Xorazmda jang harakat-larining boshlanishi va kengayib borishi.Xorazm respublikasida 1920-yil bahoridan boshlab misli ko’rilmagan talonchilik va zo’rliklarga qarshi ommaviy qurolli kurashlar boshlandi. Bunga, ayniqsa, 1920-yilda qizil askarlar tomonidan Urganch aholisi, ulamolari norozilik yig’inining qonli bostirilishi, Qo’chmamadxon boshchiligidagi turkman yigitlarining o’ldirilishi, turkman aholisi ustiga jazo otryadlarining bostirib borishi, 1921-yil boshida Polvonniyoz Hoji Yusupov hukumatining fitna yo’li bilan ag’darilishi, begunoh kishilarning qamalishi, o’ldirilishi, mol-mul-kining talanishi sabab bo’ldi.
Qurolli kurashni turkman yovmut urug’ining boshlig’i Qurbon-Mamed Sardor — Junaidxon (1857—1938) guruhlari boshlab, qator yillar davom ettirdi. Uning qo’shini saflarida O’zbek, qoraqalpoq va qozoqlar ham bor edi. O’zbek dehqonlari va hunarmandlaridan iborat guruhlarga Madraimboy, Sa'dulla bola, Shokir bola, Mavlonbek va boshqalar rahbarlik qildilar. Xususan, Ko’hna Urganch, Ilyali, TosbJiovuz, Mang’it, Qo’shko’pir, Chimboy, Qo’ng’irot va To’rtko’lda harakat qilgan
o’nlab guruhlar qizil askarlarga jiddiy zarba berdi. Junaidxon boshchiligidagi isyonchilar hu-jumga o’tib, Ko’hna Ur-ganch, Xo’jayli, Ilyali va Taxtani qayta egalladi, ko’plab qizil askarlarni asir oldi.
1921-yil yozida Qo’ng’irotda qo’zg’olon ko’ta-rildi. Bunday ko’tarilishlar tez-tez takrorlanib turdi. Rasmiy axborotlarda res-publika hududida, qumlar orasida «kaltamanlar va bosmachilar sonining
o’sishi», ulaniing kuch to’plab jangga kirganlari qayd etilgan. Qishloq va shaharlarning aholisi ularga xayrixohlik bildirgan. 1922—1923-yillarda olib borilgan jangovar harakatlar qizil armiya qo’mondonligini tang ahvolga solibgina qolmay, balki respublikadagi Myosiy muhitga ham jiddiy ta'sir qildi.
Isyonchilar qatoriga mahalliy aholi vakillari, shu-ningdek Xorazm respublikasi hukumatining ayrim a'zolari qo’shildilar.1922-yil aprel oyida Porsu shahri va uning atrofi qizil askarlardan ozod qilindi. Ko’hna Urganch atrofidagi qishloqlarda shiddatli janglar bo’ldi. 1923-yil qishida Pitnak, Hazorasp, Bog’ot, Xonqa tumanlarida dehqon-larning qo’zg’olonlari boshlanib ketdi. Qo’zg’olonchilar sovet tashkilotlarini tugatdilar, qizil askarlarga qarshi hujumni kengaytirdilar.
Harakatning shiddatli o’sib borishiga xunrezlikning kuchayishi, 1923-yil yozidan aholi qator qatlamlariga nisbatan ko’rilgan siyosiy-iqtisodiy tazyiq choralari, ko’plab kishilarning bolsheviklar tomonidan qamoqqa olinishi va otib tashlanishi sabab bo’ldi. Xorazmda ham qizil qo’shinlar qo’mondonlik buyrug’i bilan qishloqlarni vayron qildilar, tinch aholini ayamasdan o’ldirdilar. O’zbeklar bilan turkmanlarni bir-biriga qarshi qo’yish kuchaydi.
Xorazm respublikasida sotsialistik tadbirlarning amal-ga oshirilishi respublika markazida ommaviy noroziliklarni keltirib chiqardi. Xiva atrofida 1924-yil yanvarida 10—15 ming qo’zg’olonchi to’planib, shaharni qamal qilishi, jiddiy talablami ilgari surishi voqealarning cho’qqisi bo’ldi. Qo’zg’olonchilaming bir qismi shahar ichiga bostirib kirib, ko’cha janglarini olib bordi. 26-yanvar kuni kechqurun bo’lgan muhoraba janglari ayniqsa shiddatli kechdi.Qo’zg’olonchilar o’z harakatlari davomida bir qator zo’rliklar va g’ayriinsoniy kirdikorlarning oldini olishga muvaffaq bo’ldilar. Xiva atrofida to’plangan g’alayonchilarning qafiy talabi natijasida gunohsiz qamalgan mah-buslar hibsdan ozod etildilar. Soliqlar va o’lponlar masalasida ham ashaddiy adolatsizlikka, dehijonlarning mollari zo’rliJc bilan tortib olinishiga yo'1 qo’ymadilar.
Xorazmda qureili kurashlar natijasida tajovuzkor qizil qo’shinlarga qator jiddiy zarbalar berildi. Qo’mondonlik yangidan-yangi harbiy qismlarni to’plab, aeroplanlarni Xorazmga keltirib,isyonchilarga qarshi jangga tashladi. Ular orasida Rossiyadagi fuqarolar urushida qatnashgan, jangovar tajribaga ega bo’linmalar, chunonchi, mashhur Budyonniy qo’mondonligi ostidagi sara otliq qo’shin ham bor edi.
Bolsheviklar, qizil armiya qo’mondonligi harakat rahbarlari bilan hech qanday muzokaraga kirishmay, ularni faqat qurol kuchi bilan bostirish rejasiga amal qilib bordilar. Shuningdek, harbiy munofiqlik, aholidan o’ch olishni ham keng qo’yadilar. Respublikada «bosmachi-likka qarshi kurash uchun «favqulodda uchlik» (Tpoйка) tuzilib (1922-yil oxiri), «bosmachilar» va ularga yordam berishda shubha qilingan yuzlab kishilar oliy jazoga hukm qilindilar va 24 soat ichida otib tashlandilar. Shuningdek, turkman qabilalari boshliqlari o’rtasida kelishmovchilik va adovat keltirib chiqardilar, turkmanlar va O’zbeklarni qarama-qarshi qo’yishga urindilar. Respublikada turli millatlar o’rtasida munosabatlar murak-kablashib, jiddiy tus oldi.
Ammo hiyla-nayranglar kutilgan natijani bermadi. Qurolli kuch asosiy vositaga aylandi. Chunonchi, Xiva atrofida bo’lgan 1924-yil boshlaridagi qo’zg’olonni bostirish uchun 4-Aktyubinsk, 82-Turkiston otliq polki va aviaeskadrilya, To’rtko’ldan qo’shimcha qizil askar qismlari tashlandi. Bu kuchlar tazyiqi ostida qo’zg’olon-chilar Xiva qamalini to’xtatib, chekinishga majbur bo’ldilar. Aeroplanlardan qumlarga chekinganlarni shafqatsizlarcha o’qqa tutdilar. Qo’zg’olonchilar ashad-diy qirg’in qilindi.
Xorazmda vatanparvarlar harakati ayrim guruhiar tomonidan 1935-yilgacha davom ettirildi. Buxoro, Xorazm respublikalari, umuman, O’zbekiston hududida-gi sovet hokimiyati va qizil armiyaga qarshi kurashlar tarixiga yakun yasar ekanmiz, ularni keng xalq ommasi, birinchi navbatda dehqonlar qahr-g’azabi, noroziligining yuksak darajaga ko’tarilganligi ifodasi deb e'tirof etishimizga to’g’ri keladi. O’zbekiston XKS raisi F.Xo’jayev 1927-yilda bu harakatga baho berib, u «shiddatli siyosiy, sovetlarga qarshi xususiyat kasb etdi va butun o’rta Osiyoning mavjud uch respublikasi — Buxoro, Turkiston va Xorazmdagi dehqonlar aholisining deyarli ommaviy harakatiga aylandi...», deb ta'kidladi.
Harakatga aloqador bo’lgan umumiy xususiyat bu bosqinchi qizil armiyani, bolsheviklarni vatanimiz hududlaridan olib chiqib ketish talabi edi. Bu talab butun harakat tomonidan ilgari surildi. Keyingi maqsad-larga kelganda ko’pchilik harakat rahnamolari Buxoro va Xorazm mamlakatlarida 1920-yilgacha bo’lgan eski boshqaruv va hokimiyatni tiklashni ko’zladilar. Holbuki, eskilikka qaytish xalq manfaatlari va demokratiyaga zid edi. Albatta, bu hol o’zining salbiy tomonini ko’rsatmay qolmadi. Buxoro, Xorazm respublikalari hukumatlari qurolli muxolifat harakati bilan muzokaralar olib borish, xunrezlikning oldini olish va yangi, demokratik tuzumlarni xalq ommasi manfaatlari zamirida rivojlantirish yo’lida faoliyat ko’rsatdilar. Ammo ko’pchilik harakat boshliqlari dunyoqarashlari tor bo’lganligi uchun ko’p vaziyatda bu hukumatlar bilan murosa qila olmas edilar. Shunga qaramasdan qurolli harakat tarixi sovet hokimi-yati osonlikcha Turkiston zaminida o’rnasha olmaganli-gi haqida guvohlik beradi va xalqimizning bu davrda ham mustaqillikka intilishi, mustabid tuzumga qarshi kurashganligi haqida dalolat beradi.
1. Buxoro va Xorazm respublikalarida qurolli muxolifat harakatlari
boshlanishi sabablari va jarayonlari haqida gapirib bering.
2.Junaidxon haqida nimalar bilasiz?
3. “Favqulodda uchlik”qachon tuzildi?
1. Harakatning xususiyatlari va ikki respublikaga
oid umumiy tomonlarini nimalarda ko’rasiz?
2. Qo'zg'olonchilar saflarida aholining qaysi
qatlamlaridan bo’lgan kishilar ko’proq qatnashganlar,
ularning talab va maqsadlaridagi tafovutlar nimadan iborat edi?
1. Qurolli muxolifat harakatiga munosabat va unga berilgan
baho qanday edi?
2. Siz yashab turgan hududda qaysi qo’rboshilar boshchiligida
istiqlolchi guruhlar harakat qilganligini aniqlang.
3.O’zbek dehqonlari va hunarmandlaridan iborat guruhlarga
kimlar rahbarlik qilganlar?
Do'stlaringiz bilan baham: |