Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan


-§. XORAZM RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR (1920-1924-YILLAR)



Download 1,75 Mb.
bet40/207
Sana11.01.2017
Hajmi1,75 Mb.
#161
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   207
13-§. XORAZM RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR (1920-1924-YILLAR)

Reja:

1.Respublikada hokimiyat tizimining shakllanishi

2. G’oyaviy-siyosiy kurash: mazmun va mohiyat

1920-yil 1-fevralda xon taxtdan voz kechdi, 2-fevralda yangi hokimiyat o’rnatilgani

e'lon qilindi. Yosh xivaliklardan iborat muvaqqat huku-mat eski, xon davridagi boshqaruv mahkamalarini tar-qatib yuborish, yangi hokimiyat organlari, qonun-qoidalarni joriy qilishga kirishdi. Xalq noroziliklari kuchaydi. Xon davri soliqlarini bekor qilish, sudlov, vaqf mulklari, pul muomalalari, yangi soliqlar to’g’risidagi bir qator dekretlar shoshilinch qabul qilindi.

26-aprel kuni xalq vakUlarining Butun Xoraztn I qurultoyi Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganini e'lon qildi, respublika hukumati — Nozirlar sho’rosi tayinlandi. Qurultoyda respublika Konstitutsiyasi tasdiq-landi. Hukumat raisi etib Yosh xivaliklardan Polvonniyoz Hoji Yusupov, uning muovinlari qilib Jumaniyoz Sultonmurodov va turkman Qo’shmamedxon Sapiyev saylandilar. Adliya noziri qilib Bobooxun Salimov tayinlandi.Xorazm respublikasi Konstitutsiyasi I Butun Xorazm xalq qurultoyida qabul qilingan bo’lsa ham, bu masala takror ko’rildi. II va III qurultoylarda Konstitutsiya to’la-to’kis qabul qilindi, ammo IV qurultoy (1923-yil oktabr) unga jiddiy o’zgartirishlar kiritdi. Bunda g’oyaviy-siyosiy kurashlar o’z aksini topdi. Konstitu-tsiyaning asosiy g’oyasi barcha fuqarolarning tengligi, jamiki boyliklar, yer-suv xalqniki kabi tamoyillardan ibo-rat bo’ldi.

Hokimiyat xalq vakillari qatnashgan boshqaruv organlari tizimi shaklida tarkib topdi. Oliy hokimiyat xalq vakillari Butun Xorazm qurultoyi edi, keyinchalik u sovetlar qurultoyi deb ataladigan bo’ldi. Ijroiya hokimi-yati xalq nozirlari soveti, shuningdek, mahalliy tuzil-malar — mahalliy sovetlar edi. Joylardagi bir qator mansabdorlar, jumladan, oqsoqollar aholi tomonidan saylanadigan bo’ldi. Shahar beklari, mahalliy hokimlar lavozimlari bekor qilindi. Revkomlar va hukumat tayin-laydigan 3—5 kishidan iborat xalq vakillari sovetlari tashkil etildi. Qozikalon o’z o’rnida qoldi, shu bilan birga oliy sud (qozilik kollegiyasi) joriy qilindi, joylarda qozilar o’rniga adliya mahkamalari tashJdl etildi. Qozilar belgilangan maosh olishga ko’chirildi, chakana daromad olish man qilindi. Maorif va madaniyat nozirligi tarkibi-da vaqf mulklari boshqarmasi tuzildi.Respublikada rus harbiylari va bolsheviklar tashkil qil-gan tribunallar ham bo’lib, ularning ishi siyosiy yo’nalti-rilgan edi. Tribunallar xohlagan ishni o’z tasarrufiga olib ko’rar, inqilobiy qonunchilik asosida hukmlar chiqarar va ularni ijro etardi. 1921-yil oxiri — 1922-yil yozi davomi-da 32 ta ish ko’rilib, ularning 10 tasi bo’yicha oliy jazo chiqarildi. o’limga hukm etilganlar orasida hukumatning sobiq a'zolari ham bor edi. Qisqa vaqt ichida tribunallar yana 23 ish bo’yicha oliy jazolar chiqardi.

Qoziliklar, yangi adliya mahkamalari asosan shariat yuzasidan ish yurg’izardilar. Ma'muriy jihatdan respublika 4 viloyat: Hazorasp, Urganch, Toshhovuz, Xo’jayli va 26 ta tumanga bo’lin-gan. 1922-yilda turkman, qozoq, qoraqalpoq ma'muriy viloyatlarini tuzish haqida qaror qabul qilingan.

Xorazm aholisi, uning turli qatlamlari va vakillari yangi sharoitlarda boshqaruv organlarini tashkil etishda va ularning faoliyatida qizg’in ishtirok etdilar. Jamiyatda barqarorlikni joriy qilish, iqtisodiy-xo’jalik hayotini yo’lga qo’yish uchun sa'y-harakatlar qilindi.

Hokimiyatni dastlab Yosh xivaliklar partiyasi boshqardi. Uning siyosiy yo’lini 1920-yil 8-aprelda qabul qilin-gan «Xiva inqilobiy partiyasi dasturi» hamda 30- aprelda qabul qilingan respublika Konstitutsiyasi belgiladi. Yana bir siyosiy uyushma Xorazm kompartiyasi edi. U xon hokimiyati ag’darilgandan so’ng Turkiston bol-sheviklari homiyligi ostida tashkil topdi, so'1-ekstremistik siyosatni o’tkazish vositasiga aylandi. Xorazm kompar-tiyasining I qurultoyi 1921-yil 10—11-dekabrda o’tib, uning a'zolari soni 1200 kishini tashkil qildi. RKP(b) tomonidan o’tkazilgan 1923-yilgi «chistka»da XKP a'zo-larining 32 %i partiyadan o’chirildi.

1921-yil martida Yosh xivalik P.Yusupov boshliq hukumatning ag’darilishi oqibatida hukumat tarkibida kompartiya a'zolari soni ko’paydi. Ammo hokimiyatning boshqa qismlarida Yosh xivaliklar va ularning g’oyalari ta'siri kuchli edi. Bu hol respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning mazmun va mohiyatini belgilab bordi. Respublikaning xo’jalik boshqaruv organlari tashkil topdi. Xorazm Iqtisodiy Kengashi (1923-yil) raisi Burhonov edi. 1924-yil bahorida respublika davlat plan komissiyasini tuzishga kirishildi. Bu organlar o’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashiga bo’ysunar edi. Xorazm Iqtisodiy Kengashining tuzilishi va faoliyat ko’rsatishi Xorazm respublikasining Rossiyaga iqtisodiy qaramligini ku-chaytirdi.

Hokimiyat tizimining cheklanmagan darajada ken-gayib borishi, shuningdek, siyosiy sabablar bilan o’zgar-tirilishi ham ko’zga tashlandi. Chunonchi, 1923-yil kuzi-da davlat apparati 10 marta qisqartirildi, «chistka»lar o’tkazildi.




Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish