O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
JAHON TILLARI FAKULTETI
INGLIZ TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
I KURS M-ADI-AU-21 GURUH
MAGISTRANTI NAJMIYEV SHOXRUXNING
“JAHON ADABIYOTIDA AMIR TEMUR SIYMOSI”
MAVZUSIDA YOZILGAN
KURS ISHI
TEKSHIRDI: O. Dadaboyev
NAMANGAN – 2022
JAHON ADABIYOTIDA AMIR TEMUR SIYMOSI
Kirish. Amir Temur siymosi haqida…………………………………
Asosiy qism
1. Amir Temur haqida asar yaratgan mualliflar va ularning asarlari..
2. Edgar Allan Poning "Tamerlane" poemasi………………………….
3. Marsel Brion " Menkim, Sohibqiron – Jahongir Temur " romani
Xulosa…………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………
Kirish. Amir Temur siymosi haqida
XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Vtanimiz tarixida voqealarga nihoyatda boy tarixiy davr hisoblanadi. Chunki, bu davrda mugillar xukmronligi va feodal tarqoqlik tugatilib, bosqinchilarning vayronagarchiliklarni va bir yarim asrlik zulmlari oqibatida iqtisodiy madaniy-ma`rifiy turg`unlik holatiga tushib kolgan mamlakatimiz o`z mustakilligini tiklashga kirishdi. Bu davrda Amir Temurning yagona bayrog`i ostida markazlashgan kuchli mustakil feodal davlat tashkil topdi.
Amir Temur ushbu davrda Movarounnahr va Xorazmga tazyiq o`tkazayotgan To`xtamishxonga qarshi qushin tortdi. Ural va Kavkazda bo`lgan ikki shiddatli jangda Amir Temur g`alaba qozonib Oltin O`rda tazyiqida yashayotgan Rossiyani qad rostlashiga yordam berdi.
Amir Temur - buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me`mor, notiq, ruhshunos shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni jaxonga mashhur qilgan inson. Amir Temurning tarixi ko`p jildlik kitoblar yozishga arziydi.
Mustaqillikka erishgunimizcha buni qilish imkoniga ega bo`lmadik, chunki kommunistik g`oya bunga yo`l bermadi. Amir Temurning o`zi taxqirlandi, tuxmatu malomatlarga qoldi.
Shukurlar bo`lsinki, mustaqillik tufayli ko`p ming yillik boy tariximizni, shu jumladan ulug` bobomiz Amir Temurni surishtirish va o`rganish imkoniga ega bo`ldik.
Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shaxrisabzning Xoja ilg`or qishlog`ida tavallud topdi.
Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat ogir ijtimoiy siyosiy bo`ron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi.
Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so`ng Amir Temur o`z raqiblarini yengib xoqimiyatni qo`lga oldi. Mayda, tarqoq feodalliklarni birlashtirib markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o`zgarishlar qildi. Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benixoya katta.
Birinchidan, u mamlakatni yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o`z tug`i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik feodal davlatga asos soldi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun "Temur va temuriylar davlati", "temuriylar madaniyati", "Ulug`bek va Samarqand asronomiya maktabi", "Navoiy" va "Bobur" kabi qutlug` so`zlarni nafaqat o`zbekning, balki jaxon xalqlari saxifalarida uchratar ekanmiz bu gaplarning zaminida Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi.
Ikkinchidan, Amir Temur, o`zi bilibmi-bilmasdanmi, lekin bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilar zulmidan ozod bo`lishga yordam berdi. Masalan, o`sha davrning eng qudratli xukmdoridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib Bolqon yarim oroli va Yevropa xalqlariga ozodlik bag`ishladi; Oltin o`rda xoni To`xtamishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani mug`ullar xukmronligidan qutilishini qariyib 300 yilga tezlashtirdi.
Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan o`qisak, o`rgansak, uning ko`p yaxshi sifatlari: to`g`rilik, muruvatlilik, el-yurtga mehr-muxbbati va boshqa hislatlarini bilib olamiz. Amir Temurning "Temur tuzuklari", Nizomiddin Shomiy, Sharofutddin Ali Yazdiylarning "Zafarnoma"lari, Ibn Arabshohning "Temur xaqidagi xabarlarida taqdir ajoyibotlari" va boshqa asarlarda keltirilgan soxibqironning ibratli pand-nasixatlari va o`gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo`ladi. Bo`lar el-yurt va fuqaroning tashvishini o`ylaydigan marifatparvarlik, mehr-muruvvat qo`shnichilikka rioya qilish va nihoyat, mardlik va qaxramonlik haqidagi hayotiy o`gitlardir.
Soxibqironning bunyodkorlik soxasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos. Amir Temur va uning avlodlari sa`y-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, saroylar, bozorlar, ko`priklar, yo`llar, bekatlar, karvonsaroylr, qal`alar, qazilgan kanallar va boshqa inshoatlarning son-sanog`i yo`q.
Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome` masjidi, Go`ri Amir, Ahmad Yassaviy, Zangi Ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zinda me`moriy mo`jizalari, Bog`i Chinor, Bog`i Dilkusho, Bog`i Bexisht, Bog`i Baland singari o`nlab go`zal saroy-bog`lar va shu kabi boshqa inshoatlar shular jumlasiga kiradi.
Tarixchi Sharofuddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur "Obodonchilikka yaraydigan biron qarich yerning ham zoye bo`lishini ravo ko`rmasdi".
Tarix bu ko`xna dunyoda juda ko`p jaxongirlarni ko`rgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo`yi bunyodkorlik bilan mashg`ul bo`lgan.
Uning "Qay bir joydan bir g`isht olsam, o`rniga o`n g`isht qo`ydirdim, bir daraxt keltirsam, o`rniga o`nta ko`chat ektirdim", degan so`zlari bunyodkorlik, yaratuvchilik faoliyatining tasdig`idir.
"Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo`lsangiz, qurgan binolarimizga boqing" deganda Amir Temur avvalo o`z xalqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan, desak yanglishmaymiz.
Mirzo Ulug`bekning davlat arbobi bo`lish bilan bir qatorda buyuk olim darajasiga yetishida bobosi Amir Temurning ta`siri benihoya katta bo`lgan. U Ulug`bekdagi noyob iste`dodni boshdanoq payqab, safarlarda ham yoniga olib yurib, dunyoning mashhur olimlari tarbiyasidan baxramand etgan.
Amir Temur ma`naviyatini belgilovchi bosh mezon uning butun umr bo`yi amal qilgan "Kuch - adolatda" degan shioridir. Bu shiorda Amir Temur hayoti va faoliyatining butun mazmuni mujassamlashgan.
"Temur tuzuklari" da ma`naviyat masalalari
Amir Temurning ma`naviy va ma`rifiy qarashlari uning o`z farzandlari, nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o`gitlari - "Temur tuzuklari" da mujassamlashgan. Bu bebaho asarda podsholar, xoqimlar va vazirlarning xaqi-huquqini himoya qilish, sipoxlarga munosabat, ilm-fan namoyondalari, din peshvolariga, ustozlarga, yaxshilik qilgan kishilarga munosabat kabi hayotiy ma`naviy-ahloqiy qonun-qoidalar o`z ifodasini topgan.
Tuzuklardan quyidagi misollarni keltiramiz.
Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to`g`ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.
Zolimlardan mazlumlar haqini oldim. Zolimlar yetkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar o`rtasida muxokama qildim va bir gunoxkorning o`rniga boshqasiga jabr-zulm o`tkazmadim.
Kimki birovni molini zo`rlik bilan tortib olgan bo`lsa, mazlumning molini zolimdan qaytarib olib, egasiga topshirsinlar. Agar kimda kim tish sindirsa, ko`zini ko`r qilsa, quloq va burun kessa, sharob ichsa, zino ishlar qilsa, devondagi shariat qozisiga olib borib topshirsinlar.
Quyidagi tuzuklarda Amir Temurning kechirimli hislatlari namoyon bo`lgan. Buni u boshqalardan ham talab qilgan. Jumladan Amir Temur bu to`g`rida shunday deydi:
Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir ko`tarib, ishimga ko`p ziyon yetkazganlarni ham, iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab, yomon qilmishlarini xotiramdan o`chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo`l tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan. Shubhayu qo`rquv bo`lsa, unut bo`lardi”
Menga xasad qilib, o`ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg`a-in`omlar berib, muruvvatu ehson ko`rsatdimki, bu yaxshiliklarni ko`rib, xijolat teriga g`arq bo`ldilar. Hamisha mening roziligimni olib ish tutgan do`stlarim oldimga panox tilab kelganlarida, ularni o`zimning taxtu davlatimga sherik qilib, hech qachon ulardan mol-mulk va tirikchilik ashyolarini ayamadim.
Amir Temurning umr bo`yi obodonchilik, qurilish ishlariga katta ahamiyat berganligi, kambag`alparvarligini uning quyidagi o`gitlaridan ham bilish mumkin:
Kimki biron saxroni obod qilsa, yoki koriz qursa yo biror bog` ko`kartirsa, yohud biror harob bo`lib yotgan yerni obod qilsa, birincha yili undan hech narsa olmasinlar, uchinchi yili qonun - qoidaga muvofiq xiroj yig`sinlar.
Amir Temurning quyidagi so`zlari asrlar osha xalqimizning asl farzandlarini el-yurt, vatan haqida qayg`urishga chorlab keldi.
Millatning dardlariga darmon bo`lmoq vazifangizdir.Zaiflarni ko`ring, yo`qsillarni boylar zulmiga tashlamang.Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo`lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |