentabrida BXSRning Konstitutsiyasi qabul qilindi. Fuqarolar teng huquqligi, hurriyat elon qilindi. Xalq vakillarining II Butun Buxoro qurultoyida hokimiyatning oliy organi — Buxoro Markaziy Ijroiya komiteti (MIK) tuzildi. Uning birinchi raisi qilib Usmonxo’ja Po’Iatxo’jayev (Usmon Xo’ja, 1878-1968) saylandi. Keyinchalik Muinjon Aminov, Porso Xo’jayev MIK raislari bo’ldilar.
Buxoro respublikasi siyosiy tizimi boshida Yosh buxoroliklar partiyasi va kompartiyasi (BKP), ke-yinchalik boshqa ijtimoiy tashkilotlar faoliyat ko’rsatdilar, hokimiyatda ko’pchilik Yosh buxoroliklar edilar. Turkiston bolsheviklari ta'siri ostida Yosh buxoroliklar partiyasi BKP bilan qo’shildi, 1920-yil sentabr oyida kompartiya yagona siyosiy partiya bo’lib qoldi. Ammo hokimiyat va boshqa sohalarda Yosh buxoroliklarning reja-das-turi amaliyot asosi bo’lishda davom etdi. Rasman ko’ppartiyaviylik tugatildi. BKP a'zolari soni 17 mingdan 1921-yil 1-yanvariga kelib 4 mingtaga tushdi, 1923-yil yozida 1248 ni tashkil qildi. Partiyada tez-tez «chistka»lar o’tkazildi.
Sobiq Yosh buxoroliklar — hukumat rahbarlari, nozirlar, xalq ommasi respublikaning demokratik yo'1 bilan rivojlanishi, iqtisodiyot va madaniyatni tiklash, rivojlantirish uchun sa'y-harakatlar qildilar. Ammo dast-labki haftalar va oylarda bolsheviklar, qizil qo’shinlar qo’mondonligi aralashuvi bilan inqilobiy jazo organlari: tribunallar, CHK (favqulodda komissiya), shtablar
qoshida siyosiy bo’limlar tashkil qilinib, shiddatli ish olib borildi, inqilobiy mazmundagi ayrim dekretlar, tadbirlar e'lon qilindi. Jumladan, 1920-yil 9-sentabrda «Yer to’g’risidagi dekret», 11 oktabrda oziq-ovqat razvyorst-kasi to’g’risidagi dekretlar e'lon qilindi, tezkorlik bilan militsiya tashkil etildi, bir qator keraksiz sho’balar tuzilib, hokimiyat apparati bo’rttirib yuborildi, inqilobiy ekspropriatsiya o’tkazildi, islom dini, ruhoniylar, masjid-madrasalarga qarshi, vaqflarni yo’q qilish choralari, siyosati o’tkazila boshladi.
Respublika rahbarlarining ko’pchiligi, jamoatchilik hokimiyat faoliyatiga inqilobiy tus berilishiga qarshi chiqdilar, xalq manfaatlariga zid siyosatni inkor qildilar, demokratik yo’lni tanladilar.
1921-yil yozida, 1923-yilda sovetlarga saylovlar o’tkazildi. Sovetlarning III qurultoyida (1922-yil avgust) respublikadagi siyosiy vaziyat, qizil armiya qismlariga munosabat muhokama qilindi, moliya, iqtisodiy, yer ish-lari nozirliklari birlashtirilib, Respublika xalq xo’jaligi oliy kengashi tashkil qilindi. Shu yili respublikaning mehnat va mudofaa kengashi tuzildi. Buxoro Iqtisodiy Kengashi (ByxSKOCO), davlat reja qo’mitasi tashkil etildi, respublikaning byudjeti tuzildi. Pul muomalasiga e'tibor qaratildi. Buxoro Iqtisodiy Kengashi, davlat reja qo’mitasi o’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi rahbarligida, ko’rsatmalari asosida respublika iqtisodiyotini boshqardi. Bu tashkilotlarning tuzilishi respublikaning iqtisodiy mustaqilligini chekladi.
1923-yil yozi-kuzida tashqi kuchlar tazyiqi bilan hukumat tarkibi va mavqeida jiddiy o’zgartirishlar qi-lindi. Shuningdek, konstitutsiyaga ham o’zgartirishlar kiritildi. Siyosiy vaziyat o’zgarib ketdi. Respublikaning ma'muriy bo’linishi o’zgartirildi, 5 ta okrug (Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Turkman va Sharqiy Buxoro okruglari), 48 ta tuman va 195 ta kent tuzildi. Qishloqlarda oqsoqolliklar o’rniga sovetlar tuzishga kirishildi.
1924-yildan boshlab Buxoro respublikasi o’rta Osiyo hududiy qayta qurish jarayoniga tortildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |