Xajq xo'jaligining ahvoli, iqtisodiy o’zgarishlar. Buxoro respublikasining xo’jaligi sezilarli zarar ko’rib, ziddiyatli ahvolni boshdan kechirdi. Mamlakat hududiga bir necha tomondan bostirib kirgan qo’shinlar ko’p yerlarni vayron qildilar, ayniqsa, poytaxt Buxoro vayron bo’ldi, uy-joy, imorat-larga o’t qo’yildi. Dehqonlarning, boshqa aholi ta-baqalarining mol-mulki, g’alla-doni tortib olindi. Buxoro dehqonlariga yetkazilgan zarar shu qadar katta ediki, yangi hokimiyat 1920-yil sentabrida, to’ntarishdan ikki-uch hafta o’tar-o’tmas «harbiy qismlardan aholi ko’rgan zararni qoplashga» ko’rsatma berdi. Karki shahri va atrofida yashagan turkman aholiga nisbatan «qotilliklar sodir etilgan, ularning uy-joylari buzilgan va yonib ketgan» edi. Ularga ham hukumat noyabr oyida moddiy yordam yubordi.
Qizil qo’shinlar qo’mondonligi mamlakatning turli joylarida, chunonchi, Xatirchi, Qarshi va Shahrisabzda katta boylik, mol-mulklarni qo’lga kiritdilar. Buxoroda Turkkomissiya vakillari buyrug’i bilan xalq mulki bo’lgan xazina oltin va javohirlari, boshqa qimmatbaho boyliklar bir nechta vagonlarga ortilib olib ketildi. Olingan o’lja-lar respublikaga qaytarilmadi. Buxoro respublikasi hududidagi Rossiyaga qarashli zavodlar, boshqa ko’chmas mulklar BXSRga topshirildi. Ikki tomon o’rtasida iqti-sodiy aloqalarni mol ayirboshlash shaklida olib borishga kelishildi. Chunki qog’oz pullar qadrsizlangan, Buxoro zarar ko’rgan edi.
Rossiya BXSR hududidagi temir yo’llarni o’z qo’lida saqladi. Turkkomissiya vakillari respublikada qator ekspropriatsiya va inqilobiy tadbirlarni amalga oshirishga kirishdilar. Hukumatni oziq-ovqat razvyorstkasini joriy qilish, ekin maydonlarini egalaridan tortib olish, vaqflarni yo’q qilishga undadilar. Savdogarlarning 132 tonna paxtasi, boshqa mollar musodara etilib, ularni Rossiyaga olib ketishga harakat qilindi. Ko’p minglik qizil qo’shinlarni oziq-ovqat, yem-xashak bilan ta'min-lash aholi zimmasiga yuklandi. Rossiyaning qadrsizlangan qog’oz pullari muomalaga kiritildi. Tashqi savdoga davlat monopoliyasi joriy qilindi.Respublika xalq xo’jaligi jiddiy qiyinchiliklarga uchradi. Aholi, ayniqsa, dehqonlar, respublika hukumati norozilik bildirdilar. 1920-yil kuzida nozir MLMansurov RSFSR iqtisodiy aloqalarda tenglikka amal qilishi kerak, deb qafiy uqtirdi. F.Xo’jayev Rossiya tashqi savdo bir-lashmasini BXSRdan «hamma narsani olishga, ammo hech narsa bermaslikka qodir...», deb aybladi. Natijada 1922-yil bahorida BXSRga bir qator qurilish materiallari, kerosin, neft, temir mollar, qog’oz, daftar, gugurt, kalishlar olib kelindi.
Respublika hukumati xalq xo’jaligini tiklash choralarini ko’rdi. Bozor munosabatlariga amal qildi, eski soliqlar bekor qilindi. 1922-yil oxirida YalS tamoyillariga o’tish munosabati bilan Buxoro davlat banki tashkil etildi, qo’shma aksionerlik jamiyatlari, 30 ta yirik savdo firmalari, mayda tijoratchilar, davlat savdo tashkiloti, matlubot jamiyati faoliyat ko’rsatdi. Respublika reja qo’mitasi, iqtisodiy kengashi tashkil etildi, byudjet tuzishga kirishildi. Savdogarlarga olingan mollari evaziga 100 oltin so’m berildi.
Dehqonlarning g’alla-don maydonlari kengaytirildi. Paxta bosh komiteti idoralari paxtachilikni rag’bat-lantirish uchun 1923-yil boshida 100 ming pud chigit, 125,3 ming pud g’alla, qoramollar va inventarlarni kre-ditga tarqatdi. Qishloq xo’jalik solig’i joriy etildi, shu bilan birga mahsulot yer solig’i (ushur) va chorvachilik solig’i (zakot) olinar edi. Ko’rilgan choralar xalq xo’jali-gining jonlanishiga olib keldi. 1923-yilda sug’oriladigan yerlar maydoni to’ntarishdan oldingi darajaga yaqinlashib qoldi (92,3 %ni tashkil etdi). Dehqon xo’jaliklari 425 mingtaga yetdi, ularning 300 mingtasi sug’oriladigan yer-larda, 125 mingtasi esa lalmi yerlarda joylashgan edi.
Hunarmandlar bozor talabining to’qqiz qismini ta'minlardilar. Temir yo'1, sanoat korxonalari tiklanib ishga tushirildi. Tashqi savdo kengaydi. 1923/24-xo'jalik yilida BXSR 10,5 mln oltin so’m atrofida chetga mol eksport qildi, 7,5 mln oltin so’m hajmidagi mollar import qilindi.
Respublika hukumati hunarmandlar va chakana tijo-ratchilarni qo’llab-quvvatladi. Davlat savdosi mollariga baland narx qo’yilgani sababli, bunda ham «qaychilash» holati yuz berdi. Matlubot kooperatsiyasi salohiyati hali zaif edi.
1924-yil sentabrida respublika aholisi soni, rasmiy ma'lumotlarga ko’ra, 2 mln 600 mingga tushib qoldi. Shu yil may oyida F.Xo’jayev aholining turmush darajasi pasayganini e'tirof etdi. Hukumat raisining muovini Q.Otaboyev respublika xalq xo’jaligining o’ziga xos tomonlarini qayd etdi, ular byudjet-pul muomalasini yo’lga qo’yishda inobatga olinishi lozim, deb ko’rsatdi.
Xorazm va Buxoro respublikalarining e'lon qilinishi ularning xalqlari hayotida tarixiy voqea bo’ldi. Yangi davlatchilik bu xo’jalik, ijtimoiy, ma'rifiy-madaniy va siyosiy jarayonlarning xalq ommasi, uning ilg’or namoyandalari orzu-istaklari, sa'y-harakatlari va kurashlari qonuniy yakuni sifatida gavdalandi. Demokratik fuqarolik, teng huquqlik va adolatli munosabatlar istiqbolining ochilishi jamiyatga ko’tarinki ruh, asosli umidvorlik kayfiyatini olib kirdi.
Respublikalarning markazlari va joylarda hokimiyat idoralari, boshqarmalarini shakllantirish, ijobiy qonun-qoidalar faollik bilan qo’llab-quvatlandi. Dastlabki 1,5—2 yil davomida liberal-demokratik progressiv Yosh xivaliklar, Yosh buxoroliklarning mavqei va ta'siri xalq ommasi kayfiyati bilan hamohang bo’ldi.
Shu bilan birga, qizil qo’shinlarning respublikalarda qoldirilishi, yevropalik siyosatchilarning ekstremistik xatti-harakatlari ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta'sir ko’rsatdi. Natijada murakkab, ziddiyatli vaziyatlar yuzaga keldi. g’oyaviy-siyosiy kurash keskinlashdi. Ularning mohiyatini yangi xalq respublikalarining mustaqilligi (suvereniteti) masalasi tashkil qildi.
1. Buxoro respublikasining rahbar organlari, ularda faoliyat
ko’rsatgan arboblarning pozitsiyalari to'g'risida gapirib bering.
2.Buxoro Iqtisodiy Kengashi qachon tuzilgan?
3.BXR ning birinchi rahbari kim ?
1. Respublikadagi g'oyaviy-siyosiy vaziyatning mazmuni,
ishtirokchi doiralari, ularning maqsad-mohiyati
nimalardan iborat bo’lgan?
2.BXR butun musulmonlar qurultoylarini va unda ko’rilgan
masalalarni yoritib bering.
3.Buxoro EKOSO ning birinchi rahbari etib kim
tayinlangan?
1. Xalq xo’jaligining murakkab ahvolga tushishi sabablari
haqida so’zlab bering.
2. Xorazm va Buxoro respublikalaridagi tub siyosiy o’zgarishlar,
konstitutsiyaviy o’zgartirishlarning sanalar jadvalini tuzing.
Ular qanday xulosalarga olib keladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |