Guruh 19,96 Rahmonova Mohinur Dunyoni larzaga solib otgan jahongirlar tarixda ko'p bolgan. Ammo ular orasida, faqat sanoqlilari, jumladan, sohibqiron bobomiz Amir Temurning hukmdorlik siyosati hamda zafarli yurishlari ezgulik va bunyodkorlik yolida b'lgani tan olinadi. Bu shaxs faoliyati hususida tarix ilmida kop tadqiqotlar qilingan, adabiyot va san`at olamida umrboqiy obrazlar yaratilgan XV - XVI asrlar mobaynida Garbiy Yevropada Amir Temur shaxsiga qiziqishgan va juda kop kitoblar yozilgan. Masalan: ushbu davrda italyan va fransuz gumanistlari tomonidan bitilgan kitoblar, jumladan, Podcho Brachcholining "Omadning beqarorligi", Nikkolo Makkiavellining "Hukmdor", Jan Badening "Respublika xususida oltin kitob", nomli asarlarda Amir Temur siymosini badiiy talqin qilishga ilk bor qo'l urilgan. - XV - XVI asrlar mobaynida Garbiy Yevropada Amir Temur shaxsiga qiziqishgan va juda kop kitoblar yozilgan. Masalan: ushbu davrda italyan va fransuz gumanistlari tomonidan bitilgan kitoblar, jumladan, Podcho Brachcholining "Omadning beqarorligi", Nikkolo Makkiavellining "Hukmdor", Jan Badening "Respublika xususida oltin kitob", nomli asarlarda Amir Temur siymosini badiiy talqin qilishga ilk bor qo'l urilgan.
- Garb adabiyotida dastavval Amir Temur obrazini UZ tolaqonli yaratishga intilgan san'atkor Uyg'onish davri ingliz dramaturgiyasi va teatr sanatining asoschilaridan biri Kristofer Marlo hisoblanadi . U "Buyuk Temur", "Doktor Faustning fojiaviy tarixi", "Mal'talik yaxudiy", "Eduard Ikkinchi", "Parijdagi xunrezlik", "Gera va Leandr" kabi tragediya, drama, poemalar yozib qoldiradi.
1587 - yil London teatlari oz mavsumini Marloning "Buyuk Temur" tragediyasini sahnalashtirish bilan boshlagan edi. Adib ushbu asarini yaratishda flarensiyalik tarixchi P'etro Perondining "Skiflar podshosi Buyuk Temurning hayoti" kitobidan manba sifatida foydalanadi. Tragediyaning bosh qaxramoni bobomiz Amir Temur bolib, u qadim Yunon, Rim va Karfagen hukmdorlari Aleksandr Makedonskiy, Yuliy Sezar va Gannibal misoli e'zozlanib qalamga olinadi. G'arb Uyg'onish davri adabiyotida birinchi bor Marlo Amir Temurni bunyodkor shaxs, qudratli sarkarda va odil hukmdor qiyofasida.
XVII asr G'arb adabiyotida yetakchilik qilgan klassisizm oqimi vakilari ijodida ham Sharq mavzusi muhim o'rin tutadi. Bular orasidan Jak Pradoning "Temur yoxud Boyazidning olimi" asari keng shuhrat qozondi. Bu asar keyinchalik yevropa opera sanatida Amir Temur obrazi yaratilishida muhim manba boldi.
Jak Pradoning "Temur yoxud Boyazidning o`limi" asari asosida yaratilgan operalar: Fridrix Gendel ( 1685-1759 ), Nikkolo Porpora ( 1686-1762 ) Antonio Vivaldi ( 1676-1741 ) Maria Sachchiniler ( 1734-1786 ). Bu operalar orasida keng shuxrat qozongani mashhur nemis bastakori Fridrix Gendel asaridir. 1724 - yil Angliyaning London shaxrida, 1725 - yili Germaniyaning Gamburg shahrida sahnaga qo'yiladi. Oradan 200 yil o'tib Fridrix Gendelning "Temur" operasi Yevropa va Amerika teatrlari sahnasini qayda bezadi .
XVIII - XIX asrlarda , ayniqsa Fransiya, Angliya, Ispaniya va Germaniyada Amit Tennur shaxsiga qiziqish ortgan.Masalan, Fransuz ma'rifatchilik adabiyotining yirik namayondasi, faylasuf va adib Fransua Volter Muhammad alayhissalom va "Chingizxon" tragediyalarini yaratar ekan, Amir Temur saltanati tarixini chuqur o'rgangan. O`zining "Xalqlarning ruxiy olami va urf odatlari haqida risola" nomli ocherklar kitobida: "Marifatli tuzum hukm surgan, mamlakatda ilm-fan taraqqiy qilgan" deydi.
Bu davrda G'arb adabiyotining buyuk darg'alari: Gyote, J.G.Bayron, E.A.Polar Amir Temur obrazini u yoki bu tarzda yoritishga harakat qilganlar. Ingliz romantik shoiri Jorj Gordon Bayron "Napoleon Bonapartga olqish" qasidasida "O, sen ulug Temur kabi buyuksan!" deya mag'lub imperator konglini ko'tarib dalda beradi.
Amerika romantizm adabiyotining yirik vakili Edgard Allan Po "Temur" va Boshqa poemalar "toplamida Amir Temur siymosining romantik talqini asosiy orin egallaydi. Asarda ulug hukmdor oz kechmishlari tarixini keksa ruxoniyga hikoya qilib berar ekan, jangu jadallarda erishgan shon - shuhrati, zafarli yurishlari , bunyod etgan shaharlari, kechirgan lazzatli onlari - yu tortgan azob uqubatlari payoniga yetib borayotganini u ham dunyoga ustun bola olmaganini hasrat ila sozlaydi va haq o`limni mardona qarshi olajagini aytadi.
XX asrda ham Amir temur U hayoti va faoliyati talay asarlarda badiy talqin etiladi. Sobiq Ittifoq "Qalam ahli" kommunistik mafkura taziqi ostida bu qudratli shaxs obrazini tarixiy haqiqatga zid tarzda gavdalantiradi. Bu davrda shuhrat qozongan S. GU Borodinning "Samarqand osmonida yulduzlar" romani ana shunday asar edi. G'arb adabiyoti vakillari esa o'z asarlarida Amir Temur qiyofasini haqiqatga mos yoki yaqin talqin qildi, tarixda tutgan o`rni holisona baxolandi.
Garb adabiyoti vakillari o'z asarlarida Amir Temur shaxsini yorqin tasvirlashga harakat qildilar va uni ulug lashkarboshilar Aleksandr Makedonskiy, Yuliy Sezer qaroriga qo`yib sarkardalik mahoratiga ham yuksak baho berdi. Hozir ham g'arblik olim va qalamkashlar Amir temur hayoti - sarkardalik mahorati va hukmdorlik siyosati mavzuida ilmiy tadqiqotlar tarixiy - badiiy asarlar yaratishni davom ettirmoqda.
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |