G’oyaviy-siyosiy kurash: mazmun va mohiyat Respublika tuzilgan dastlabki oylarda Xorazmda g’oyaviy- siyosiy vaziyat keskinlashib oordi. Buning sabablari Yosh xivaliklar, aholining ko’pchiligiga xos bo’lgan liberal, demokratik g’oyalar bilan so'1-ekstremistik inqilobiy siyosat o’rtasidagi nomuvofiqlik va ziddiyatlar bo’ldi. Yosh xivaliklar hukumati, respublika MIK, boshqa mil-liy rahbar doiralar sharoitni, aholining urf-odatlari, qadriyatlarni e'zozlab ish olib bordilar. Ammo qurolli tajovuz jarayonida Xorazmga kirib kelgan qizil qo’shin-lar, ularning qo’mondonligi, dastavval yevropalik bol-sheviklar respublikadagi ijtimoiy-siyosiy hayotga salbiy ta'sir ko’rsatdilar. Mahalliy sharoitni, xalq ommasi qarashlari, kayfiyatini nazar-pisand qilmay, tezkorlik bilan inqilobiy-ekstremistik chora-tadbirlarni amalga oshirishga kirishdilar. Yaqindagina tuzilgan Xorazm kompartiyasi orqali siyosiy, ijtimoiy, xo’jalik o’zgar-tirishlarini joriy qilish yo’li tutildi. Ammo bu partiyaning siyosiy tajribasi bo’lmay, u keng omma bilan aloqa o’mata olmagan, o’z mustaqil dasturiga ega emas edi. Shunga qaramay, bu partiyaning yakka rahbarligini o’matish chora-tadbirlari ko’rildi.
Islom dini, masjidlar, madrasalar, ruhoniylarga, Yosh xivaliklar hukumatiga qarshi g’alamislik siyosati yurg’izildi. Vaqt mulklariga tahdid solindi. Yosh yigit-qizlarni inqilobiy ta'sir doirasiga tortishga harakat qilin-di. Dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlarning huquqlari poymol etildi, mol-mulklari tortib olindi. Bunga, shuningdek, odamlarni tribunallar orqali va hatto sudsiz otib tashlashlarga Turkkomissiya vakili Skalov, boshqa har-biylar boshchilik qildilar. Ahvol bilan tanishish uchun Toshkentdan yuborilgan Broydo sodir etilayotgan jino-yatlar, ayollarni xo’rlashni o’z ko’zi bilan ko’radi, ma'lu-motnomasida bu haqda ochiq yozadi. Lekin xalqqa qarshi amaliyot davom etadi.
Bolshevikcha zo’ravonlarga qarshi ommaviy norozi-liklar, hatto g’alayonlar ko’tarildi. Chunonchi, 1920-yil yozida Xivada katta yig’in bo’ldi, unda qizil armiyani, bolsheviklarni mamlakatdan haydash, islom diniga qarshi unsurlarni jazolash qat'iyan talab qilindi. Bunga javoban yig’inda qatnashgan ruhoniy va oqsoqollardan 320 ga yaqin kishi qamoqqa olindi, ulardan bir qismi ter-gov va sudsiz otib tashlandi, qolganlar surgun qilindi.
Vaqf mulklariga munosabat hokimiyat organlari e'tiborida bo’ldi, bu orada kurashlar davom etdi. 1920-yilda vaqflarni umuman yo’q qilish haqida e'lon qilindi, biroq Xorazm sovetlarining II qurultoyi (1920-yil may) bu qarorni bekor qildi. Vaqf davlatdan ajratildi, fiiqarolar-ning shaxsiy ishi deb qaror qilindi. Lekin IV qurultoy (1923-yil oktabr) vaqf yerlarini musodara etish haqida qaror chiqardi. Bu masala bolsheviklar tomonidan dast-lab 1920-yilda ko’tarilganida katta norozilik bildirilgan edi. Nozirlar kengashi raisi P.Yusupov «vaqflar daxlsiz bo’lib, ulardan tushgan mablag’ asosan masjidlar, madrasalar va mullalarga xarajat qilinadi», deb qat'iy uqtirdi. Natijada P.Yusupov hukumatiga qarshi fitna uyushtirilib, u 1921-yil 6-martda ag’darildi. Uning bir necha a'zolari qamoqqa olindi, hokimiyat revkom qo’liga o’tdi. Bu voqea mintaqada qattiq qoralandi.
1920-yil sentabr oyida bolsheviklar, qizil armiya qo’mondonligi yana bir qabih xunrezlikni amalga oshir-di. Hukumat raisi muovini Qo’shmamedxon qo’mon-donligi ostidagi turkman suvoriylari otryadi Junaidxon bilan aloqada gumon qilinib, hiyla yo’li bilan Xivaga chaqirib olindi va qo’qqisdan qurolsizlantirilib, 600 dan ortig’i otib tashlandi. Turkman aholisi ustiga jazo otryadlari tashlandi, mollar talandi, natijada ko’p xo’jaliklar Eron hududiga ko’chib ketdi. Qizil armiya qismlarining bu jinoyatlarini Turkkomissiya raisi ham tan oldi.G’oyaviy-siyosiy kurash davom etdi. Xalq ommasi, uning ilg’or vakillari mustaqillik uchun, adolatsizlikka qarshi kurashni to’xtatmadilar. 1923-yil bahorida savdo-sanoat noziri Nurullayev RSFSRda muzokaralarda qafiylik ko’rsatgani uchun Xorazmga chaqirilib, qamoq-qa olindi. Rossiya rahbariyatining ko’rsatmalari asosida 1923-yil yoz-kuzida Xorazm respublikasida tub siyosiy to’ntarish amalga oshirildi. Respublika hukumati sav-dogarlar va ruhoniylar qo’lida, shu sababli u kam-bag’allarga zid ish ko’rgan, deb e'lon qilindi. Qator nozirlar qamoqqa olindi. Konstitutsiyaga jiddiy o’zgar-tirishlar kiritildi. Aholining bir necha qatlamlari foqaro-lik huquqlaridan mahram etildi.IV qurultoyda XXSR Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XSSR) deb o’zgartirildi.
Buning natijasida aholi noroziligi jiddiy tus oldi, 1924-yil yanvarida katta g’alayon ko’tarildi. Xiva atrofi-da 15 mingdan ortiq olomon to’plandi. Qo’zg’olonchilar bolsheviklarni, qizil armiyani Xalq xo’jaligining ahvoli, aholining turmush darajasi.Xorazmdan haydashni, so-liqlar borasida adolat o’rnatilishini, islom dmining tahqirlanishiga barham berilishini, gunohsiz qamalgan-larning ozodlikka chiqarilishini talab qildilar. Xivaga yordamga kelgan qizil qo’shinlar tazyiqi bilan qo’zg’olonchilar tarqaldilar. Lekin 214 kishi qamoqdan ozod qilindi, dinni ta'qib qilishga chek qo’yildi, qishloq xo’jaligi solig’i 80 foizga qisqartirildi.Jamiyatdagi holat, siyosiy vaziyat respublika iqtisodi-yoti, ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar, tijoratchilarning ahvoli va faoliyatida ham o’z aksini topdi. Hukumat, boshqaruv organlaridagi Yosh xivaliklar iqtisodiyotni ko’tarishga kirishdilar.
Respublika hukumatining faoliyati tashqi savdoni tartibga solish va jonlantirishga qaratildi. 1921-yil no-yabrida tashqi savdo bilan shug’ullanish hukumat nazo-rati ostiga olindi. Paxta, jun, qorako'1 teri, beda urug’i, g’allani tashqariga chiqarish taqiqlandi. Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy-savdo aloqalarida mustamlakachilik ko’rinishlarining oldini olishga harakat qilindi. Butun-xorazm sovetlarining II qurultoyi Rossiya bilan savdo aloqalari teng asosda olib borilishi kerak, shundagina Xorazmda xo’jalikni ko’tarish mumkin, shu asnoda an'anaviy hamkorlar bilan «respublika tashqi savdosini» rivojlantirish lozim, deb uqtirgan edi. Respublika MIK 1922-yil martida «Bizning mamlakatimiz yana avvalgi mustamlaka bo’lib qolmasligi uchun yetishtiriladigan xom ashyo o’z mamlakatimizda ishlanadigan bo'lsin», degan masalani ilgari surdi. Bu ko’rsatmalarni amalga oshirish yo’lida amaliy qadamlar tashlandi.
Biroq bu harakatlar bolsheviklar va kompartiyaning jiddiy qarshiligiga uchradi. Mulkdorlar ekspropriatsiya qilindilar, oziq-ovqat razvyorstkasi asosida dehqonlardan g’alla, yem-xashak, mollar tortib olindi. Respublikaning muvaqqat revkomi ko’p sonli ot va tuyalarni rekvizitsiya qildi, ularning ko’pi nobud bo’ldi. G’azablangan dehqonlar turli idoralarga shikoyat qildilar.
Kompartiya vakillari hukumat oldiga vaqf yerlari hamda musodara qilingan xon yerlarini kam yerli va yer-siz dehqonlarga taqstmlab berish talabini qo’ydilar. Bu talab diniy e'tiqodni oyoqosti qilar, noroziliklarni keltirib chiqarar, agrar munosabatlarni chigallashtirib yuborardi. Tabiiyki, Yosh xivaliklar bu talabni rad qildilar.Soliqlarning tartibga solinmagani va pul muomalasi-ning buzilib ketishi xo’jalik munosabatlariga o’ta salbiy ta'sir ko’rsatdi. RSFSR qog’oz pullari Xorazmda muo-malaga kiritildi va ularning ko’p miqdorda keltirilishi ahvolni yanada og’irlashtirdi. Respublikaning o’zida ham qog’oz pullarni hisobsiz chiqarish (pul emissiyasi) davom etib, bu vaziyatni yanada murakkablashtirdi.
Respublika tuzgan bitimga ko’ra paxta, mo’yna, gi-lamlar, jun, beda urug’i, terini faqat RSFSRga berishi, tashqi savdoga davlat monopoliyasini joriy qilishi va evaziga Rossiya mollarini olishi kelishilgan edi. Ammo tovar ayirboshlash bo’lmadi, chunki RSFSRda xo’jalik vayronaligi hukm surardi.
Xalq xo’jaligi inqirozga yuz tutdi. 1922-yilga kelib sug’oriladigan ekin maydonlari uchdan ikkiga qisqardi va 150 ming desyatinani tashkil etdi. Paxta maydonlari esa 1916-yildagi 90 ming desyatinadan qariyb 4 ming de-syatinaga tushib qoldi. 20-yillar boshida 14 ta paxta tozalash, yog’-sovun zavodlaridan atigi 3 tasi ishlar edi. Aholining moddiy ahvoli og’irlashdi, ba'zi joylarda ocharchilik yuz berdi.
Xorazmda sug’orish inshootlari o’rta Osiyoda eng rivojlangan darajada edi. Endi kanallar tozalanmay, botqoqlashib qoldi, tashlandiq bo’lib quridi. Urushdan oldin 1 tanob yerdan 4050 pud paxta olingan bo’lsa, 1923-yilda hosil o’rtacha 20 pudni tashkil qildi. Paxtaga talab kamayib ketishi natijasida dehqonlar g’alla ekishga o’tdi. Dehqon xo’jaliklarining daromadi urushdan oldin-gi davrga nisbatan 1922-yilda qariyb to’rt marta qisqar-di.
Yangi iqtisodiy siyosatning e'lon qilinishi bilan ko’llar, to’qaylar, karvonsaroylar, korxonalar ijaraga berila boshladi. Paxtachilikni tiklash uchun Xorazmga kerosin, neft, kalishlar, mato, idishlar ajratildi. Bir necha katta-katta ko’priklar qurildi. Telefon simlari tortildi, daryo kemachiligini tiklashga kirishildi. Pul xo’jaligini tartibga solish boshlandi. Ammo ularning roli ancha bo’sh edi.
Qishloqda xon davridagi soliqlar bekor qilinishi bilan bir qator yangi soliqlar joriy qilindi. Ulardan dehqonlar uchun eng asosiysi oziq-ovqat solig’i va aroba solig’i bo’ldi. Bu dehqon xo’jaligiga putur yetkazardi. 1923-yilda yagona qishloq xo’jaligi solig’iga o’tildi. Yana aksiz solig’i (importdan olingan) va muhr (gerboviy) to’lovlar ham joriy qilindi.
Hunarmandchilik (promisloviy) solig’iga 1923-yilda korxonalar, savdo va hunarmand-kosiblar tortilgan. Xo’-jalik faoliyati bilan shug’ullangan shaxslar patent (ijozat-noma)ga haq to’laganlar, so’ngra olingan daromaddan to’laganlar. 1923-yil solig’i hajmi deyarli to’la-to’kis bajarildi. 1922-yilda paxta muomalasi tashqi savdo mahkamasi tasarrufidan o’tkazildi. Paxta urug’i pulsiz dehqonlarga tarqatildi, ssudalar berildi, soliqlardan ozod qilindi. Paxta maydonlari 1921-yilda 10 ming tanob edi. 1924/25-yilda 85 ming tanobga yetdi va shu davrda paxta hosili 100 ming puddan 800 ming pudga ko’taril-di. Umumiy ekin maydonlari urushdan oldingi daraja-ning 62 %ini, hosildorlik 70—75 %ini tashkil qildi.
1924-yilga kelib 6 ta paxta tozalash, 1 ta yog’ zavo-di, 4 ta ko’n zavodi, 110 ta g’isht zavodi, tipografiya, elektrstansiya tiklandi, qog’oz zavodi, shisha zavodi qu-rildi. Sanoatda davlat sektori ustuvor mavqeni egalladi.
Mamlakatda mulkchilikning asosiy shakllari dehqon va hunarmandlar shaxsiy xo’jaliklari, o’rtacha korxona egalari hamda tijoratchi-savdogarlar mulklari, shu-ningdek, davlat mulklaridan iborat bo’ldi. Davlat mulki va kooperativ mulk tashkiliy pog’onada edi. 1922-yilda savdo oborotining 90 %dan ortig’i shaxsiy kapital qo’lida bo’lgan.Yirik xo’jaliklar barcha xo’jaliklarning 20 dan 1 qis-mini tashkil etdi. 85 % aholining yer maydoni 10 tanob-ni tashkil qilardi. 60 ming turkman va qozoq-qaraqalpoq xo’jaliklari ko’chmanchi chorvadorlar edi.
Musodara qilingan yerlar davlat yer fondini tashkil qilgan, ammo 3—4 yil davomida ularga ekin ekilib, xo’jalikka yetarli foyda bermagan. Bu agrar masalada aniq amaliy yo’lning ishlanmaganligi natijasi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |